|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 380/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik
21.04-rasm. Yuqoridagi HTML koddan foydalanib yaratilgan
jadval.
Yuqoridagi HTML kodga qaralsa:
• WIDTH=“...%” atributi jadvalning ekraningizdagi uzunligini
(yoki ushbu atributni qayerda koʻrsatishingizga qarab,
alohida kataklarning uzunligini) belgilaydi. Agar jadval
ekraningizning yarmini egallashini xohlasangiz, buning
uchun jadval tegining boshlanishida WIDTH=“50%”
atributidan foydalanishingiz kerak.
• CELLPADDING jadvalingizdagi katakning cheti va
uning kontenti orasida masofani bildiradi. Bu qiymatni
raqam yordamida koʻrsatishingiz mumkin, masalan,
CELLPADDING=“3”.
• CELLSPACING jadvalingizdagi har bir katakning
atrofidagi joy yoki ramkani bildiradi. Bu oʻlchamni ham
raqam yordamida koʻrsatishingiz mumkin, masalan,
CELLSPACING=“4” qiymati har bir katak atrofida
CELLSPACING=“2” qiymatiga nisbatan kattaroq joy
tashlanishini bildiradi.
Yuqoridagi HTML koddan foydalanib ushbu jadvalni
ekraningizning toʻrtdan uch qismiga joylashtiring. Jadvalga
C va D sarlavhali yana ikkita ustun qoʻshing hamda yana
ikkita qatorga “Maʼlumot 7” va “Maʼlumot 8” matnlarini
kiriting. Kataklarni qisqaroq qiling va har bir katak atrofidagi
joyni kamaytiring. Jadval sarlavhasining qoʻshimcha
ustunlarni ham qamrab olganiga ishonch hosil qiling.
21.04-amaliy topshiriq
21.03-boʻlimda jadvallar sahifa dizayniga mos kelishi uchun
qanday qilib ularga uslublarni qoʻshishni bilib olishingiz
mumkin.
Veb-sahifaga matn joylash va uslublarni
tatbiq etish
Veb-sahifangizning tana qismiga matn joylaganingizda u toʻgʻri
koʻrsatilishi uchun uni teg bilan toʻgʻri belgilashingiz kerak.
Jadvallarni joylashda oʻrganganingizdek, siz matn atrofida ochuvchi
va yopuvchi teglardan foydalanishni unutmasligingiz kerak.
HTML tilida
|
| |