278
21-bob:
Veb-sayt yaratish
Taʼlim maqsadlari
Bu bob yakunida quyidagi bilimlarga ega boʻlasiz:
■
veb-dasturlashning uch qatlamini farqlash va tasvirlash;
■
kontent kiritish va veb-sahifaning tuzilishini yaratish uchun kontent qatlamining
vazifasini tushunish;
■
veb-sahifadagi elementlarni koʻrsatish va formatlash uchun taqdimot qatlamining vazifasini tushunish;
■
veb-sahifadagi elementlarga skript tilini qoʻshish uchun funksional qatlamning vazifasini tushunish;
■
auditoriya talabiga mos dasturiy vositalardan foydalanib veb-sahifaning kontent qatlamini yaratish;
■
dasturiy vositalardan foydalanib kontentni veb-sahifaga tegishli tarzda joylashtirish;
■
dasturiy vositalardan foydalanib veb-sahifa ichida va veb-sahifalar orasida navigatsiya yaratish;
■
dasturiy vositalardan foydalanib veb-sahifaning
taqdimot qatlamini yaratish;
■
veb-saytni ommaga chiqarish (internet tarmog‘iga qoʻyish);
■
veb-saytni sinovdan oʻtkazish.
21-bob haqida umumiy maʼlumot
Veb-saytlarni bir nechta usuldan foydalanib yaratish mumkin.
Veb-saytingizni yaratish uchun qanday usulni tanlashingiz
kompyuter texnologiyalari sohasidagi oʻz bilimlaringiz,
yaratayotgan veb-saytingizning statik yoki dinamik boʻlishi
va uning koʻlamiga bogʻliq. Agar veb-saytingiz interaktiv yoki
multimedia veb-obyektlarini oʻz ichiga
olmaydigan statik veb-
sayt boʻlsa, ayniqsa, HTML tilidan foydalanish boʻyicha yetarli
bilimga ega boʻlsangiz, uni HTML tilidan foydalanib, barcha
kompyuterlarda mavjud boʻlgan
matn muharriri yordamida
yaratishga urinib koʻrishingiz mumkin. Shuningdek, siz onlayn
kontent boshqaruvi tizimi (CMS) yoki aksar veb-sayt yaratish
dasturlari paketidan foydalanishingiz ham mumkin. Buni
kompyuteringizga yuklab olish va oʻrnatish zarur.
Lekin onlayn
kontent boshqaruvi tizimi (CMS) asosidagi veb-sayt bulutli
xizmat asosida ishlashi sababli undan foydalanish uchun
komyuteringizga hech narsani oʻrnatish shart emas.
Veb-saytlarni yaratish dasturi sizga desktop formatida veb-sayt
yaratish imkonini beradi. Bunday
dastur siz yaratgan dizayn
asosida veb-sahifalar maketi uchun kerakli HTML kodlarni
avtomatik ravishda yaratadi. Odatda siz tegishli HTML koddan
foydalanib veb-sahifa dizaynini oʻzgartirish uchun grafik dizayn
va HTML kod orasida almashishingiz mumkin.
Bundan tashqari,
veb-sahifalar animatsiyali elementlar, drag and drop funksiyalari
va bosiladigan obyektlar kabi turli interfaol elementlarga ega
boʻladi. Bunday elementlarni yaratish
uchun JavaScript kabi
kompyuter dasturlash tillarida skriptlar yozish kerak.