• I MAVZU. «HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI» O‘QUV FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Tayanch
  • Tabiat va tabiat boyliklarini muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (MSOP)dir. Suvlik, ya’ni
  • Nazorat savollari
  • II MAVZU. YONG‘IN VA UNING ZARARLOVCHI OMILLARI. YONG‘INDA HARAKATLANISH TARTIBI
  • Yong‘inning oqibatlari
  • Hayot faoliyati




    Download 275,31 Kb.
    bet1/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    1

    HAYOT FAOLIYATI

    XAVFSIZLIGI

    Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida qabul qilingan

    me’yoriy-huquqiy hujjatlar kelajak avlodni yanada

    o‘qimishli, har tomonlama bilimdon qilib tarbiyalashni talab

    etadi. «Hayot faoliyati xavfsizligi» o‘quv faniga hukumat tomonidan

    katta e’tibor qaratilayotgani inson xavfsizligi mamlakatimizda

    davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan dalolat

    beradi va bu yo‘nalishdagi sa’yi harakatlarni yanada faollashtirish

    zarur ekanligini ko‘rsatadi. Chunki favqulodda holatlarda

    to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qila oladigan, yuksak axloqiy va

    ma’naviy fazilatlarga ega, o‘zini hamda yon-atrofdagilarni turli

    tusdagi favqulodda vaziyatlarning zararli ta’siridan himoya qila

    oladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish bugungi kunning

    asosiy vazifalaridan biridir.



    I MAVZU. «HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI» O‘QUV

    FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    Tayanch

    Insoniyat o‘zining tarixi davomida tabiat va uning hodisalariga

    qarshi kurashib, undan himoyalanib kelgan. Ajdodlarimizdan

    qolgan moddiy va ma’naviy meroslarimizga e’tibor

    berar ekanmiz, unda tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikning

    naqadar chuqur iz qoldirib kelganligini ko‘ramiz. Prezidentimiz

    I. Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarida

    ota-bobolarimizdan ulkan ma’naviy meros bo‘lib kelgan

    «Avesto» kitobi haqida shunday yozadi. «Avesto»da borliqning

    yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‘

    unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog‘liq

    holda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Bu holat insonning

    ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan

    buyon qanday kuchli ta’sir o‘tkazib kelganiga yana bir

    bor e’tiborimizni jalb qiladi.

    Bugungi kunda esa insoniyat o‘zi bilib, bilmagan holda

    katta muammo bilan yuzma-yuz kelayotganini anglamoqda. Bu

    muammoni inson o‘zi yaratgan kashfiyotlari oqibati uning o‘zi

    uchun xavfli omillarga aylanishida ko‘rdi. Inson bu paytda

    tabiat ustidan hukmron bo‘lishga urindi. Oqibatda chegara

    bilmas xavflar nafaqat bir yoki bir necha xalq, balki jahon

    miqyosida yechilishi kerak bo‘lgan muammolarni keltirib

    chiqara boshladi.

    Prezidentimiz «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka

    tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»

    nomli kitobida tabiatga yetkazilgan ozor va uning sababi haqida

    shunday yozadi. «Hozirgi vaqtda jahon fan-texnika taraqqiyoti

    jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zaxiralardan xo‘jalik

    maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda Buning ustiga,

    dunyo aholisi yildan yilga o‘sib borib, ko‘proq miqdorda oziqovqat,

    yoqilg‘i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab

    chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o‘rmonlar egallab turgan

    4

    maydonlarning jadal suratlarda qisqarishiga, cho‘l-sahrolarning



    bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida

    joylashgan ozon to‘sig‘i kamayib ketishiga, yer havosining

    o‘rtacha harorati ortib borishiga va boshqa holatlarga sabab

    bo‘lmoqda.

    Insoniyat tomonidan tabiatga bo‘lgan bunday munosabat

    quyidagilarni keltirib chiqardi. Ular:

    - cho‘llashish va qurg‘oqchilikning kuchayib borishi;

    - yerning global isishi va uning oqibatida suv toshqinlari

    xavfining ortib borishi;

    - zilzila xavfining kuchayib borishi;

    - ekologiyaning keskin o‘zgarishi;

    - ekologik muhitning yomonlashuvi va boshqa vaziyatlar

    bilan bog‘liq bo‘lgan davosini topish qiyin bo‘lgan kasalliklarning

    paydo bo‘layotganligi;

    - radioaktiv zararlanish xavfining ortib borishi;

    - turli kimyoviy zavodlar va ular bilan bog‘liq avariya va

    portlashlarning yuz berishi xavfi mavjudligi;

    - gidrotexnik inshootlar bilan bog‘liq turli muammolarning

    paydo bo‘lishi. Bular barqarorlikka solinayotgan va chegara bilmas

    xavflarga aylana boshladi, ya’ni bugun jahon ahlini tahlika

    va tashvishga solayotgan yuqorida qayd etilgan xavflarning vujudga

    kelishi inson tabiatning ustidan hukmronlik qilishi lozim,

    degan fikrning natijasidir.

    O‘tgan asrda paydo bo‘lgan va jadal odimlab borayotgan

    texnosfera o‘zining oqibatlari bilan insoniyatga xavf solayotgani

    sir emas. Kishi kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun undan

    tinimsiz foydalanmoqda. Biroq, u esa kelajakdagi hayot uchun

    o‘ziga xos tahdidlarni vujudga keltirmoqda.

    Ma’lumki, ekologik muammolarni hal etish birgina yoki bir

    necha mamlakatlar o‘rtasida hal qilinadigan masala emas, balki

    u mamlakatlar birlashuvini, keng jamoatchilik faoliyatini,

    shuningdek, bu masalaga siyosiy tus berilishini talab qiladigan

    muammolardan biridir. Shu sababli planetaning ekologik

    holatini yaxshilash, u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni birgalikda

    hal qilish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlar, davlatlar o‘rtasidagi

    harakatlarlar, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining

    5

    faoliyatlari muayyan tartibga solina boshlandi va xalqaro ekologiya



    huquqi vujudga keldi.

    Hozirgi vaqtda dunyoda bevosita atrof-muhitni muhofaza

    qilish muammosiga tegishli uch yuzdan ortiq umumiy, mintaqaviy

    va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar mavjud. Ulardan

    eng muhimlari quyidagilardan iborat:

    - YUNESKOning umumjahon madaniyati va tabiat merosini

    muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (1972-yil).

    - Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora

    turlari bo‘yicha xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (1973-

    yil).


    - Tabiiy muhitga nisbatan harbiy yoki har qanday boshqa

    turdagi vositalardan zararli foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi

    konvensiya (1977-yil).

    - Ko‘chib o‘tayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza

    qilish to‘g‘risidagi Bonn konvensiyasi (1979-yil).

    - Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena

    konvensiyasi (1985-yil).

    - Dengiz huquqi bo‘yicha BMT konvensiyasi (1982-yil).

    - Xavfli chiqitlarni davlat chegarlaridan tashqariga tashish

    va ularni chiqarib tashlashni nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel

    konvensiyasi(1989-yil).

    BMT tizimidagi tashkilotlar ichida YUNESKO, IMO,

    VOZ, FAO, MAGATE eng ko‘zga ko‘rinarlilari sanaladi. Ularning

    har biri o‘z vakolatlariga muvofiq ravishda unga mos

    keluvchi ekologiya muammolari bilan shug‘ullanadi.

    Ushbu sohada faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotlari ichida

    eng nufuzlisi 1948-yilda barpo etilgan. Tabiat va tabiat boyliklarini

    muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (MSOP)dir.

    Suvlik, ya’ni dengiz muhitini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish,

    odatda umumbashariy va mintaqaviy darajalarda olib boriladi.

    Universal bitimlar ichida eng muhimlari quyidagilardir:

    birinchidan, Dengizni neft bilan ifloslantirishning oldini

    olish bo‘yicha London konvensiyasi (1954-yil, o‘zgartirishlar

    bilan 1958-yilda kuchga kirdi);

    ikkinchidan, Dengizni chiqitlar va boshqa materiallar bilan

    ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha konvensiya (1972-yilda

    6

    tuzilgan va shu yili kuchga kirgan). Ushbu Konvensiya dengizda



    har qanday ekologik zararli bo‘lgan moddalarni ko‘mishni tartibga

    soladi. Bunday hodisalar oqibatlarini tugatish maqsadida

    1969-yilda Ochiq dengizda neft bilan ifloslantirishga sabab bo‘-

    ladigan avariyalarga (falokatlarga) aralashish to‘g‘risidagi Brussel

    konvensiyasi qabul qilindi (1975-yildan kuchga kirgan).

    O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini

    olish borasida dunyodagi nufuzli tashkilotlar bilan birga xorijiy

    davlatlarning hukumat idoralari bilan ham yaqindan hamkorlik

    ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 1992-yilning noyabr oyidan

    boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat va fan-texnika qo‘-

    mitasi (hozirgi Fan va texnologiyalar markazi) taklifiga binoan

    Toshkentga Germaniya tabiiy ofatlar oldini olish IDNDR

    qo‘mitasi, 1998-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda

    vaziyatlar vazirligi tomonidan Nemis xalqi taraqqiyoti

    jamg‘armasi va Favqulodda vaziyatlarda rejalashtirish va fuqaro

    muhofazasi akademiyasi bilan aloqalar o‘rnatildi.

    Mustaqillik yillari, ayniqsa O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar

    vazirligi hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini

    olish va harakat qilish davlat tizimi shakllantirilgandan so‘ng

    boshqa davlatlar bilan har tomonlama hamkorlik ishlarini olib

    borish ishlari jadal rivojlandi. O‘zbekiston Jahon Sog‘liqni

    saqlash tashkiloti tomonidan barqaror epidemiologik vaziyati

    saqlanib qolgan mamlakat, deb e’tirof etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi 2008-yilda qarorgohi Parijda joylashgan

    «Xalqaro epizootiya byurosining sertifikati» bilan taqdirlandi.

    Ushbu hujjatga muvofiq, O‘zbekistonga sayyoramizning

    ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy

    zarar yetkazayotgan qoramol o‘lati kabi infeksiyadan xoli mamlakat

    maqomi berildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1996-

    yilning 4-martida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi

    Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi

    farmoni favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etishga huquqiy

    asos bo‘ldi. Bu vazirlik Mudofaa vazirligi tarkibida bo‘lgan

    «Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi» negizida

    tashkil etildi.

    7

    2011-yilning 24-avgustidagi 242-sonli «O‘zbekiston Respublikasi



    Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat

    qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» qarori

    qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’-

    limi muassasalarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanini o‘qitish

    asosiy vazifa qilib belgilandi.

    Unda «Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasbhunar

    kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida, ishlab chiqarish va

    turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga

    o‘rgatish umumiy va majburiydir» deyilgan.

    Ma’lumki, respublika iqtisodiyotida gidrotexnik inshootlarning

    o‘rni beqiyos. Biroq, gidrotexnik inshootlardan unumli

    foydalanish, buzilishlarini oldini olish, tozalash, ta’mirlash va

    shu kabi ishlarni amalga oshirish, aholi va obyektlar xavfsizligini

    ta’minlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan asosiy masalalardan

    biri hisoblanadi.

    O‘zbekiston Respublikasining «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi

    to‘g‘risida» gi qonuni bu boradagi huquqiy asoslardan

    bo‘lib, uning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

    Mahkamasining, 5-moddasida mahalliy davlat hokimiyati

    organlarining gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash

    borasidagi vakolatlari belgilab berildi. Bu kabi inshootlarning

    xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston

    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida

    muhim suv xo‘jaligi obyektlari texnik holatini hamda bexatar

    ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berildi. Ushbu

    maxsus vakolatli organning gidrotexnik inshootlari xavfsizligi

    bo‘yicha ko‘rsatmalari tarkibida gidrotexnik inshootlar bo‘lgan

    korxona, muassasa va tashkilotlar uchun majburiy ekanligi

    qonunda o‘z aksini topgan.

    1999-yilda aholi va xalq xo‘jaligi obyektlarini texnogen va

    tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida

    qator qonunlar qabul qilingan bo‘lsa, 2000-yilning 26-mayida

    «Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar

    oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi

    aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza

    qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat

    8

    tizimi» vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini



    belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi

    to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilindi. Qonunning 2-

    moddasida «Fuqaro muhofazasi vazifalari» ko‘rsatib berildi.

    Qonunga ko‘ra:

    - aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu

    harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish

    harakatlari va usullariga tayyorlash;

    - boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish,

    rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

    - xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash

    yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;

    - aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joyga

    evakuatsiya qilish;

    - fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalari shayligini ta’minlash;

    - aholini umumiy va yakka himoyalanish vositalari bilan

    ta’minlash tadbirlariini o‘tkazish;

    - aholini harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu

    harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;

    - radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish

    va laboratoriya nazorati olib borish;

    - qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni

    o‘tkazish;

    - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar

    oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga

    qo‘yish, saqlab qolish va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan

    boshqa tadbirlarni amalga oshirish»dan iborat, deb belgilandi.

    Qonunning ikkinchi qismi 6-12-moddalarida «Fuqaro muhofazasiga

    rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarining

    fuqaro muhofzasi sohasidagi vakolatlari» ko‘rsatib o‘tilgan.

    Qonunning 6-moddasida mamlakat bo‘yicha fuqaro muhofazasiga

    umumiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

    Mahkamasiga, Respublikada fuqaro muhofazasini boshqarish

    O‘zbekiston Respublikasi FVV ga yuklatilgan.

    O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrida qabul

    qilingan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonunida bu boradagi

    9

    qator yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berilgan bo‘lib, ulardan biri –



    tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni

    e’tiborga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini

    ta’minlashdan iborat edi.

    Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish,

    muvofiqlashtirish va bajarish uchun qator tashkilotlar tuzilgan

    va ular faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan xalq xo‘jaligida-Vazirlar

    Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlashtirish,

    metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («O‘zdavstandart»);

    Loyihalashtirish va konstruksiyalashni o‘z ichiga olgan qurilish,

    sanoat qurilish yo‘nalishi bo‘yicha – Arxitektura va qurilish

    bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Davarxitektqurilish);

    Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni

    ifloslanish hamda boshqa zararli harakatlardan qo‘riqlash borasida

    Tabiatni qo‘riqlash davlat qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

    O‘tgan davr mobaynida, ya’ni 1996–2000-yillarda turli

    tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida huquqiy

    asoslarni yaratish jaryoni umumiy-tashkiliy xarakterga ega

    bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yildan so‘ng qabul qilingan bu yo‘nalishdagi

    qonunlar alohida sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi.

    Masalan, 2006-yil 26-sentabrdagi «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining

    sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunini ko‘rish

    mumkin.


    Qonunda sanoat xavfsizligi talablari, ya’ni xavfli ishlab

    chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul

    qilib olishga oid;

    - bunday obyektdan foydalanishga oid;

    - ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan;

    - xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib

    ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha

    harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishga oid talablar va bu talablar

    ustidan davlat nazoratini o‘rnatish belgilab berilgan.

    Qonunda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat

    xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlarini o‘rganish komissiyasi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

    tuzilishi belgilangan.

    10

    Umuman olganda mustaqillik yillarida mamlakat xavfsizligini



    ta’minlash, ya’ni uning tarkibiy qismi bo‘lgan turli

    tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular xavfi va

    oqibatlarini kamaytirish, insonlar nobud bo‘lishiga yo‘l

    qo‘ymaslik maqsadida mamlakatda o‘ziga xos huquqiy-me’yoriy

    asos shakllantirildi. Bu qonunlar va qonunosti hujjatlari

    gumanistik xarakterga ega bo‘lib, ularda milliy mentalitet,

    dunyo qarash, xalqaro huquq tamoyillari chuqur singdirilgan.

    Chunki, bu soha jahon hamjamiyati tomonidan yangi qonunlar

    yaratishni, uni hayotga tatbiq etish borasida o‘ziga yangi tizim

    yaratishni talab etdi. Bu borada O‘zbekiston o‘ziga xos yangi

    tizim yarata oldi va uning ishlash mexanizmini hayotga joriy

    etdi. Aynan shu tizim mamlakatda ko‘plab favqulodda vaziyatlarning

    oldini olmoqda, shuningdek, tabiiy tusdagi favqulodda

    vaziyatlarda chet el mamlakatlariga o‘zaro yordam ham

    ko‘rsatib kelmoqda.

    «Hayot faoliyati xavfsizligi» o‘quv fanining akademik litsey

    va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilishi dunyoda yuz berayotgan

    turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni o‘quvchi bilishi, ular xavfini

    oldindan aniqlash, yuz berganda muhofazalanish usullarini

    o‘rganishi, to‘g‘ri harakat qilishni tashkil etishi hamda atrofdagi

    yordamga muhtoj kishilarga yordam berishi, ularni xavfli

    hududlardan olib chiqib ketishi, birinchi tibbiy yordam berishi,

    shuningdek, bunday xavflardan moddiy boyliklarni muhofaza

    eta olishiga qaratilgan.

    Bugun yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda

    inson omilining ham o‘rni katta ekanligini anglagan holda,

    tabiatga beparvolik bilan bo‘layotgan munosabat, o‘z kasbining

    bilimdoni emasligi, mas’uliyat hissini shakllanmaganligi,

    loqaydlik kabi illatlarning o‘rni katta ekanligini tushunib

    olishlari kerak bo‘ladi.

    Xulosa qilib aytganda, ushbu fanni o‘rgatishda asosiy e’tibor

    shaxsiy va jamoat xavfsizligi asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni

    ko‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlarda

    uyda, ko‘chada, jamoat transportida bajarilishi kerak

    bo‘lgan xatti-harakatlarni o‘rgatishga, fanni o‘qitish mobaynida

    har bir o‘quvchi ongida o‘z-o‘zini va jamoat a’zolarini muhofa11

    zalash stereotiplarini tarkib toptirish asosiy maqsad qilib qo‘-

    yildi. Shunga binoan:

    - ta’lim oluvchilarda favqulodda vaziyatlarda o‘z hayotini,

    sog‘lig‘ini himoya qilishni o‘rgatishga oid bilimlar berish;

    - favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning talofotlarini

    bartaraf etishni o‘rgatish;

    - favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o‘z-o‘ziga

    va o‘zaro yordam berish yo‘llarini o‘rgatish;

    - xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, baholash va

    ulardan muhofazalanish yo‘llarini topishni o‘rgatish masalalari

    fan mohiyatini tashkil etadi.

    Nazorat savollari

    1. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining o‘qitilishi zaruriyatini

    so‘zlab bering.

    2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifalarini gapirib bering.

    3. O‘zbekistonda qaysi hokimiyat organi rahbari fuqaro

    muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi?

    4. Siz yashayotgan tuman yoki shaharda, ilm olayotgan ta’-

    lim muassasasida kim fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi?

    5. Siz o‘qiyotgan ta’lim muassasasidagi fuqaro muhofazasi

    tuzilmalarining vazifalari haqida bilasizmi?

    12

    II MAVZU. YONG‘IN VA UNING ZARARLOVCHI

    OMILLARI. YONG‘INDA HARAKATLANISH TARTIBI

    Tarixiy manbalarda yong‘inlar katta-katta shaharlarni kulxonaga

    aylantirgani, ko‘plab odamlarning nobud bo‘lishiga olib

    kelgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, eramizning

    64-yili Rim shahrida yuz bergan yong‘in natijasida Rimning 14

    ta rayonidan 10 tasi yonib kul bo‘lgan, dunyoning yetti ajoyib

    mo‘jizasidan biri hisoblangan Efosdagi Artemida ibodatxonasi,

    391-yilda Aleksandriya shahridagi mashhur kutubxona yong‘in

    oqibatida kulxonaga aylangan.

    Insonlar hayotiga tashvish keltirgan bunday tarixiy dalillarni

    ko‘plab keltirish mumkin. Shu sababdan Ota-bobolarimiz «Olov

    – bu tilsiz yov», deb bekorga aytishmagan. Biroq, olovsiz hayotimizni

    tasavvur qilishimiz qiyin. Kundalik turmushimizda,

    hayotiy faoliyatimizda u biz uchun eng kerakli omil. Demak,

    olov bizning yashab qolishimiz va hayotimizning go‘zallashib

    borishi uchun asosiy omillardan biri. Faqat undan to‘g‘ri

    foydalanishlari zarur. Holbuki, yuqorida keltirilgan yong‘inlarning

    yuz berishida inson omili asosiy o‘rinda turadi.

    Shu narsani aytib o‘tmoq joizki, xo‘jalikning qaysi tarmog‘

    ini olib qaramang, shu sohada yong‘in xavfsizligini

    ta’minlash, ular yuz berganda bartaraf etish uchun alohida yondashish

    lozim hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraydigan

    bo‘lsak, uning oldini olish va unga qarshi kurashning o‘zi

    bir fan va o‘ziga xos yondashuvni talab etadigan soha

    hisoblanadi.

    Ma’lumki, inson olovning o‘zi uchun qanchalik foydali

    ekanligini anglab etgan kundanoq, uni aziz tutishga harakat

    qildi. Olov inson hayotiga kirib kelishi bilanoq uning turmush

    tarzida kuchli o‘zgarishlar yuz berdi. Odamzot olovda

    pishirilgan taom shirin bo‘lishini bilgani zahoti u turli yuqumli

    kasalliklarga qarshi kurasha oldi. U inson umrini uzayishida,

    yovvoyi hayvonlar hujumidan himoyalanishgda, sovuqdan

    13

    saqlanish uchun eng yaxshi muhofaza omili bo‘ldi.



    Boshqacharoq aytganda, biz bugun kundalik hayotimizda

    foydalanayotgan barcha issiqlik manbayi, yoritgichlar va

    boshqalar vazifasini olov bajardi. Shu sabab, ajdodlarimiz olovni

    ulug‘ tutib, uni pok saqlashga harakat qilganlar.

    Shunday ekan, olov nima?

    Olov – bu kimyoviy elementlar reaksiyasi natijasida paydo

    bo‘ladigan hodisa. U inson hayoti uchun zarur, odam tomonidan

    nazorat qilib bo‘ladigan, unga naf keltiradigan jarayon. U

    nazoratdan chiqib ketsagina yong‘inga aylanishi mumkin.



    Yong‘in – bu nazoratsiz yonish jarayoni bo‘lib, insonlar

    hayotiga zomin bo‘lishi, ularning sog‘ligiga zarar yetkazishi,

    moddiy va madaniy boyliklarni qisqa vaqtlarda yo‘q qilishi,

    bino va konstruksiyalarga shikast yetkazuvchi ofat, favqulodda

    vaziyatdir.

    Yong‘inning kelib chiqishi uchun uch omilning bir vaqtning

    o‘zida bir joyda bo‘lishining o‘zi kifoya. Ya’ni:

    - yonuvchan modda (neft, aseton, qog‘oz, yog‘och va b.);

    - havo (kislorod);

    - yonish manbayi (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa

    tutashuvi).

    Yong‘in va portlashlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal

    qilmaslik, fuqarolarning loqaydligi va e’tiborsizligi, elektr asbobuskunalar

    va simlarining nosozligi, gaz, ko‘mir va o‘tin bilan

    isitiladigan vositalardan noto‘g‘ri foydalanish, yonuvchan

    moddalarning qarovsiz saqlanishi, elektr simlarining qisqa

    tutashuvi, bolalarning olov bilan o‘ynashlari, qasddan yoqib

    yuborishlar, o‘z- o‘zidan yonib ketish sabab bo‘lishi mumkin.

    Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlar

    iqtisodiyotga eng ko‘p zarar keltiradigan, insonlar hayoti uchun

    katta xavf tug‘diradigan favqulodda vaziyatlar hisoblanadi.

    Chunki, ishlab chiqarish yong‘inlari portlash kabi noxush

    hodisalarga ham olib kelishi mumkin.

    Ayrim hollarda yong‘in kelib chiqishining sabablari olov

    bilan ishlatiladigan ishlab chiqarish uskunalaridan hosil bo‘-

    ladigan alanga, nur issiqligi, isitish asboblari, elektr va gaz chilangar

    apparatlari ham bo‘lishi mumkin.

    14

    1-rasm. Yong‘inning oqibatlari



    Download 275,31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 275,31 Kb.