|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 360/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikEkstremal maʼlumotlar
Bu – tizimingiz qabul qila oladigan, ammo maʼlumotlar
diapazonining yuqori yoki quyi qismida joylashgan
maʼlumotlar. Tizimingiz ushbu eng past yoki eng baland
oʻzgaruvchanlardan boshqa maʼlumotlarning kiritilishini rad
etishi kerak. Bu elektron jadvalingizda validatsiya qoidalarining
toʻgʻri ishlayotganining nishonidir.
Gʻayrioddiy maʼlumotlar
Bu elektron jadvallar tizimingizni unda belgilangan qoidalarga
mos kelmaydigan raqamlar yoki maʼlumot turlari bilan
sinashdir. Raqam oʻrniga matn yoki sanani notoʻgʻri formatda
kiritish gʻayrioddiy maʼlumotlarning keng tarqalgan turlaridan
hisoblanadi. Odatda sinov muammo nimada ekanini aniqlaydi.
Baʼzan maʼlumotlarni kiritishda, masalan, parollar va roʻyxatdan
oʻtish maʼlumotlari kabi katta-kichik harflarni oʻtkazib
yuborsangiz, tizim bu yozuvni topadi va rad etadi.
KALIT SOʻZLAR
Gʻayrioddiy maʼlumotlar: kutilgan maʼlumotlar diapazoniga
kirmaydigan va mutlaqo kutilmagan sinov maʼlumotlari.
Ekstremal maʼlumotlar: faqat chegaradagi va sinalayotgan
maʼlumotlar diapazoni chekloviga yaqin boʻlgan maʼlumotlar.
Kutilgan natijalaringizni hisoblang
Siz kutilgan natijalarni haqiqiy natijalar bilan taqqoslay
olishingiz uchun, kutilayotgan natijalar har doim haqiqiy
sinovlarni oʻtkazilishidan avval ishlab chiqilishi lozim. Ular
orasida farq boʻlsa, har qanday xatolarni tuzatish uchun
muammo nimada ekanini chuqurroq oʻrganib chiqishingiz
zarur. Maʼlumotlar modelingiz imkon qadar ishonchli ekaniga
amin boʻlish uchun har qanday xatolar tuzatilganidan keyin
takroriy sinov oʻtkazish ham maqsadga muvofiq.
“What if?” tahlili
Maʼlumotlar modelingizni yanada samarali modellashtirish
vositasiga aylantirish uchun uni “What if?” yordamida
sinab koʻrishingiz zarur. Ular ishchi varaqdagi formulalar
natijalarini qanday oʻzgartirishini koʻrish uchun elektron
jadval kataklaridagi qiymatlarni oʻzgartirish imkonini beradi.
Bu ruknda qoʻllanilgan maʼlumotlar modelida oʻquvchilarga
keyingi sinf chegarasiga oʻtish uchun yana qancha ball
kerakligini bilish foydali boʻladi. Bunga atigi bir nechta ball
yetmagan boʻlsa, oʻquvchilarni biroz koʻproq gʻayrat bilan
oʻqish va yuqoriroq baho olishga ruhlantirish mumkin boʻlardi.
Shu tariqa maʼlumotlar modeli oʻqituvchilar va oʻquvchilar
uchun ruhlantiruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Bunday
savollarga javob berish uchun, elektron jadvallarda “What
if?” amaliy topshirigʻidan foydalanishingiz mumkin. “What
if?” amaliy topshirigʻini yaratish uchun yuqori menyudan
|
| |