20-bob: Maʼlumotlar tahlili




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

259
20-bob: Maʼlumotlar tahlili


chiqish juda koʻp vaqt olishi mumkin. LOOKUP funksiyasi har 
bir oʻquvchining ballariga mos keladigan baholarga murojaat 
qilib, ularni sizning oʻrningizga avtomatik ravishda toʻldiradi 
(20.14-rasmga qarang). VLOOKUP (vertikal) ustunda koʻrib 
chiqiladigan maʻlumotlarga, HLOOKUP esa (gorizontal) 
qatorda koʻrib chiqiladigan maʼlumotlarga murojaat qiladi.
20.15-rasmdagi misolda funksiya LOOKUP 
varagʻidagi 
baholar intervaliga murojaat qilib, M2 katagidagi ballga mos 
bahoni qidiradi va keyin uni kerakli joyga yozib qoʻyadi.
KALIT SOʻZLAR
Varaqlar (Sheets): elektron jadvallarda varaqlar kitobning 
turli sahifalari kabi boʻladi. Har bir varaqni istaganingizcha 
qayta nomlashingiz va nechta kerak boʻlsa, shuncha varaq 
qoʻshishingiz mumkin.
Aslini olganda, bir jadvaldagi oʻquvchilarning ballari va 
baholari boshqa jadvaldagilarning ballari va baholari bilan 
solishtiriladi.
20.14-rasm. Funksiyada foydalanish uchun chaqiriladigan nomli katak.
20.15-rasm. LOOKUP funksiyasidan foydalanish.
260
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


20.02 Maʼlumotlar modelini 
sinang
Oʻz maʼlumotlar modelingizni yaratganingizdan soʻng, uning siz 
istaganingizdek ishlayotganini sinab koʻrishingiz kerak. Baʼzida 
maʼlumotlar tizimga notoʻgʻri kiritiladi, bunday holatlarda 
natijalarni ishonchli yoki haqiqiy deb boʻlmaydi. Baʼzida siz 
ishlatayotgan formulalar yoki funksiyalar nooʻrin boʻlishi yoki 
notoʻgʻri ishlashi mumkin. Maʼlumotlar modelingiz imkon qadar 
ishonchli boʻlishini taʼminlash uchun ishni sinov rejasini ishlab 
chiqishdan boshlashingiz kerak.

Download 132,8 Mb.
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish