Butunjahon savdo tashkiloti (BST) bo‘yicha bitimning qabul qilinishi to‘g‘risidagi
kelishuvga erishildi, bu bilan 1947 yildagi tariflar va savdo-sotiq bo‘yicha Bosh
bitimdan BSTga o‘tishning boshlanishiga asos solindi.
BSTning tashkil etilishida qatnashchilar shunga amal qilishi kerakki, ularning
savdo-sotiq sohasidagi munosabatlari turmush darajasini oshirish, to‘liq bandlilikni
ta’minlash va real daromadlar darajasi va mahsulotlarga talabning doimiy
o‘sishini, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni
kengaytirish maqsadlarini ko‘zlab amalga oshirilishi lozim.
BSTning shartlari xalqaro savdoning rivojlanishida
rivojlanayotgan
mamlakatlarga kafolatlangan ulushning ta’minlanishiga qaratilgandir. Ko‘p
tomonlama bitimlar, yani mamlakatlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning
o‘rnatilishi BST bo‘yicha Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya, akkreditatsiya bo‘yicha qoidalar
va normalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab xalqaro tashkilotlar
amal qiladi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida
standartlashtirish
bo‘yicha
xalqaro tashkilot - ISO eng mashhur tashkilot hisoblanadi, undan tashqari
Xalqaro elektrotexnika komissiyasi -
XEK, qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha
Xalqaro tashkilot -
QMXT, Evropa iqtisodiy komissiyasi -
EIK ham amal qiladi.
O‘zbekiston O‘zstandart timsolida Standartlashtirish bo‘yicha Mintaqalararo
Assotsiatsiyaga-
SMA ga a’zo bo‘lgan.
ISO standartlashtirish bo‘yicha eng katta ahamiyatli xalqaro tashkilotdir.
BMTning 1994 yil 14 oktyabrdagi
tashabbusiga binoan Londonda 25 ta
mamlakat vakillaridan iborat konferensiya tashkil etildi, u standartlashtirish
bo‘yicha xalqaro bitimlarni muvofiqlashtirish va bir xillashtirish bo‘yicha Xalqaro
tashkilotning tashkil qilinganligini e’lon qildi. ISOning Ustaviga muvofiq xalqaro
tovar almashinuvi va o‘zaro yordamni engillashtirish uchun jahon miqyosida
standartlashtirishning rivojlanishiga ko‘maklashish tashkilotning maqsadi
hisoblanadi.
ISOning asosiy faoliyati xalqaro
standartlarni ishlab chiqish, ularni nashr
qilish va tarqatishdan iborat.
Barcha hujjatlar uch tilda - ingliz, fransuz va rus
tillarida nashr qilinadi. Texnik qo‘mitalar (
TQ) xalqaro standartlar loyihalarini
ishlab chiquvchi ishchi organlari hisoblanadi. Unga
kotibiyat rahbarlik qiladi, u
barcha ichki masalalarni ovozlarning ko‘pchiligi bilan hal qiladi. Standartlar
loyihalari ISO Kengashi tomonidan tasdiqlanadi, so‘ngra ISO ning Markaziy
kotibiyati tomonidan nashr qilinadi va ISO ning hamma a’zolariga tarqatiladi.
Ustavga binoan ISO Bosh Assambleyasi, Kengash va uning qo‘mitalaridan,
prezident
va vitse-prezident, xazinachi, bosh kotib, markaziy kotibiyat, texnik
bo‘limlar va qo‘mitalardan iborat bo‘ladi.
Bosh Assambleya – ISO ning qonun
chiqaruvchi organi hisoblanadi, u uch
yilda bir marta chaqiriladi. Bosh Assambleyaning sessiyalarida ISO faoliyatining
eng muhim masalalari hal qilinadi, faoliyatga yakunlar yasaladi va bundan keyingi
faoliyat yo‘llari belgilanadi.