• Standartlar kategoriyalari va ularning turlari
  • 4-ma’ruza standartlar kategoriyalari va turlari reja




    Download 16,94 Kb.
    bet1/4
    Sana20.01.2024
    Hajmi16,94 Kb.
    #141718
      1   2   3   4
    Bog'liq
    4-ma’ruza standartlar kategoriyalari va turlari reja-fayllar.org


    4-ma’ruza standartlar kategoriyalari va turlari reja




    4-MA’RUZA 

    STANDARTLAR KATEGORIYALARI VA TURLARI 

    REJA: 
    1. Standartlar kategoriyalari va ularning turlari. 
    2. Butunjahon savdo tashkiloti doirasidagi standartlashtirish.
    3. Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish. 
    4. Qonun chiqaruvchilik metrologiyasining xalqaro standartlashtirilishi.


    Standartlar kategoriyalari va ularning turlari 


    DSt standartlarning quyidagi kategoriyalarini nazarda tutadi: ГОСТ, OSt, StP.
    Davlat standartlari barcha tashkilotlar va muassasalar uchun ular amal 
    qiladigan soha doirasida majburiy hisoblanadi. Tarmoq standartlarini faqat ushbu
    tarmoq tashkilotlari va korxonalari ishlatishadi, korxonalar standartlari esa - faqat 
    mazkur standartni tasdiqlagan korxonalar uchun moljallangan.

    Muvofiqlik standartini quyidagilar tasdiqlaydi:

    ГОСТ ni – O’zR Davstandarti.

    OSt ni - ushbu turdagi mahsulotning ishlab chiqarilishiga etakchilik qiladigan
    vazirlik (idora). 


    StP ni - korxonalar rahbariyati.

    ГОСТ lar asosan ommaviy va yirik seriyada ishlab chiqariladigan
    mahsulotlarga, 
    davlat
    attestatsiyasidan 
    o‘tgan
    buyumlarga, 
    eksportga
    yuboriladigan tovarlarga nisbatan talablarni belgilaydi, shu munosabat bilan 
    umumiy texnikaviy, tashkiliy-uslubiy qoidalar va normalarni, buyumlarning
    aniqligi normalarini, ularni nazorat qilish uslublarini, xavfsizlik texnikasi va ishlab 
    chiqarish sanitariyasi normalarini, fizik birliklar tizimlarini, o‘lchovlarning yo‘l
    qo‘yiladigan nuqsonlarini, konstruktorlik, texnologik, ekspluatatsion va ta’mirlash 
    hujjatlari, texnik-iqtisodiy axborotlar tizimlarini o‘z ichiga oladigan davlat
    standartlashtirish ob’ektlarini ko‘rsatish mumkin. 


    OSt lar davlat standartlashtirish ob’ektlariga kirmaydigan mahsulotlarga,
    texnologik jihozlarga, ushbu tarmoq uchun asboblarga, shuningdek, tarmoq 
    korxonalarining ishlab chiqarish-texnik faoliyatidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash
    va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatining optimal darajasiga erishish uchun 
    zarur normalar, qoidalar, belgilar va atamalarga nisbatan talablarni belgilaydi.
    Mashinalar, uskunalar, asboblar, seriyali ishlab chiqariladigan buyumlar, xom-
    ashyo, materiallar, yonilg‘i, yarim tayyor mahsulotlar, tarmoq ichida
    qo‘llaniladigan tipovoy texprotsesslar tarmoqdagi standartlashtirish ob’ektlari 
    hisoblanadi.

    StP faqat muayyan korxonada qo‘llaniladigan normalar, qoidalar, uslublarga,
    shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi normalarga 
    tegishli bo‘ladi va ular davlat tarmoq standartlarida nazarda tutilgan detallar,
    materiallarning qo‘llaniladigan nomenklaturasi bo‘yicha cheklashlarni belgilashi 
    mumkin.

    Ob’ektlarga va standartlarning mazmuniga qarab standartlar quyidagi 

    turlarga bo‘linadi: 



     texnik shartlar;


     o‘lchamlar parametrlari; 
     tiplar;
     markasi; 
     sortamentlar;
     konstruksiyalar; 
     qabul qilish qoidalari;
     sinash uslublari; 
     o‘lchovlar va o‘lchovchi asboblarni tekshirish uslublari va vositalari;
     foydalanish va ta’mirlash qoidalari; 
     tipovoy texprotsesslar va boshqalar.
    Xozirgi bosqichda barcha kategoriyalar va turlardagi standartlarni ishlab 
    chiqish tartibi amal qiladi, u ayrim normativ-texnik hujjatlarning ishlab
    chiqilishining aniq mahsulotga, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida o‘zaro bir-biriga 
    bog‘liq bo‘lgan komplekslar, standartlar va texnik shartlarning yaratilishiga
    o‘tkazilishidan iboratdir. 
    Xar qanday ob’ektning ishlab chiqilishi xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga va,
    eng asosiysi, kutilayotgan texnik va iqtisodiy samaraga muvofiq amalga oshirilishi 
    kerak. Buning uchun adabiyotlardagi va ishlab chiqarishdagi ma’lumotlar oldindan
    tanlab olinadi va tahlil qilinadi, standartlashtirish ob’ektlari bo‘yicha 
    tashkilotlarning rivojlanish tendensiyalari va ehtiyojlari belgilanadi, shuningdek,
    xorijdagi tajriba va u erda erishilgan standartlashtiriladigan ob’ektlarning 
    ko‘rsatkichlari darajasining tahlili o‘tkaziladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning
    sifat ko‘rsatkichlari nafaqat ishlab chiqaruvchining o‘zini qondirishi, shu bilan 
    birga barcha iste’molchilar uchun ham iste’mol qilinadigan darajada bo‘lishi kerak.

    DSt belgilaydigan standartlarni ishlab chiqishning oltita bosqichi amal 

    qiladi: 
    Standartni ishlab chiqishning tashkil etilishi, textopshiriqning tuzilishi va 
    tasdiqlanishi.
    Standart loyihasining ishlab chiqilishi va uning fikr-mulohazalarni olish 
    uchun tarqatilishi.
    Fikr-mulohazalarning tahlil qilinishi va eng oxirgi variantning ishlab 
    chiqilishi.
    Standartning tayyorlanishi, kelishilishi va tasdiqlash uchun taqdim qilinishi. 
    Standartning ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi.
    Standartning nashr qilinishi. 


    Download 16,94 Kb.
      1   2   3   4




    Download 16,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-ma’ruza standartlar kategoriyalari va turlari reja

    Download 16,94 Kb.