Yuqorida keltirilgan vaziyatdagi kabi shartli formatlashdan
foydalanishning oqibatlarini muhokama qiling.
20.04-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
Siz onlayn rivojlantiruvchi oʻyinlar ishlab chiqaruvchi
kompaniyada ishlaysiz
va bu kompaniya uchun
ayrim devonxona topshiriqlarini bajarmoqchisiz.
(Mamlakatingizdagi mahalliy valyutaga muvofiq valyuta
boʻyicha formatlashni qoʻllang). CD-diskdagi “Asset 20.04.
Docx” faylidan foydalanib, topshiriqlarni bajaring.
20.10-amaliy topshiriq
Xulosa
●
Elektron jadval modellari hayotiy masalalarni yechish uchun formula va funksiyalardan foydalanishi mumkin.
●
Maʼlumotlar modellari ishonchli boʻlishi
uchun odatiy, g‘ayrioddiy va ekstremal maʼlumotlar yordamida sinovdan oʻtkazilishi
mumkin.
●
Elektron jadvallarni “What if?” tahlillari orqali sinovdan oʻtkazish qoʻl keladi.
●
Elektron jadval modellaridagi maʼlumotlarni bir yoki bir nechta mezonlar asosida qidirish mumkin.
●
Almashtirma simvollardan foydalanish qidiruvni sezilarli darajada soddalashtirishga yordam beradi.
●
Maʼlumotlarni, shuningdek, oʻsib borish yoki kamayib borish tartibida saralash mumkin.
●
Elektron jadval modellarida maʼlumotlar bilan ishlash natijalari toʻliq va tushunarli koʻrinishi uchun sahifa holati, shartli formatlash
va rang yordamida turli formatlarda taqdim qilinishi mumkin.
20.50-rasm. Shartli formatlashdan foydalanish.
Elektron jadvalda muayyan qiymatli
katakni har bir katak
uchun alohida rang bilan ajratib koʻrsatishda shartli
formatlashdan foydalanishingiz mumkin. “Svetofor”
ranglaridan foydalansangiz, bu samarali boʻlishi mumkin.
Bunda qizil rang qandaydir ogohlantirish yoki xavfni,
yashil
rang esa qizil rangning aksini anglatadi, olovrang yoki sariq
rang esa qizil va yashil rangdagi qiymatlar oraligʻidagi taxminiy
nuqtani ifodalaydi.
Masalan, koʻpincha shartli formatlash o‘qituvchilar
tomonidan
oʻquvchilar oʻzi uchun belgilangan maqsaddan qanchalik
uzoqdaligini aks ettirish uchun ularning bahosiga nisbatan
qo‘llaniladi. Agar oʻquvchining bahosi qizil rangga boʻyalgan
boʻlsa, bu oʻquvchi belgilangan maqsadga erishmaganini,
agar u yashil rangda boʻlsa, u holda oʻquvchi
belgilangan
maqsadiga erishganini, agar olovrang yoki sariq boʻlsa,
bu oʻquvchi belgilangan maqsadga endigina erishganini
anglatadi.