• Moddiy zahiralari sotib olish shartnomasi.
  • Ishlab chiqarish zahiralari




    Download 36.06 Kb.
    bet1/9
    Sana15.04.2024
    Hajmi36.06 Kb.
    #196187
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    20-мавзу. Temir yo‘l transporti korxonalarida materiallarni qabul qilish va chiqim qilishni hujjatlashtirish
    3-amaliy, 3-A`maliy, 5- amaliy mashg’ulot. Norekursiv filtrlash algoritmini o’rganish, 1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha Shaxs, individ, individual, 8-Mavzu, Betta yemirilishi. Betta yemirilish spektri. Neytrino, dinadayalane2016 (1) o\'zbekcha copy (1), 1-sinf matematika mashq daftari 2023 (2), 1 Фуркатга Лотинча диссертация. Тайёр., Mavzu Muhandislik psixalogiyasi-fayllar.org, Access yakuniy, Mantiqiy Xatolar, akademik litsey kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining maqsadi mazmuni uzviyligi va uzluksizligi, 1-amaliyga qo\'shimcha, Farhodjon

    20-mavzu. Temir yo‘l transporti korxonalarida materiallarni qabul qilish va chiqim qilishni hujjatlashtirish


    Ishlab chiqarish zahiralari kirimini rasmiylashtirish tartibi. Ishlab chiqarish zahiralari harakatini rasmiylashtirishda hujjatlar hamma rekvizitlar bo‘yichi to‘g‘ri va aniq bo‘lishi tegishli xodimlar tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Hujjatlar har yili yoki yil boshidan yangidan
    raqamlanishi lozim. Qo‘yilgan rekvizitlar to‘ldirilmagan, o‘chirib yozilgan, bo‘yalgan hujjatlar, shuningdek moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanmagan hujjatlar hisobga olinmaydi. Ombor raqami shu omborga taalluqli xo‘jalik muomalalarida rasmiylashtirilgan hujjatlarga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining hisobini aniq va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun ular ombor orqali kirim qilinadi. Materiallar ombori bo‘lmagan temir yo‘l stansiyalariga, yo‘l masofasidagi okolotkalarga, ortish –tushirish punktlari va hokozolrga materiallar to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kelinishi mumkin. Bu holda materiallar to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkaziladi.
    Moddiy zahiralari sotib olish shartnomasi. “O‘ztemiryo‘l ta’min” va “O‘ztemiryo‘lyonilg‘i ta’min” xizmati temir yo‘l transportiga qarashli Mintaqaviy temir yo‘l uzellari (MTU), ularga qarashli tarmoq korxonalar, aksionerlik jamiyatlari, unitar korxonalar moddiy zahiralarni sotib olish uchun birja yoki mol yetkazib beruvchilar bilan bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma ikki nusxada elektron rasmiylashtiriladi. Xaridor korxona shartnoma shartlariga rozi bo‘lsa, shartnomaning ikkala nusxasiga imzo qo‘yib, (rahbar) korxona muhrini bosadi. Bir nusxasi xaridor korxonada qoladi, ikkinchi nusxasi ishonchnoma bilan birga birjaga yoki mol yetkazib beruvchilarga qaytarib topshiriladi. Shartnomada shartnoma raqami, sana, manzil, mol yetkazib beruvchi va xaridor korxonalarning nomi, korxona rahbarlarining lavozimi, familiyasi, ismi–sharifi, qo‘yilgan shartlar, ya’ni ishlab chiqarish zahirasining qiymati, bo‘nak foizi, yetkazib berish shartlari, shartnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi. Bulardan tashqari shartnomada tomonlarning rekvizitlari, ya’ni bankdagi hisobraqami, bank nomi, kodi, STIR, XTUT raqamlari qo‘yiladi.
    Shartnoma buxgalteriyada ro‘yxatga olinadi, u bir oy, bir yil muddatga tuzilishi mumkin.
    Mol yetkazib beruvchilarning shartnoma shartlariga rioya qilishi ustidan nazorat qilish to‘xtovsiz, vaqtida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Mol yetkazib beruvchilar shartnoma shartlarini buzgan taqdirda jarima to‘lashlari shart. Bu esa, o‘z navbatida, hisob xodimlari zimmasiga shartnoma shartlarining muddati hamda material assortimenti va uning sifati ustidan nazorat yuritish, bu to‘g‘ridagi ma’lumotlardan korxonaning tegishli bo‘limlarini xabardor qilib borish vazifasini yuklaydi.

    Download 36.06 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 36.06 Kb.