|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 351/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
Formula: kataklar diapazoniga kirmasa ham, kataklar bilan
bajariladigan arifmetik yoki matematik amallar. Masalan,
qoʻshilayotgan kataklar yonma-yon emasligi sababli SUM
funksiyasidan foydalanish imkonsiz boʻlgan holatda ularni
qoʻshishingiz mumkin.
Funksiya: kataklar, diapazonlar, ustunlar yoki qatorlar
guruhlarida amalga oshiriladigan, AVERAGE yoki SUM kabi
maxsus arifmetik yoki matematik amallar.
Diapazon: bir nechta satr va ustunlardan tashkil topgan
va kataklar bir-biriga tutash joylashgan elektron jadvaldagi
kataklar guruhi. Masalan, bir diapazonda A1 dan qatorlar
boʻylab F1 gacha va vertikal ravishda A1 dan A9 gacha
joylashgan kataklar boʻlishi mumkin. Diapazondagi soʻnggi
nuqta F9 boʻladi. Shuning uchun, yuqori chap = A1, yuqori
oʻng = F1, quyi chap = A9 va quyi oʻng = F9.
Nomlangan katak yoki diapazon: elektron jadvaldagi har
bir katak birlamchi nomga ega. Masalan, E7 – “E” ustunidagi
va “7” qatoridagi katak. Ayrim funksiya va formulalardan
foydalanar ekansiz, katak yoki kataklar guruhi nomini
qayta nomlashingiz kerak boʻlishi mumkin. Masalan,
poyabzal oʻlchamlariga oid kataklar diapazoni boʻlsa va
maʼlum oʻlchamdagi narxlarni hisoblash uchun elektron
jadval yaratayotgan boʻlsangiz, LOOKUP funksiyasidan
foydalanishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Lekin nomlangan
katak yoki kataklar diapazoniga havola berishingiz kerak
boʻladi. Bu holatda bunday kataklarni “Poyabzal oʻlchamlari”
deb nomlashingiz mumkin.
Kataklar: matnlar, raqamlar yoki belgilar kabi maʼlumotlarni
kiritish, formulalar va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni
amalga oshirish uchun ishlatiladigan elektron jadvallardagi
kichik toʻrtburchak bloklar.
20.02-SAVOL
Mamlakatimizda maʼlumotlarni muhofaza qilishning
yoʻllari haqida biroz izlanib koʻring.
Maʻlumotlarning notoʻgʻri kiritilishi oqibatida odamlar hayoti
xavf ostida qolishi mumkin boʻlgan holatlarda maʼlumotlar
modeliga xato maʼlumotlar kiritilishining jiddiyligini
baholang. Maʼlumotlarni kiritishdagi xatolarini kamaytirish
uchun qoʻllasa boʻladigan usullarni oʻrganib chiqing.
|
| |