|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 373/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
WWW yoki World Wide Web (Butunjahon oʻrgimchak
toʻri): internet orqali ishlaydigan axborot tizimi. U
foydalanuvchi bir hujjatdan ikkinchisiga oʻtish orqali maʼlumot
qidira olishi uchun havolalar yordamida hujjatlarni boshqa
hujjatlarga ulash imkonini beradi.
Skript: kompyuter bajarishi uchun yozilgan koʻrsatmalar
jamlanmasi.
Skript tili: JavaScript kabi dasturlash tili, skript yaratish
uchun ishlatiladi.
Kontent boshqaruvi tizimi (CMS) – odatda onlayn veb-sayt
yaratish sayti boʻlib, unda siz veb-obyektlarni sichqoncha
yordamida tortib tashlash orqali veb-sahifalar yaratish hamda
turli murakkab veb-obyektlarni sahifalarga qoʻshishingiz
mumkin. Bunda sizdan veb-sahifalarni yaratishda ishlatiladigan
HTML tilini bilish yoki dasturlash kodini tushunish talab
etilmaydi. Veb-sayt yaratishning yana bir usuli – HTML koddan
va boshqa zaruriy dasturlash tilidan foydalanishdir. Bu usul
sizga turli dizayn va funksional elementlarni yaratish va ularni
veb-saytingizga joylashtirishda katta erkinlik beradi. Lekin
veb-sayt yaratish uchun sizdan kontent boshqaruvi tizimi
(CMS) yoki veb-sayt yaratish dasturlari paketidan foydalanishga
nisbatan yuqoriroq darajadagi kompyuter bilimlariga ega
boʻlish talab etiladi.
Bu bobda siz veb-sahifalar yaratish usullari bilan tanishasiz.
Veb-dasturlash uning uchta qatlami bilan tanishishni talab
qiladi: kontent, uslub va funksional qatlam.
KALIT SOʻZLAR
Brauzer: sizga internetga kirish imkonini beradigan dastur.
Veb-saytlarga ikki xil usulda kirishingiz mumkin: ularning URL
manzili (masalan, http://www.weather.com) yoki raqamlar
ketma-ketligidan iborat IP manzili (masalan,162.209.40.58)
orqali. Bunday raqamlarni eslab qolish URL manzillarga
nisbatan qiyinroq boʻlishi mumkin. Brauzer siz kiritgan URL
manzilning domen nomiga tegishli IP manzilni DNS (domen
nomlari tizimi) serverlardan oladi va sizni ushbu URL manzil
bilan bogʻlaydi.
|
| |