|
Qonun chiqaruvchilik metrologiyasining xalqaro standartlashtirilishi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 16,94 Kb. | | #141718 |
Bog'liq 4-ma’ruza standartlar kategoriyalari va turlari reja-fayllar.orgQonun chiqaruvchilik metrologiyasining xalqaro standartlashtirilishi
Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro tashkilot (QMXT) 1955 yilda
tashkil etilgan. Uning roli o‘lchovlar va o‘lchov vositalari bo‘yicha ma’muriy va
texnik reglamentlarni xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirishdan iborat. QMXTning
asosiy vazifasi - xalqaro savdo va texnik almashinuvda o‘lchovlar uslublari va
o‘lchovlarning nuqsonlarini baholash birligini belgilashga yordam beradigan
xalqaro tavsiyalar va hujjatlarni ishlab chiqishdir. Quyidagilar QMXTning
organlaridir: qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro konferensiya (QMXK),
Prezident Kengashiga va rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha Kengashga ega
Xalqaro qo‘mita, qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro byuro (QMXB),
kotibiyat - pilotlar (KP) va kotibiyat - ma’ruzachilar (KM) deb ataladigan texnik
ishchi guruhlari. Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro konferensiya har
to‘rt yilda bir marta chaqiriladi va QMXTning maqsadlari va vazifalari xususidagi
qoidalarni belgilaydi, xalqaro tavsiyalarni tasdiqlaydi, QMXTning Konferensiyalar
o‘rtasidagi byudjetini muhokama qiladi.
QMXK - konferensiyaning ishchi organi, ikki yilda bir marta chaqiriladi, KP
va KMning ish rejalarini ma’qullaydi. QMXB-konferensiyalarni tayyorlaydi va
o‘tkazadi, O‘MXT kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, ish natijalarini
ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularning e’lon qilinishini tashkil etadi, boshqa tashkilotlar
bilan aloqani ta’minlaydi.
KP va KM QMXTning xalqaro tavsiyalar va hujjatlarni ishlab chiqishga doir
texnik ishlarini yuritadi.
QMXTning shtab-kvartirasi Parijda joylashgan.
1992 yil 13 martda MDX mamlakatlari standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlash bo‘yicha kelishilgan siyosat yuritish va standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha Davlatlararo kengashni (DK) tashkil qilish
to‘g‘risida hukumatlararo bitimni tuzdilar. Ushbu kengashning tashkil etilishi
Xamdo‘stlik davlatlari milliy organlarining xalq xo‘jaligining hamma
tarmoqlaridagi salohiyatlari va resurslarini birlashtirishga imkon berdi.
Xozirgi vaqtda MDXning davlatlararo standartlari fondi 19 300 tadan ortiq
normativ hujjatni o‘z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida standartlashtirishning roli va
ahamiyatining o‘sib borishi munosabati bilan faoliyatning texnik-iqtisodiy
asoslanishi dolzarb bo‘lib qolayapti.
Standartlashtirishning samaradorligini belgilash yangi texnika bo‘yicha chora-
tadbirlarning amalga oshirilishidan iqtisodiy samarani belgilashning umumiy
formulalariga asoslanadi.
Odatda, iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitoblari mahsulotning hayotiy
siklining hamma bosqichlarida yuritiladi.
|
| |