• 20.04-SAVOL a
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet367/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Ma’lumotlarni saralash
    Maʼlumotlarni saralash oʻzingizda mavjud maʼlumotlarni eng 
    koʻp qiymatdan eng kam qiymatgacha yoki alifbo tartibida 
    A dan Z gacha yoki Z dan A gacha joylashtirishni oʻz ichiga 
    oladi. Shuningdek, bitta yoki bir nechta mezonlar asosida 
    saralashingiz mumkin. Bunga 20.27-rasmda koʻrsatilganidek 
    erishish mumkin.
    Shuningdek, 20.28-rasmda koʻrsatilganidek yaxlit mezon 
    yordamida maʼlumotlarni saralash uchun filtrlardan 
    foydalanishingiz mumkin.
    20.04-SAVOL
    a Agar almashtirma simvollarga ega bu qidiruvlardan 
    foydalansangiz qanday javoblar olasiz?
    • J* • *a • *o*
    b Qidiruvlaringiz doirasini toraytirish uchun almashtirma 
    simvollardan foydalanish usullari haqida oʻylab koʻring.
    20.27-rasm. Maʼlumotlarni alifbo tartibida saralash.
    20.28-rasm. Filtrlar yordamida maʼlumotlarni saralash.
    268
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    Shuningdek, saralash ichida saralashni amalga oshirishingiz 
    mumkin. Bu siz maʼlumotlaringizni saralash uchun bir nechta 
    mezonlardan foydalanishingizni anglatadi. Masalan, agar 
    Saidov familiyali muayyan kishi qayerda yashashini bilmoqchi 
    boʻlsangiz va shuningdek, Saidov ayol kishi emas, erkak kishi 
    ekanini bilsangiz, “Familiyalar” maydoningiz orqali barcha 
    “Saidov”larni filtrlashingiz, keyin esa “Familiyalar” maydonidagi 
    “Saidov” natijalaringizni “Jins” maydoningiz orqali barcha 
    “ayollar” boʻyicha filtrlashingiz kerak (20.29-rasmga qarang).
    20.29-rasm. Bir nechta mezonlar yordamida saralash.
    20.31-rasm. Yuqoridagi “Saralash ichida saralash” metodi natijasi.
    Bu koʻrsatmalarni amalga oshirish uchun “Asset 20.02.xls” 
    maʼlumotlar ishchi varagʻidan foydalaning:
    • Filtr ikonkasini tanlang.
    • Familiya ustunida faqat “Saidov” maydonini belgilang. 
    Bu saralashning natijasi nimadan iborat?
    • Bu usulda saralash imkoniga ega boʻlishning foydali 
    jihati haqida muhokama qiling.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish