• 1988-1989-yillarda qishloq xo‘jalik aerodromlari va paxta dalalarida 2,7 ming tonna atrofida egasiz pestitsidlar, mineral
  • 14,3 ming tonna ta’qiqlangan va foydalanish muddati tugagan zaharli ximikatlar, shuningdek, 176,2 ming dona zaharli moddalar idishlari
  • Kimyoviy zaharli moddalardan muhofazalanish Ogohlantirish tadbirlari.
  • Kimyoviy avariyalarda qanday harakat qilish lozim
  • Kimyoviy avariyadan keyin qanday harakat qilish lozim
  • Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning zaharlovchi xususiyatlari Is gazi
  • Is gazi bilan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi sabablar
  • Is gazi bilan zaharlanishning belgilari va alomatlari
  • Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan muhofazalanish usullari va vositalari
  • Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tarqalganda aholi harakati Simob to‘kilgandagi harakat SIMOB (Hg)
  • Simob hayot uchun xavfli. Bug‘lanish maydoni kattalangani sari hafv ham o‘sadi (ishqalanish, tomchilarga maydalanishi). Simob to‘kilganligi aniqlanishi bilan
  • Xlor to‘kilishi bilan bog‘liq avariyalardagi harakatlar Xlor
  • Xlor buluti harakati haqida ogohlantirish olgandan so‘ng quyidagilarini bajarish lozim
  • Xlor bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam
  • Ammiak buluti harakati haqida ogohlantirish olgandan so‘ng, quyidagilar bajarishi lozim
  • Ammiak bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam
  • Kimyoviy zararlanish xavfi tug‘ilganda aholining harakati
  • Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda
  • Hamma bajara olishi zarur
  • Hayot faoliyati




    Download 275,31 Kb.
    bet10/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

    Kimyoviy avariya – bu ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning

    buzilishi, quvur o‘tkazgichlar, sig‘imlar, qo‘riqlanadigan

    omborxonalar, transport vositalarining shikastlanishi

    109


    natijasida odamlarning sog‘lig‘i va hayoti, biosfera faoliyati

    uchun zararli bo‘lgan kimyoviy xavfli moddalarning chiqib

    ketishidir.

    Avariya tug‘diruvchi kimyoviy xavfli moddalar - asosan

    xlor, ammiak, fosgen, sinil kislotasi, qo‘rg‘oshinli angidrid va

    boshqalarning yirik zaxiralari kimyo, sellyuloza-qog‘oz vaqayta

    ishlash kombinatlari, mineral o‘g‘itlar, qora va rangli metallurgiya

    zavodlari, shuningdek, muzlatuvchi kombinatlar, pivo

    zavodlari, qandolatchilik fabrikalari, sabzavot bazalari va suv

    stansiyalarida mavjud.

    Kimyoviy avariyaning insonlar va hayvonlar uchun xavfi,

    organizm me’yoriy hayot faoliyatining buzilishi va kelgusida

    genetik oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi bilan belgilanadi.

    Ma’lum sharoitlarda esa organizmga kimyoviy moddalarning

    nafas yo‘llari, teri, shilliq pardalari yaralar orqali va

    oziq-ovqat bilan birga tushishi hatto o‘limgacha olib kelishi

    mumkin.

    Kimyoviy moddalarni saqlash va ishlab chiqarish sharoitida



    ularning havo yoki suv bilan, shuningdek, kimyoviy moddalar

    o‘zaro bir-biri bilan ta’sirlashib yong‘in yoki boshqa og‘ir

    oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ochiq havoda turgan

    o‘z-o‘zidan alangalanuvchi va o‘z-o‘zidan yonuvchi moddalarga

    o‘simlik yog‘lari, hayvon yog‘lari, tosh va pista ko‘mirni,

    temirning oltingugurt birikmasini, kukunli moddalarni, alif va

    erituvchilarni, shuningdek, o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga

    ega moddalarni kimyoviy xavfli moddalar qatoriga kiritish

    mumkin.

    Kimyoviy moddalarni o‘zaro bir-biri bilan aloqada bo‘lishi



    natijasida reaksiyaga kirishishi va alangalanishi ishlab chiqarishda

    ko‘p uchraydigan hodisadir. Bunday hodisalar asosan oksidlovchilarning

    organik moddalarga ta’siri orqali sodir bo‘ladi.

    Oksidlovchilar sifatida xlor, ftor, brom va shunga o‘xshash

    moddalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Oksidlovchilar

    organik moddalar bilan to‘qnashib yoki aralashib ketganda

    ularning alangalanishini keltirib chiqaradi. O‘z tabiatiga

    ko‘ra mustahkam bo‘lmagan ayrim kimyoviy moddalar vaqt

    110

    o‘tishi bilan harorat, ishqalanish, urilish va boshqa ta’sirlarning



    natijasida yemirilishi mumkin.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq

    obyektlarning mavjudligi ham texnogen tusdagi favqulodda

    vaziyatlarni keltirib chiqarishi xavfni saqlab turadi. Jumladan,

    O‘zbekiston Respublikasida ammiak, xlor, sulfat va azot

    kislotasi kabi xavfli kimyoviy moddalarning (kuchli ta’sir

    qiladigan zaharli moddalarning - KTEZM) katta zaxiralariga

    ega bo‘lgan 279 xo‘jalik obyekti faoliyat yuritadi. Korxonalardagi

    ushbu moddalar umumiy zaxirasi qariyb 400 ming

    tonnaga yetadi. Kimyo sanoatida falokatlar hali ham yuqori

    darajada saqlanib qolmoqda. Falokatlar va ifloslanishlar

    KTEZM ni tashishda ko‘proq ro‘y bermoqda.

    Qishloq xo‘jaligida kemiruvchi va zararkunandalarga qarshi

    kurashish, o‘simliklarning kasallanishining oldini olish, begona

    o‘tlarga qarshi kurashda turli zaharli ximikatlar, kimyoviy

    moddalardan foydalaniladi. Bularga pestitsidlar, gerbitsidlar,

    defoliantlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bu kimyoviy

    moddalar yordam berish bilan birgalikda inson organizmiga

    juda katta xavf tug‘diradi. Masalan, turuvchan pestitsidlar inson

    organizmining yog‘ qatlamlarida va boshqa ichki a’zolarida

    to‘planib ichak, siydik pufagi, jigar, bosh miya va tanosil

    a’zolarida o‘simtalar paydo qilish xususiyatiga ega. Bunda

    surunkali bosh og‘rig‘i, charchash va holsizlanish kabi belgilar

    kuzatiladi. Ammo eng asosiysi hayot sifati va muddatining

    qisqarishidir. Ba’zi zaharli ximikatlar inson genetik apparatiga

    radiatsiyadanda kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa yosh bolalar

    va qariyalar zaharli ximikatlardan kuchli ta’sirlanadi.

    Sobiq ittifoq davrida respublikamiz hududida zaharli

    kimyoviy moddalarni saqlashga xo‘jasizlarcha munosabatda

    bo‘linganligini katta achinish bilan ta’kidlash joiz. Masalan



    1988-1989-yillarda qishloq xo‘jalik aerodromlari va paxta

    dalalarida 2,7 ming tonna atrofida egasiz pestitsidlar, mineral

    o‘g‘itlar hamda 200 ming dona zaharli moddalar idishlari

    mavjudligi aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni

    muhofaza qilish davlat qo‘mitasi harakatlari bilan bugungi

    kunda mazkur pestitsidlar va zaharli ximikatlar hududlardagi 13

    111


    ta zaharli ximikatlar qabristonida saqlanmoqda. Zaharli moddalarni

    ko‘mish joylari ustidan davlat kadastri olib borilmoqda.

    Respublika bo‘yicha, zaharli moddalar ko‘mish joylarida utilizatsiya

    qilish masalalari hal etilmagan 14,3 ming tonna ta’qiqlangan



    va foydalanish muddati tugagan zaharli ximikatlar, shuningdek,

    176,2 ming dona zaharli moddalar idishlari saqlanmoqda.

    Respublikada 1989-yildan boshlab ifloslantiruvchi moddalarning

    atmosferaga chiqarilishi 2,1 barobarga pasaydi, ifloslangan

    oqava suvlarning tashlanishi ikki baravar kamaydi. Pestitsidlardan

    foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 baravarga qisqardi.

    Kimyoviy zaharli moddalardan muhofazalanish

    Ogohlantirish tadbirlari. Yashash joyingiz yoki ishxonangiz

    yaqinida kimyoviy xavfli obyekt bor-yo‘qligini aniqlang. Agar

    bo‘lsa, mazkur obyektdagi KXMning potensial xavfi va alohida

    belgilari, xususiyatlari bilan tanishib chiqing. Aholini avariyadan

    ogohlantiruvchi «Diqqat, barchaga!» signalining xarakterli

    xususiyatlarini (sirena ovozi va korxonalarning qisqa gudoklari),

    xabar berilganda harakat qilish tartiblari, xonalarni germetik

    yopish, suv va oziq-ovqat muhofazasi qoidalarini eslab qoling.

    O‘zingiz va oilangiz uchun paxta-dokali bog‘lamlarni tayyorlab,

    ma’lum joyda saqlang. Shuningdek, kimyoviy xavfli

    hududlardagi avariyalar vaqtida aholining harakati bo‘yicha

    eslatmani ham saqlab qo‘ying. Imkoni bo‘lganda KXMning

    tegishli turlaridan muhofaza qiladigan gazga qarshi gazniqoblar

    olib qo‘ying.



    Kimyoviy avariyalarda qanday harakat qilish lozim? «Diqqat,

    barchaga!» signali berilganda avariya to‘g‘risida aniq

    ma’lumot va to‘g‘ri harakat qilishga doir tavsiyalarni olish

    uchun radiopriyomnik va televizorni ishlatib qo‘ying.

    Derazalarni berkitib, elektr va gaz tarmog‘ini o‘chiring.

    Rezinali etik, plash kiyib, hujjatlar, kerakli kiyim-kechak, uch

    kecha-kunduzlik oziq-ovqat olib, qo‘shnilarni ogohlantirib,

    tezda vahima ko‘tarmasdan, zararlangan hududdan shamol

    yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalishda harakatlanib, kamida

    1,5 km masofa nariga borib oling. Nafas yo‘llarini asrash uchun

    gazniqobdan, agar u yo‘q bo‘lsa 2-5 %li ichimlik soda

    112


    eritmasida (xlordan saqlanish uchun), 2 foizli limon yoki uksus

    kislotasi eritmasida (ammiakdan saqlanish uchun) namlangan

    paxta-dokali bog‘lamdan yoki matolardan tayyorlangan qo‘lbola

    muhofaza vositasidan foydalaning.

    Zaharli hududni tark etish imkoni bo‘lmaganda eshikderazalar,

    shamollatish tuynuklari va dudbo‘ronlarni zichlab

    yoping. Ularda yoriqlar bo‘lsa qog‘oz yoki skotch bilan

    yopishtiring. Binolarning yerto‘la, yarim yerto‘lalari va birinchi

    qavatlariga berkinmang.

    Temir yo‘llar va avtomagistrallarda AKXM bilan bog‘liq

    avariyalar sodir bo‘lganida xavfli hudud avariya joyidan 200 m

    radiusida belgilanadi. Bu hududga yaqinlashish va kirish

    qat’iyan taqiqlanadi.

    Kimyoviy avariyadan keyin qanday harakat qilish lozim?

    AKXMdan zaharlanishda barcha jismoniy ishlarni chetga surib

    ko‘p miqdorda ichimlik (choy, sut) iching va zudlik bilan

    shifokorga murojaat qiling. Binoga kirish uchun faqatgina unda

    AKXMning mavjudligi borasida nazorat tekshiruvi o‘tkazilgandan

    so‘nggina ruxsat beriladi. Agar siz AKXMning bevosita

    ta’siriga tushib qolgan bo‘lsangiz birinchi navbatda dush qabul

    qiling. Kiyim-kechaklarni yuving, yuvishning iloji bo‘lmasa

    tashlab yuboring. Xonalarni tez-tez nam lattada tozalab turing.

    Suv quvurlari (quduqlar)dagi suvdan ichmang, tomorqa ekinlari

    va mevalari, shuningdek, kimyoviy avariyadan keyin so‘yilgan

    chorva mollari va qushlar go‘shtlarini ularning xavfsiz ekanligi

    rasman aniqlanmagunicha iste’mol qilmang.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning zaharlovchi

    xususiyatlari

    Is gazi - rangsiz va hidsiz gaz. Is gazining asosiy xavfli tomoni

    shundaki, u o‘pka orqali qon hujayralariga tez kirib olib,

    unda mavjud bo‘lgan kislorod o‘rnini egallaydi. Buning natijasida

    organizmda kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) kelib

    chiqadi.

    Is gazi bilan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi sabablar

    Zaharlanish benzinli dvigatellar ishlashi (ishlangan gazlar)

    dan, tabiiy gaz yonishidan, yong‘in paytida hamda ba’zi sanoat

    obyektlarida ro‘y berishi mumkin. Yaxshi shamollatilmaydigan

    113

    yopiq xonalarda, masalan, garajlarda is gazi bilan zaharlanish



    ko‘p sodir bo‘ladi. Avtomobil dvigatelini doim ochiq havoda

    qizdirish lozim. Uni hech qachon cheklangan yopiq joyda

    qizdirmaslik kerak.

    Is gazi bilan zaharlanishning belgilari va alomatlari

    􀂃 Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.

    􀂃 Nafas chalg‘ishi.

    􀂃 Teri olcha rangini kasb etishi.

    􀂃 Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib

    kelishi mumkin.



    Ammiak– odatdagi sharoitda o‘tkir nashatir spirt hidi bor

    rangsiz gaz, havodan yengil. 33°C haroratda yoki yuqori

    bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi

    va kislorodli muhitda yonadi. Ammiak bilan havoning quruq

    aralashmasining portlash xususiyati mavjud (harorat 18°C

    bo‘lib, aralashma tarkibida 16–28 % atrofida ammiak bo‘lsa).

    Bo‘g‘uvchan va nervotrop ta’sirga ega.

    Ammiak gazining odamlar yashaydigan hududda havodagi

    mumkin bo‘lgan miqdori 0,04 mg/m3, eng ko‘pi bilan 0,2

    mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40,0 mg/m3 bo‘lsa, ko‘z

    achishib yoshlanadi hamda nafas olish yo‘llari qattiq achishadi.

    Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdori

    1500–2700 mg/m3. ga teng. Gazning suvdagi 10 %li eritmasi

    nashatir spirt, 18–20 % eritmasi esa ammiakli suv, deb ataladi.

    Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutgichlarda,

    sovutgich modda sifatida (go‘sht kombinati, sabzavotlar bazasi,

    baliq-konserva zavodlari) ishlatiladi. Ammiak gazi saqlash va

    ma’lum masofaga tashish uchun siqilgan holda 6–18 kgs/m3

    bosimga ega holda metall idishlarda olib boriladi. Ammiak nafas

    olish yo‘llarini qichishtiradi, miya to‘qimasi faoliyatiga ta’sir

    ko‘rsatadi, qon quyulishini buzadi, xotirani pasaytiradi, ko‘z

    ko‘rish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p miqdorda ta’sir

    etsa, odam vafot etadi.

    Ammiakdan zaharlanish belgilari: burun bitishi, yo‘tal, nafas

    qaytishi, ko‘zdan yosh oqishi, yurakning tez urishi.



    Xlor – odatdagi sharoitda qo‘lansa hidli, sarg‘ish-yashil gaz,

    havodan 2,5 baravar og‘ir. 34°C haroratda suyuq holatga o‘tadi.

    114

    Suv (20°C haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi)



    hamda organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi

    modda, mineral bilan, ko‘pchilik nomineral moddalar va

    organik moddalar bilan o‘zaro yaxshi ta’sirga ega. Bo‘g‘uvchi

    ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,03 mg/m3,

    agar moddaning miqdori 10 mg/m3 bo‘lsa, inson organizmiga

    salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/m3 ni tashkil etsa, o‘limga

    olib kelishi mumkin. Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi,

    o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi.

    Zaharlanganlik belgilari – ko‘z jildi shilliq pardasining yallig‘lanishi,

    tanglay va tomoqning qizarishi, nafas qisishi, ovoz bo‘g‘ilishi,

    ko‘z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq

    va qon aralash balg‘am ajralishi, badan ko‘karishi, ko‘krakdagi

    og‘riq, hushdan ketish. Teriga ta’sir qilganda – qizarish va

    ekzema yuzaga keladi.

    Xlor odatda paxta-qog‘oz kombinatlarida, qog‘oz ishlab

    chiqarishda, rezina tayyorlashda, suvni tozalash stansiyalarida

    ishlatiladi.

    Simob – bu suyuq, kumushsimon metall, ma’lumki barcha

    suyuqliklardan og‘ir. Tez bug‘lanuvchi, suvda yerimaydi, har

    qanday yuzaga osonlik bilan singib ketadi. Simob bug‘lari

    havodan og‘irroq. Zichligi – 13,52 g/sm3. Erish temperaturasi

    – 390C, +357 gradusda qaynaydi. Tibbiy amaliyotda, ishlab

    chiqarishda nazorat o‘lchov asboblarida (termometr, barometr

    va manometr) ishlatiladi. Simob hayot uchun juda xavfli.

    Bug‘lanish maydoni qancha katta bo‘lsa xavf ham shuncha o‘sib

    boradi.

    Simob bilan zaharlangandaodamda umumiy holsizlik, og‘-



    riqli yutinish, og‘izda metal ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish,so‘lak

    oqishi, tana haroratini ko‘tarilishi,qorinda va oshqozonda

    og‘riqning paydo bo‘lishi, bosh aylanishi, oyoq-qo‘llarning

    qaltirashi, chayqalib yurish, ongning chalkashishi, gapirish

    qobiliyatining buzilishi, hushdan ketish kabi holatlar kuzatiladi.

    Yuqorida keltirilganlardan tashqari sanoatda sianid kislota,

    serovodorod, fosgen kabi zaharli kimyoviy moddalar ham

    ishlatiladi.

    115

    Sianid kislota – rangsiz suyuqlik bo‘lib, asosan plastmassa,

    organik shisha, sun’iy tola ishlab chiqaruvchi korxonalarda

    ishlatiladi. U qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi

    kurashish vositasi sifatida ham qo‘llaniladi.



    Serovodorod – o‘tkir yoqimsiz hidli rangsiz gaz. U ham

    xlor kabi havodan og‘irroq shuning uchun ham avariya vaqtida

    chuqurlik, yerto‘la va binolarning birinchi qavatlarini to‘ldirib

    yerga to‘shaladi. Serovodorod neft-kimyoviy va gazni qayta

    ishlash zavodlarida, oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish

    natijasida hosil bo‘ladi.



    Fosgen – juda zaharli rangsiz gaz. Bo‘g‘uvchanlik

    xususiyatiga ega. Har xil bo‘yoqlar, eritgichlar va dori-darmon

    ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan muhofazalanish

    usullari va vositalari

    Gazga qarshi niqob yoki suv bilan namlangan, shuningdek,

    ammaiakda 5%li limon kislotasi aralashmasi va xlorda, 2%li

    ichimlik sodsi aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni ishlatish

    kerak. So‘ngra zaharlangan hududdan zarar ko‘rganlarni olib

    chiqib, ularning ustki va oyoq kiyimlarini tashqarida yechib,

    tana qismidagi zaharli moddalarni yo‘qotish kerak. Zarar

    ko‘rganlarga ko‘p miqdorda suv berib, ko‘zini va yuz qismini

    suv bilan yuvib tashlash zarur. Agar zaharli moddalar kishining

    oshqozoniga tushgan bo‘lsa, uni qayd qildirish yoki oshqozonini

    yuvish kerak bo‘ladi. Ba’zi hollarda odam nafas olmay qo‘ysa

    «Og‘izdan og‘izga» sun’iy usulda yoki kislorod yordamida nafas

    oldirish lozim. Zarar ko‘rgan odamlarni shifoxonaga olib borish

    uchun transport vositasidan foydalanganda uni faqat yotgan

    holda shifoxonaga yetkazish zarur. Odamlarni vaziyatdan kelib

    chiqib, xavf oldida dovdirab qolmaslikka, o‘z vaqtida aniq, tez

    harakat qilishga, qutqarish ishlarini unumli o‘tkazishga o‘rgatish

    kerak bo‘ladi.

    Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni

    iltimos qiling.

    Jabrlanuvchining ko‘zini e’tibordan chetda qoldirmang.

    Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida

    yoki tez yordam yetib kelgunga qadar yuving. Kimyoviy modda

    116


    sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq

    tutish lozim. Zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘ying.



    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tarqalganda aholi

    harakati

    Simob to‘kilgandagi harakat

    SIMOB (Hg) – suyuq kumishsimon metall, barcha suyuqliklardan

    og‘ir. Zichligi – 13,52g/sm3. Erish temperaturasi –

    30°C. Qaynash temperaturasi - +357°C. Tibbiy amaliyotda,

    ishlab chiqarishda, o‘lchov asboblarida (termometr, barometr,

    manometr) ishlatiladi.

    Simob hayot uchun xavfli. Bug‘lanish maydoni kattalangani

    sari hafv ham o‘sadi (ishqalanish, tomchilarga maydalanishi).

    Simob to‘kilganligi aniqlanishi bilan:

    1. Zudlik bilan xabar berish :

    a) DSENM- SES boshlig‘i, shahar (tuman) sanitar

    shifokoriga;

    b) Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘iga;

    v) Sog‘liqni saqlash tashkilotlariga;

    g) Shahar (tuman) militsiyasiga.

    2. Darhol xonani tark etish. Shamollatirish uchun eshik va

    oynalarni ochish. Zaharlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish

    (oshqozonni yuvish). To‘kilgan simobni yig‘ib olish. Tomchilarini

    mis plastinkasi bilan olib tashlash. Simob to‘kilgan

    joyni 20%li xlorli temir aralashmasi bilan arting.

    Tozalash ishlarni «G» markali yutuvchi–filtrovchi (GP-5,

    GP-7) gazga qarshi niqobida yoki (RU-60M, RPG-67) respiratorlarida

    olib boring.

    Xlor to‘kilishi bilan bog‘liq avariyalardagi harakatlar

    Xlor – o‘ziga xos o‘tkir hidli sarg‘ish-yashil tusdagi gaz.

    Havodan taxminan 2,5 marta og‘ir. Shuning uchun past joylarda

    to‘planadi, atmosferaning yeryuzi qatlamida harakat

    qiladi, yerto‘la, tonellarga oqib kiradi.

    Suvda kam eruvchan. Kuchli yemiruvchi. Atmosferaga

    chiqqanda tutaydi, suv havzalarini zaharlaydi.

    Bug‘lari ko‘z, havo yo‘llari, teri, so‘lak pardasiga kuchli

    qaqshatuvchi ta’sir etadi. Teriga tegsa kuydiradi.

    117

    Organizmga ta’sir qilganda keskin ko‘krak og‘rig‘i, quruq



    yo‘tal, qayt qilish, muvozanat yo‘qolishi, nafas siqilishi, ko‘z

    achishi, yoshlanishi kabi holatlar kuzatiladi.

    Uzoq muddat nafas olganda o‘limga olib kelishi mumkin.

    Xlor buluti harakati haqida ogohlantirish olgandan so‘ng

    quyidagilarini bajarish lozim:

    Himoya inshootida panoh topish. Baland binolarning tepa

    qavatlaridan foydalaning. Uyni xlor bug‘lari kirishidan

    himoyalashga tayyorlash (ventilyatsiya teshiklarini, oynalarni

    yopish, eshiklar teshiklarini berkitish).

    Gazga qarshi niqobni kiyish. Kattalar uchun – GP-5, GP-

    7. Bolalar uchun-PDF-7, PDF- III(D), PDF-2III(D) markalilari

    ma’qul.


    «V» markali yutuvchi patronli RPG-67 gazga qarshi niqob

    va respiratordan ham foydalanish mumkin.

    Hech bo‘lmasa suv bilan namlangan, undan yaxshisi 2%li

    ichimlik sodasi aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni taqib olish

    zarur.

    YODINGDA TUT! Zaharlangan tumandan shamol yo‘nalishiga



    perpendikulyar ravishda, pastlik, chuqurlik, jarliklardan

    chetlangan holda chiqish kerak.



    Xlor bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam:

    1. Ko‘z, nafas yo‘llari, badanning ochiq joylarini ko‘p

    miqdordagi suv bilan yuving.

    2. Xalqum achishsa, bo‘yinga xantalli yoki isituvchi kompress

    qo‘ying va oyoqqa issiq vanna qiling.

    Ammiak to‘kilishi bilan bog‘liq avariyadagi harakatlar

    Ammiak – suvda yaxshi yeruvchi, taxminan havodan ikki

    barobar yengil, rangsiz gaz. Atmosferaga chiqqanda tutovchi,

    yonuvchan. Uning bug‘lari havo bilan qo‘shilib portlovchan

    aralashma hosil qiladi.

    Suyuq ammiak ishchi modda sifatida muzlatgich mashinalarda

    va qurilmalarda keng qo‘llaniladi.

    Nafas olinganda xavfli. Kuchli yo‘tal, bo‘g‘ilish, yurak

    urishi, tomir urish me’yorining buzilishi, burun namlanishi, nafas

    olishning qiyinlashuvi, jig‘ildon qaynashi, terining qizarishi

    va achishi, ko‘zlarning achishi va yoshlanishi kuuzatiladi. Suyuq

    118

    ammiakning teriga tegishi sovuq urish holatiga olib keladi. Ko‘p



    miqtordagisi o‘limga olib kelishi mumkin.

    Ammiakning 10%li aralashmasi savdoga «Nashatir spirti»

    nomi bilan savdoga chiqariladi. 18-20%li aralashma ammiakli

    suv deb nomlanadi va o‘g‘itsifatida foydalaniladi.

    Odamlarning ammiak bilan jarohatlanishi uni ishlab

    chiqaruvchi yoki go‘sht-, baliq va sut kombinatlarida, qandolat

    fabrikalarida, hamda temir yo‘l orqali yetkazilganda sodir

    bo‘lgan nosozliklar natijasida vujudga kelishi mumkin.



    Ammiak buluti harakati haqida ogohlantirish olgandan

    so‘ng, quyidagilar bajarishi lozim:

    Xonani tark etishda isitish asboblarini o‘chiring, oynalarni

    yoping, hujjatlar va kerakli narsalarni o‘zingiz bilan oling.

    Zararlangan joydan shamol yo‘nalishiga perpendikulyar

    ravishda chiqish kerak.

    Agar zararlangan joydan chiqishning iloji bo‘lmasa,

    yaqinroqda berkitish mumkin bo‘lsa – u yerda panoh top.

    Shaxsiy himoya vositalarini kiying. Yodda tut! Fuqaro gazga

    qarshi niqoblari hamda respiratorlarning poklovchi-yutuvchi

    qutilari ammiak bug‘laridan himoya qilmaydi.

    Bunday vaziyatlarda: - gazga qarshi niqoblarga qo‘shimcha

    DPG-3 patroni ulanadi. – suv bilan 5%li limon kislotasi

    aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni takib olish shart.

    Ammiak bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam:

    1. Fuqaro gazniqoblariga qo‘shimcha DPG-3 patronni

    ulang.

    2. Zudlik bilan zararlanish maydonidan chiqing.



    3. Ko‘z, nafas yo‘llari va badanning ochiq joylarini ichimlik

    sodasining 2%li eritmasida yuving.

    4. Zaharlanuvchiga issiq sut berib, yotqizib qo‘ying.

    5. Zaruriyat tug‘ilsa, novshadil spirti hidlatib, «og‘zidan

    og‘izga» usulida sun’iy nafas oldiring va yurakni bilvosita

    uqalang.


    Kimyoviy zararlanish xavfi tug‘ilganda aholining harakati

    Odamlarning kimyoviy zaharlanishi kimyoviy xavfli obyekt

    (KXO)larda kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM)ning

    tashqariga chiqib ketishi bilan bog‘liq avariyalar sodir bo‘lganda

    119

    yoki zaharli moddalar (ZM) qo‘llanilishi oqibatida qisqa vaqt



    ichida ro‘y beradi.

    Kimyoviy xavfli obyekt – hududida avariya yuz berganida

    odamlar, hayvonlar va o‘simliklar yalpi kivyoviy zaharlanishi

    mumkin bo‘lgan korxona.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda–ishlab chiqarish

    maqsadlarida qo‘llaniladigan, tashqariga chiqib ketgani (to‘kilib

    ketgani)da havoning xavfli miqdorda zararlanishiga, odam, hayvon

    va o‘simliklar dunyosining zaharlanishiga sababchi bo‘lishi

    mumkin bo‘lgan kimyoviy modda.

    Hamma bajara olishi zarur:

    1. Shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalana olish.

    2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

    3. Kimyoviy zararlanish vaqtida to‘g‘ri harakat qilish

    qoidalarini bilish.

    4. Turar joyda KTZMdan muhofaza qiluvchi pana joy

    qurish.


    Download 275,31 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 275,31 Kb.