Qon yo‘qotishda organizmda kuzatiladigan umumiy o‘zgarishlar.
Inson qon tomirlaridagi qonning miqdori fiziologik
holatda tananing 1/13 bo‘lagini tashkil etadi; bu 5 – 6 litrga
to‘g‘ri keladi. Qon tomirlarda qon bir me’yorda tarqalmaydi:
arteriyada 20%, venada 75%, kapillyarlarda esa 5% bo‘ladi.
Arterial va venoz qon tomirlari muskullarining hududiy
qisqarishi tufayli teri, teri osti joylari, jigar ichida qon aylanish
sekinlashadi. Bu o‘zgarishlar tomirning tez urishi (taxikardiya),
nafas yetishmaslik, teri ustining oqarishi, oyoq-qo‘llarning
sovushi va boshqalar bilan sodir bo‘ladi.
Qon yo‘qotganda yordam berish. Qon yo‘qotganda tibbiy
yordam berish – uni to‘xtatish yo‘qotilgan qonning o‘rnini
to‘latish va patalogik o‘zgarishlarni yaxshilashga qaratiladi. Qon
ketishini to‘xtatish, uni davolashda muhim omil hisoblanadi (bu
ayniqsa katta qon tomirlari shikastlanganda bemorga shifokor
kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdir, qolgan
meditsina yordami shifoxonada o‘tkaziladi).
Qon oqishini to‘xtatish vaqtincha va batamom usulda
bajariladi.
Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish qon tomirini mexanik
bosish yo‘li bilan bajariladi. Qon ketganda shifokor kelguncha
birinchi yordam berish quyidagicha bo‘ladi:
1. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish.
2. Qon ketishini to‘xtatishda bemorga sharoit yaratish.
3. Bemorni davolash muassasasiga yuborish.
74
Tashqi qon ketishda shifokorgacha bo‘lgan meditsina
yordami. Qon ketishda tez, aniq va o‘ylab yordam berish zarur.
Birinchi galda qon ketish joyi va uning kechishi aniqlanadi.
Yordam berishda bemorga qulay holat beriladi: shikastlangan
sohadan kiyimlar yechiladi, qon ketishning klinik holati
aniqlanib, uning qaysi (anatomik va funksional) sistemaga
qarashligi aniqlanadi. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatishda,
bemor ahvoliga va asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlikka
qarab aniq usul qo‘llaniladi, undan so‘ng qonni batamom
to‘xtatish usuli qo‘llaniladi.
Qon ketishi joyiga qarab, qon to‘xtatuvchi jgut qo‘ltiq osti
sohasiga, yelkaning yuqori qismiga, sonning yuqori va pastki
qismiga qo‘yiladi.
Jgut qo‘yishning quyidagi qoidalari mavjud:
a) qon ketishini vaqtincha to‘xtatish uchun tomirni barmoq
bilan bosish;
b) markaziy yaralar va unga yaqin teriga, jgut qo‘yilishi
lozim bo‘lgan joyga kiyim yoki yumshoq matodan yostiqcha
(prokladka) qo‘yiladi (ro‘mol, bint va boshqalardan), faqat
ularning burishgan joylari bo‘lmasligi kerak;
v) qo‘l-oyoqlardan vena qonining oqib ketishini ta’minlash
uchun ular 20 – 30 sekund yuqoriga ko‘tariladi;
g) jgut o‘ng qo‘l bilan zanjirga yaqin yerdan ushlanib,chap
qo‘l bilan uni 30 – 40 sm o‘rta qismigacha ushlab turiladi;
d) jgut qo‘l bilan cho‘ziladi va birinchi tur aylantirib
o‘ralgandan so‘ng, ikkinchisi uning o‘rnini bosib turishi kerak;
e) jgutning to‘g‘ri qo‘yilganini bilish yaradan qon
ketishining to‘xtashi, pulsning yo‘qolishi, vena tomirlarining
pasayishi, teri yuzasining oqarishi bilan aniqlanadi;
j) jgutni qattiq tortib, uning qolgan qismi spiral shaklda
a’zoga qo‘yilib, ilmoqcha zanjirga ulab qo‘yiladi;
z) jgutga yoki bemor kiyimiga, jgut qo‘yilgan vaqt – soat va
minuti yozib qo‘yiladi;
i) jgut qo‘yilgan bemor birinchi galda evakuatsiya qilinadi;
k) jgut qo‘yilgan a’zo transport shinalari yoki qo‘l ostidagi
narsalar bilan yaxshilab taxtakachlanadi, jugut ustidan bint
o‘ralmaydi, (u yaxshi ko‘rinib turishi kerak);
75
l) qish payitida jarohatlangan a’zo muzlab qolmasligi uchun
jgut qo‘yilgan joy yaxshilab o‘raladi.
Nektorik o‘zgarishlar xavfi avj olmasligi uchun a’zolarni
jgut bilan qonsizlantirish qisqartirilib yozda 2 soat, qishda esa 1-
1,5 soat davom etadi, shuning uchun shikastlanganlarni iloji
boricha tezlik bilan davolash muassasiga yuborish lozim. Agar
transportirovka qilish ko‘rsatilgan vaqtdan uzaysa, u vaqtda
magistral tomirni barmoq bilan bosib turib, jgut yechiladi va
yangi joyga qaytadan qo‘yiladi.
Qon ketishini to‘xtatishda shimning kamari qulay vosita
hisoblanadi, u buklanib ikki sirtmoqli qilinadi va jgutga o‘xshab
tortiladi.
Qon ketishini to‘xtatishda qo‘l ostidagi narsalar kiyim
ustidan yoki ostiga biror narsa qo‘yib bog‘lanadi, jgut o‘rnida
ingichka qattiq narsalarni (sim, shnur) bog‘lashga ruxsat
etilmaydi, chunki ular to‘qimalarning shikastlanishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Qon ketishi vaqtincha to‘xtatilgan bemorning qon ketishini
batamom to‘xtatish uchun uni qisqa vaqt ichida shifoxonaga
olib borish lozim.
Jarohatdan oqayotgan qonni qanday qilib to‘xtatish mumkin?
1. Jarohatlangan tomonni balandga ko‘taring.
2. Jarohatlangan joyni qon oqishi to‘xtaguncha toza va qalin
latta bilan (latta bo‘lmasa, qo‘lingiz bilan) bosib turing. Bu 15
minut, ba’zan 1 soat yoki undan ko‘proq vaqtni ham olishi
mumkin. Jarohatni shu tariqa (to‘g‘ridan to‘g‘ri bosib turish
yo‘li bilan oqayotgan qonni to‘xtatish mumkin, ba’zan, hatto
tananing biror qismi kesib tashlanganda ham).
Bosib turish bilan ba’zan qonni to‘xtatib bo‘lmaydi,
ayniqsa, jarohat juda katta bo‘lganda, qo‘l yoki oyoq kesib
tashlanganda uni to‘xtatish qiyin. Agar shunday holatlar yuz
bersa va odam qon yo‘qotishdan o‘lishi mumkin bo‘lsa,
quyidagilarni bajaring:
• Jarohatni bosib turishni davom ettiring.
• Jarohatlangan qismni iloji boricha tepaga ko‘taring.
76
• Qo‘l yoki oyoqni jarohatga yaqin joydan bog‘lang. Qonni
to‘xtatish uchun bog‘lamga burama solib oyoqni qising.
• Bog‘lash uchun buklangan latta yoki keng kamar
ishlating, hech qachon ingichka arqon, ip yoki sim ishlatmang.
Ehtiyot choralari:
• Jarohatni bosish yo‘li bilan qonni to‘xtata olmasangizgina
qo‘l yoki oyoqni bog‘lang.
• Bog‘lam hali ham zarurligini tekshirish va qon aylanishini
ta’minlash maqsadida uni har yarim soatda bo‘shatib turing.
Bog‘lamni uzoq vaqt qoldirish oyoq yoki qo‘lni ishdan
chiqarishi mumkin. Natijada qo‘l yoki oyoqni kesib tashlash
kerak bo‘ladi.
• Qonni to‘xtatish uchun tuproq, kerosin kabi iflos
narsalardan foydalanmang.
• Agar qon oqishi kuchli yoki jarohati og‘ir bo‘lsa, shokning
oldini olish maqsadida bemor oyoqlarini ko‘tarib, boshini
pasaytirib qo‘ying.
Kesilgan, shilinib ketgan va kichik jarohatlar.
Infeksiya tushishini oldini olishda hamda jarohatning tezroq
tuzalishiga yordam berishda eng avvalo tozalikka e’tibor berish
kerak.
Jarohatni davolash uchun. . .
Birinchidan qo‘lingizni yaxshilab sovunlab yuving. So‘ng
jarohat atrofini qaynatib sovutilgan suv bilan sovunlab yuving.
Endi esa jarohatning o‘zini qaynatib sovutilgan suv bilan yuving
(agar jarohat ifloslangan bo‘lsa sovunlab yuving. Sovun
tozalaydi, ammo go‘shtni (muskulni) shikaslashi mumkin).
Jarohatni tozalayotganingizda barcha iflos narsalarni olib
tashlaganingizga e’tibor bering. Shilinib ketgan teri ustini ham
tozalang. Kir zarralarini olib tashlash uchun toza qisqich
(pinset), toza latta yoki bint ishlatishingiz mumkin, ular
sterillangan bo‘lishi uchun avval ularni qaynatib oling.
Agar iloji bo‘lsa jarohat ustiga shpris yoki rezinali balloncha
orqali suv soching. Jarohat ichida qolgan har qanday kir zarrasi
infeksiya sababchisi bo‘lishi mumkin. Jarohat tozalangandan
so‘ng ustini toza bint yoki latta bilan bog‘lab qo‘ying. U
jarohatning tuzalishiga yordam berishi, havoni o‘tkazadigan
77
darajada yengil bo‘lishi kerak. Latta yoki bintni har kuni
almashtirib turing va infeksiya belgilari paydo bo‘lmaganligiga
e’tibor bering
Jarohatga hech qachon hayvonlar yoki odamlar siydigi yoki
oq qand upasi, qora kuya qo‘ymang. Ular qoqshol kabi xavfli
infeksiyalar sababchisi bo‘lishi mumkin. Jarohatning o‘ziga hech
qachon yod eritmasi yoki brilliant ko‘ki surtmang, bu go‘shtni
shikastlaydi va tuzalishini sekinlashtiradi.
Uzoq ezilish holati
Uzoq ezilish holati (Krash sindromi) ko‘plab yumshoq
to‘qimalarning uzoq vaqt yopiq shikastlanishi natijasida kelib
chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari mavjud.
Umumiy belgilar: shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
asosiy belgilar hisoblanadi va kasallik oqibatini aniqlaydi.
Uzoq ezilish holati yer qimirlashi paytida uchraydi.
Ba’zan bitta oyoq yoki qo‘l bosilib qolishi mumkin.
Qutqarib olingandan so‘ng qo‘l yoki oyoq oqargan, sog‘iga
nisbatan sovuqroq, barmoq uchlari ko‘kargan bo‘ladi. Suyaklar
ko‘pincha zararlanmaydi. Tomir urishi bilinmaydi. Bir necha
kun ichida ezilgan qo‘l va oyoqlar shishib, ikki uch barobar
kattalashib ketadi.
Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari
odatdagi ana shunday hollardan farq qilmaydi. Birinchi
kunlardayoq jabr ko‘rganlarda ezilgan to‘qimalar va zararli
mahsulotlar qonga so‘rilishi natijasida organizmning jarohatdan
keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi.
Kasallikning ikkinchi davrida ham bemor darmoni qurib,
qusadi, og‘ir hollarda 3-7 kunga kelib hushidan ketadi. Og‘ir
zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak yetishmovchiligidan
o‘lim sodir bo‘ladi. Yumshoq to‘qimalarning ezilish darajasi
va qancha vaqt og‘irlik ostida bo‘lganiga qarab kasallikning
yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir uzoq ezilish
turlari farqlanadi.
Birinchi tibbiy yordam
Uzoq ezilish holatini davolash uchun asosan shok, o‘tkir
buyrak yetishmovchiligi va elektrolitlar almashinuvi buzilishini
bartaraf etish zarur. Yuk ostidan xalos etilgan qo‘l-oyoq
78
chekkadan markazga qarab, shishib ketmasidan bint bilan siqib
bog‘lanadi va shina yordamida mahkamlanadi. Bu shishni kamaytiradi
va ezilgan to‘qimalardagi parchalanuv mahsulotlarini
so‘rilib ketishiga yordam beradi. Agar bosilish oqibatida suyaklar
singan yoki qo‘l-oyoqni olib tashlash kerakligi ayon bo‘lsa,
zararlangan joyga jgut qo‘yish kerak. Jgut ustki qismi aylanasiga
novokain bilan blokada qilinadi. Keyin jgutni yechish va
gipokaliemiya, to‘qimalarni gipoksiyaga sezuvchanligini kamaytirish
maqsadida sovuq (muz, qor , suv) qo‘llash kerak. Keyin
qo‘l-oyoqlar immobilizatsiyasi, og‘riq qoldiruvchilar, antibiotiklar
qilish zarur.
Nazorat savollari
1. Zilzilada qanday jarohat turlari ko‘p uchraydi?
2. Suyak sinishining qanday turlari mavjud?
3. Suyak sinishining qanday belgilari mavjud?
4. Qon ketishining turlarini ko‘rsating.
5. Uzoq ezilish holati nima?
79
IX MAVZU. GIDROMETEOROLOGIK HOLATLAR BILAN
BOG‘LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR HAMDA ULARDA
XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA ETISH
Suv suyuq holatda o‘z massasini tutib tura olmaydi. Suvning
aynan shu xususiyati uni yuqoridan pastga, tog‘lardan jilg‘alarga,
ulardan soy va daryolarga qo‘shlishini, dalalar va bog‘-
rog‘larga oqib borishini, yam-yashil maydonlar paydo bo‘lishini
ta’minlaydi.
Suv insoniyatga, uning yaratuvchilik ishlariga kattagina
talofatlar keltirgan va hamisha real xavf solib turgan. Tarixda
antik dunyo madaniyatining namunalari bo‘lgan dunyoning
yetti ajoyib mo‘jizalarining 4 tasi turli tusdagi favqulodda vaziyatlar
oqibatida vayronaga aylangan. 2004-yilning dekabrida
Hind okeanida yuz bergan zilzila natijasida paydo bo‘lgan
sunami 230 mingdan ortiq kishini nobud bo‘lishiga olib kelgan.
Suvning shu xususiyati okean va yirik dengizlardan uzoq
bo‘lgan mintaqa malakatlariga, shuningdek, mamlakatmizga
ham sel, suv toshqini kabi xavflarni paydo qilib, og‘ir
oqibatlarga olib kelgani ma’lum.
Tasavvur etishingiz uchun 2011-yilning martida Yaponiyadan
uncha uzoq bo‘lmagan suv ostida yuz bergan zilzila va
uning oqibatlarini keltirishning o‘zi yetarli, deb bilamiz. Xonsyu
oroli yaqinida yuz bergan zilzila natijasida Okean ostida
uzunligi 380 va kengligi 190 km bo‘lgan yoriq paydo bo‘ldi.
Aynan shu yoriqning paydo bo‘lishi natijasida o‘ziga xos
chuqurlik vujudga keldi. Oqibatda juda katta massaga ega
bo‘lgan suv har tarafdan bu chuqurlikka oqib keldi va bir necha
daqiqalar ichida ulkan suv minorasini barpo etdi. «Suv
minorasi» tezda orqaga qaytib, baland to‘lqin hosil qildi va
katta tezlik bilan Tinch okeani sohillariga urildi. Yaponiyaning
Fukusima shahri bu ulkan suv to‘lqinini o‘ziga qabul qilishga
majbur bo‘ldi. Bu ulkan suv to‘lqini Yaponiya uchun juda katta
yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi.
80
Ma’lumki, sel – arabcha so‘z bo‘lib, shiddatli tog‘ oqimi,
yaponcha yasunami – tog‘ to‘lqini ma’nosini beradi. Sel
sekundiga 2-4 m. tezlikda harakat qiladi. Sel o‘z oqimiga ko‘ra
o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda tuproq, qum, tosh va boshqa
jinslarni olib ketadi. Shu sabab, tiniq suvning vazniga nisbatan
2-3 baravarga ortadi.
Sel qachon, qay vaqtda, qanday kuch bilan kelishini
oldindan aytish ancha mushkul. Shu sabab, xalqimiz selni
tabiatning o‘ta xatarli, falokat keltiradigan, kutilmagan ofati,
deb bejiz aytmaydi. Chunki, u kun ochiq, jazirama issiq bo‘lib
paytida ham paydo bo‘lishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Sel toshqinlari juda katta hududdagi qishloq xo‘jaligi
ekinlarini nobud qiladi, ko‘plab yerlarni ko‘mib tashlaydi,
ko‘prik hamda ko‘plab gidrotexnik inshootlarni qo‘porib, aholi
yashaydigan punktlarni yuvib ketadi, asfalt va temir yo‘llariga
shikast yetkazib izdan chiqarib tashlaydi.
Mamlakatimizning janubiy hududlari hamda umumiy
hududining 90 %dan ortig‘i tog‘liklardan iborat bo‘lgan Qirg‘iziston
va Tojikiston Respublikalarida juda katta sel kelish xavfi
saqlanib kelmoqda.
Mutaxassislar selni keltirib chiqaruvchi omillarni quyidagilar,
deb bilishadi: muntazam jala quyishi va kuchli yomg‘
irlar yog‘ishi yuz berayotgan sellar 85 %ni, tog‘ qorlarining
erishi 4 %ni, tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv
havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi 1,3 %ni va boshqa
sabablar 9,7 %ni tashkil qilishi mumkin. Mamlakatmizda sel va
suv toshqinlari mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, u ko‘proq martiyul
oylarida yuz beradi. Ayniqsa, aprel-may oylarida ularning
ko‘plab yuz berish xavfi yanada ortadi.
Qishqi yog‘ingarchilik me’yoridan ortiq bo‘lgan yerlarda sel
toshqinlari ko‘proq kuzatiladi. Aksincha yog‘in kam bo‘lgan
yillarda esa toshqin kam yuz beradi. Toqqa yaqin va tog‘li
hududlarda qor-yomg‘irlar tushgan yillari sel toshqinlari havo
haroratiga hamda yong‘ingarchilik miqdoriga qarab har xil
bo‘lishi mumkin.
81
O‘zbekistonning toqqa yaqin va adir zonalaridagi kichikkichik
soylardagi jala va yomg‘irlardan hosil bo‘lgan sel
toshqinlari o‘zi bilan ko‘p miqdorda mayda tuproqlarni olib
keladi, shiddat bilan o‘tib, katta yemirish kuchiga ega bo‘ladi
(3-rasm).
3-rasm. Sel oqibatidagi tuproq yemirilishi
Markaziy Osiyoda sodir bo‘ladigan sel va suv toshqinlarining
75 % O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning
Farg‘ona, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida sel kelish
xavfi mavjud. Respublikada 1852 ta sel kelish havzalari
aniqlangan. Mamlakatda 178 ta sel to‘plagich joylari, 1200 km
dan ortiq sel yo‘lini burib yuborish traktatlari qurilgan. 3
Farg‘ona vodiysidagi Farg‘ona tog‘ havzasini o‘rab turgan tog‘
yon bag‘ilarida 300 ga yaqin sel irmoqlari hosil bo‘ladi. Shunga
ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi sel kelish ehtimoli bo‘lgan eng
hatarli hududlardan biridir. Undagi tik yonbag‘irlar, qiyaliklar
va irmoqlardan iborat tog‘ relyefi suv tog‘ jinslari harakatini,
suv oqimlari harakatini tezlashtiradi.
O‘zbekistonda kattagina vayronagarchiliklar olib kelgan
sellar:
1998-yil 7 iyuldagi Shohimardon seli – 116 kishi nobud
bo‘lgan, 118 kishi jarohatlangan.
3Ш. Убайдуллаев, А. Норбоев ва. «Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик» Т. «Илм-Зиё» – 2007, 23 бет
82
2002-yil 23 martdagi G‘uzor tumanidagi sel oqibatida - 56
ta bino, 3 avtomobil ko‘prigi vayron bo‘lgan, 7,5 km. Masofadagi
avtomobil yo‘lini yuvib yuborgan.
O‘zbekistonda selga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarni
ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, faol usul bo‘lib, bunda tog‘
yon bag‘irlarida daraxtzorlar bunyod etiladi, meliorativ ishlar
amalga oshiriladi, ikkinchisi sust usul bo‘lib, bunda sel oqimlari
boshqarib turiladi, sel omborlari va sel tutib qoluvchi inshootlar
bilan toshqinlar to‘xtatiladi, suv o‘tkazish uchun sel o‘zanlari
vaqti-vaqti bilan tozalab uriladi, qirg‘oqlar mustahkamlanadi,
daryo chetlari marzalar bilan ko‘tariladi.
O‘rmon melioratsiya ishlari selga qarshi kurashda eng faol
tadbirlardan biri hisoblanadi.
Selning yana bir xususiyati shundan iboratki, kuchli yomg‘ir
yoki jala natijasida paydo bo‘lgan sel yer usti qismidagi tuproqni
yuvib ketishi, ya’ni yer yereoziyasiga yoki uning yemirilishiga
olib kelishi mumkin. Chunki, mamlakatimizning tog‘ etagi adir
zonalari asosan osongina yuvilib ketadigan tuproqlardan tashkil
topgan aylanma nishabliklarga ega. Mana shu nishabliklarda
jala-yomg‘irlar yig‘ilib, o‘zining yuqori zichligi va qovushqoqligi
bilan suv oqimidan farqlanib turuvchi loy-suv suspenziyasidan
(suvdagi jinslar aralashmasidan) iborat katta-kichik oqimlar
hosil bo‘ladi.
1987-yilning bahor oyi boshlaridan oxirigacha yog‘ingarchilik
bilan o‘tdi. Masalan, gidrometereologiya va atrof-muhitni
nazorat qilish respublika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga
qaraganda, 1987-yilning aprel oyidan yog‘ingarchilik me’yorga
nisbatan Toshkentda 200%, Angrenda, 250 %ni tashkil qildi.
Ayrim tog‘li tumanlarda bu ko‘rsatkich 350 %gacha yetdi.
Yog‘ingarchilikning bu xilda ko‘p bo‘lishi, albatta dalalarimiz,
qir-adirlarimizda o‘t-o‘lanlarning serob bo‘lishini ta’minladi.
G‘alla ekinlari yaxshi rivojlandi, ertangi ekinlar tez bo‘y
cho‘zdi.
Ammo yog‘ingarchilikning bu qadar ko‘p bo‘lishi ba’zi
tumanlar va qishloqlarda ancha tashvish keltirdi. Xalq xo‘jaligiga
katta iqtisodiy ziyon yetkazdi.
83
Suv toshqini seldan o‘z xarakteri bilan farqlanadi. U suv
o‘zanlarida suvning ko‘payishi, uning hajmini ortishi bilan
bog‘liq holat hisoblanadi. Shu bois u uzoq vaqtgacha davom
etishi katta zararlar keltiradi.
Gidrologlar barcha suv toshish hollarini to‘rtga bo‘ladilar:
Past – tekislik daryolarida 5-10-yilda bir marta kuzatiladi.
Ba’zi oldindan tayyorgarlik tadbirlari ko‘rilganda ular uncha
zarar yetkazmaydi.
Yuqori – ular har 20-25-yilda bir marta sodir bo‘lib, daryo
vodiylarining anchagina katta maydonlarini suv bosadi, ayrim
hollarda kundalik turmish tarziga zarar yetkazadi. Ba’zi hollarda
odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi.
Taniqli – 50-100-yilda bir marta sodir bo‘ladi. Qishloq
xo‘jaligi ekin maydonlarining kamida 50% suv bosib, aholini
to‘la ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Shaharlar va aholi yashash
joylarini suv bosishi boshlanadi.
Halokatli – har 100-200-yilda bir marta sodir bo‘ladi, bir
nechta daryo tizimlarini suv bosadi, hayot tarzi butunlay o‘zgaradi.
1988-yilning 16-aprelida Angren daryosi ko‘tarilib, Pskent
tumaniga toshdi. Katta – katta xo‘jaliklar bundan katta talofat
ko‘rdi. Ko‘pgina uy joylar, maktab va kasalxonalar, bolalar
bog‘chalari suv toshqinidan zarar ko‘rdi. Xo‘jalikning oziqovqat,
mineral o‘g‘itlar saqlaydigan omborlari, paxta punktlari,
savdo shoxobchalari binolari suv ostida qoldi. Ayniqsa, Pskent
shahri yaqinidagi Bo‘rijar aholi manzilgohi toshqindan qattiq
jabr chekdi. Tuman bo‘yicha yuzlab gektar yer maydonini suv
bosdi. Tumandagi suv shahobchalarining 20 % loyga ko‘mildi.
Ko‘p o‘tmay 1988-yilning 21-aprelidan 22-apreliga o‘tar
kechasi suv toshqini G‘alaba va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida
ham yuz berdi. Bunga ham Angren daryosining, Toshkent
dengizining quyi qismidagi toshqini sabab bo‘ldi.
Suv toshqini mamlakat iqtisodiyoti yoki ishlab chiqarish
obyektlariga, xalqning turmush tarziga katta salbiy ta’sir etuvchi
favqulodda vaziyatlar hisoblanadi. O‘tmishdan suv toshqini va
uning xalqlar hayotiga salbiy ta’siri haqida ko‘plab misollarni
keltirish mumkin. Nuh payg‘ambar va suv toshqini haqidagi
84
turli rivoyatlarning yurishi, qadimgi Mesopatamiyaning suvostida
qolishi haqidagi dalillar insoniyatga tashvish keltirgan
toshqinlardan darak beradi.
Mintaqadagi bironta davlat suv toshqini xavfidan yiroq
emas. Chunki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik
tuzilishi tog‘li, bir tomonga qarab pasayib boruvchi, suvlari oqib
chiqib keta olmaydigan murakkab gidrografik hududdan iborat.
Birgina Tojikiston hududi suv zaxiralari shakllanishi
bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida sakkizinchi, mintaqa
davlatlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Holbuki, mintaqa
mamlakatlarida suv toshqini yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflar
mavjud. Birgina Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning
tog‘li hududlarida o‘ziga yirik suv massasini egallab turgan 315
ta tabiiy ko‘lning mavjudligi bundan dalolat beradi. Birgina
o‘tgan asrning boshlarida paydo bo‘lgan Sarez ko‘li suv bosish
yo‘lida 6 mln atrofida aholi istiqomat qiladi. Mutaxassislar
tomonidan bildirilgan fikrlarga qaraganda Sarez ko‘lining izdan
chiqib ketishi mintaqadagi Tojikiston, Turkmaniston,
O‘zbekiston hamda Afg‘oniston davlatlariga juda katta talofatlar
keltirishi mumkin.
Umuman olganda O‘zbekistonda 7 mln 700 ming kishi suv
toshqini xavfi bo‘lgan joylarda yashaydi.
Suv toshqinlarining xavfli tomoni shundaki, u iqtisodiyotga,
shuningdek, aholining mol-mulki, hayotiga rahna
solishi, yoxud zarar yetkazishi mumkin.
Suv toshqini paytida odamlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari va
hayvonlar nobud bo‘ladi;
binolar, inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast
yetadi yoki vayron bo‘ladi;
moddiy va madaniy boyliklar yo‘qotiladi;
xo‘jalik faoliyati to‘xtab qoladi, hosil nobud bo‘ladi;
hosildor yer qatlami yuvilib ketadi yoki suvostida qoladi hamda
landshaft o‘zgaradi.
suv toshqinlarining ikkilamchi shikastlovchi omillari turli
inshootlar mustahkamligiga zarar yetkazadi;
sanitar - epidemiologik vaziyatlar murakkablashadi, joylar
botqoqlikka aylanadi.
85
|