|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 362/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikSinov raqami
Sinov
maʼlumotlari turi
Sinov turi
Sinov
maʼlumotlari
Kutilgan natija
Haqiqiy natija
1
2
3
20.01-jadval. Sinov rejasi.
20.03-amaliy topshiriq
20.01-jadvalda koʻrsatilgani kabi sinov rejasi uchun dastlabki
beshta ustun sinov boshlanishidan avval toʻldirilishi lozim.
Amalda ular ishlab chiqish bosqichida yakunlanadi. Sababi
ular muvaffaqiyat mezonlarini ifodalashi lozim.
Sinovlar oʻtkazilib, har bir test uchun “Haqiqiy natijalar” qayd
etilganidan keyin, kutilgan va haqiqiy natijalar taqqoslanadi.
Ular orasida farq boʻlsa, kutilgan natijalar uchun zarur
boʻlgan oʻzgarishlar test jadvalining oxirgi ustuniga yoziladi.
Oʻzgarishlarni turlicha boʻlishi, lekin quyidagilarni oʻz ichiga
olishi mumkin: formulani tuzatish yoxud hisobot yoki soʻrov
uchun kerakli ustunlarni tanlash, Ehtimol, hisobotdagi
maʻlumotlar ustun sarlavhasi ostida bir-biriga mos
kelmayotgan boʻlishi mumkin.
Kerakli oʻzgarishlar kiritilgach, sinovlar qaytadan oʻtkaziladi.
Bu takroran sinash deb ataladi.
“What if?” amaliy topshirigʻidan keyin, har bir oʻquvchi qunt
bilan harakat qilib, qoʻshimcha 7 ball ololganida ulardan
nechtasi sinfdan sinfga oʻta olar edi?
20.18-rasmda toʻrt oʻquvchidan ikkitasigina yuqori sinfga oʻta
olishi koʻrsatilgan. Ammo, agar har bir oʻquvchi 10 ball koʻproq
olganida uchta oʻquvchi yuqoriroq baho olgan boʻlardi.
Shundan soʻng “What if?” testlarining natijalari asosida
keyingi qarorlarni qabul qilishingiz mumkin. Kompyuterlarda
qoʻllaniladigan modellashtirish vositalari va tizimlarining
mohiyati ham ana shunda.
263
20-bob: Maʼlumotlar tahlili
|
| |