• Izohlar (kommentlar)
  • Mavzu: JavaScript dasturiy tilining asoslari




    Download 22.14 Kb.
    Sana27.02.2024
    Hajmi22.14 Kb.
    #163196
    Bog'liq
    JavaScript dasturlash tili interaktiv saytlar tuzish uchun ishlab chiqilgan
    18.952 book

    MAVZU: JavaScript dasturiy tilining asoslari


    JavaScript dasturlash tili interaktiv saytlar tuzish uchun ishlab chiqilgan. Uni alohida .js kengaytmali faylda saqlanadi va sahifa bilan birgalikda ishga tushiriladi. HTML faylda JavaScript faylni ulash uchun maxsus quyidagicha teg yoziladi:

    Odatda skriptlar sahifaning eng quyi qismiga ya’ni tegi oldidan ulash amalga oshiriladi.
    JavaScript’da dasturlash — brauzer nima ishlar bajarishi kerak ekanligini ko’rsatib beruvchi qo’llanmalar ketma-ketligi. Ushbu qo’llanmalar ham o’z vaqtida tepadan pastga qarab ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
    JavaScript’da biror bir qo’llanma yakunlanganini bildirish uchun satr s’nggi nuqta vergul qo’yiladi va keyingi sahifaga o’tiladi. Nuqta vergul belgisini yozmasdan yangi sahifaga o’tish orqali ham qo’llanma yakunlanganini bildirish mumkin. Ammo bu usul har doim ham ishlayvermaydi. Shuning uchun nuqta vergul qo’yish maqsadga muvofiq
    JavaScript HTML faylda yozilgan kodlarni o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, lekin u brauzerda foydalanuvchiga ko’rinadigan qismini o’zgartirib beradi.
    Izohlar (kommentlar)
    Kommentlar — bu kodni tushunishga yordam beruvchi qo’shimcha izohlar hisoblanadi. U brauzerda ko’rinmaydi va dastur ishlashi uchun hech qanday ta’sir o’tkazmaydi. Komment ichidagi qo’llanmalar ishlamasligi uchun uni ko’proq kodning ma;lum bir qismini o’cirib turish uchun foydalaniladi.
    JavaScript’da ikki xil komment ko’rinishi mavjud:
    // Bir satrli komment.
    /*
    Ko'p satrli.
    Uning yordamida bir vaqtda bir nechta satr kodlarini o'chirib qo'yish imkoni mavjud.
    */
    querySelector metodi
    Sahifadagi biror bir elementni izlab topish uchun querySelector metodidan foydalanladi. U selektor bo’yicha qidirish imkonini beradi:
    document.querySelector('селектор');
    Bu qo’llanma ikki qismdan iborat: Birinchisi — JavaScript izlashi kerak bo’lgan element. document so’zi skript ulangan veb-sahifa nazarda tutiladi. Umuman olganda, sahifa nomi qanday ekanligining umuman qizig’i yo’q JavaScript uni “hujjat” sifatida tushunadi. U sahifadagi istalgan element uchun ota element hisobalanadi.
    Qo’llanmaning ikkinchi qismi — nima qilish kerak ekanligi. Uning nomini metod deb qo’yamiz.
    Konsol
    Konsol — tuzuvchi yozgan kodlarini test qilishi mumkin bo’lgan uskuna. Agarda skriptni ishga tushirish vaqtida biror bir xatolik yuzaga kelsa, u haqida konsolda ma’lumot beriladi. Shuningdek, konsolda matnli eslatmalarni chiqarishda ham qo’llaniladi. Konsolda xabar chiqarish uchun console.log kalit so’zidan foydalanamiz:
    console.log('JavaScriptdan salom!');
    // Konsoldagi xabar: JavaScriptdan salom!
    console.log(document.querySelector('.page'));
    // Konsolda izlab topilgan element hosil boladi
    O’zgaruvchi
    O’zgaruvchi — ma’lumotlarni ularga tushunarli nom berish yordamida saqlab olish.
    O’zgaruvchilarni tuzish yoki e’lon qilish uchun let kalit so’zidan foydalaniladi. Undan keyin o’zgaruvchiining nomi keladi. O’zgaruvchi e’lon qilinganidan keyin unga qiymat berilishi kerak bo’ladi:
    let header = document.querySelector('header');
    O’zgaruvchi nomini istalgan nom bilan berishingiz mumkin ammo ular sonlar bilan boshlanmasligi va maxsus ‘_’ va ‘$’ belgilaridan boshqa belgilardan foydalanish mumkin emas. Shuningdek o’zgaruvchilarga nom berishda maxsus ro’yxatdagi so’zlardan foydalanish mumkin emas. O’zgaruvchilarning nomlari katta va kichik harflar bilan yozishga ham e’tibor beriladi: header, Header va HEADER — bular turli xil o’zgaruvchilar hisoblanadi. O’zgaruvchi nomi unda qanday ma’lumo saqlanayotgan bo’lsa shuni anglatishi kerak.
    Download 22.14 Kb.




    Download 22.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: JavaScript dasturiy tilining asoslari

    Download 22.14 Kb.