• 3-bosqich. Jabrlanuvchini tiklanish holatiga keltiring
  • 4-bosqich. Tutqanoqdan so‘ng
  • Yodingizda bo
  • Tutqanoqda (shaytonlashda) birinchi yordam ko‘rsatish (bolalarda) 1-bosqich. Bolani jarohatlanishdan saqlang.
  • 2-bosqich. Bolani sovuting.
  • Bolani tiklanish holatida yotqizing.
  • Hushdan ketish belgilari va alomatlari.
  • Hushdan ketishda birinchi yordam ko‘rsatish
  • MUNDARIJA
  • TO‘G‘RI FOYDALANISH
  • QOIDALARI
  • GIDROMETEOROLOGIK HOLATLAR BILAN BOG‘LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR HAMDA ULARDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA ETISH
  • RADIATSIYA MANBALARI VA KUCHLI TA’SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALARNING ZARARLI TA’SIRI
  • KO‘RSATISH
  • EKOLOGIK MUHIT BUZILISHINING INSON HAYOTIY FAOLIYATIGA ZARARLI TA’SIRI VA UNING
  • XALQARO MIQYOSDA YUZAGA KELAYOTGAN EKOLOGIK TAHDIDLAR
  • KELGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA O‘Z-O‘ZIGA YORDAM KO‘RSATISH
  • A. Norboyev, O. Qulto‘rayev A. Avliyoqulov, M. Ziyoyeva HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
  • -bosqich. Jabrlanuvchining boshini shikastlanishdan himoya qiling




    Download 275,31 Kb.
    bet17/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

    2-bosqich.

    Jabrlanuvchining boshini shikastlanishdan himoya qiling.

    Jabrlanuvchini olov, balandlik va suv bilan bog‘liq

    bo‘lgan xavf-xatardan ehtiyot qilishga harakat qiling.

    • Jabrlanuvchining boshi tagiga bironta yumshoq narsa,

    masalan, taxlangan kiyim qo‘yib, uni shikastlanishdan himoya

    qiling.


    • Bo‘yinbog‘ini va bo‘yindagi tugmalarini bo‘shating.

    3-bosqich.

    Jabrlanuvchini tiklanish holatiga keltiring

    • Jabrlanuvchining og‘zida so‘lak, qon yoki qusuq massasi

    ko‘p bo‘lsa, ular oqib chiqib ketishi uchun jabrlanuvchini

    yonboshlatib yotqizing.

    • Jabrlanuvchining tishlari orasiga biron narsa qo‘yishga

    urinmang, chunki tilni yoki lunjni tishlab olgani bilan qattiq

    qon ketmaydi.

    4-bosqich.

    Tutqanoqdan so‘ng:

    • Jabrlanuvchi to‘la o‘ziga kelmagunicha uni tiklanish

    holatida yotqizing.

    • Tutqanoq natijasida shikastlangan yoki shikastlanmaganini

    aniqlash uchun ikkilamchi ko‘zdan kechirishni o‘tkazing.

    • Jabrlanuvchini tinchlantiring va rag‘batlantirishga harakat

    qiling.

    • Jabrlanuvchi butkul o‘ziga kelgunicha uning yonida



    bo‘ling. Kerak bo‘lsa tez yordamni chaqiring.

    Tutqanoqdan keyin kishini uyqu tortadi va atrofdagi

    narsalarni yaxshi anglay olmaydi. Tutqanoq odam ko‘p joyda

    tutib qolgan bo‘lsa, bemor o‘zini noqulay his etishi mumkin.

    Shuning uchun jabrlanuvchi tinchlanishi kerakligini aytib,

    odamlardan to‘planmaslikni iltimos qiling.

    193

    Yodingizda bolsin:

    Jabrlanuvchi o‘z tanasining harakatini nazorat qila olmasligi

    yodingizda bo‘lsin! Jabrlanuvchini to‘xtatib qolishga yoki biron

    tarzda tutib turishga urinmang. Odatdagidek, birinchi yordam

    ko‘rsatishning asosiy tamoyillariga amal qiling! Tortishishda

    birinchi yordam ko‘rsatish jarohat olishdan saqlanishga va nafas

    olish yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlashga qaratilgan.

    Tutqanoqda (shaytonlashda) birinchi yordam ko‘rsatish

    (bolalarda)

    1-bosqich.

    Bolani jarohatlanishdan saqlang.

    • Jabrlanuvchining atrofida unga shikast yetkazishi mumkin

    bo‘lgan barcha buyumlar va mebelni bir chekkaga olib qo‘ying.

    • Bolaning atrofiga va boshi tagiga bironta yumshoq narsa,

    masalan, taxlangan kiyim qo‘yib, uni shikastlanishdan himoya

    qiling.


    • Odamlardan bolaning atrofida to‘planmaslikni iltimos

    qilgan holda, toza havo kelishini ta’minlang.



    2-bosqich.

    Bolani sovuting.

    • Bolaning kiyimini yeching.

    • Toza havo kirishini ta’minlang.

    • Bola sovuq eb qolmasligini nazorat qiling.



    3-bosqich.

    Bolaning badanini arting.

    • Sochiqni iliq suvda ho‘llab bolaning bosh tomondan

    pastga qarab arting.

    4-bosqich.

    Bolani tiklanish holatida yotqizing.

    • Jabrlanuvchini tiklanish holatida, hushiga kelmaguncha

    ushlab turing.

    5-bosqich.

    Tez yordam chaqiring

    • Bironta odamni tez yordam chaqirishga jo‘nating yoki

    o‘zingiz «103»ga qo‘ng‘iroq qiling.

    • Tez yordam yetib kelgunicha jabrlanuvchining hushini,

    pulsini va nafas olishi bor-yo‘qligini kuzatib turing.

    194


    Agar bola hushini yo‘qotsa, nafas yo‘llarini oching, hushining

    bor-yo‘qligini tekshiring. Yurak-o‘pka faoliyatini tiklash

    ishini (reanimatsiyasini) o‘tkazishga tayyor bo‘lib turing.

    Yodingizda bolsin:

    Jabrlanuvchi o‘z tanasining harakatini nazorat qila olmasligi

    yodingizda bo‘lsin! Jabrlanuvchini to‘xtatib qolishga yoki biron

    tarzda tutib turishga urinmang. Odatdagidek, birinchi yordam

    ko‘rsatishning asosiy tamoyillariga amal qiling! Tortishishda

    birinchi yordam ko‘rsatish jarohat olishdan saqlanishga va nafas

    olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi

    lozim.


    Hushdan ketish

    Hushdan ketish – miyaga qon oqimi vaqtincha kamayishi

    natijasida qisqa vaqt hushni qisman yoki to‘la yo‘qotish. Hushdan

    ketish emotsional ta’sir ostida, masalan, qon ko‘rganda yuz

    berishi mumkin. Ba’zan og‘riq tufayli, tibbiy xususiyatga ega sabablar

    (masalan, yurak xastaligi), bir joyda uzoq vaqt turib qolish

    yoki toliqish natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Ayrim odamlar,

    masalan qariyalar, homilador ayollar tanasining holati keskin

    o‘zgarishi: o‘tirgan holatdan to‘satdan turib yurib, dastlabki

    qadamlarni tashlashi yoki yotgan holatdan jadal oyoqqa turishi

    natijasida ham hushdan ketishi mumkin.

    Hushdan ketish belgilari va alomatlari.

    • Bosh «uchib ketishi».

    • Bosh aylanishi.

    • Quvvatsizlik.

    • Ko‘ngil aynishi.

    • Terining rangi o‘chib, namiqishi.

    • To‘satdan hushdan ketish mumkin.

    Jabrlanuvchi ba’zan holsizlanayotganini, boshi aylanayotganini,

    ko‘ngli ayniyotganini yoki g‘arq terga botganini his

    qilishga ulguradi.



    Hushdan ketishda birinchi yordam ko‘rsatish

    Hushdan ketishda ko‘rsatiladigan yordam birinchi yordam

    ko‘rsatishning asosiy tamoyillaridan boshlanadi. Buni shunchaki

    hushdan ketish, degan shoshilinch xulosa chiqarmang, chunki

    hushsizlik hayotga xavf soluvchi jiddiy muammodan, masalan,

    195


    og‘ir shok holati yoki yurak to‘xtashidan darak berishi mumkin.

    Jabrlanuvchining hayotiga xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilish

    uchun doim hayot nishonalarini tekshirib ko‘ring. Shokdagi

    kabi yordam ko‘rsating, agar gumon qilsangiz «103»ga

    qo‘ng‘iroq qiling.

    Hushsizlik o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va jabrlanuvchi bir-ikki

    minut ichida o‘ziga keladi.

    Nazorat savollari

    1. Birinchi tibbiy yordamning vazifasi nimadan iborat?

    2. Birinchi tibbiy yordam berish qoidalari va tamoyillarini

    ko‘rsating.

    3. Shok holatining belgilarini ko‘rsating.

    4. Ilon chaqqanda birinchi tibbiy yordam berish tartibini

    ayting.

    5. Tutqanoqda birinchi tibbiy yordam berishda nimalarga



    e’tibor qaratiladi?

    6. Hushdan ketishning belgi va alomatlarini ko‘rsating.

    196

    ADABIYOTLAR RO‘YXATI

    1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsyasi, T. 2014-y.

    2. O‘zbekiston Respublikasining shu sohaga oid qonunlari.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:

    «O‘zbekiston».

    4. O‘zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va

    texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish

    to‘g‘risida»gi qonuni. 20.08.1999.

    5. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida

    »gi qonuni. 20.05.2000.

    6. O‘zbekiston Respublikasining «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘-

    risida»gi qonuni. 31.08.2000.

    7. O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash

    to‘g‘risida»gi qonuni. 15.12.2000.

    8. O‘zbekiston Respublikasining «Qutqaruv xizmati va

    qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonuni. 20.09.2008.

    9. O‘zbekiston Respublikasining «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

    »gi qonuni. 2009.30.09.

    10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston

    Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish

    to‘g‘risida»gi farmoni. 04.03.1996.

    11. Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka

    tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». – T. :

    «O‘zbekiston», 1997.

    12. «Hayot xavfsizligi asoslari». Z.Ilyosova. – T.: Moliya, 2001.

    197


    MUNDARIJA

    I mavzu. «HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI» O‘QUV FANINING



    MAQSAD VA VAZIFALARI................................................................ 3

    II mavzu. YONG‘IN VA UNING ZARARLOVCHI OMILLARI.



    YONG‘INDA HARAKATLANISH TARTIBI.......................................12

    III mavzu. KUNDALIK HAYOTDA MAISHIY UY JIHOZLARIDAN



    TO‘G‘RI FOYDALANISH ....................................................................22

    IV mavzu. YONG‘INDAN SHIKASTLANGANDA BIRINCHI



    TIBBIY YORDAM BERISH.................................................................24

    V mavzu. TERRORISTIK AKTLAR YUZ BERGANDA



    HARAKATLANISH TARTIBI. AXBOROT XAVFSIZLIGI .................28

    VI mavzu. MAJBURIY YOLG‘IZLIK HOLATIDA O‘ZINI TUTISH



    QOIDALARI..........................................................................................40

    VII mavzu. ZILZILALAR VA ULARDA HARAKATLANISH TARTIBI.



    ZILZILA OQIBATLARIDAN MUHOFAZALANISH USULLARI......54

    VIII mavzu. ZILZILADA (SHIKASTLANGANLARGA) BIRINCHI



    TIBBIY YORDAM ................................................................................67

    IX Mavzu. GIDROMETEOROLOGIK HOLATLAR BILAN BOG‘LIQ



    FAVQULODDA VAZIYATLAR HAMDA ULARDA XAVFSIZLIK

    QOIDALARIGA RIOYA ETISH...........................................................79

    X mavzu. TRANSPORT VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ



    FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARDA HARAKATLANISH

    TARTIBI ................................................................................................93

    XI mavzu. RADIATSIYA MANBALARI VA KUCHLI TA’SIR



    ETUVCHI ZAHARLI MODDALARNING ZARARLI TA’SIRI.........103

    XII mavzu. AHOLIGA RADIATSIYANING ZARARLI TA’SIRI VA



    UNDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI .............................................122

    XIII mavzu. KTEZM DAN MUHOFAZALANISH VA UNDAN



    ZAHARLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM

    KO‘RSATISH......................................................................................125

    XIV mavzu. FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINING



    MUHANDISLIK MUHOFAZASINI TASHKIL ETISH.

    BINOLAR VA QURILISH ASHYOLARINING O‘ZIGA XOS

    XUSUSIYATLARI ...............................................................................129

    XV mavzu. EKOLOGIK MUHIT BUZILISHINING INSON



    HAYOTIY FAOLIYATIGA ZARARLI TA’SIRI VA UNING

    198


    NATIJASIDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLI

    VAZIYATLAR ......................................................................................134

    XVI mavzu. O‘ZBEKISTON, MARKAZIY OSIYO MINTAQASI VA



    XALQARO MIQYOSDA YUZAGA KELAYOTGAN EKOLOGIK

    TAHDIDLAR .......................................................................................149

    XVII mavzu. EPIDIMIOLOGIK XAVFLI KASALLIKLARNING



    YUQISH YO‘LLARI VA PROFILAKTIKASI ....................................155

    XVIII mavzu. FAVQULODDA VAZIYATLAR YUZAGA



    KELGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA O‘Z-O‘ZIGA

    YORDAM KO‘RSATISH....................................................................167

    ADABIYOTLAR RO‘YXATI................................................................196

    199


    A. Norboyev, O. Qulto‘rayev

    A. Avliyoqulov, M. Ziyoyeva

    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

    Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun

    o‘quv qo‘llanma

    Muharrir: N. Artikova

    Badiiy muharrir: M. Odilov

    Kompyuterda sahifalovchi: U. Raxmatov

    Nashr. lits. AI . 174. Bosishga ruxsat 21.12.2014 y.da berildi.

    Bichimi 60x84 1/16. Ofset qog’ozi .2. «Times» garniturasi.

    Shartli b.t. 12,25. Nashr hisob t. 12,5. Adadi 33063 dona.

    -buyurtma.

    «IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi.

    100084. Toshkent, Kichik halqa yo’li, 7-uy.

    200


    O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining

    «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi

    bosmaxonasida chop etildi.

    Toshkent, Yunusobod dahasi, Yangi shahar 1-uy.




    Download 275,31 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 275,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. Jabrlanuvchining boshini shikastlanishdan himoya qiling

    Download 275,31 Kb.