|
Veb-sahifaning bosh va tana qismlari Pdf ko'rish
|
bet | 377/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikVeb-sahifaning bosh va tana qismlari
HTML hujjat ikki qismdan iborat boʻladi: bosh (head) va
tana (body) qismlari. “Bosh” qism kontenti veb-sahifangizda
koʻrsatilmaydi. HTML hujjatingizning “tana” qismida veb-
sahifangizda koʻrsatiladigan maʼlumotlar joylashadi.
Bosh qismda sahifaning sarlavhasini koʻrishingiz mumkin,
masalan, Mening veb-sahifam .
U brauzerda sahifaning oʻzida emas, varaq sahifasi sifatida
koʻrinadi. Hujjatning ushbu qismida meta-teglar, JavaScript va
CSS kod ham boʻlishi mumkin.
Bu jihatlar ushbu sohada chuqurroq bilimga ega boʻlgan veb-
sayt yaratuvchilar uchundir. 21.03-boʻlimda qanday qilib uslub
jadvallarini (CSS) hujjatning bosh qismiga biriktirish bilan
tanishasiz.
Hujjatning tana qismida veb-sahifangizda koʻrinadigan barcha
maʼlumotlar, jumladan, jadval, matn, rasmlar va multimedia
elementlari joylashadi. Quyida bunday elementlarni qanday
joylashni oʻrganasiz.
Nega veb-sahifadagi elementlarning tuzilishini
belgilashda jadvallardan foydalaniladi
Jadvallar sahifa maketini yaxshiroq boshqarish va koʻrinishi
jihatidan qiziqarli boʻlgan maketlarni yaratish imkonini beradi.
Katak shaklidagi maketdan (odatda koʻrinmaydi) yasalgan
sahifalarda maketni boshqarish uchun jadvallardan foydalaniladi.
Siz yon panellar, navigatsiya panellari yoki ramkali rasmlar
sarlavhalari bilan birga bir-biridan ajrab turishi uchun sahifani
boʻlimlarga boʻlishda ham jadvallardan foydalanishingiz mumkin.
Jadvallar veb-sahifangizdagi maʼlumotlarni muayyan shaklda
tashkillashtirish va barcha boʻlimlarni oʻz joyida saqlashga yordam
beradi. Jadvalning har bir katagini alohida formatlash, undagi
maʼlumotlarni chapga, markazga yoki oʻngga tekislash mumkin.
Jadvallarda ustunlarning sarlavhalari joylashtiriladigan sarlavha
maʼlumoti kataklari ham mavjud.
Jadvalning sarlavha qismi odatda eng yuqori qatorda boʻlib, unda
muayyan ustundagi kontentni tasvirlaydigan axborot joylashadi.
|
| |