Yong‘inning shikastlovchi omillari
Yong‘in paytida kishini shikastlovchi qator omillar paydo
bo‘ladi. Bulardan ayrimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular:
- alanga va yuqori harorat;
- kislarodning past konsentrasiyasi;
- yonish jarayonining zaharli mahsulotlari;
- yong‘in paytida ajralib chiqayotgan tutunning ko‘rish
maydonini chegaralashi;
- bino, inshoot va konstruksiyalarning qulab tushishi hamda
vayron bo‘lishi;
- portlashlar.
Yong‘in asosan havo yetarli bo‘lmagan diffuzion yonish
bilan birga kechadi. Shu sababli ham tutun tarkibida doimo
kislorod bo‘ladi. Bundan tashqari tutunda uglerod oksidi,
vodorod angidridi, azot oksidi, spirtlar, aldegidlar, kislotalar va
boshqalar bo‘ladi.
15
Tutun gazlari odamlar hayoti uchun xavf tug‘diradi. 4,5 %
konsentratsiyali, CO2 bilan 30 daqiqa davomida nafas olish
hayot uchun xavfli hisoblanadi, 10 %li konsentratsiyasi tezlik
bilan o‘limga olib keladi. Uglerod oksidi (CO2)ning 0,5%li
konsentratsiyasida bir necha daqiqa nafas olinganda o‘lim
hodisasi sodir bo‘ladi. Yong‘in vaqtida CO2ning konsentratsiyasi
yerto‘la va yopiq xonalarda o‘limga olib keluvchi miqdordan
anchagina ko‘proq bo‘ladi.
Hayotda ko‘plab uchrab turgan holatlardan biri o‘z-o‘zidan
yonib ketish hisoblanadi. Bunda ayrim predmetlar yuz bergan
kimyoviy reaksiyalar natijasida ichki va tashqi omillar sabab
yona boshlaydi. Masalan, oddiy issiq suv yoki bug‘ quvuri
issiqlik manbayi rolini o‘ynashi va gazlama, qog‘oz, yog‘och
buyumlar o‘z-o‘zidan yonib ketishi uchun yetarli bo‘lishi
mumkin. Quvurlardagi suv harorati issiqligi 150°C gacha yetishi
mumkinligini unutmaslik zarur.
Ko‘pincha ko‘mir, torf, xas-xashak yoki paxta, o‘ramdagi
to‘l, sellofan va sellyuloid, qog‘oz yonib ketishi mumkin. Torf
va qo‘ng‘ir ko‘mirning o‘z-o‘zidan yonib ketish harorati 50-
60°C, paxtaniki 120°C, qog‘ozniki - 100°C, linoleumniki - 80°C
ga teng.
Kimyoviy o‘z-o‘zidan yonib ketish modda va materiallarning
havo va boshqa oksidlovchilar bilan oddiy sharoitlarda
kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularning yona boshlashi uchun
yetarli issiqlik ajratishiga ham bog‘liq. Masalan, fosforning
havoda, oson yonib ketuvchi suyuqliklar bilan margansovka
birikkanda, yog‘och qipiqlari kislotalar bilan birikishida o‘zo‘
zidan yonib ketish hodisalari kuzatiladi.
Turar joylarda va ishlab chiqarish korxonalarida yong‘in kelib
chiqishining sabablari turlicha. Ishlab chiqarish korxonalarida
yong‘in ko‘pincha texnologik asbob-uskunalar, elektr asbobuskunalarning
nosozligidan, xodimlarning olov bilan ehtiyotsiz
muomalasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzishlaridan kelib
chiqadi.
Texnologik uskunalarni loyihalash va ulardan foydalanishda
muhandis-texnik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yong‘
in xavfsizligi qoidalariga amal qilish yong‘inning oldini oladi.
16
Yong‘in va portlash hodisasi bir-biridan ajralmas. Ayrim
hollarda portlash yong‘inga sabab bo‘ladi, ba’zan yong‘in vaqtida
portlash sodir bo‘ladi.
Bilib qo‘ygan yaxshi
Biz har kuni foydalanadigan, usiz hayotimizni tasavvur
ham eta olmaydigan, e’tibor ham bermaydigan ayrim narsalarni
o‘t olgan paytida qancha issiqlikka ega bo‘lishini bir tasavvur
etaylik. Gugurt cho‘pini uning sirtiga urib uchqun hosil qilgandagi
issiqlik - 750-860°C.
sigaret yoqishdagi uchquni – 700-750°C
sham – 640-940°C,
yog‘och uchquni – 850-1000°C,
benzinli o‘t oldirgich (zajigalka) o‘t olishi 1200-1300°C ni
tashkil etadi.
Yong‘in bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish insonning
o‘ziga bog‘liq ekanligini unutmaslik lozim. Buning uchun uy va
ish sharoitida quyidagilarga e’tibor berishning o‘zi kifoya. Ular:
- uyda yonib turgan gaz asbobini nazoratsiz qoldirmaslik;
- yasama pechkalardan foydalanmaslik;
- gazni nostandart shlang orqali ulamaslik;
- mo‘rilarni vaqtida tozalab turish;
- xonani gaz plitalari orqali isitmaslik;
- buzuq elektr asboblaridan foydalanmaslik;
- gaz plitalari ustida yuvilgan kiyim-boshqalarni quritmaslik;
- gaz isi sezilayotgan xonada gugurt yoqmaslik, uchqun chiqaradigan
boshqa vositalardan foydalanmaslik hamda nosozligi
haqida gaz ta’minoti xizmatiga vaqtida murojaat qilish;
- gugurt va boshqa o‘t oldiruvchi jihozlarni bolalar qo‘liga
tushib qolishini oldini olish;
-sigaretani belgilangan joyda chekish;
- yotish joyida, uyda mast holda sigareta chekmaslik va
boshqalar.
Yong‘inga qarshi kurashda quyidagi qoidalarni bajarish
lozim. Olovni o‘z vaqtida o‘chirish, ya’ni zudlik bilan unga
qarshi borish va uning manbasini yo‘q qilish juda katta
talofatlarning oldini olishi mumkin. Bu esa kishidan
17
chaqqonlik, dovyuraklik, tezda fikrlay olish, vaziyatni baholay
bilish hamda xulosa qilishni talab etadi. Xullas:
- alangani o‘chirishning iloji bo‘lsa, uni o‘chirgan yaxshi.
Imkon bo‘lmasa, bunda uning tarqalish maydonini
kamaytirishga va olovni yonuvchi materialar yo‘q joyga
«haydash» ga harakat qilish kerak;
- imkoniyat bo‘lsa yo‘laklarda, tomda, yerto‘lada harakat
qilganda arqonlardan foydalanish lozim, shunda siz orqaga
qaytish yo‘lini osongina topa olasiz, chunki tutun, gaz hidi sizni
adashtirishi, ko‘rish qobiliyatingizni susaytirishi mumkin;
-o‘tni o‘chirib bo‘lmasa, sekin-asta chekinish, biroq o‘tni
nazorat ostida ushlab turish kerak;
-yonish manbayi yo‘q qilingach, boshqa joylarni tekshirib
chiqish kerak bo‘ladi;
- binolarni qulab tushishi ehtimolligini ham unutmaslik
kerak;
-yonayotgan binodan chiqib ketishni imkoniyati bo‘lmasa,
polga yotib olish va nafas olish organlarini nam sochiq bilan
berkitish kerak, u yerda tutun kam va kislorod ko‘proq bo‘ladi
(burchaklarda), tutun va zaharli gaz olovdan ham xavfliroqdir;
-eng muhimi vahimaga tushmaslik lozim, o‘ylab qilingan
harakat hayotingizni saqlab qolish uchun ko‘proq imkoniyat
yaratadi.
Yong‘inga qarshi tayyorgarlik
Yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda,
o‘quvchi-talabalar hamda boshqa ishlovchi xodimlarni zudlik
bilan binodan olib chiqish uchun har binoda, shuningdek, har
bir qavatda evakuatsiya chizmasi bo‘lishi kerak. Ushbu chizmada
har bir xonadagilarning harakat yo‘nalishi hamda zaxiradagi
chiqish eshiklari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, derazalari maxsus temir panjaralar bilan jihozlangan har
qanday xona, sinf xonalari ichida lom yoki shunga o‘xshash
asbob-uskunalar bo‘lishi lozim.
Ish joylarida, o‘quv muassasalarida, agar bino ko‘p qavatli
bo‘lsa har bir qavatda yong‘inga qarshi kurash uchun yong‘in
shlanglari va uni ishlatishga mo‘ljallangan, doimiy suv bilan
18
ta’minlangan yong‘inga qarshi suv quvurlari, jo‘mraklari va
ularning shayligi doimo tekshirib turilishi lozim.
Yong‘in paydo bo‘lganda, dastlabki harakat uning manbasini
tugatishga qaratilishi lozim. Agar yong‘in gazdan chiqqanda gaz
oqimini berkitish, elektr manbalaridan chiqqanda uning
manbasini o‘chirish kerak. Elektr manbalarini o‘chirmasdan
suvdan foydalanib bo‘lmaydi, chunki, suv elektr toki o‘tkazish
xususiyatiga ega. Shu sabab u inson hayotiga xavf tug‘dirishi
mumkin.
Yong‘in chiqqanda kishi nafas yo‘llari orqali tutun va
boshqa yonuvchi mahsulotlardan ajralib chiqayotgan gazlar
organizmga tushishi va kishini zaharlashi mumkin. Shu sabab,
yong‘in bo‘lganda imkon qadar nafas yo‘llarini himoya qilish
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, odam organizmiga
kirayotgan gaz o‘zining zaharli moddalari bilan qonga so‘riladi
va u orqali inson organizmini ishdan chiqaradi.
Chunki, ayrim qurilish materiallaridan ajralib chiqayotgan
zaharli gaz oddiy kislorodga nisbatan inson organizmiga tez
so‘riladi va shikastlaydi. Birgina plastik materiallar yonganda
undan ajralib chiqayotgan gaz kislorodga nisbatan qonga 200-
300 barabar tez so‘riladi. Shu narsani unutmaslik kerakki,
tutunning ajralib chiqishi insonning ko‘rish qobiliyatini
pasaytiradi.
O‘t o‘chirgichlardan qanday foydalanish mumkin
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng faol bo‘lgan
vosita bu yong‘in o‘chirgichlardir. Shuning uchun ham
yong‘inlarni boshlang‘ich davrida uni bartaraf etishda yong‘in
o‘chirgichlarning ahamiyati katta.
Tajribalarda yong‘in o‘chirgichlarni amalda qo‘llash,
yong‘in xavfsizligi xizmatida bebaho ahamiyatga egaligi
tasdiqlangan. Sanoatning ko‘plab sohalarida yong‘in xavfining
ortib borishi, vatanimizda va chet davlatlarda yong‘in
o‘chirgichlarning sifatini yaxshilash, sonini yanada ko‘paytirish,
hamda yong‘in o‘chirgichlarga xizmat ko‘rsatuvchilarni, ulardan
foydalanuvchilarni o‘rgatishni yanada yaxshilash, foydalanish
tarmoqlarini kengaytirish masalalarini hal etishni talab etmoqda.
19
Yong‘in o‘chirgichlar yong‘inning boshlang‘ich davrida,
ya’ni yong‘in o‘chirish qismlari shaxsiy tarkiblari yong‘in joyiga
yetib kelguncha qisqa vaqt ichida o‘chirish qobiliyatiga ega
ekanligi tajribada aniqlangan.
2-rasm. OP-10 rusumli dastakli kukunli yong‘in o‘chirgichlari
Hozirgi vaqtda kimyoviy-ko‘pikli, havo-ko‘pikli, karbonat
angidridli, kukunli kabi yong‘in o‘chirgichlar mavjud.
Yong‘in o‘chirgichlarning asosiy vazifasi yonish o‘chog‘ini
havodan cheklash (ko‘pikli), kislorodni yonmaydigan gazlar bilan
aralashtirish (karbonat-angidridli va kukunli), yonish o‘chog‘
i haroratini pasaytirish (suv, ko‘pik), alangadagi kimyoviy
reaksiya tezligini to‘xtatish (kukunli)dan iborat.
Yong‘in o‘chirgichlardan yanada samaraliroq foydalanish
uchun quyidagilarni bilish zarur:
1. Yong‘in o‘chirish vositasini bekorga sarflamaslik uchun
o‘t o‘chirgichni yonayotgan joyga yaqin joyda ish holatiga
o‘tkazish kerak.
2. Tez harakat qilish kerak, chunki yong‘in o‘chirgich qisqa
vaqt davomida ish holatida bo‘ladi (ko‘pincha 60-80 soniya,
karbonat – angidridli - 25-45 soniya, kukunli 10-15 soniya).
3. Qattiq modda va predmetlarni ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar
yordamida o‘chirganda, yong‘in alangasi kuchli bo‘lgan joyga
20
oqimni to‘g‘rilash va asta-sekin alangani yuqoridan pastga tomon
o‘chirish lozim.
4. Yonayotgan suyuqlikni chetidan o‘rtasiga tomon, astasekinlikda
ko‘pik bilan qoplash orqali o‘chiriladi.
Yonayotgan moddalarni kukunli yong‘in o‘chirgichlar yordamida
o‘chirganda yonish maydoni yuzasini kukun bilan qoplash
lozim. Ko‘pikli o‘t o‘chirgich (OR-5) 1m. maydondagi
o‘tni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. U sig‘imi qariyb 10 litr o‘t
uchirish zaryadi bir silindr shakldagi idishdan iborat. O‘t
o‘chirgichni shaylash uchun uning dastasini bosib, ko‘pik
oqimini yonish o‘chog‘iga yo‘naltirilgan holda ko‘pik tugaguncha
ushlab turish lozim. Karbonat kislotali o‘t o‘chirgich
(OU-2) turli yong‘inlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan. Uning
sirt tarafi po‘latdan yasalgan bo‘lib, ustida buraydigan jo‘mragi
bor. U suyuq holdagi ko‘mir (karbonat) kislotasini saqlab turish
uchun xizmat qiladi. O‘t o‘chirgichni harakatga keltirish uchun
iloji boricha yonish o‘chog‘iga olib boriladi, trubka og‘zi o‘tga
qaratiladi. Buragichni soat miliga qarshi yo‘nalishda burash
lozim.
Bunda, albatta, alangadan xavfsizroq masofada - taxminan
3 metrda bo‘ling. O‘chirgichni yonib turgan joyga yo‘naltirib,
dastagini bosing. Asta harakat bilan o‘t chiqqan maydonni to‘la
qoplang. O‘chirgich ichidagi modda bug‘idan nafas olmaslikka
harakat qiling.
Ichki o‘t o‘chirish jo‘mraklari bino ichidagi yong‘inni
o‘chirishga mo‘ljallangan. Uni ishga solish uchun yong‘inga
qarshi shkafchani eshigini ochib, yong‘in o‘chirish dastasini
jo‘mrakka birlashtirib, buragichni soat miliga qarshi burab, suv
oqimi yong‘in o‘chog‘iga yo‘naltiriladi. Bino ichidagi issiqlikdan
saqlanish uchun sirtqi kiyimlar va to‘shaklarni namlab boshga
yopiladi. Xonadagi achchiq tutundan yer bag‘irlab harakat qilib
qutulish mumkin.
Yonayotgan odamga yordam. Yong‘indan yonayotgan odamga
eng birinchi yordam, uni yerga dumalatish (yiqitish kerak).
Chunki, olov yuqoriga intiladi. U kishini nafas olish, ko‘rish va
yuz qismlarini, shuningdek, tananing katta qismini jarohatlashi
mumkin. Yiqilgan odamning yonayotgan tomoni tepaga qili21
nadi. Aynan shu qismdagi olovni o‘chirishga harakat qiling.
Buning uchun turli usullardan, ya’ni qo‘lingizda mavjud bo‘lgan
narsalardan foydalanish mumkin. Suv bo‘lsa suv sepish,
material bo‘lsa, u bilan olovni o‘chirish (bunda kiyim –
boshdan ham foydalansa bo‘ladi). Shundan so‘ng unga tibbiy
yordam ko‘rsatish lozim. Avvalo kishining nafas olishi, ko‘z va
yuz qismining jarohatini tekshirib ko‘rish kerak. Yuz qismiga
jarohat yetmagan, nafas olishi qiyinlashmagan bo‘lsa, darhol
tananing yongan joyiga yordam ko‘rsatish zarur.
Nazorat savollari
1. Olov va yong‘in nimasi bilan farq qiladi?
2. Yong‘inning kelib chiqish sabablarini ayting.
3. Yong‘inning zararlovchi omillariga nimalar kiradi?
4. Yong‘inga qarshi kurashda nimalarga e’tibor qaratish
kerak?
5. Yashayotgan joyingiz yoki uyingizda yong‘in xavfsizligini
ta’minlash ishlari qanday yo‘lga qo‘yilganini o‘ylab ko‘ring.
6. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda o‘zingiz qanday
ishlarni odat tusiga kiritgansiz?
22
III MAVZU. KUNDALIK HAYOTDA MAISHIY UY
JIHOZLARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH
Insonning kundalik turmushi turli xil voqealar va hodisalarga
boy. Ayniqsa, hozirgi kunda inson tomonidan yaratilgan
o‘ziga xos texnosfera uning hayotini yaxshilashga, og‘irini yengil
qilishga qaratilgan bo‘lsada, biroq, ulardan foydalanish hamda
saqlash paytida o‘ziga xos bir muammolar paydo bo‘layotgani,
baxtsiz hodisalar, shuningdek, insonni og‘ir oqibatlarga olib
kelishi bilan birga iqtisodiy yo‘qotishlarga ham sabab
bo‘layotgani sir emas. Insonning kundalik turmush tarzini usiz
tasavvur qilib bo‘lmaydigan ko‘pgina maishiy xizmat ko‘rsatish
jihozlaridan foydalanishni bilish, ularni o‘z me’yorlarida
ishlatish, texnik yo‘riqnomalariga qat’iy amal qilish turli xil
xavflarning oldini olishda muhim o‘rin egallaydi.
Elektrdan kuyish
Elektrdan kuyishning oldini olish uchun quyidagi
tavsiyalarni bajaring:
-elektr uskunalardan hech qachon suv yaqinida
foydalanmang;
-eskirgan elektr shnurlarni tashlab yuborish yoki ta’mirlash
kerak;
-uyda kichkina bolalar bo‘lsa, elektr rozetkalarni ulardan
yaxshilab ehtiyotlaganingizga ishonch hosil qiling.
Elektr toki odam tanasi orqali o‘tar ekan, uni qizdiradi, bu
esa kuyishga olib kelishi mumkin. Bunda jabrlanuvchining
elektr toki kirgan va chiqqan joylarida jarohat ko‘rinadi. Bu
kuyik ko‘rinishdan ahamiyatsizga o‘xshasa-da, aslida ancha
og‘ir bo‘ladi, chunki ichki to‘qimalar jiddiy jarohatlangan
bo‘lishi mumkin. Elektrdan kuyish, odatda, chuqur bo‘ladi.
Elektr toki urishi, kuyishdan tashqari boshqa muammolarni
ham yuzaga keltiradi. Elektr toki yurak aritmiyasini keltirib
chiqarishi va hatto yurak to‘xtashiga ham olib kelishi mumkin.
Jabrlanuvchining nafas olishi ham to‘xtashi mumkin.
Elektr shikastlanishlar belgilari va alomatlari
-To‘satdan qarsillagan tovush eshtilishi yoki yorug‘lik
chaqnaganday bo‘lishi.
23
-Jabrlanuvchining yaqinida usti ochiq elektr toki manbayi
bo‘lishi.
-Jabrlanuvchi behush holatda bo‘lishi.
-O‘zini g‘alati tutishi.
-Teri ustida aniq kuygan joylar uchrashi.
-Nafas olishi buzilishi.
-Tomir urishi zaif, aritmik yoki umuman bilinmasligi.
-Odatda, qo‘l panjalari va oyoq kaftlarida uchraydigan,
elektr zaryadi kirgan va chiqqan joylar.
Elektrdan kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish
Doimo birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling.
Maxsus yordam ham ko‘rsating.
1. Elektr manbayi uzib qo‘yilganiga amin bo‘lmasangiz,
elektr tokidan jabrlangan odamga hech qachon yaqinlashmang.
Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda elektr uzatish liniyasi simlari
yotganini ko‘rsangiz, o‘t o‘chirish komandasi yoki elektriklar
brigadasi kelishini kuting. Agar usti ochiq sim avtomobil korpusida
yotgan bo‘lsa, odamlarga mashinada o‘tirishni maslahat
bering.
2. Birlamchi ko‘zdan kechirishda nafas olishning buzilishi
yoki yurakning to‘satdan to‘xtashi belgilarini diqqat bilan
kuzating.
3. Ikkilamchi ko‘zdan kechirishda chiqish jarohatini ko‘zdan
kechirishni unutmang: doimo ikkita kuyikni izlang. Kuygan
joyga stiril bog‘lam qo‘ying.
Ana shunday oddiy choralarni ko‘rish shikastlangan kishining
hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
Nazorat savollari
1. Kundalik maishiy uy jihozlaridan foydalanish qoidalarini
ko‘rsating.
2. Maishiy elektr jihozlaridan foydalanganda nimalarga
e’tibor qaratish lozim?
3. Gaz uskunalari va jihozlaridan foydalanganda qanday
qoidalarga rioya qilish zarur?
4. Kundalik hayotda uyni isitish jihoz(isitgich)laridan foydalanganda
qanday xavflar yuzaga kelishi mumkin?
24
IV MAVZU. YONG‘INDAN SHIKASTLANGANDA
BIRINCHI TIBBIY YORDAM BERISH
Kuyish, deb to‘qimalarning yuqori harorat ta’siri natijasida
shikastlanishiga aytiladi. Etiologik holatiga ko‘ra termik,
kimyoviy nur hamda elektr ta’sirida kuyishlar ajratiladi. Termik
kuyishlar shikastlanishlar ichida eng ko‘p tarqalgan. Bu
kuyishlar to‘qimalarga yuqori harorat ta’sir etganda ro‘y beradi.
Haroratning miqdoriga kuygan joyning o‘rni, chuqurligi hamda
shikastlangan kishining yoshiga qarab ba’zan yengil, ba’zan
og‘ir kechib, bemor ahvolini og‘irlashtiradi va hayotiga xavf
soladi.
Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyish shu bilan
xarakterlanadiki, bunda eng baland harorat 100 gradusdan
oshmaydi. Ularning intensivligi, ta’sir muddati uncha katta
bo‘lmaydi, shuning uchun ham bu hollarda yuza kuyishlar ro‘y
beradi (I, II, III darajali). Bu kuyish ko‘pincha sirkulyar holatida
bo‘lmaydi, u ko‘pincha tananing old tomonida bo‘lishi
mumkin (qorinda, chotda, oyoqda). Kuyish darajasi uncha
katta bo‘lmay, u 3-10 %ni tashkil etadi.
Issiq bug‘dan kuyganda jarohat kamdan kam hollarda teri
ichiga o‘tadi, teri yuzasida esa uning sathi katta (60 %gacha va
undan ortiq) bo‘ladi. Kuyishlar yana issiq kleysimon va
yopishqoq moddalardan ham bo‘lishi mumkin (masalan, issiq
yelimdan, bitum va boshqalar). Issiq massalar badanga yopishib
qolib, uzoq muddat davomida jarohatning tubiga yomon ta’sir
qiladi.
Yong‘indan kelib chiqadigan kuyishlar eng og‘ir kuyishlardan
hisoblanadi. Jabrlanuvchining kiyim-kechagi yonishi
oqibatida (ba’zan tez yonadigan suyuqliklarga namiqqan)
jarohatning tarqalishi va ichkariga o‘tib ketishi kuchayadi.
Erigan metalldan kuyishlar chuqur kuyishlardan bo‘lib,
(III-IV darajali), bunda faqatgina teri emas, teri osti qavatlari
(teri osti biriktiruvchi to‘qimasi, paylar, mushaklar va hatto
suyaklar) ham kuyadi. Bunday kuyishning yoyilib ketishi
25
cheklangan holda bo‘ladi, shuning uchun ham kuyish kasalligi
sodir bo‘lmaydi. Etiologik omil tabiatiga ko‘ra issiq predmetlardan
kuyishlar (kontaktli kuyishlar) kuyishning boshqa ko‘rinishlari
ichida ajralib turadi.
Kuygan joydagi to‘qimaning patalogoanatomik o‘zgarishlari,
zararlanish chuqurligiga qarab kuyish darajasi 4 xil bo‘ladi:
I darajali kuyish – bunda teri qizaradi (giperemiya), shishadi,
qattiq og‘riydi; II darajali kuyishda sariq suyuqlik yig‘ilgan
pufakchalar paydo bo‘ladi. Agar pufakchalar yorilgan bo‘lsa,
barmoq bilan bosganda to‘q pushti rangli suyuqlik chiqib, teri
yuzasi qattiq og‘riydi.
III darajali kuyish esa teri nekrozi bilan ifodalanadi. III (a)
darajali kuyishda ham II darajali kuyishda bo‘lganidek,
pufakchalar hosil bo‘ladi, faqat undagi suyuqlik gemogragik
tusda bo‘ladi. Pufaklar yorilganda ularning tagi ko‘pincha och,
ba’zan och pushti rangda, bosganda esa ajralib chiqqan suyuqlik
rangsiz bo‘lmaydi. Og‘riqni sezish keskin kamayadi.
III (b) darajali kuyish terining butun qatlamini chuqur
shikastlaydi. Bunda odatda, quruq qalin, sariq qo‘ng‘ir rangli
qasmoq hosil bo‘ladi, ba’zida teri osti venasida tromb hosil
bo‘lishi kuzatiladi, og‘riq sezilmaydi.
IV darajali kuyishda terining butun qavati va teri osti
to‘qimalari kuyadi, ba’zan kuyish suyakkacha tarqaladi. Bunda
avvalgidek qalin qasmoq yuzaga keladi.
Kattalarda kuygan teri sathi 25–30 % bo‘lganda va chuqur
kuyish 10 %dan ortiq bo‘lganda, amalda doimo sezilarli
umumiy buzilishlar bilan kechib, u birlashgan tushuncha bilan
«kuyish kasalligi» deb tushuniladi. Bolalarda ayniqsa 2–3
yoshgacha, ozgina kuygan joyi bo‘lsa ham «kuyish kasalligi»
alomatlari taraqqiy etadi. Nafas a’zolarining shikastlanishi (issiq
havo yoki bug‘ bilan) kuyish kasalligini og‘irlashtiradi.
Kuyishda bo‘ladigan shok holati 24–72 soatgacha davom
etadi. O‘tkir kuyish toksemiyasi – bu kuyishning 2-bosqichi
hisoblanib, u 2–3 sutkadan to 14–15 sutkagacha davom etadi.
Bu davr organizmning zaharlanishi bilan ifodalanadi. Kuyishda
qonda zaharli moddalar bir necha soatlardan so‘ng paydo
bo‘ladi. Lekin sodir bo‘lgan shok holatida zaharlanish holati
26
kamdir, chunki kuyishning 1- davrida ko‘p suyuqlik quyilishi
zaharlarni qon tomirlaridan chiqarib yuboradi. Qon
aylanishning yaxshilanishi, qon tomirining o‘tkazuvchanligi,
ortiqcha suyuqliklarning qaytib kelishini kuchaytiradi, shu bilan
birga to‘qimalarda bo‘lgan zaharli moddalar chiqib ketadi.
Kuygan kishiga birinchi yordam berish. Birinchi yordam
berishda bemorni shifoxonaga yuborishdan avval, uning kuyish
darajasini aniqlash, hayotiga xavf soluvchi patologik holatlarni
bilish (kuyish natijasida shok holati, nafas organlarining shikastlanishi,
yonuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish, mexanik
shikastlanishlar, elektrotravma ta’sirida hayot faoliyatining
buzilishini) va agar lozim bo‘lsa, reanimatsiya va davo
tadbirlarini qo‘llash (yurakning yopiq massaji, sun’iy nafas
oldirish, taxtakachlash) lozim.
Voqea sodir bo‘lgan yerda kuygan yaraga bog‘lam qo‘yish
aslo mumkin emas. Agar kimyoviy kuyish sodir bo‘lsa, zudlik
bilan shikastlangan yerni juda ko‘p miqdordagi oqar suv bilan
10 – 15 minut davomida yuvish zarur. Kuygan yara atrofini
quruq salfetka bilan (iloji bo‘lsa, steril mato bilan) berkitish
lozim. Agar steril mato bo‘lmasa, xohlagan toza matoni
ishlatish mumkin. Kuygan yara ustiga dori-darmonlarni
qo‘yishga ruxsat etilmaydi, ayniqsa, maz va yog‘simon
moddalar surtish kerak emas, bu diagnostika hamda kuyish
darajasini aniqlashni qiyinlashtiradi, uydagi dorilardan o‘z
bilgancha foydalanish ham yaxshi natija bermaydi.
Bemorni transportirovka qilish muhim masala bo‘lib,
undan oldin, agar kuyish katta ko‘lamda bo‘lsa, shokka qarshi
muolajalar qilinadi. Buning uchun og‘riqni qoldiradigan dorilar
(promedol, aminalon, morfin eritmalari, analgin va antigistamin
moddalari, dimedrol, suprastin) ishlatiladi. Iloji bo‘lsa, ularni
venaga yuborish kerak, chunki shok holati sodir bo‘lganda bu
moddalarning teri ostidan va mushakdan so‘rilishi sekin o‘tadi.
Kuygan kishini transportirovka qilish vaqtida u yotgan
holda bo‘lishi, uning sovqotib ketmasligining oldini olish kerak.
Kuyganlarga birinchi yordam berish hamda transportirovka
qilish quyidagicha bo‘ladi:
1. Yuqori harorat ta’sirini yo‘qotish.
27
2. Kuygan yuzalarni sovitish.
3. Og‘riqni qoldiradigan dorilar.
4. Himoyalovchi bog‘lam qo‘yish.
5. Issiq choy, kofe, ishqorli suv berish.
Transportirovka qilishdan avval og‘riqni qoldiruvchi tibbiy
vositalar beriladi. Bemorni shifoxonaga yotqizganda birinchi
meditsina yordami qay tariqa ko‘rsatilganligini aniqlash lozim,
chunki bu shikastlanishning qay ahvolda ekanligini aniqlashda
va kelgusi davo choralarini qo‘llashda hisobga olinadi.
Shifoxonada kuygan kishilarni umumiy davolash bilan birga
jarohatlarni mahalliy davolash ham maqsadga muvofiqdir.
Chunki har bir bemorni davolashda umumiy va mahalliy
davolash birgalikda olib boriladi.
|