Sportni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi0.75 Mb.
#81666
  1   2
Bog'liq
190 10.09.2007, O‘RQ-637 23.09.2020, 0


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
302 
SPORTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
 
Yusupova Gulnora Kabulovna
Xorazm viloyati Xiva tumani 1- maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sportda texnik vositalar, 
trenajyorlar, mashg’ulot uchun qurilmalardan foydalanish metodikasi haqida bayon etilgan
Kalit so’zlar: texnik vositalar, mashg’ulot uchun qurilmalar, trenajyorlar
 
Jismoniy tarbiya jarayonida ilmiy-texnik axborotning ahamiyati. Sport fanida 
tadqiqotlarning hajmi muntazam ortib, ularning mavzusi ham tobora kengayib bormoqda. 
Ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi va sifatini oshirishda ularni yana ham jadallashtirish 
katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, sport fanining turli muammolari bo‘yicha tadqiqot 
natijalarini tezlik bilan jismoniy tarbiya amaliyotiga tatbiq etish zarur. Bularning barchasi
jismoniy tarbiya mutaxassislarini ilmiy-texnik axborot bilan ta’minlanishini, ta’kidlash joizki, 
faqat jismoniy tarbiya va sportning xilma xil jihatlari bo‘yicha emas, balki u bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki bilvosita bog‘liq fanlar (fiziologiya, tibbiyot, pedagogika, psixologiya, 
biomexanika va boshqalar) bo‘yicha ham axborot bilan ta’minlanishini kuchaytirishni shart 
qilib qo‘yadi. Bunda, zaruriy ilmiy-texnik axborotlami yetarlicha to‘liq va tezkorlik bilan 
olayotganiga mutaxassisda ishonch bo‘lishi lozim.
Hozirgi paytda ilmiy tadqiqotlar doirasida tashkiliy, nazariy va tajriba faoliyati bilan 
bir qatorda axborot faoliyati ham ajraljb chiqib, mustaqil yo‘nalish bo‘lib shakllangan. 
Uning nvoji, informatika deb atalmish ilmiy axborotning tuzilishi va xususiyatlarini, ilmiy-
axborot faoliyatini, uning nazariyasi tarixi, uslubiyati va tashkil etilishini o‘rganadigan yangi 
ilmiy fanning paydo bo‘lishiga olib keldi. Informatikaning vazifalari orasida ilmiy axborotni 
taqdim etish, yig‘ish, tahliliy-sintetik qayta ishlash. saqlash, izlash hamda tarqatishning eng 
maqbul yo‘llarini ishlab chiqishni alohida ayirib ko‘rsatish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida foydalaniladigan ilmiy-texnik axborot har xil 
manbalarda bo‘lishi mumkin. Ushbu manbalarni bilish, ulardan zarur ma’lumotlarni topa 
olish boshqaruv samaradorligini belgilaydigan omillardan hisoblanadi.
Jismoniy harakatning taraqqiyoti ko‘p jihatdan mazkur sohada ilmiy- texnik axborotni 
tashkil etish darajasiga, boshqaruv apparatini o‘z vaqtida axborot bilan to‘la ta’minlashga 
bog‘liqdir.
Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish axborotsiz samarali tarzda amalga oshirilishi 
mumkin emas. Uning tashkil etilishi qanchalik mukammal bo‘lsa, boshqaruv shuncha sifatli 
bo‘ladi. Jismoniy tarbiya harakatining turli tizimchalari orasida, butun tizim bilan uning 
atrofini o‘rab turgan muhit orasida axborotning muntazam almashinib turishi, 
boshqaruvning zarur halqasi sanaladi. Axborot jarayonlarining mavjudligi tizimning o‘z 
butunligini saqlab qolishi va takomillashib borishi garovidir. Ilmiy-texnik axborotning aniq 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
303 
tashkil etilgan tizimi mavjud bo‘lmasa, trenerlar sport fanining oldingi saflarida vaziyat 
qandayligini yaxshi tasavvur eta olmaydilar.
Murabbiylar, jismoniy tarbiya va sport sohasi olimlari hamda mutaxassislarining 
axborot ta’minotini yaxshilash masalalarini an’anaviy kutubxona-bibliografiya usullari bilan 
hal etish mumkin emas. Ilmiy- texnik axborot oqimining muntazam ko‘payib borishi, ilmiy 
tadqiqot mavzularining kengayishi va shu bilan bog‘liq holda axborot ehtiyojlarining o‘sib, 
murakkablashib ketishi mazkur soha mutaxassislarini axborot bilan ta’minlashning yangi 
zamonaviy usul hamda vositalarini zudlik bilan joriy qilishni talab etadi.
Ilmiy-texnik axborotni taqdim etish, saqlash, ishlov berishningelektron shakllariga 
o‘tish obyektiv reallikka aylanib, uni iste’molchiga yetkazishning eng samarali vositasiga 
aylanmoqda. Internet orqali axborot topish yoki SD tashuvchilarda ma’lumotlar zahirasidan 
foydalanish an’anaviy qog‘oz texnologiyalari bilan qiyoslaganda, ish samaradorligini yuz va 
ming marotaba oshirib yuboradi.
Ta’limda texnik vositalaridan foydalanish hozirgi zamon jismoniy tarbiya va ayniqsa. 
sport mashg’ulotining eng muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Sport mashg’uloti 
jarayonida texnik vositalar yordamida sportchining maxsus harakati malaka va ko‘nikmalari 
ustidan muvaffaqiyatli boshqaruvni ta’minlash mumkin.
Jismoniy tarbiya va sportda texnik vositalardan foydalanishning asosiy sababi - 
trenirovka jarayoni sifatini oshirish hisoblanadi. mashg’ulot jarayonining o‘zi esa, turli 
yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin:
- sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan mashg’ulot;
insonni kasbiy faoliyatini tiklash uchun mo‘ljallangan mashg’ulot;
- davolash uchun mo‘ljallangan mashg’ulot;
- sportdagi mashg’uloti jarayoni.
Sportda texnik vositalar (TV) turli qurilmalar, moslamalar va uskunalarni o‘zida 
birlashtirgan bo‘ladi va ulardan mashg’ulot jarayoni samaradorligini oshirish uchun 
pedagoglar va sportchilar foydalanadilar.
TVlardan foydalanishdan maqsad: sporlchi organizmiga mashg’ulotning ta’sir vaqtini 
kamaytirishdir.
TV lardan foydalanuvchi obyektlar quyidagilar:
- sportchi:
- sportchi-snaryad tizimi;
- sportchi-sportchi tizimi.
Jismoniy tarbiya va sport tizimidagi ta’limda texnik vositalar (TTV) deganda 
didaktikaning asosiy masalalarini hal etadigan va quyidagi pedagogik tamoyillar bo‘yicha 
foydalaniladigan faqat shunday qurilmalar. moslamalar, trenajyorlar, trenirovka uskunalari 
tushuniladi:
boshqaruv masalalarida ustunlilik tamoyili. Texnik vositalar har doim ham yetarlicha 
ishonchli bo‘lmaganligi, shuningdek, sport-pedagogik amaliyotda ko‘p uchraydigan 
kutilmagan vaziyatlarda va zarur ma’lumotlar yetarlicha bo‘lmagan


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
304 
hollarda inson ko‘pincha murakkab masalalarm hal etishga qodir ekanligi sababli 
murabbiy eng muhim masalalarni hal etishi kerak.
ma’lumotlar muhitini tartiblash tamoyili. Sport mashg’uloti qatnashchilaridan 
keltiriladigan va boshqaruv ma’lumotlarining tezligi va hajmi murabbiy va ta’lim olayotgan 
sportchining hamda ta’iimda texnik vositalarga mos keladigan ma’lumotlar almashinishi 
talab etiladi.
individuallashtirish tamoyili. Texnik vositalarni boshqarishni o‘zlashtirishda har bir 
murabbiyning imkoniyatlarini hisobga olish zarur.
anglash faolligi tamoyili. TTV bilan ishlashda murabbiy va sportchilarning yangi 
bilimlarni egallashga, yangi qurilmalarni o‘rganishga, o‘z ishiga ijodiy, ixtirochilik va 
loyihachilikka intiluvchanligi juda muhim.
funksiyalar antropomorfligi tamoyili.
funksivalar o‘rnini qoplash tamoyili. TTVdan foydalanish murabbiy imkoniyatlarini 
ma’lum tartibda to‘ldirish yoki zahirada saqlashi zarur.
tizimli fimksiyalash tamoyili. Murabbiy ishining sifati va TTV differensiallashgan holda 
emas. balki tizimli, yagona butunligicha umumlashgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.
nazorat qilinuvchi parametrlarni minimumlashtirisli tamoyili. Asosiy parametrlarning 
minimal sonli bo‘lishiga erishish zarur, chunki bu boshqarishning aniqligi va ishonchliligini 
oshiradi.
Hozirgi zamon pedagogikasining umumiy didaktik tamoyillarining ajralmas bir qismi 
bo‘lgan yuqorida zikr etilgan tamoyillar, ularni ancha aniqroq va samaraliroq qo‘llash 
imkonini beradi. Shuning bilan, TTV o‘quv-mashq jarayonini boshqarish sifatini sezilarli 
oshirish imkonini beradi.
Mashg’ulot qurilmalari - bu mashg’ulot jarayonidagi aniq lokal masalalarni echishga 
xizmat qiladigan texnik vositalardir.
Sport anjomlari - bu musobaqa qoidalari bilan belgilanadigan vositalar.
Mashg’ulot jarayonida bajaradigan funksiyasiga qarab texnik vositalar sifatida 
trenajyorlar yoki avtomatlashgan boshqaruv tizimlari tanlanishi mumkin.
Trenajyor - bu atrof muhitning tabiiy holida mashg’ulot va musobaqa faoliyatini 
imitatsiya qilish imkonini beradigan texnik vositalardir. Ya’ni, ta’lim olayotganlarning 
kelajakdagi real faoliyatining u yoki bu sharoitlarini modellashtirishga yordam beradigan 
qurilma va moslamalardir.
Sportchilarning tezlik-kuch qobiliyatlarini baholashning zamonaviy instrumental va 
kompyuter texnologiyalari. Sportchilarning trenirovka jarayonini borishini samarali 
boshqarish. ularning yetakchi jismoniy ko‘rsatkichlarini tizimli baholab borishni talab qiladi.
Sportning asosiy turlarida, bunday yetakchi jismoniy ko‘rsatkichlar sifatida kuch, 
tezlik va ularning birgalikdagi namoyon bo‘lishi - quvvat hisoblanadi. Zikr etilgan 
ko‘rsatkichlar namoyon bo‘lishining vaqt tavsiflarini aniq boholab, sportchilarning 
tayyorgarlik jarayoniga juda muhim va qimmatli tuzatmalar kiritish mumkin.


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
305 
Veloergometriya. Sportchi mushaklarining maksimal quvvati veloergometriya 
yordamida aniqlanadi.
Ma’lumotlarni qayd etish tamoyih quyidagicha. Magnit rele g‘ildirakning har bir 
yarmining aylanish vaqtini qayd etadi. Trenajor orqali olingan tajriba natijalari 
kompyuterga kiritiladi.
Sportchining kuch imkoniyatlarini aniqlash uchun tenzodatchiklar yopishtirilgan 
metall 
halqa, 
kuchaytirgich, 
trenajor 
va 
kompyuterdan 
tashkil 
topgan 
tenzodinamometriyadan foydalaniladi.
Uning ishlash tamoyili quyidagicha. Sport turiga bog‘liq holda asosiy mushak guruhlari 
va ishchi burchaklari aniqlanadi. Standart holatlarda test amalga oshiriladi.
Spidografiya. Sportchilarning yugurish tezligini qayd etish uchun qo‘llaniladigan 
moslama spidograf quyidagi qismlardan tashkil topgan: asosli tirgak. ikkita g‘altak 
(spinning), magnitli datchik, ATSP va kompyuter.
G‘altaklarning biriga leska o‘ralgan, ikkinchisida esa - magnit datchik o‘rnatilgan.
Sirtmoqning leskasi ikkinchi g‘altak ustiga tashlangan va karabin yordamida sinovdan 
o‘tayotgan sportchining beliga mahkamlanadi. Yugurayotgan sportchi leskani tortadi, 
g‘altak aylanish tezligi datchik yordamida qayd etiladi, signal trenajor orqali kompyuterga 
uzatiladi.
Taklif etilgan tajriba usullari va kompyuter texnologiyalari sportchining tezlik-kuch 
imkoniyatlarini aniqlash va ularning tahlili asosida strategik va taktik tayyorgarlikka 
tuzatmalar kiritish uchun sportning asosiy turlarida muvaffaqiyat bilan qo‘llanishi mumkin.
Internet va uning sport fanidagi imkoniyatlari. Internetni fizik jihatdan bir-biri bilan 
har xil aloqa chiziqlari orqali bog‘langan va axborot izlash. saqlash hamda uzatish uchun 
mo‘ljallangan bir necha million kompyuterlar ko‘rinishida tasavvur etish mumkin.
Internet - bu dohiyona birikma - bir tomondan juda kuchli axborot uskunasi. ikkinchi 
tomondan. o‘ta ishonchli va tezkor aloqa vositasi. uchinchidan. kelajak axborot 
texnologiyalari rivoji uchun asos hisoblanadi.
Internet, shuningdek. ijod uchun keng maydon hisoblanadi. Internet hozirda 
rivojlanmoqda. eng yangi istiqbolli texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. yangi tarmoq ilovalari 
yaratilmoqda.
Internetning 
eng 
muhim 
jihati 
ilmiy-texnik 
axborotni 
izlab 
topishni 
osonlashtirganligidir. Lekin Internetda axborotni izlash uchun ham ko‘p narsalarni bilish 
kerak. Axborot izlash vositalarining 2 guruhi mavjud:
Internetning izlash xizmati - zahiralarni (sayt va sahifalarni) izlashning universal 
vositalari bo‘lib. ular biror mavzu yo‘nalishi bilan chegaralanmagan:
cheklangan izlash tizimi muayyan sohaga oid axborotni izlash uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib. tizimga kutubxonalarning elektron kataloglari. ma’lumotlarning hujjatli zahiralari 
kiradi.
Izlash tizimining birinchi turini ko‘pincha indeksli tizimlar deb ataydilar va bunda “kalit 
so‘z” yordamida Internet sahifalarining hamma manzillarini izlab topish mumkin. Yo‘llovchi 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
306 
ko‘rsatmalar va manzillarning birligi izlash to‘g‘risidagi hisobot shaklida foydalanuvchiga 
jo‘natiladi.Izlash tizimlarining ikkinchi xili katalog tuzuvchilardir. Bunday tizimlar ierarxiva 
belgilan bo‘yicha tartibga keltirlgan mavzu boiimlari asosida Web sahifalarning manzillarini 
qidiradi.
Bugungi kunda izlash tizimlarining bu ikki turi bir-biriga yaqinlashib. ular orasidagi 
chegaralar tobora shartli tus olib bormoqda. Har ikki tizim endi talabnomaga javoban 
Internetda topilgan sahifaning katalogini beradigan bo‘ldi.
Izlash samarali bo‘lishi uchun, eng avvalo. uning maqsadini aniqlashtirish kerak. Keyin, 
izlash uchun zarur kalit so‘zlar ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlarni tayin qilib olish juda muhim. Agar, 
kalit so‘z sifatida, masalan: «Sportdagi ilmiy tadqiqotlar» kabi keng tushuncha tanlab 
olinsa. u holda topilgan sahifalar hajmi shu qadar katta bo‘ladiki. ularning hammasini ko‘rib 
chiqish juda ko‘p mehnat talab qiladi. To‘g‘ri tanlangan kalit so‘zlar izlash sohasini 
toraytiradi. shu tariqa zarur axborotni topish uchun ketadigan vaqt va harakatlarni tejaydi. 
Internetda o‘nlab. vuzlab ming axborot bog"lamlariga yo‘llovchi ko‘rsatmalari bo‘lgan ko‘p 
milionlab axborot materiallarini saqlovchi o‘nlab izlash tizimlari mavjud. Mazkur bobning 
oxirida ularning eng keng ommalashganlari keltirilgan.
Olimlar uchun Internet, birinchi navbatda, butun dunyodagi hamkasabalari bilan 
muloqot qilish vositasidir. Ilm-fan allaqachonlar miliy sarhadlardan oshib o‘tgan. ammo 
faqat Internetgina ishonchli. tezkor, qulay muloqot vositasi - elektron pochtadan 
foydalanish imkonini berdi. Aynan Internet elektron pochtasi ilm olamida keng 
ommalashgan. Elektron pochta (E-mail) axborot matnlarini Internet tarmog‘i orqali 
jo‘natish vositasi sifatida paydo bo‘ldi.
Elektron pochta tushunchasi odatdagi pochtani eslatadi. Chindan ham. E-mail jo‘natar 
ekansiz, oddiy xatdagidek, u qayerga va kimga yuborilayotganini, o‘z manzilingizni 
ko‘rsatasiz. Siz, xatni bir necha manzilga yuborishingiz, unga fayl, multimedia axboroti, 
video hamda tovushli parchalar va hokazolarni qo‘shib yuborishingiz ham mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, maktab o‘quvchilarining o‘sish va rivojlanishida 
jismoniy tarbiya va sportning har qanday shakl va uslublarining o‘rni beqiyos. 
O‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini oshirishda ularning yosh va 
pedagogik hususiyatlarini inobatga olgan holda amaliy ishlarni tashkil qilish bu jarayonni 
samaradorligini yanada oshiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni umumiy 
jismoniy tayyorgarligini oshirishda texnik vositalardan foydalanish hozirgi kunning talabi. 
Chunku, zamonaviy sport ta’limi jarayonini texnik vositalarsiz tassavur etib bo‘lmaydi.
Zamonaviy jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya darslariga manashunday 
texnologik yondoshish birinchidan o‘quvchilarni jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qiziqishini 
oshiradi, ikkinchidan ularning turli organ va tizimlariga alohida ta’sir etish imkonini beradi, 
uchinchidan jismoniy tarbiya ta’limi jarayonini samaradorligini oshiradi.

Download 0.75 Mb.
  1   2




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sportni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish