• Kutilgan natija Bu sinov maʼlumotlari toʻgʻri kiritilgan va tizim risoladagidek ishlayotgan taqdirda koʻrinishi kerak boʻlgan toʻgʻri javobdir. Haqiqiy natija
  • “What if” – “Agar ... boʻlsa”
  • Verifikatsiya va validatsiya
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet358/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Sinov rejasi
    Sinov rejasi quyidagi bandlarni oʻz ichiga olishi lozim:
    Sinov maʼlumotlari
    Sinov maʼlumotlari foydalanuvchilar tarafidan maʼlumotlar 
    modelingizga kiritilishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumot 
    turlarini oʻz ichiga olishi kerak. Masalan, oddiy maʼlumotlar (bu siz 
    foydalanuvchilar kiritishini kutayotgan maʼlumotlar); ekstremal 
    maʼlumotlar (foydalanuvchilar tarafidan kiritilishi kutilayotgan, 
    oddiy maʼlumotlar qamrovidan tashqaridagi maʼlumotlar, ya’ni, 
    foizlar uchun foydalanuvchilar 100 dan yuqori yoki 0 dan past 
    qiymatni kiritmasligi kerak), xato maʼlumotlar (foydalanuvchilar 
    tez-tez yoʻl qoʻyadigan ehtiyotsiz xatolar, ya’ni, 12,00 dollar 
    oʻrniga foydalanuvchilar 12.00 dollar deb yozishi mumkin).
    Kutilgan natija
    Bu sinov maʼlumotlari toʻgʻri kiritilgan va tizim risoladagidek 
    ishlayotgan taqdirda koʻrinishi kerak boʻlgan toʻgʻri javobdir.
    Haqiqiy natija
    Bu sinov maʼlumotlari kiritilganidan keyin maʼlumotlar 
    modelidan qaytarilgan haqiqiy natijadir.
    “What if” – “Agar ... boʻlsa”
    “What if” tahliliy vositasi maʼlumot modellarini sinashning 
    kuchli vositalaridan biri boʻlib, biror raqam yoki funksiyani 
    “What if ” – “Agar x oʻrniga y boʻlsa-chi” degan ma’noda 
    almashtirish orqali modelni sinashdan iborat.
    Ma’lumotlar modelini sinashning ikkita asosiy usuli mavjud: 
    birinchidan, ma’lumotlar modelingizga barcha ma’lumotlarni 
    aniq kiritganingizni tekshirishingiz kerak, ikkinchidan, barcha 
    formulalar va funksiyalar ma’lumotlar modelingizni ko‘zlangan 
    maqsadda ishlatishga imkon beradimi?
    Verifikatsiya va validatsiya
    Maʼlumotlarni sinash har xil tekshiruv turlarini oʻz ichiga 
    oladi, masalan, verifikatsiya va validatsiya. Verifikatsiya – 
    maʼlumotlarning boshqa kimdir tomonidan vizual yoʻl bilan 
    tekshirish (kiritilgan maʼlumotlarni asl manbasi bilan vizual 
    taqqoslab tekshirish) orqali yoki maʼlumotlarni ikki karra 
    kiritish usuli yordamida tekshirish jarayonidir. Maʼlumotni ikki 
    karra kiritish usulida boshqa kimdir xuddi oʻsha maʼlumotlarni 
    kiritishi mumkin va ikki xil odam kiritgan maʼlumotlardagi har 
    qanday farqlar maʼlumotlar kiritishdagi xatolikka ishora qilishi 
    mumkin. Verifikatsiya odatda odamlar tomonidan amalga 
    oshiriladi. Validatsiya – to‘g‘ri turdagi ma’lumotlar kiritilganiga 
    ishonch hosil qilish usuli boʻlib, garchi bu verifikatsiya kabi 
    samarali bo‘lmasa-da, ikkala usul ham qo‘llanilsa, ma’lumotlarni 
    kiritishda xatolarni kamaytirishga xizmat qiladi.
    Qoʻllaniladigan validatsiyaning turli usullari bor. Mavjudlikni 
    tekshirish maʼlumotlar tizimingizga kiritilmagani haqida sizni 
    ogohlantiradi – bu natijalaringiz sifatiga taʼsir qilishi mumkin. 
    Diapazonni tekshirish maʼlumotlarga qamrovning yuqori va 
    pastki chegaralari ichida qolishga imkon beradi. Turni tekshirish 
    ma’lumotlar turining to‘g‘riligini kafolatlaydi. Masalan, sana 
    ma’lumotlarining turi haqiqiy kalendar sanasi bo‘lishi kerak. 
    Validatsiyaning yana bir keng tarqalgan turi - bu simvollar 
    uzunligini tekshirish, masalan, pochta kodlaridagi belgilar hajmi 
    cheklangan boʻladi. Agar sizning ma’lumotlaringiz belgilangan 
    uzunlikdan oshsa yoki undan kam bo‘lsa, ma’lumotlarni 
    kiritishda xatoga yoʻl qoʻyilgan bo‘lishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish