• Dekompressiya vaqtida qanday harakat qilish kerak
  • Samolyotda yong
  • «Qattiq» qo
  • Suv transportidagi avariyalar.
  • Kemadan tushirishdagi harakat.
  • Qutqaruv vositalariga ega bo
  • Qutqaruv vositasidagi harakat.
  • Transport vositalarida xafsizlik qoidalariga rioya qilish
  • XI MAVZU. RADIATSIYA MANBALARI VA KUCHLI TA’SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALARNING ZARARLI TA’SIRI
  • «Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida»
  • Radioaktiv xavfsizlik
  • Ionlantiruvchi nurlanish manbayi
  • Havo transportidagi avariyalar




    Download 275,31 Kb.
    bet9/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17

    Havo transportidagi avariyalar. Aviatsiya halokatlari ko‘plab

    sabablar tufayli sodir bo‘ladi. Samolyot ayrim konstruksiya98

    larining buzilishi, dvigatellarning ishlamay qolishi, boshqaruv

    tizimi, elektr, aloqa, uchirish tizimining ishdan chiqishi,

    yoqilg‘i yetishmasligi, ekipaj va yo‘lovchilar hayoti xavfsizligini

    ta’minlashdagi uzilishlar og‘ir oqibatlarga olib keladi.



    Dekompressiya – bu samolyotning germetikligi buzilganda

    salondagi havoning siyraklashishidir. Tez dekompressiya odatda

    qattiq g‘uvillash bilan boshlanadi (havo chiqib ketayotgan

    bo‘ladi). Salon chang va tuman bilan to‘ladi. Ko‘rinish birdan

    pasayadi. Odam o‘pkasidan havo tez chiqib keta boshlaydi va

    uni ushlab qolib bo‘lmaydi. Bir vaqtning o‘zida quloqlarda

    shang‘illash va ichakda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.

    Dekompressiya vaqtida qanday harakat qilish kerak?

    Bunday paytda ko‘rsatmani kutmasdan, zudlik bilan kislorodli

    niqobni kiyib oling. Niqobni kiymasdan turib, boshqalarga, u

    hattoki, farzandingiz bo‘lsa ham, yordam ko‘rsatishga

    shoshilmang. Niqobni kiygan zahoti xavfsizlik kamarini taqib,

    keskin pasayishga tayyorlaning.



    Samolyotda yongin sodir bolganda qanday harakat qilish

    kerak? Yong‘in sodir bo‘lganda samolyot bortida olov emas,

    balki tutun ko‘proq xavf tug‘dirishi doimo yodingizda bo‘lsin.

    Iloji boricha paxtali yoki junli kiyimning namlangan bo‘laklari

    orqali nafas oling. Chiqish joyigacha egilib yoki emaklab

    harakat qiling, chunki salonning pastki qismida tutun kamroq

    bo‘ladi. Tanangizning ochiq joylarini mavjud kiyim, sharf va h.

    k. yordamida olovning bevosita ta’siridan muhofaza qiling.

    Samolyot yerga qo‘nib to‘xtagandan keyin portlash xavfi katta

    bo‘lgani uchun zudlik bilan yaqinroqdagi chiqish eshigiga

    boring. Agar o‘tish yo‘lidan yurishning iloji bo‘lmasa, kreslolarning

    suyanchig‘ini tushirib, ular orqali o‘ting. Evakuatsiya

    vaqtida buyumlarni tashlang va ochiq olov yoki kuchli tutun

    yaqinidagi lyuklar orqali tashqariga chiqishdan voz keching.

    Samolyotdan chiqqaningizdan so‘ng iloji boricha undan

    uzoqlashing va portlash ehtimoli bo‘lgani uchun boshingizni

    qo‘llaringiz bilan berkitgan holda yerga yotib oling.

    Har qanday vaziyatda ham vahimaga berilmasdan, dadil

    harakat qiling, bu sizning omon qolishingizga yordam beradi.

    99

    «Qattiq» qonishda va undan keyin qanday harakat qilish

    kerak? Har bir uchish va qo‘nishdan oldin xavfsizlik kamarini

    puxta taqing. U iloji boricha bo‘ksangizdan pastda zich taqilgan

    bo‘lishi kerak. Boshingiz tepasida tushib ketishi mumkin

    bo‘lgan buyum bor-yo‘qligini tekshiring.

    Uchish va qo‘nish paytidagi avariyalar to‘satdan sodir

    bo‘ladi, shuning uchun tutun, keskin pasayish, dvigatellarning

    to‘xtab qolishi va hokazolarga e’tibor bering. Cho‘ntaklaringizni

    o‘tkir tig‘li buyumlardan bo‘shating, egiling va qo‘llaringizni

    tizzangiz tagida birlashtiring. Boshingizni tizzangizga qo‘ying

    yoki iloji boricha pastroqqa tushiring. Oyog‘ingizni polga tirab,

    sal uzoqroq qilib uzating (lekin oldindagi kreslo tagiga emas).

    Zarb vaqtida mushaklaringizni tarang qilib, kattaroq zo‘riqishga

    tayyor turing. Har qanday vaziyatda ham samolyot to‘liq

    to‘xtamagunicha joyingizdan siljimang, vahima ko‘tarmang.



    Suv transportidagi avariyalar. Suvdagi yirik halokatlar va

    avariyalarning ko‘pchiligi bo‘ron, dovul, tuman, muzlar sababli,

    shuningdek, kapitanlar, botsmanlar va ekipaj a’zolarining aybi

    bilan sodir bo‘ladi. Avariyalar ko‘pincha kemalarni

    loyihalashtirish va qurilishidagi yanglishish va xatoliklar tufayli

    ham sodir bo‘lishi mumkin.

    Yo‘lovchini muhofaza qilishning dastlabki chorasi sifatida

    kemaning yuqori sahnidagi qutqaruv kemachalariga olib

    boradigan yo‘lni eslab qolishni tavsiya qilish mumkin. Chunki

    halokat paytida, ayniqsa, tutun ichra va kema yonboshga

    qiyshayib qolganda mo‘ljal olish qiyinlashadi.

    Kemadan tushirishdagi harakat. Kemani to‘xtatish to‘g‘risidagi

    qarorni faqat kapitan qabul qilishini yodda tuting.

    Kemadan tushish vaqtida ekipaj a’zolarining ko‘rsatmalarini

    bajaring va quyidagi qoidalarga amal qiling:

    - birinchi navbatda qutqaruv kemalarida ayollar, bolalar,

    jarohatlanganlar va qariyalarga joy beriladi;

    - qutqaruv kemachasi yoki solga tushishdan oldin egningizga

    ko‘proq issiq kiyim, ustidan qutqaruv nimchasini kiyib oling.

    Iloji bo‘lsa, kemachaga ko‘rpa, qo‘shimcha kiyim, avariya

    paytida foydalaniladigan radiopriyomnik, ichimlik suvi va oziqovqat

    oling;

    100


    - agar kema bortidan suvga sakrashga majbur bo‘lsangiz,

    unda 5 metrdan ortiq bo‘lmagan balandlikdan og‘iz va burunni

    bir qo‘lingiz bilan berkitib, ikkinchi qo‘lingiz bilan qutqaruv

    nimchasi barini ushlagan holda sakrang;

    - suvdagi har bir harakat issiqlik yo‘qolishiga sabab bo‘ladi,

    shuning uchun faqat qutqaruv vositasi tomon suzing;

    - qutqaruv vositasiga chiqqandan so‘ng cho‘kayotgan

    kemadan kamida 100 metr masofaga suzish zarur.



    Qutqaruv vositalariga ega bolmagan holdagi harakat.

    Suvda bo‘lsangiz, hushtak chalib yoki qo‘llaringizni ko‘targan

    holda signal bering.

    Issiqlikni saqlash uchun iloji boricha kamroq harakat qiling.

    Suvda havoga nisbatan issiqlikni yo‘qotish bir necha barobarga

    tezlashadi. Shuning uchun hattoki iliq suvdagi harakat ham

    faqat suv yuzasida qolishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Qutqaruv

    nimchasida issiqlikni saqlash uchun hajmingizni kichraytiring,

    qo‘llaringiz bilan ko‘krak qafasining yon tomonidan ushlang va

    qovuqlaringizga suv kamroq tegishi uchun bo‘ksangizni

    yuqoriroq ko‘taring. Bu usul sovuq suvda omon qolish

    muddatini 50 foizga qadar ko‘paytiradi. Agar sizda qutqaruv

    nimchasi bo‘lmasa, biron-bir suzuvchi narsani izlang va

    qutqaruvchilar kelguniga qadar o‘sha narsaga osilib oling.

    Chalqanchasiga yotib dam oling.

    Qutqaruv vositasidagi harakat. Dengiz kasalliklari uchun

    mo‘ljallangan tabletkadan iching. Tanangizdagi issiqlikni saqlash

    uchun qutqaruv kemachasidagi boshqa jabrlanganlarga yaqinroq

    joylashib oling, jismoniy mashqlar bajaring. Faqat bemorlar va

    jarohatlanganlarga suv bering. Ochiq dengizda agar qirg‘oqqa

    yetish yoki kema yo‘llariga chiqishning iloji bo‘lmasa, boshqa

    qutqaruv kemasidagilar bilan birga kema halokati joyi yaqinida

    bo‘lishga harakat qiling.

    Oyoqlaringizni imkoni boricha quruq tuting. Ularni tez-tez

    balandga ko‘tarib turing va shishib ketmasligining oldini olish

    maqsadida harakatlantirib turing.

    Transport vositalarida xafsizlik qoidalariga rioya qilish

    Transport vositalari salonida odamlar oladigan jarohatlar

    transport vositasi katta tezlikda keskin burilganda, tezlik birdan

    101


    oshirilganda va keskin tormoz bosilgan transport vositalarining

    o‘zaro to‘qnashuvi yoki to‘siqqa urilishi natijasida sodir bo‘ladi.

    Jumladan, katta tezlikda kelayotgan transport vositasi keskin

    tormoz berib to‘xtashi natijasida unda o‘tirgan odamga ta’sir

    etadigan kuch bir necha barobar oshadi, masalan, odamning

    og‘irligi 80 kg bo‘lsa, unga ta’sir etadigan kuch 1500 kg ga

    yetadi. Uning qon tomirlarida kasallik bo‘lsa, tomirlar yorilib,

    yuragi infarktga uchrashi yoki bosh miya qon tomirlari yorilib,

    insult holatiga tushishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida yo‘l

    transport hodisasiga sabab bo‘ladi. Olimlarning aytishlaricha,

    haydovchining yonidagi o‘rindiq «o‘lim kreslosi» deb ataladi,

    chunki avtohalokat paytida bu o‘rindiqda o‘tirgan odamning

    o‘lish ehtimoli haydovchiga nisbatan 7 barobar, orqa o‘rindiqda

    o‘tirgan odamga nisbatan 5 barobar ko‘p bo‘ladi. Bu o‘rinda

    transport vositasining tezligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 50

    km/soat tezlikda kelayotgan transport vositasi to‘siqqa urilganda

    transport vositasi ichidan otilib chiqqan odamning jarohati

    beshinchi qavatdan yiqilgan odam kabi, 80 km/soat tezlikda

    esa, 15-qavatdan yiqilgan odamning olgan jarohati bilan teng

    bo‘ladi. Respublikamizda haydovchi va fuqarolarning hayotini

    himoya qilish maqsadida davlatimiz tomonidan qator qonun va

    qarorlar qabul qilinganligiga qaramay, haydovchilar qonunni

    buzib, o‘zlari va atrofdagilarning hayotini xavf ostiga solishadi.

    Jumladan, haydovchi va yo‘lovchilar hayotini saqlash uchun

    qo‘llaniladigan xavfsizlik kamari ishlab chiqarilib, joriy qilinganiga

    100 yildan oshganiga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar

    uni pisand qilmaydi, uni taqishga beparvo bo‘ladi. Yaqinda

    davlat tomonidan xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun

    qo‘llaniladigan jarima qiymati oshirilganidan keyin ko‘pchilik

    haydovchilar YPX, xodimini ko‘rib qolsalar vaqtinchalik

    taqishadi. Xavfsizlik kamari esa, transport vositasi ichida

    o‘tirgan furaqolar hayotini saqlashda eng maqbul vosita.

    Olimlarning aniqlashicha, faqat 10 km/ soat tezlikda yuruvchi

    transport vositasi to‘siqqa urilganda haydovchi o‘zining qo‘l va

    oyoqlari yordamida shikastlanishdan saqlanishlari mumkin,

    xolos. Agar transport vositasi 60 km/soat tezlikda to‘siqqa

    urilsa, vazni 80 kg bo‘lgan odamning vazni 3 tonnaga teng

    102


    bo‘ladi. 80 km/soat tezlikda esa, 9 tonnaga teng og‘irlik bilan

    transport vositasining old oynasiga, rul sambaragiga, oldingi

    shitga uriladi. Bunday holda odamning tirik qolishi amri mahol.

    Uning hayotini faqat xavfsizlik kamarigina saqlab qolishi

    mumkin. Yapon olimlarining ma’lumotlariga qaraganda,

    xavfsizlik kamari har 100 ta halokatli yo‘l-transport hodisasining

    75 tasida, Amerika olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra esa,

    ag‘darilib ketgan transport vositalarida har 100 ta yo‘lovchining

    91 tasini hayotini saqlab qolgan. Xavfsizlik kamari muqarrar

    o‘lim bilan yakunlanadigan avtohalokatlarda haydovchi va

    yo‘lovchilarning yarmidan ko‘pini va boshqa avtohalokatlarda

    90 foizgacha o‘limdan saqlab qoladi. Ayrim haydovchilar xavfsizlik

    kamari avtohalokat chog‘ida transport vositasi portlaganda

    haydovchining transport vositasidan chiqib ketishiga xalal berib,

    uning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb hisoblaydilar. Ammo

    olimlarning aniqlashicha, faqat, 0,03 foiz, ya’ni har 300

    avtohalokatga uchragan transport vositasidan bittasi katta

    tezlikda to‘siqqa urilganda yoki transport vositalari yuzma-yuz

    to‘qnashganda yoki katta balandlikdan qulab tushganda portlar

    ekan.


    Kabina ichidagi odam avtohalokat paytida ruldan, transport

    vositasining old oynasidan, orqani ko‘rish oynasidan, priborlar

    turadigan shitdan va kabinaning boshqa qismlaridan jarohat

    oladi.


    Nazorat savollari

    1. Transport vositalari bilan bog‘liq halokatlarning kelib

    chiqish sabablarini ayting.

    2. Transport halokatlari yuz bermasligi uchun nimalarga

    e’tibor qaratish lozim?

    3. Dekompressiya vaqtida qanday harakat qilish kerak?

    4. «Qattiq» qo‘nishda va undan keyin qanday harakat qilish

    kerak?


    5. Transport vositalari salonida odamlar qanday jarohatlar

    olishi mumkin?

    103

    XI MAVZU. RADIATSIYA MANBALARI VA KUCHLI

    TA’SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALARNING

    ZARARLI TA’SIRI

    Radioaktivlik hodisasi 1896-yilda fransuz olimi Anri

    Bekkerel tomonidan kashf etilgan. Hozirgi paytda radioaktivlik

    hodisasi fan, texnika, tibbiyot, sanoatda keng qo‘llanib

    kelinmoqda. Shuningdek, tabiiy radioaktivlik xususiyatiga ega

    bo‘lgan elementlar atrof-muhitda ham insonni o‘rab turadi.

    Radioaktiv moddalar tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatib ularni

    kuchli zararlash xususiyati bilan xavfli hisoblanadi.

    Radiatsiya bu gamma nurlar va neytronlar oqimi bo‘lib,

    uning manbalari sifatida radioaktiv moddalar, yadroviy texnik

    qurilmalarni ko‘rsatish mumkin. Radiatsiyaning tirik organizmlarga

    va atrof-muhitga o‘ta zaharli ta’sirini e’tiborga olib

    mamlakatimizda ham aholi va hududlarning xavfsizligini

    ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Radiatsiya xavfsizligi

    to‘g‘risida»gi 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan qonuniga

    asosan quyidagi ta’riflar belgilab qo‘yilgan.



    Radioaktiv xavfli inshoot – bu xavfli muassasa bo‘lib, unda

    sodir bo‘lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish

    holati vujudga kelishi mumkin.

    Radioaktiv avariya – uskuna nosozligi, xodimlarning xattiharakatlari

    (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli

    favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning

    belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrofmuhitning

    radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan

    yoxud olib kelgan ionlantiruvchi nurlanish manbayi ustidan

    boshqaruvning izdan chiqishidir.

    Radioaktiv xavfsizlik – fuqarolar va atrof-muhitning ionlantiruvchi

    nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik

    holati.

    Ionlantiruvchi nurlanish – radioaktiv parchalanishda, yadroviy

    evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakati104

    ning sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro

    ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan

    nurlanish.

    Ionlantiruvchi nurlanish manbayi – o‘zidan ionlantiruvchi

    nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va

    radioktiv modda.

    Radiatsiyaning tabiiy va su’niy manbalari mavjud bo‘lib

    tabiiy manbalarga radioaktiv moddalar va quyosh radiatsiyasini,

    sun’iy radiatsiya manbalariga atom elektr stansiyalari, atom

    reaktorlari hamda rentgen qurilmalarini kiritish mumkin.

    Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida

    aholi xavfsizligini ta’minlashdagi yirik muammolardan biri

    radiatsiya bilan zararlanish holatini nazorat qilish, radioaktiv

    ifloslanishning oldini olishdan iborat. Uran qazib olish va uni

    to‘yintirish natijasida paydo bo‘ladigan chiqindilar xavfli

    ekologik vaziyatni vujudga keltirib, muayyan maydondagi yerlarni

    yaroqsiz holatga olib kelmoqda. Shu bilan birga

    hududning gidrologik holatini o‘zgartirib, yer, suv va atmosferani

    hamda aholi va hayvonot olamini zararlamoqda.

    Ma’lumotlarga qaraganda yer sharida 15 mln t uran

    zaxiralari mavjud. Undan hozirgi kunga qadar 2,7 mln t dan

    ortiq uran zaxiralariga ishlov berilgan. Sobiq ittifoq davrida

    dunyoda ishlov berilgan barcha uran zaxiralarining 45 % shu

    hududga to‘g‘ri kelgan. Bu uran zaxiralari Rossiya, Qozog‘iston

    va O‘zbekiston Respublikalari hududlariga teng miqdorda

    taqsimlangan.

    Prezidentimiz I. Karimov XXI asr bo‘sag‘asida Respublikaning

    iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini keng tahlil etar

    ekan, mamlakat va uning aholisiga tahdid solayotgan tashqi va

    ichki, tabiiy va ekologik xavflarni atroflicha tahlil etib,

    «Radiaktiv ifloslanish, ayniqsa katta xavf tug‘dirmoqda» deb

    ta’kidlagan edi. Ya’ni Markaziy Osiyo davlatlari hududida

    radiaktiv chiqindilar ko‘milgan maskanlar bilan bog‘liq

    masalalar to‘la hal etilmagan. Ularning umumiy soni 44 ta

    bo‘lib, turli radiaktiv chiqindilar hajmi 70 mln. m3ni, maydoni

    1200 gani tashkil etadi. Mazkur maskanlarning eng xavflilaridan

    10 tasi asosan, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida joylashgan

    105

    Moylisuv, Oqtuz, Sumsar, Shakaftor, Qadamjoy, Haydarkon,



    Degmoy, Anboz, Adrasman, Taboshar yerlari bo‘lib, hozirgi

    kunda ulardan kelib chiqadigan xavflarning oldini olish, mamlakatimiz,

    ayniqsa, Andijon viloyati aholisiga zarar yetkazmaslik

    uchun katta ishlar qilinmoqda. Qirg‘izistonning O‘zbekistonga

    chegaradosh hududida joylashgan Moylisuv yadro chiqindilari

    qabristoni dunyodagi eng xavfli 10 talik hududlardan biri

    hisoblanadi. Agarda sel yoki surilmalar natijasida bu chiqindilar

    O‘zbekiston hududiga tushsa 1,5 milliondan ortiq kishining

    hayot faoliyatiga xavf tug‘dirishi mumkin.

    Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini

    uzoq muddat saqlash masalasi muhim ahamiyatga ega.

    Radiatsiyadan ushbu mahsulotlarning saqlash muddatlarini

    uzaytirish maqsadida ham qo‘llanmoqda. Bu esa o‘z navbatida

    inson organizmiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan:

    radiatsiyadan nurlanish mahsulotlarning sifatiga salbiy ta’sir

    ko‘rsatadi, inson organizmi uchun muhim bo‘lgan B,C,D,E

    vitaminlarining yo‘qotilishiga olib keladi, mahsulotda toksikologik

    zaharli moddalar paydo qiladi, ularda yashovchan,

    kuchli bakteriyalar miqdorining ortishiga olib keladi, chunki

    radiatsiya zaif bakteriyalarni o‘ldiradi, kuchlilari esa yashab

    qoladi.

    Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar natijasida atom



    elektrostansiyalarida yuzaga keladigan avariyalar va ularning

    salbiy oqibatlari haqida so‘z ketganda yadroviy energetikaning

    rivojlanish davridan beri, ya’ni 1957-yildan, to‘rtta eng katta

    atom elektrostansiya (AES)larda avariya sodir bo‘lgan. Bular

    1957-yilda Buyuk Britaniyaning Vindskeyl shahrida, 1979-yilda

    Amerika Qo‘shma Shtatlarining Tri-Mayl-Aylen shtatida, 1986-

    yilning 26 aprelda sobiq ittifoqning Chernobil shahrida hamda

    2012-yil Yaponiyadagi Fukusima AESida sodir bo‘lgan

    halokatlardir.

    Chernobil shahrida joylashgan AES ning to‘rtinchi blokidagi

    reaktorning portlashi oqibatida portlash joyida juda ko‘p

    odamlar halok bo‘lgan, shu yerda bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar va

    tibbiyot xodimlari 100 dan 1600 BERgacha nurlanish olganlar.

    Radiatsiya changi Rossiya, Belorussiya, Ukraina va Yevropa

    106

    davlatlari bo‘ylab tarqalgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi



    xodimlari zudlik bilan 30 kilometrgacha bo‘lgan hududdagi

    aholini evakuatsiya qilishga ulgurishgan.

    Mahalliy hokimiyatning sustkashligi tufayli kechroq

    evakuatsiya qilingan minglab aholi 300 BERdan ko‘p nurlanish

    olganlar.

    Odamlarni yuzaga kelgan xavf oldida dovdirab kolmaslikka,

    kerak vaqtda aniq va tez harakat qilishga, qutqarish ishlarini

    unumli o‘tkazishga imkon beradi.

    Kompyuter, uyali aloqa vositalari, maishiy uy jihozlardan

    foydalanishda ham ma’lum qoidalarga amal qilish, xususan

    kompyuter oldida juda ko‘p o‘tirib qolmaslik, uyali aloqa vositalarida

    tanaffussiz uzoq gaplashish, maishiy elektr jihozlaridan

    foydalanganda e’tiborli bo‘lish zarur. Tibbiy rentgen apparatiga

    tushish vaqt me’yorlariga amal qilish kerak.

    Quyosh radiatsiyasi insonga halokatli ta’sir ko‘rsatishi

    mumkin. Lekin biz yashab turgan yer sharini o‘rab turgan ozon

    qatlami quyoshdan kelayotgan nurlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri yer

    yuzasiga tushmasligini ta’minlaydi. Ya’ni quyoshdan kelayotgan

    nurning bir qismini atmosfera qobig‘i qaytaradi. Bir qism

    infraqizil nurlar atmoferadan o‘tib fazoda yo‘q bo‘lib ketadi.

    Infraqizil nurlanishning bir qismi issiqxona gazlari molekulalari

    tomonidan yutiladi va qayta nurlanadi. Buning natijasida yer

    yuzasi va atmosferaning quyi qatlamlari haroratining ortishi

    amalga oshadi. Agarda quyosh nurlari yer yuzasiga to‘g‘ridan

    to‘g‘ri tushganda insoniyatning hayotiga bir zumda chek qo‘yilgan

    bo‘lar edi.

    Radiatsiya manbayi ta’siridan masofa, vaqt hamda modda

    yordamida himoyalanish mumkin. Ya’ni siz radiatsiya manbasi

    yonida qancha kam o‘tirsangiz shuncha kam miqdorda nurlanish

    olasiz.


    Manbadan qancha ko‘p masofaga uzoqlashsangiz shuncha

    kam miqdorda ta’sirlanasiz. Agar siz manbadan 1 metr masofada

    turganingizda 1000 rentgen nurlanish bo‘lsa, 5 metr

    masofaga uzoqlashsangiz nurlanish 40 rentgenni tashkil qiladi.

    Siz bilan radiatsiya manbasi o‘rtasida qancha ko‘p va zich

    miqdorda ashyo, modda hamda jihozlar bo‘lsa ular shuncha

    107

    ko‘p miqdordagi radiatsiyani o‘ziga yutadi. Shuningdek,



    radiatsiya manbayi joylashgan bino va xonalarni tez-tez

    shamollatib turish, uy qurayotganda radiatsion xavfsiz qurilish

    ashyo va jihozlaridan foydalanishga e’tibor berish ham muhim

    hisoblanadi.

    Ma’lumki, o‘zidan nur tarqatish va odam organizmida «o‘tkir

    nur kasalligi», deb nomlanadigan kasallikni vujudga keltirishi

    mumkin bo‘lgan radioaktiv moddalar xalq xo‘jaligining bir qator

    sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatilib kelinmoqda.

    Radioaktiv moddalarni saqlash, to‘g‘ri ishlata bilish va qayta

    ishlash jarayonlarida xavfsizlik texnikasiga rioya etilmasa, atrofmuhitning,

    o‘simliklarning radioaktiv zararlanishiga,

    odamlarning va mavjudotlarning halok bo‘lishiga olib keladi.

    Inson «o‘tkir nur kasalligi»ga chalinishi uchun birvarakayiga 100

    rentgen nurlanish olishi kerak. Ammo inson nurlanish

    jarayonini umuman sezmasligi mumkin. Nurlanish miqdori

    ortgani sayin kasallik kechishi ham og‘irlashadi. «O‘tkir nur

    kasalligi» da insonning barcha a’zolari zararlansada, markaziy

    asab tizimi, qon yaratish tizimi hamda oshqozon-ichak yo‘li

    yanada kuchliroq xastalanadi. Zararlangan kishida umumiy

    holsizlanish, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, tana harorati

    ko‘tarilishi, ishtaha yo‘qolishi, uyqusizlik, qorin sohasida kuchli

    og‘riq kuzatiladi.

    Zaharlanish, deganda, organizmga tashqi muhitdan zaharli

    moddalarning ta’sir etishi natijasida kelib chiqadigan patologik

    jarayon tushuniladi. Bunday zaharli moddalarga sanoat va

    oilada ishlatiladigan turli xil kimyoviy birikmalar, ayrim hayvon

    va o‘simliklar hosil qiladigan bakteriyalardan ajralib chiqadigan

    moddalar, dori- darmonlar va boshqalar kiradi. Organizmga

    kiradigan zaharlarning ta’sir tezligi, miqdori va kuchiga qarab

    o‘tkir, o‘rta va surunkali zaharlanishlar bo‘ladi.

    Zaharlanishlar ataylab, tasodifan, dori-darmonlardan, kasbsohasida

    ham yuz berishi mumkin. Ko‘pincha doridarmonlardan

    zaharlanish undan keyin maishiy kimyoviy

    moddalardan, so‘ng oziq-ovqat mahsulotlari, keyingi o‘rinda

    esa zaharli o‘simliklar va hayvonlar orqali zaharlanish turadi.

    108


    Zaharlangan kishiga qanchalik tez yordam ko‘rsatilsa, ya’ni

    terapevtik chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilsa, zaharning og‘ir

    oqibati tezda bartaraf etiladi. Zotan, bemorga zaharlangan

    joyning o‘zida yoki shifoxonada tez yordam ko‘rsatish g‘oyat

    muhimdir.

    Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam berishda quyidagilarga

    e’tibor berish lozim:

    1) tanaga zahar tushishini to‘xtatish;

    2) qonga hali so‘rilmagan zaharni tanadan chiqarib

    tashlash;

    3) zaharni zaharsizlantirish yoki uning so‘rilishini to‘xtatish;

    4) so‘rilgan zaharni antidotlar (zaharga qarshi dorilar)

    yuborib, zararsizlantirish;

    5) tananing muhim hayotiy faoliyatlarini saqlashga harakat

    qilish.

    Zaharlangan kishidan va atrofdagilardan zaharlanish



    sababini surishtirish katta ahamiyatga ega. Bunda qachon va

    qayerda zaharlanish sodir bo‘lgani, qanday yo‘l va qancha zahar

    tanaga kirganini aniqlash kerak bo‘ladi.

    Zaharlanishni aniqlashda zaharlanish belgisi va qusiq

    modalarini, oshqozonni yuvishdan chiqqan suvlarini, qon,

    siydik nafas olganda chiqarilayotgan havoni analiz qilish muhim

    ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zaharning hidiga ham

    ahamiyat berish zarur. Zaharning tanaga tushish yo‘li aniqlansa,

    uning tarqalishini to‘xtatish oson bo‘ladi. Agar, u tanaga havo

    orqali kirgan bo‘lsa, bemorni tezda zaharlangan atmosfera

    muhitidan olib chiqish va kiyimlarini yechish kerak, chunki ular

    qo‘shimcha zahar manbayi bo‘lishi mumkin. Hamma davolash

    muolajalari zaharlanmagan yerda o‘tkazilishi lozim, aks holda

    zaharlangan joyda yordam ko‘rsatish, bemor ahvolini

    og‘irlashtiribgina qolmay, balki yordam beruvchilar uchun

    xavflidir. Agar zahar teriga tushgan bo‘lsa, uni tezda suv bilan

    sovunlab yuvish kerak, yoki paxta bo‘lagi bilan olib tashlash,

    so‘ngra suv bilan yuvish zarur.



    Download 275,31 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 275,31 Kb.