|
Funksional qatlam
KALIT SOʻZLAR Pdf ko'rish
|
bet | 375/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik
Funksional qatlam
KALIT SOʻZLAR
CSS: Cascade Style Sheets, 21.03-boʻlimdagi misollarda
tushuntirilganidek kaskadli uslub jadvallari (CSS) sizga
veb-sahifalaringizning maketi va koʻrinishini osonlik bilan va
jadvallardan foydalanmasdan boshqarish imkonini beradi.
CSS HTML formatida yozilgan hujjatning koʻrinishi va formatini
ham yaratadi. Boshqacha soʻz bilan aytganda, CSS – bu
veb-sahifalarga shriftlar, ranglar yoki intervallar kabi uslublar
qoʻshishning oddiy usuli.
HTML (Hyper Text Markup Language): gipermatnlarni
belgilash tili siz veb-sahifalarni yaratish uchun foydalanadigan
koddir. U sizga veb-sahifalaringizning dizayni va maketini
teglar yordamida boshqarish imkonini beradi. Bu tayyor veb-
sahifalar va andozalarga ega boshqa usullardan foydalanishga
nisbatan qulayroqdir.
Veb-sahifalarni yaratishda turli usullardan foydalanishning
afzalliklarini tasvirlang va veb-dasturlashdagi uch
qatlamning bir-biriga qanday mos kelishini tushuntiring.
21.01-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
21.02 Veb-sahifa yaratish
Veb-sahifa yaratishning turli usullari
Xulosa qilib aytganda, veb-sahifa yaratishning uchta asosiy usuli
mavjud.
Kontent boshqaruvi tizimidan (CMS) foydalanish
Veb-sayt yaratish uchun kontent boshqaruvi tizimidan
(CMS-Content management system) foydalanganingizda u
ushbu jarayondagi hamma narsani, masalan, dizayn, maket,
navigatsiya va hokazolarni boshqaradi. Bunda uslublar,
maket va navigatsiyani veb-saytingizdagi har bir sahifa uchun
alohida takrorlash shart emas. Siz dastlab uslub, maket va
navigatsiyani tanlaysiz va ular veb-saytingizning barcha
veb-sahifalarida kontent boshqaruvi tizimi (CMS) tomonidan
boshqariladi. Shundan keyin sizdan faqat veb-sahifangizni
oʻzingiz xohlagan kontent bilan toʻldirish talab etiladi.
|
| |