• Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari
  • Terroristik harakatlarning turlari.
  • Shubhali buyum topib olinganda quyidagicha harakat qilish lozim
  • Telefon orqali tahdid qilinganda
  • Garovga olingandagi harakati
  • Garovga tushib qolgandagi harakat
  • Garovda ushlab turilganlarning harakat qilish qoidalari
  • Hayot faoliyati




    Download 275.31 Kb.
    bet3/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275.31 Kb.
    #11448
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    Nazorat savollari

    1. Kuyish, deb nimaga aytiladi ?

    2. Kuyishning turlarini ko‘rsating.

    3. Kuyish nechta darajaga bo‘linadi?

    4. Kuyishda birinchi yordam berish tartibini ko‘rsating.

    28

    V MAVZU. TERRORISTIK AKTLAR YUZ BERGANDA



    HARAKATLANISH TARTIBI. AXBOROT XAVFSIZLIGI

    Terroristik harakatlar va ularning insoniyatga qarshi ekanligi.

    Dunyoda yuz berayotgan turli-tuman voqea va hodisalar

    insoniyatni tashvishga solmoqda. Ayniqsa, turli diniy niqoblar

    ostida amalga oshirilayotgan terroristik harakat tinchlikka rahna

    solib, jamiyat barqarorligi va osudaligiga putur yetkazmoqda.

    Bugun axborot oqimi kuchaygan bir pallada hali ongi shakllanmagan

    yoshlar turli oqimlar ta’siriga tushib terroristik tashkilotlarning

    o‘z kuchlarini to‘plash manbayiga aylanib qolmoqda.

    Bunday razil niyatli kishilarni dunyoning turli burchaklarida

    uchratish mumkin. «. . . insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas

    qismi bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor

    kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm

    (o‘ta mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi

    misollar ko‘p. Aynan fanatizm illatiga yo‘liqqan odamlar yoki

    ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib

    chiqarishga qodir bo‘ladilar.» deb ko‘rsatgan edi Prezidentimiz

    I. Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka

    tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli

    asarida. Holbuki, dunyoning turli burchaklarida yuz berayotgan

    terroristik harakatlar oqibatida minglab odamlar halok

    bo‘lmoqdalar.

    Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro

    terrorizmning xavfi 1990-yilda Namangan va Andijonda,

    1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi davrida,

    1999-yil Toshkent shahrida, 2004-yil Toshkent shahri va

    Buxoroda yuz bergan harakatlar misolida ko‘rindi. Mamlakatimiz

    Prezidenti I. Karimov 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasining

    48-sessiyasida qilgan nutqida Afg‘oniston muammosini

    izchil o‘rganish va uni hal etishga chaqirdi. Biroq, bu chaqiruv

    qanchalik to‘g‘ri ekanligini keyingi paytlarda yuz bergan

    terroristik harakatlardan so‘ng ko‘plab mamlakatlar e’tirof etdi.

    29

    2001-yilning 28 –sentabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi



    1373 –sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. BMT doirasida

    terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi tuzildi. Ushbu qo‘mitaning

    tuzilishi va faoliyati I. Karimov taklif qilgan terrorimzga qarshi

    kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero

    yurtboshimiz 1999-yilning noyabrida Stambulda bo‘lib o‘tgan

    Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Sammitida va

    2000-yilning sentabrida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh

    Assambleyasining «Mingyillik sammiti» da BMT tuzilmalarida

    terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tashkil etish taklifi

    bilan chiqqan edi.

    O‘zbekiston BMT ning terrorizmga qarshi kurash va uning

    oldini olishga yo‘naltirilgan 12 ta xalqaro hujjatni ratifikatsiya

    qildi. Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi

    kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomalarni imzolagan.

    Umuman olganda O‘zbekiston barqaror taraqqiyotga rahna

    soluvchi har qanday kuch hamda uning bir ko‘rinishi bo‘lgan

    terrorizmga qarshi kurashda faol harakat olib borayotgan

    davlatlardan biri hisoblanadi.

    Terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekistonda o‘ziga xos

    milliy huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston

    Respublikasi Konstitutsiyasining 57 – moddasida milliy va diniy

    ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining

    tuzilishi va faoliyati taqiqlangan.

    O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-dekabrda qabul

    qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuni

    yurtimizda bunday kuchlar faoliyat olib borishini umuman

    taqiqlaydi va uni qonuniy yo‘l bilan bartaraf etadi.

    Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari,

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat

    birlashmalari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar

    tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa

    profilaktik choralar majmuyini o‘tkazish orqali amalga

    oshiriladi.

    Ushbu qonunga ko‘ra mamlakatimiz hududida:

    - terrorizmni targ‘ib qilish;

    30

    - terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda



    ularning faoliyat ko‘rsatishi;

    - terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning

    bo‘linmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet

    el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya

    qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi;

    - terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda

    fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga

    kirishi;


    - tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga

    oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish taqiqlanadi.

    Shu o‘rinda «Terror» tushunchasini sharhlab o‘tish ham

    lozim.


    «Terror» - lotincha so‘z bo‘lib – «qo‘rquv» ma’nosini bildiradi.

    «Terror» degan tushuncha birinchi marotaba 1798-yilda

    paydo bo‘lgan. Terrorizm – avvalambor, siyosiy – huquqiy, tarixiy,

    ijtimoiy – psixologik, dinlararo va boshqa muammolarga

    borib taqaluvchi juda murakkab, turli ko‘rinishli, o‘zgaruvchan

    va kundan kunga avj olib borayotgan mudhish hodisa bo‘lib,

    uning bartaraf qilinishi bu muammolarning yechimi bilan ham

    bog‘liq. Zero hozirgi kunga qadar terrorizm tarixi haqida yakdil

    xulosaga kelinganicha yo‘q.

    Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari quyidagilardan

    iborat:


    - qonuniylik;

    - shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlarining

    ustuvorligi;

    - terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;

    - jazoning muqarrarligi;

    - terrorizmga qarshi kurash oshkora va oshkora bo‘lmagan

    usullarining uyg‘unligi;

    - jalb etilgan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka

    qarshi o‘tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.

    Terroristik harakatlarning turlari. Terroristik harakatlarga

    qarshi kurashda ularning global, mintaqaviy va hududiy

    manbalarini topish va uni bartaraf etish dastlabki vazifalardan

    31

    biri bo‘lishi lozim. Hozirgi kunda terroristik tashkilotlarda



    toksik, kimiyoviy hamda biologik qurollardan foydalanish maqsadida

    maxsus dasturlar asosida ish olib borilayotgani sir emas.

    Terrorchilik guruhlari o‘zlarining yovuz harakatlarini amalga

    oshirish maqsadida turli xildagi yashirin qurollardan foydalanishga

    harakat qilmokdalar. Ayniqsa kishi e’tiborini o‘ziga

    tortmaydigan, kichik hajmli tashqi tomonidan kishining har

    kuni foydalanadigan buyumlar ko‘rinishida bo‘lgan narsalardan

    foydalanmoqdalar.

    Terrorchilar tomonidan ommaviy shikast yetkazish

    qurollarining foydalanish obyektlari odamlar ko‘p to‘planadigan

    joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temir yo‘l va avtomobil

    shoxbekatlari, katta ofis binolari, yopiq turdagi konsert, sport,

    kinozallari, teatrlar, va hokazolar bo‘lishi mumkin. Yana shuni

    alohida ta’kidlash joizki, terrorchilar o‘ta xavfli obyektlarda: suv

    omborlari, ommaviy qirg‘in qurollari saqlanayotgan joylar va

    boshqa shu kabi obyektlarga ham hujum qilishlari mumkin.



    Shubhali buyum topib olinganda quyidagicha harakat qilish

    lozim:

    - odamlar diqqatini unga jalb qilish qilmaslikka harakat

    qiling;

    - zudlik bilan tegishli xizmatlarga xabar bering;



    - shubhali buyumga yaqinlashmang;

    - xavfli hududni kamida 100 m radiusda odamlardan

    bo‘shating;

    - shubhali buyum va xavfli hududni qo‘riqlashni ta’minlang;

    - uyushgan holda odamlarning evakuatsiyasini ta’minlang;

    - mutasaddi organlar ko‘rsatmalariga rioya qiling;

    - radioaloqa vositalari, uyali telefon va radioportlatgich

    ishlab ketishiga olib keluvchi vositalardan foydalanmang.



    Telefon orqali tahdid qilinganda:

    - har bir qo‘ng‘iroqqa bee’tibor bo‘lmang;

    - qo‘ng‘iroq to‘g‘risida tegishli organlar (MXX, ichki ishlar

    bo‘limi)ga xabar bering, zarur bo‘lsa odamlarni evakuatsiya

    qilishni tashkil eting;

    - qo‘ng‘iroq qiluvchi bilan uzoqroq muloqotda bo‘lishga

    harakat qiling (suhbatni yozib olish, boshqa telefondan

    32

    mutasaddi organlarga xabar berish uchun), uning yoshi, millati,



    jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapirish

    ohangi, nutqiga e’tibor qarating;

    - suhbat boshlangan vaqt va uning davomiyligini qayd eting;

    - gaplashib bo‘lgach telefon dastagini qo‘ymay boshqa

    telefon orqali qo‘ng‘iroq qiluvchining nomerini aniqlashga

    kirishing;

    - suhbat va uning mazmuni to‘g‘risida gap tarqatmang.

    Garovga olingandagi harakati:

    - zudlik bilan mutasaddi organlarga va yuqori organ

    rahbariga xabar berish;

    - garovga olinmay qolgan xodimlarni binodan zudlik bilan

    olib chiqish;

    - begonalarning binoga kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik, binoni

    kuzatish ishlarini tashkil etish;

    - o‘z tashabbusiga ko‘ra terrorchilar bilan muzokara olib

    bormaslik;

    - terrorchilarning talablarini, agar bu odamlar sog‘lig‘iga

    zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmasa, bajarish;

    - hodisa sodir bo‘lgan joyga tegishli kuchlarning to‘siqsiz

    kirib kelishini ta’minlash.

    Garovga tushib qolgandagi harakat :

    ortiqcha his-hayajon, sarosima, vahimaga tushmang;

    - ko‘pchilik ichida «singib» keting, yarq etib ko‘zga tashlanmang;

    - jinoyatchining ko‘ziga tik boqmang, bu uning sizga

    nisbatan qahr-g‘azabini oshiradi;

    - yon-atrofingizdagilarni tinchlantiring;

    - tutqunlikda bo‘lgan vaqtda ko‘rgan, eshitgan barcha narsalarni,

    terrorchilarning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakatini eslab

    qolishga harakat qiling;

    - qanday yegulik taklif etishmasin uni rad etmang;

    - ruhiy barqarorlikni qo‘ldan bermaslikka harakat qiling;

    - ozod bo‘lishingizga bo‘lgan umidni yo‘qotmang;

    - garovdan ozod etilganingizda panaroq joyga o‘ting,

    otishmalar tugamaguncha egilgan boshingizni yuqori ko‘tar33

    mang, maxsus xizmat xodimlarining topshiriqlarini so‘zsiz

    bajaring;

    - terrorchilar bilan muloqotga kirishmang va janjallashmang.

    Garovda ushlab turilganlarning harakat qilish qoidalari

    Eng avvalo shuni doimo yodingizda tutingki, sizning

    hayotingiz terrorchiga muzokara olib borish uchun zarur.

    Shunday ekan hayotingizni saqlab qolish imkoniyati ham

    mavjud. Quyidagi o‘zini tutish qoidalariga amal qilishga harakat

    qiling:


    - xotirjamlikni qo‘ldan bermang. O‘zingizni qo‘lga oling,

    tinchlaning, vahimaga tushmang, sokin ovozda so‘zlashing;

    - o‘zingizni uzoq kutish damlariga ruhan tayyorlang;

    - sizni qutqarib olgunga qadar oradan ancha vaqt o‘tishi

    mumkin;

    - terrorchini qurol ishlatishga majbur qiladigan va



    odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan harakatlarni

    amalga oshirishga sababchi bo‘lib qolmang;

    - zarurat tug‘ilsa jinoyatchilarning talablarini bajaring,

    ularga qarshi fikr bildirmang, o‘zingizning va atrofdagilarning

    hayoti bilan hazillashmang, vasvasa va vahimaga yo‘l

    qo‘ymaslikka harakat qiling.

    - terrorchilarning haqorat va tahqirlashlariga nisbatan sabrtoqatli

    bo‘ling, jinoyatchilarning ko‘ziga tik qaramang,

    o‘zingizni tajovuzkorona tutmang;

    - jarohatlangan bo‘lsangiz, kamroq harakat qiling, ko‘p qon

    ketishining oldini olasiz;

    - diqqatingizni bir joyga jamlang, atrofingizga nazar tashlang,

    jinoyatchilarning belgilarini, yuz tuzilishini, kiyimi, ismi,

    laqabi chandiqlari, badanidagi yozuvlar, nutqi, o‘zini tutishi,

    so‘zlashuv mavzusi va boshqalarni eslab qolishga harakat qiling;

    - hamma narsani ichingizga solavermang, atrofingizdagi

    odamlarga nazar soling, balki kimgadir yordam kerakdir;

    - atrofingizdagilarga sizning birgina boqishingiz, so‘zingiz,

    harakatingiz (uning ruhini ko‘taruvchi so‘zni pichirlab aytish,

    tushib ketgan sumkachasini yoki dastro‘molini olib berish va h.

    k.) bilan ham dalda bo‘lishingiz mumkin.

    34

    Dunyoning turli burchaklarida faoliyat yurgizayotgan



    ko‘plab terroristik tashkilotlarning ma’naviy manbayi «din»

    bo‘lib, uning noto‘g‘ri talqin etilishi bunday voqeliklarning

    vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

    130 yillik mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida

    xalqimizni o‘zining ma’naviy ildizlaridan ayirish, dinni jamiyat

    hayotidan siqib chiqarishga qaratilgan siyosat natijasida

    ma’naviyat va ma’rifat o‘rnini ma’lum darajada jaholat egalladi.

    Yurtdoshlarimiz Qur’oni Karim, Hadis, tasavvuf, shariat, fiqh

    ilmlari haqida umumiy tushunchaga ham ega bo‘lmay qoldi.

    Dinni asl holida saqlab qolish uchun harakat qilib odamlarni

    bir-biriga qarshi qo‘yib, qon to‘kishni tashkil qilayotgan,

    amalda esa o‘zining manfaatlarini o‘ylayotgan kishilarni

    Yevropada fundamentalistlar, O‘rta Osiyoda esa aqidaparastlar,

    deb ataladi.

    Fundamentalizm so‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib,

    asos, poydevor ma’nosini bildiradi. Fundamentalizm barcha

    dinlarga xos bo‘lib, unda dinning asli qanday bo‘lsa,

    shundayligicha saqlab qolishga harakat qilinadi.

    Fundamentalizm – ya’ni aqidaparastlik – ma’lum din vujudga

    kelgan ilk davriga qaytish va shu yo‘l bilan zamonaning

    barcha muammolarini hal qilish mumkin, degan fikrni ilgari

    suruvchilarning qarashlaridir. Diniy fundamentalizm – ma’lum

    din, shu jumladan Islom dini aqidalarning o‘zgarmasligini himoya

    qiladigan, vahiy va mo‘jizalarning muqaddas kitoblardagi

    bayonining harfiy, so‘zma-so‘z talqini tarafdori bo‘lgan

    qarashdir. Bunday qarash tarafdorlari diniy aqidalarning har

    qanday majoziy talqiniga, izohlanishiga murosasizliklari bilan

    ajralib turadilar.

    Diniy fundamentalizm – din aqidalarini so‘zma-so‘z

    talqiniga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy

    dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan din, shu jumladan Islom

    dini e’tiqodi shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan

    barcha yo‘l-yo‘riqlarning qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab

    qiladigan tushunchadir.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, Islom fundamentalizmi –

    Qur’on va Hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga

    35

    qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ



    ruhdagi oqim tarafdorlarining qarashlari, deyishimiz mumkin.

    Islom fundamentalizmi vakillari islomning fundamental (asosiy)

    tamoyillari jamiyatning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, deb

    hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da’vat etadilar.

    Ekstremizm so‘zi fransuzcha – lotinchadan kelib chiqqan

    bo‘lib, mazmuni jamiyatdagi u yoki bu hodisa, jarayonlarga

    nisbatan keskin fikrlar bildirilishi va qattiq tadbirlarni

    qo‘llanilishi yoki keskin fikr va choralarni yoqlovchi, uning

    amalga oshirilishiga tarafdor ma’nolarini bildiradi. Bunday

    keskin fikrlar sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Jamiyat

    uchun nosog‘lom, uning taraqqiyotiga zid bo‘lgan, jamiyatda,

    fuqarolar va millatlar o‘rtasidagi munosabatlarda beqarorlik

    keltirib chiqaradigan keskin chora va fikrlarni ilgari suruvchi,

    ularni amalga oshirishga intiluvchi, uni yoqlovchilarni

    ekstremistlar, deyiladi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, diniy ekstremizm u yoki bu

    dinning aqidalarini, qonun-qoidalarini kishilar hayoti va

    jamiyatga joriy etish, qaror toptirishda keskin chora va tadbirlar,

    zo‘ravonlik qo‘llashga aytishimiz mumkin.

    Islom ekstremizmi – islomning qadimiy g‘oyalari va

    ideallarini qayta tiklashni kuch ishlatish yo‘li bilan amalga

    oshirishga qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Bunday harakat

    diniy mutaassiblikka asoslangan bo‘lib, muayyan mazhab

    ta’limotiga qattiq yopishib olish oqibatida yuzaga keladi va

    muayyan siyosiy va iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirishga

    ochiqdan ochiq intiladi.

    Diniy ekstremizm faqat Islom olamiga tegishli bo‘lib

    qolmay, balki dunyodagi barcha dinlarga ham xos hodisadir.

    Masalan, o‘rta asrlarda xristian ekstremist ruhoniylari muqaddas

    kitoblarda belgilangan har qanday aqidalarga qarshi chiqish

    Xudoning irodasini buzishdir, bu eng katta gunohdir deb,

    bunday kishilarni dindan qaytganlikda ayblab, ularga nisbatan

    keskin choralar qo‘llab ayovsiz jazolaganlar. Xususan 13-asrda

    papa qo‘shinlari Fransiyaning janubida 20 ming kishini qirib

    tashlagan. Ilg‘or fikrli ziyolilarga qarshi inkvizatsiya (cherkov)

    sudi joriy etilib Jardono Bruno o‘tda kuydirildi, Galileo Galiley

    36

    besh oy qamoqqa solinib, tavbasiga tayantirildi. Lekin baribir u



    «yer aylanadi» degan fikrdan qaytmadi.

    1994-yilda Qandahor hududida yuzaga kelgan yangi siyosiy

    harakat – «Tolibon» harakati ham diniy ekstremizmning

    Afg‘onistondagi bir ko‘rinishidir. Ular Afg‘oniston hayotiga

    o‘rta asr diniy tartib-qoidalarini tatbiq etish, xalqni dunyo

    madaniyatidan uzib qo‘yish yo‘lidan bordilar. Tolibonlar

    hokimiyat tepasiga kelgach, «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi

    » va undagi mezonlarga amal qilmadilar. Oddiy insoniy

    haq-huquqlar poymol etildi. Xotin-qizlarni erkin bilim olish va

    mehnat qilish huquqidan mahrum etish, ularni yana chodra va

    paranji ichiga tiqish yo‘lida keskin chora-tadbirlar o‘tkazdilar.

    Yigitlarni soqol o‘stirib yurishga majburladilar. Navro‘zni

    islomga zid deb topdilar.

    Xullas, tolibonlar o‘zlari egallagan yerlarda ko‘z ko‘rib

    quloq eshitmagan xunrezliklarni amalga oshirib jafokash Afg‘on

    xalqiga ko‘p kulfatlar keltirdilar. Yon qo‘shnimiz Tojikistonda

    diniy ekstermizm 150 mingga yaqin begunoh kishilarning

    qurbon bo‘lishiga olib keldi. Islom diniy ekstremizmi turli

    mamlakatlarda barpo bo‘lajak «islomiy tartib» o‘rnatish uchun

    keskin va agressiv harakat qilish zarur deb hisoblaydi. Ular o‘z

    maqsadlarini amalga oshirish uchun turli usullardan

    foydalanmoqdalar. Bular asosan quyidagilardan iborat:

    - Zo‘ravonlik, ya’ni terroristik harakatlarni amalga oshirish

    orqali omma ichida qo‘rquv paydo qilish va o‘zlarining

    kuchlarini ko‘rsatish orqali hukumatga bosim-tazyiq o‘tkazish.

    - Mamlakat iqtisodini turli yo‘llar bilan: diversiya, sanoat va

    qishloq xo‘jaligi manbalarini izdan chiqarish orqali uni

    tanazzulga uchratishga urinish bilan hokimiyatni zaiflashtirish

    va pirovardida osonlik bilan ag‘darib tashlash.

    - Turli tashkilot va ommaviy axborot vositalarining «beg‘

    araz» yordamida go‘yo «mamlakatda fuqarolarning vijdon

    erkinligi huquqlari buzilmoqda va diniy e’tiqod poymol

    etilmoqda» kabi soxta, g‘arazli qarashlarni tarqatib hukumatni

    din sohasidagi siyosatini buzib ko‘rsatish orqali uni

    obro‘sizlantirish va fuqarolarning unga bo‘lgan ishonchini

    yo‘qotish.

    37

    - Oz sonli diniy tashkilotlarga qarshi hujum uyushtirib,



    hatto ulardan ba’zilarni namoyishkorona jismonan yo‘q qilish

    yo‘li bilan dinlararo va millatlararo nizo keltirib chiqarishga

    urinish orqali mamlakatda beqaror vaziyatni vujudga keltirish va

    undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish.

    - Islomiy ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zimdan tashkil etish

    orqali mamlakatni islomlashtirish va soddadil fuqarolar ongiga

    asta-sekin xorijiy va mahalliy doiralarning ekstremistik g‘oya va

    maqsadlarini singdirib borish. Oqibatda tayyor bo‘lgan ijtimoiy

    ongni kerakli vaqtda o‘z diniy ekstemistik maqsadlarini amalga

    oshirish uchun osonlik bilan yo‘naltirib yuboradigan holatga

    keltirish va boshqalar.

    Diniy ekstermizmning yuqorida qayd etilgan ko‘rinishlari

    bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘lishi, sharoitga qarab ba’zilariga

    alohida urg‘u berilishi mumkin. Ularning Qur’on oyatlariga

    asoslanishi Islomning sof g‘oyalarini jamiyatga tatbiq etish

    uchun emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiqodini chalg‘itish va

    islom omili orqali hokimiyatga intilishdan boshqa narsani

    ko‘zlamaydi. Shuning uchun islom dini va islom fundamentalizmi

    haqida so‘z ketganda bu ikki tushunchani bir-biriga

    aralashtirib yuborish kerak emas.

    Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko‘-

    rinishga ega bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni

    shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga kelishdan iborat.

    Umuman, «Fundamentalizm», «ekstremizm», «terrorizm»,

    «fanatizm» kabi so‘zlar tom ma’noda hokimiyat uchun

    kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.

    Yashayotgan davrimiz «Axborot asri» deb nom oldi. U

    tabiiy boyliklar, energiya kabi strategik resurslar qatoridan o‘rin

    egalladi. Axborot qudratli qurolga aylandi. U har qanday harbiy

    quroldan ham dahshatli ko‘rinish egallay boshladi. Chunki, u

    chek-chegarasiz sarhadlarni juda katta tezlik bilan bosib o‘ta

    oladigan, o‘rgimchak uyasi kabi har tomonlama tarqala

    oladigan, insonlar qalbini o‘ziga rom eta oladigan darajada yetib

    bordi. Axborotni vayronkor qurolga aylanishidan manfaatdor

    kuchlar paydo bo‘ldi.

    38

    Prezidentimiz I. Karimov «...Shuni unutmaslik kerakki, bugungi



    kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir

    qarashda arzimas bo‘lib, tuyuladigan kichkina xabar ham

    axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga

    ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab

    bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. « deb yozgan edi.

    Ma’lumki, ayrim kuchlar turli vositalardan foydalangan holda

    o‘zga mamlakatlar kishilar ongi va dunyoqarashini o‘zgartirishga,

    o‘zining madaniy qadriyatlarini singdirish orqali global,

    g‘oyaviy, mafkuraviy ta’sir etishga zo‘r berib intilmoqda.

    Bugun axborot oqimining nihoyatda tezlashuvi uning

    kuchli qurolga aylanishiga sabab bo‘lmoqda. Asosiy muammo

    internetdan kim qanday foydalanadi? Buni nazorat qilish

    muhim ahamiyat kasb etadi. «Bolalarni asraylik» Xalqaro

    tashkiloti ma’lumotlariga qaragandan AQShda 15-17 yashar

    bolalarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi internetdan

    muntazam foydalanishini e’lon qilgan. Mamlakatimizda esa

    2008-yilda internetdan foydalanuvchilar soni 2 million kishi

    bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ular soni 10 milliondan

    oshgan.

    Bugun terrorchilar internet safihalari orqali psixologik



    kurash olib bormoqdalar. Bunda ular internetdan aholi orasiga

    qo‘rquv-vahima solish, ruhiy ta’sir o‘tkazish va tartibsizlikka

    chaqirish maqsadida foydalanadi. Masalan, qo‘poruvchi

    tashkilotlar ma’lum bir mamlakatlarning qarorlarini to‘xtatishni,

    bo‘lmasa to‘polonlar chiqarishini ma’lum qilib, tahdid soladi.

    Internet tarmoqlari orqali o‘zlariga mablag‘ ishlab topishga

    harakat qiladilar. Bunda veb-sahifalar, sayt va forumlarga ushbu

    tashkilotlarga aloqador bank hisob raqamlari joylashtiriladi va

    jihodiy faoliyatni qullab-quvvatlash targ‘ib qilinadi. Masalan,

    «Hizbut tahrir» ehson qiish niyatidagi shaxslardan veb-sahifa

    orqali moliyaviy ko‘mak berishlarini so‘raydi.

    Ular internet tarmoqlari orqali yangi a’zolarini izlab




    Download 275.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 275.31 Kb.