9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

266
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


boʻlsa, LIKE operatoringizda bu koʻcha nomidagi bir nechta 
harflardan foydalanishingiz mumkin va u siz uchun ularni topib 
berishi lozim.
>, <, =, >= va <= operatorlaridan foydalanish ulardan 
matematikada yoki boshqa kompyuter dasturlarida 
foydalanishga juda oʻxshaydi. Ular bir xil narsani anglatadi. 
Biroq, asosan, bu operatorlar tekshirish metodlarini qoʻllashda 
ishlatiladi. Masalan, agar katakka muayyan qiymatdan oshiq 
son kiritishga ruxsat bermoqchi boʻlsangiz, 20.23-rasmda 
koʻrsatilganidek, ulardan foydalanishingiz mumkin.
a Har bir testning bahosi 10 dan baland yoki 1 dan past 
boʻlmasligi uchun 20.24-, 20.25- yoki 20.26-rasmlardagi 
koʻrsatmalarga amal qilgan holda “Baholarni 
darajalovchi” jadvalingizning nusxasida tekshirish 
qoidasini sozlang.
20.24-rasm. Tekshirish qoidasini sozlash.
20.25-rasm. Tekshirish qoidasini sozlash jarayoni 
paytida foydalanuvchi uchun xabar kiritish.
20.26-rasm. Tekshirish qoidasini sozlash paytida xatolik 
xabarini kiritish.
b Tekshirish qoidasida koʻrsatilgan diapazon doirasidan 
chiquvchi test baholarini kiritgan holda tekshirish 
qoidasini tekshiring.
c <=, >= va shu kabi boshqa mantiqiy operatorlardan 
foydalaning va koʻplab turli-tuman imkoniyatlar orqali 
ularni sinovdan oʻtkazing.
d BETWEEN operatori boshqa mantiqiy operatorlar 
kombinatsiyasi sifatida qanday ishlashini tushuntiring.
20.05-amaliy topshiriq
20.23-rasm. Maʼlumotlarni tekshirishdan foydalanish.
267
20-bob: Maʼlumotlar tahlili


Shuningdek, 
almashtirma simvollar (wildcards) yordamida 
maʼlumotlar toʻplamidan maʼlumotlarni qidirishingiz 
mumkin. Almashtirma simvollar “*” yoki “?” boʻlib, oʻzingiz 
bilgan simvollar yoki qiymatlarni koʻrsatganingizdan keyin 
nima kerak boʻlsa, deyarli hamma narsani anglatadi. Agar 
qidirayotgan narsangizning boshi yoki oxirini bilsangiz, biroq 
hammasini eslay olmasangiz, oʻzingiz qidirayotgan narsani 
topishda yordamlashish uchun almashtirma simvoldan 
foydalanishingiz mumkin. Biz keltirgan namunada agar “G” 
harfi bilan boshlanuvchi ismli oʻquvchini topmoqchi boʻlsangiz 
va uning ismini eslay olmasangiz, almashtirma simvollar orqali 
qidiruvdan foydalanishingiz mumkin. Deylik, “=G*” va bu sizga 
“G” harfi bilan boshlanuvchi ismli barcha oʻquvchilarning 
ismlarini taqdim etadi, masalan, Gulbahor.
Agar “?”dan almashtirma simvol sifatida foydalansangiz, bu 
sizga oʻzingiz foydalanayotgan “?” belgili barcha yozuvlarni 
taqdim etadi.
Deylik, agar “?”dan olti marta foydalansangiz, oltita belgili 
barcha yozuvlarni topasiz, masalan, Jamila.

Download 132,8 Mb.
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish