Masalan,
barcha
qatorlar uchun bir xil katakka havola
bermoqchi boʻlsangiz, 20.04-rasmda
nisbiy havola usulidan
foydalanish natijasiga qarang.
KALIT SOʻZLAR
Mutlaq havola: agar bir formulani koʻp kataklarga qoʻllash
kerak boʻlsa, lekin formulani takrorlashda kataklarga nisbiy
havola berishga hojat boʻlmasa,
mutlaq havola orqali
formulaga nisbiy kataklarga havola berishni taqiqlash
mumkin. Foydalanmoqchi boʻlgan
mutlaq katakning har bir
qismi oldiga “$” belgisini qoʻysangiz kifoya.
Qatorlar: bir-biriga tutashgan va gorizontal ravishda oʻngdan
chapga yoki chapdan oʻngga yoʻnalgan kataklardan iborat.
20.06-rasmda I6 katagi uchun katakka mutlaq havola
ishlatilgan. I6 katakda “6” oldidagi “$” belgisiga eʼtibor
bering (I$6).
Ammo, siz
nisbiy havolalardan foydalanishni istamagan
va barcha maʼlumotlar subyektlaringiz uchun bitta toʻplam
formulasini qoʻllashingiz zarur boʻlgan
holatlar ham uchrab
turadi. Bu holatda muayyan bir qismning siz murojaat
qilayotgan qator yoki ustunga qarab oʻzgarmasligi
uchun
formula yoki funksiyaning har bir qismi oldiga “$” belgisini
qoʻyish bilan elektron jadvallar
dasturiga nisbiy havola
ishlatmoqchiligingizni taxmin qilishni taqiqlashingiz kerak
boʻladi. Bu
mutlaq havola hisoblanadi.
KALIT SOʻZLAR
Nisbiy havola: bir formulani koʻp kataklarga qoʻllash
talab
etilganida, odatda har bir katakka yangi formula yozishga
toʻgʻri kelgan boʻlar edi. Biroq
elektron jadvallar bunday
formulalarni tutashgan kataklar boʻylab kataklar toʻplamiga
havola qilib takrorlashga imkon beradi. Bunda kataklarga
nisbiy havolalar qoʻllaniladi.
20.06-rasm. I6 katagi uchun mutlaq havoladan foydalanish.
20.05-rasm. Formulalar/funksiyalarda nisbiy havoladan foydalanish natijasi.