20.08-amaliy topshiriq
20.37- va 20.38-rasmlardagi ikkita elektron jadvalni taqqoslang va taqdimot yaxshilangan
barcha holatlarni ajratib
koʻrsating.
20.37-rasm. Matni yaxshilanmagan elektron jadval.
20.38-rasm. Matn rangi va katak rangini formatlash.
Elektron jadvalingizni yaxshilash
Baʼzida maqsadli auditoriya ehtiyojlariga mos tarzda elektron
jadvalingiz taqdimotini yaxshilash
maqsadga muvofiqdek
tuyulishi mumkin.
272
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
Agar bu sahifani shu koʻrinishda
chop etishga urinsangiz,
20.39-rasmdagi dastlabki koʻrish aynan shunday koʻrinishga
ega boʻladi.
KALIT SOʻZLAR
Sahifalar: bular elektron jadval varaqlari bilan bir xil.
Ular “Tik” holatda ikki sahifaga ajraladi. Uni yanada aniqroq va
faqat bitta sahifa koʻrinadigan qilish uchun “Sahifalarni sozlash”
funksiyasini oʻzgartirish maʼqul boʻlishi mumkin.
Buning uchun
20.40-rasmda koʻrsatilganidek “Sahifalarni sozlash” oynasidan
foydalanishingiz mumkin.
20.40-rasm. Sahifangizni aniqroq koʻrinadigan
qilish uchun
“Sahifani sozlash” funksiyasidan foydalanish.
Bu maket va maʼlumotlaringizni taqdim etmoqchi boʻlgan
sahifadagi maʼlumotlar taqdimotini yaxshiroq nazorat qilish
imkonini beradi. Agar sahifa holatini “Yotiq” qilib oʻzgartirsangiz
va
uni bitta sahifaga joylasangiz, u 20.41-rasmdagi kabi
koʻrinishga ega boʻlishi kerak.
20.41-rasm. Aniqroq sahifa.
20.42-rasmda koʻrsatilganidek “Chop qilishni dastlabki koʻrish”
menyusining “Sahifani sozlash” boʻlimidagi “Varaq” oynasi
orqali “Toʻrli chiziqlar” va “Qatorlar va ustunlar sarlavhalari”
funksiyalarini yoqishingiz mumkin.
20.42-rasm. Toʻrli chiziqlardan foydalanish.
20.39-rasm. Sahifa holatini “Print Preview” - “Chop etishdan oldingi koʻrish” rejimiga oʻzgartirish.