• Nazorat savollari
  • XV MAVZU. EKOLOGIK MUHIT BUZILISHINING INSON HAYOTIY FAOLIYATIGA ZARARLI TA’SIRI VA UNING NATIJASIDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLI VAZIYATLAR
  • «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘isida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
  • Inshootlar zilzilaga bardosh berishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi




    Download 275,31 Kb.
    bet12/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

    Inshootlar zilzilaga bardosh berishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:

    A – 7 ballgacha chidashi mumkin bo‘lgan kuchsiz seysmochidamli

    uylar. Bunga tuproqdan va g‘ishtdan qurilgan uylar

    kiradi.


    B – 8 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil

    yog‘och karkaslardan tayyorlanadi (sinch uylar).

    D – 9 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar sirasiga

    katta metall karkaslardan, temirbeton konstruksiyalardan tayyorlangan

    uylar kiradi.

    Nazorat savollari

    1. Ta’lim muassasasida kim fuqaro muhofazasi rahbari hisoblanadi?

    2. Ta’lim muassasasida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda

    vaziyatlarning oldini olish va undan muhofazalanish

    maqsadida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?

    3. Siz tahsil olayotgan va yashayotgan hududda qaysi turdagi

    favqulodda vaziyatlarning yuz berish ehtimoli mavjud?

    4. O‘zingizni favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri

    harakat qilishga tayyor, deb bilasizmi?

    134


    XV MAVZU. EKOLOGIK MUHIT BUZILISHINING

    INSON HAYOTIY FAOLIYATIGA ZARARLI TA’SIRI VA

    UNING NATIJASIDA YUZAGA KELAYOTGAN

    MUAMMOLI VAZIYATLAR

    «Ekologiya» atamasi ikki so‘z birikmasidan tashkil topgan

    bo‘lib, yunoncha «Eykos» vatan, makon, yashash joyi, «Logos»

    esa fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Har qanday jism va

    tirik mavjudotlarning o‘zaro hamda tevarak atrof-muhit bilan

    bog‘liq bo‘lgan munosabatlarini o‘rganuvchi biologik fandir. Bu

    atamani fanga birinchi bo‘lib 1866-yilda nemis biologi Ernest

    Gekkel kiritgan. Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi,

    ko‘payishi, yashashini va jamoalarning tarkibi hamda o‘zgarishlarini

    yashash muhitiga bog‘liq holda ekologiya genetikasi,

    evolyutsiya ta’limoti, fizologiya, kabi biologik fanlar bilan

    chambarchas bog‘langan.

    Ekologiya hozirgi paytda inson hayoti uchun doimiy va eng

    muhim zaruriyat bo‘lgan tabiiy boyliklar yer, suv, tuproq, havo,

    o‘simliklar, hayvonot dunyosi, suvosti jonzotlari, qushlar va

    boshqa tirik mavjudotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish,

    ularni avaylab-asrash, qo‘riqlash, butun tabiatni, atrofmuhitni

    muhofaza qilish kabi muammolar bilan shug‘ullanadi.

    Bugungi kunda ekologiya fanining asosiy vazifalari: har xil

    organizmlar guruhlarining atrof-muhit omillari bilan munosabati

    qonuniyatlarini o‘rganish, organizmlarning yashash muhitiga

    ta’sirini aniqlash, biologik resurslardan oqilona foydalanish,

    odam faoliyati ta’sirida tabiat o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra

    olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini

    o‘rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning usullarini yaratish,

    sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyalarni ishlab

    chiqish va joriy etishdan iboratdir.

    Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar har xil uslublar yordamida

    amalga oshiriladi. XXI asrga kelib insoniyat uchun ekologiya

    muammosi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Ekologik

    xavf hatto yadro quroli xataridan ham dahshatliroq bo‘lib,

    135

    hozirgi davrda butun dunyo xalqlarini tashvishga solmoqda.



    Davlatimiz rahbari I. Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr

    bo‘sag‘isida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot

    kafolatlari» asarida: «Asrlar tutash kelgan pallada butun

    insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch

    kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z-o‘zini

    o‘limga mahkum etish bilan barobardir» deb bejiz aytmagan.

    Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda

    sayyoramizda har xil yoqilg‘ilarni yoqish sababli har yili 10,1

    mlrd. tonna kislorod sarf bo‘lmoqda. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli

    yerlarning 70 foizidan va chuchuk suvlarning 20 foizidan foydalanilayapti.

    Yerdagi qor va muz qatlami 10-15% ga qisqarib,

    Arktika muzliklarining qalinligi 40%ga kamaydi.

    Atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslardan xo‘jasizlarcha

    foydalanish, ekotizimdagi muvozanatning buzilishi shu

    darajaga yetdiki, natijada insonlarning qulay tabiiy atrofmuhitga

    ega bo‘lishi muammoga aylandi. Markaziy Osiyo

    xalqlari uchun Orol inqirozi XXI asr fojiasiga aylandi.

    Orol dengizi tarixda juda katta boylik, oziq-ovqat zaxirasiga

    ega bo‘lgan manba edi. Sobiq sovet davlati davrida milliy

    respublikalardagi resurslardan to‘la va hatto me’yoridan ortiq

    foydalanish hamda ularning qayta tiklanishiga e’tiborsizlik va

    loqaydlik bilan yondashish Orol dengizi bo‘ylarida istiqomat

    qiluvchi aholi hayotini xavf osti qolishiga olib keldi.

    Oqibatda sahrolanish jarayoni nafaqat Orol bo‘yida, Ustyurt

    tekisligi, Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida, Tyan-Shan va

    Pomir tog‘lari poyidagi hududlarda ham kuzatilgan.

    Yozda o‘ta jaziramali, qishda qorsiz va izg‘irinli kunlar

    avvalgi, ya’ni Orol suvga to‘la davriga nisbatan ikki-uch haftaga

    cho‘zildi. Chunki, dengiz sathidan bo‘shagan hudud 4,2 mln.

    ga. ni tashkil etmoqda. Dengiz tomonidan kelayotgan shamol

    paxta yakkahokimligi davrida ishlatilgan kimyoviy moddalar

    qoldiqlari bilan birga 15 mln t dan 75 mln t chang-to‘zonni

    ko‘tarib ketmoqda.

    O‘tgan asrning 60-yillari oxiridan boshlab dengizdagi suv

    sathining keskin pasayishiga sanoatning o‘sishi uchun suv

    iste’molining ortib borishi, sug‘oriladigan yerlarning kengayishi

    136

    tufayli Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi va hokozalar



    sabab bo‘ldi. 1990-yilning boshiga kelib dengiz sathi 39

    metrgacha pasaydi, suv hajmi 40 kub km gacha kamaydi. Sohil

    60-80 km. ga chekindi. Orol dengizida 1960–70-yillarda 30 ga

    yaqin baliq turlari mavjud edi. Hozir esa ularning 80 foizi

    yo‘qolib ketgan. Orol bo‘yida baliqni qayta ishlash bo‘yicha 2 ta

    korxona bor edi, bugungi kunda ularning faoliyati batamom

    to‘xtatilgan. Shuningdek, Orolbo‘yidagi 18 ta baliq va

    ondatraxo‘jaligidan hozir birontasi ham qolmagan. Orolning

    qurishi mintaqa iqlimiga ham salbiy ta’sir qilayapti.

    Ma’lumki, tabiat obyektlari (yer, yerosti boyliklari, suv,

    o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera) o‘zaro

    birlikda va aloqada bo‘ladi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

    Bittasidagi holatning buzilishi boshqasiga salbiy ta’sir etadi. Shu

    sababli tabiat obyektlarini muhofaza qiladigan normativ hujjatlarni

    birlashtirish, yagona qonunda umumlashtirish maqsadga

    muvofiqdir.

    Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tabiiy resurslardan foydalanish

    huquqini ekologik munosabatlar doirasiga kiritmaslik, bu

    munosabatlarni tabiiy resurslardan foydalanish huquqining

    alohida sohalari: yer, suv, kon, o‘rmon huquqi normalari bilan

    tartibga solish kerak.

    Tabiatni muhofaza qilish turli vosita va usullar yordamida

    amalga oshiriladi. Shulardan eng muhimi tabiatni huquqiy

    muhofaza etishdir. Shu nuqtayi nazardan ekologiya qonunchiligining

    ahamiyatini oshirishda bir qator tashkiliy-huquqiy

    ishlarni amalga oshirish kerak. Atrof tabiiy muhitni muhofaza

    qilishga bag‘ishlangan qonunlarni takomillashtirish bugungi

    kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi. Chunki

    hozirgi ekologiya tanazzul sharoitida bu atrof tabiiy muhitni

    asrashning yagona kafolati bo‘lishi mumkin.

    Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq

    munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarning umumiy

    majmuaga ega emasligi, turli tarmoq qonunchiligiga bo‘lib

    tashlanganligi ham muammoni to‘la hal qilinishiga to‘siq

    bo‘lmoqda. Ekologiya muammosi yer yuzining hamma

    burchaklarida ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Faqat uning

    137

    keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va



    mintaqalarida turlichadir. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u

    bir necha o‘n-yillar mobaynida ushbu muammoni inkor etish

    natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining

    deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi

    natijasida kelib chiqqanligidadir.

    Atmosferaga zararli chiqindilar tashlashni chegaralash va

    energiya iste’molini kamaytirish haqidagi 1975-yildagi Kioto

    bayonnomasi qabul qilinganligiga qaramasdan sanoat korxonalari

    va avtomobillardan chiqayotgan gazlar atmosferani ifloslantiruvchi

    asosiy manba bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda dunyo

    mamlakatlarining atmosferaga chiqarayotgan zaharli gazlari

    yiliga 25,7 mlrd tonnani tashkil etadi. Shundan 25 % AQSh,

    25 % Yevropa davlatlari, 14 % Xitoy, 7 % Rossiya Federatsiyasiga

    to‘g‘ri kelmoqda. Bu gazlar miqdorining ortishi ozon

    qatlami yemirilishini ham tezlashtirdi. Jumladan, 2010-yilga

    kelib, Arktika ustidagi «Ozon tuynugi» ning maydoni rekord

    darajaga, ya’ni 29 mln km2ga yetdi. Bu esa 1992-yilga nisbatan

    6 mln tonnaga ko‘proq deganidir.

    Hozirgi kunda insoniyat har yili 4,5 mlrd. tonna ko‘mir, 3,2

    tonna neft mahsulotlari, tabiiy gaz, torf, o‘tin va boshqa

    yoqishga yaraydigan moddalarni yoqib atmosferani

    zaharlamoqda.

    Respublikada 1989-yildan boshlab ifloslantiruvchi moddalarning

    atmosferaga chiqarilishi 2,1 barobarga pasaydi, ifloslangan

    oqava suvlarning tashlanishi 2,0 barobar kamaydi. Pestitsidlardan

    foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 barobar qisqardi.

    2007-yil yakunlariga ko‘ra, atmosferaga chiqarilayotgan

    ifloslantiruvchi moddalarning umumiy hajmi 2 mln tonnagacha

    qisqardi. So‘nggi yigirma-yilda turg‘un manbalardan zararli

    moddalarning chiqarilishi 1,3 dan 0,6 mln tonnagacha kamaydi.

    Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga

    muhabbat, degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan,

    uning go‘zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga

    kirishishdan boshlanadi. O‘z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik,

    sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Bu

    insonda ikki ko‘rinishda: tabiatga va o‘ziga bo‘lgan munosabat138

    larda namoyon bo‘ladi. Inson tabiatdan faqat zavqlanishni

    emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o‘rganadi. Natijada,

    o‘zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo‘lish imkonini bergan

    «narsa»ni, ya’ni insonga xos madaniyat hislarini topishga

    intiladi. Demak, insoniy tuyg‘ular tabiatga mehr bilan

    qarashdan oziq oladi. Pedagoglar avvalo ushbu tushunchalarni

    o‘zlari to‘la anglab yetishlari, qolaversa, o‘z faoliyatlari davomida

    kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlar ongiga singdirishlari

    va ularga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirib borishlari

    lozim. Chunki havosidan nafas olib bo‘lmaydigan, yeri ifloslangan,

    suvi sho‘rlangan joyda: demokratiya, erkinlik, ozodlik,

    tenglik va boshqa gumanistik qadriyatlar o‘z ahamiyatini

    yo‘qotishi aniq faktdir.

    Taassuf bilan aytamizki, inson faoliyati natijasida atrofmuhitga

    ancha sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Bular asosan hozirgi

    kunda mavjud bo‘lgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida

    bo‘lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik

    xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o‘tmadi. Bu

    xavflardan ozon qatlami yemirilishi, iqlimning o‘zgarishi,

    cho‘llanish va toza ichimlik suvi tanqisligi, Orol dengizi

    muammosi, hayvonot va o‘simlik dunyosi turlarining qisqarib

    borishi, o‘simlik dunyosining noqonuniy kesilib borishi,suv

    resurslari tanqisligi, atmosfera ifloslanishi shular jumlasidandir.

    Tabiiy resurslar qashshoqlashuvi muqarrar ravishda jamiyat

    hamda shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy

    qashshoqlashuviga, pirovard natijada halokatiga olib keladi.

    Ta’kidlash joizki, insonning tabiatga qilgan agressiv hujumi –

    muqarrar ravishda uning mag‘lubiyati bilan tamom bo‘ladi.

    Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni

    saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishga

    da’vat etadi, hech bo‘lmaganda ko‘chalarga axlat tashlanmasligiga,

    suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo‘shadi. Biz kelajak

    avlodlarga yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklarimizni,

    bizgacha mavjud bo‘lgan tabiatni va unga munosabatimizni ham

    meros qoldiramiz. Bu faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas,

    balki uning tiklanishi, yanada go‘zallashuvi, gullab-yashnashiga

    hissa qo‘shish, atrof-muhitni iflos qiluvchilarga qarshi beayov

    139


    kurash olib borish degani hamdir. Chunki tabiat o‘ziga nisbatan

    soxtakorlik va munofiqlikni kechirmaydi. Agar masalaga falsafiy

    yondashadigan bo‘lsak ekologik nuqtayi nazardan insoniyat

    tarixini shartli ikki davrga ajratish mumkin. Birinchisi – tabiat

    insonga xizmat qilgan bosqich. Ikkinchisi – inson tabiat uchun

    xizmat qiladigan bosqich. Biz hozir birinchi bosqichda hayot

    kechirmoqdamiz.

    Hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘simliklar tarkibi dunyosida

    4100 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Udardan 3000 dan ortiq

    turlari yovvoyi o‘simliklardir. O‘simliklardan nooqilona foydalanish

    ularning ko‘p turlarini Qizil kitobga kiritishga olib

    kelmoqda. Masalan, 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qizil

    kitobiga 163 turdagi o‘simliklar kirgan bo‘lsa, 1999-yilda 301 ta,

    2006-yilda 305 turdagi o‘simliklar kiritildi.

    XX asrda yer kurrasi aholisi soni 3 baravar ortdi. Buning

    oqibatida ichimlik suvining sarfi 7 baravarga, kommunal

    xizmatlarga suv sarfi 13 baravarga ortganligi qayd etilmoqda.

    Natijada bugungi kunda dunyoning turli hududlarida suv

    resurslarining tanqisligi kuzatilmoqda. Dunyodagi 50 dan ortiq

    mamlakatlarda ichimlik suvi chetdan transport vositalari va

    quvurlar orqali keltirilmoqda. Butunjahon Sog‘likni Saqlash

    tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda yer yuzida 2



    mlrd. odam ichimlik suvi yetishmasligi muammosidan aziyat

    chekmoqda. Aholi soni o‘sishi shu tarzda davom etsa, yaqin 20

    yil ichida ichimlik suvi sarfi-yiliga 10 km/kubdan ortishi

    aniqlangan. 2025-yilga kelib kurrai zaminimizdagi har uch

    kishidan ikki nafari ichimlik suvi yetarli bo‘lmagan hududda

    yashashi kutilmoqda.

    Ayni paytda yer shari aholisining 40 foizi ichimlik suvi

    yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Chunki tanadagi suvning 2

    foizini yo‘qotish chanqoqlikka, 6-8 foizini yo‘qotish

    hushsizlikka, 10 foizini yo‘qotish talvasa va o‘limga olib keladi.

    Yana 30-yildan so‘ng toza ichimlik suvi tanqis resurs bo‘lib

    qolishi mumkin. Bunga asosan suvdan isrofgarchilik bilan

    foydalanish sabab bo‘layotganligi ta’kidlanmoqda.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki toza ichimlik suvining asosiy

    iste’molchisi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Masalan, bugungi

    140


    kunda sanoat va kommunal tizimga sarflanayotgan suvga nisbatan

    qishloq xo‘jaligida 2,5 baravar ko‘proq suv ishlatilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi – qishloq xo‘jaligi rivojlangan

    mamlakatdir. U qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 25 mln. 736

    ming ga yerga ega. Bundan sug‘oriladigan yerlar 4,2 mln. ga,

    shundan 3,30 mln. ga. shudgorli sug‘oriladigan yerlar. Aynan

    shu sug‘oriladigan yerlardan Respublika qishloq xo‘jaligi

    mahsulotlarini 97% dan ortig‘i olinadi.

    Bugungi kunda 1 kg g‘alla yetishtirish uchun 500 litr, bir

    buxanka non tayyorlash uchun 500 litr, 1 kg guruch yetishtirish

    uchun 3000-4000 litr, 1 kg qoramol go‘shtini yetishtirish uchun

    25000 litrgacha suv sarflanmoqda. Qishloq xo‘jaligida suv

    resurslaridan tejamli foydalanib, yuqori hosil olish hamda suvni

    tejashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish dolzarb

    vazifalardan biri hisoblanadi.

    Sanoatda suv resurslaridan foydalanish ham tejamli va samarali,

    deb bo‘lmaydi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar

    qo‘llanganda ham 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun

    50 tonna, 1 tonna kapron ishlab chiqarish uchun 2500 tonna

    suv kerak bo‘lmoqda.

    Kundalik turmushda aholi tomonidan ichimlik suviga

    bo‘lgan munosabat ham maqtagulik emas. Birgina Toshkent

    shahri misolida oladigan bo‘lsak, dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan

    tadqiqotlarda bir kishi uchun kunlik ehtiyoj 130 litrni tashkil

    etgani holda, shahrimizda kishi boshiga 300-700 litrni tashkil

    etmoqda. Shundan 3-4 litri ichish uchun va qolgani maishiy

    ehtiyojlar uchun sarflanmoqda.

    Har kun ertalab yuz-qo‘lni sovunlab yuvib, tishni tozalab,

    artinib bo‘lguncha jo‘mrakdan to‘xtamay suv oqib turaveradi.

    Shu vaqtda oqizilgan suvning miqdorini bir hisob-kitob qilib

    ko‘raylik. Yuvinishga eng kamida 10 daqiqa, tishni tozalash

    uchun 4 daqiqa, artinish uchun 2 daqiqa ketsin. Jami 16 daqiqa

    suv to‘xtamay oqib turadi. O‘rtacha hisobda har daqiqada 3

    litrdan suv oqib tursa, 16 daqiqada 48 litr suv oqib ketar ekan.

    Shu 48 litr suvdan 5 litri yuvinishga, 0,5 litri tishlarni

    tozalashga, jami 5,5 litr suv kerakli va foydali ishlatilgan.

    Qolgan 42,5 litr suv foydasiz va samarasiz ishlatildi. Agarda

    141

    dush qabul qilsak, foydasiz va samarasiz ishlatilgan suv miqdori



    yanada ortishi hech kimga sir bo‘lmay qoladi. Shuni alohida

    ta’kidlash joizki, biz uchun suvdan samarali, tejamkorona va

    oqilona foydalanish hamda uni behuda, o‘ylamasdan

    sarflamaslik madaniyatini o‘rganish vaqti yetib keldi.

    Sobiq ittifoq davrida «Suvni tejab sarflash, uvol qilmaslik,

    tozaligini saqlash kerak» degan gaplarga umuman ahamiyat

    bermay qo‘yilgani, ayniqsa shaharlarda oqar suvlarning qadri

    qolmagani, suv isrofgarchiligiga loqayd va befarqlikning oqibatini

    bugungi kunda ko‘rib turibmiz. Oqar suvlarga tashlanayotgan

    chiqindi va axlatlar ichida nimalar yo‘q, deysiz.

    O‘zbekiston sharoitida suv resurslarining keskin taqchilligi

    va ifloslanganligi ekologik xavfsizlikka ulkan tahdiddir. Shu

    sababdan fuqarolarning bu huquqini konstitutsiyaviy maqomda

    belgilash zaruriyati vujudga keldi. Agar inson atrof-muhitga shu

    zaylda munosabatini davom ettirsa, uning halokati ikki-uch

    avlod yashab o‘tgandan so‘ng yuz berishi ehtimoldan holi emas.

    Sayyoramiz suvlarining ifloslanishi natijasida har yili 500

    milliondan ortiq kishi turli og‘ir xastaliklarga chalinadi.

    Ikkinchidan, suvni tejash texnologiyasiga rioya qilish zarur,

    chunki biz suvni dunyoda ishlatiladigan me’yoridan 7-10

    barobar ko‘p sarflayapmiz. Dehqonchilikda tomchilatib sug‘orish

    texnologiyasini keng joriy qilish shart. Chunki

    O‘zbekistonda turli ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suvning

    faqatgina 8 % mamlakat hududida, qolgan 92 % qo‘shni mamlakatlar

    hududida shakllanadi. Ya’ni O‘zbekiston hududida bir

    yilda 10 km kub suv hosil bo‘ladi hamda 89 km kub suv

    ishlatiladi.

    Mamlakatimizda suv ta’minotini yaxshilash uchun Jahon

    banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot

    banki hamda boshqa bir qancha mamlakatlar bilan hamkorlikdagi

    ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

    Hozirda 7 mlrd kishini tashkil etuvchi sayyoramiz aholisi

    borgan sari qo‘shimcha oziq-ovqat, kiyim-kechak va yoqilg‘iga

    muhtoj bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida tabiiy resurslarni,

    asosan yer, suv va o‘rmon resurslarining jadal ishlatilishiga olib

    keladi. Buning salbiy oqibati sifatida ko‘pincha yerlar dega142

    radatsiyasi, qurg‘oqchil hududlarda cho‘llanish kuzatilmoqda.

    Yer degaradatsiyaga uchraganida va sho‘rlanganda tuproq

    unumdorligi yomonlashadi, o‘simliklar nobud bo‘ladi, sizot

    suvlar ifloslanadi. Bugungi kunda BMT ma’lumotlariga ko‘ra

    sayyoramizda quruqlikning . qismi cho‘llanish xavfi ostida

    turibdi. Hozirda dunyo bo‘yicha har yili 6-7 million gektar

    unumdor yer maydonlari qishloq xo‘jaligi tasarrufidan chiqib

    ketmoqda. Yer yuzida har-yili cho‘llanish jarayonidan keltirilgan

    zarar miqdori 42 mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda.

    Faqatgina 20- asrda antropogen ta’sir natijasida 9 million gektar

    maydonda cho‘l paydo bo‘lib, bu umumiy quruqlik

    maydonining 43 %ni tashkil etadi. Shu bois ham 1996-yil 26-

    dekabrdagi BMT konferensiyasida cho‘llanishga qarshi konvensiya

    qabul qilinib, hozirgi kunda dunyodagi 172 ta mamlakat

    ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Shu joyda yer

    sho‘rlanishi o‘zi nima, degan savol tug‘iladi.

    Yer sho‘rlanishi – bu tuproqning o‘simliklarning oziq moddalar,

    namlik, havo va kimyoviy elementlarga bo‘lgan ehtiyojini

    qoplay olmasligidir. yer sho‘rlanishi tuproq qatlami va yerosti

    suvlarida tuz miqdori ortishi hamda yerosti suvlari sathining

    ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat sanaladi. Yer sho‘rlanishida

    shamolning harakati, yerosti va yuzasidagi suv oqimi harakati,

    iqlim o‘zgarishi, suv bug‘lanishi, sug‘orish-melioratsiya ishlarining

    noto‘g‘ri bajarilishi kabi faktorlar muhim rol o‘ynaydi.

    Yer sho‘rlanishi asosan cho‘l zonasida kuzatilib, o‘rmon va

    dasht zonalarida sho‘rlanish nisbatan kam uchraydi. Qabul

    qilingan me’yorlarga ko‘ra yerosti suvlari sathi yer yuzasidan 2-

    2,5 metr pastda bo‘lsa, sho‘rlanish nisbatan kam bo‘ladi.

    O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydonlarining jadal

    sur’atda o‘sishi 1970-1985-yillarda kuzatildi. Shu yillar

    davomida sug‘oriladigan yer maydonlari 2,8 mln. ga dan 4,2

    mln. ga etdi yoki 43% o‘sdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda

    sho‘rlangan yerlar sug‘oriladigan yerlarning 50,7 % (2170,7

    ming ga.) ni tashkil etadi. Shundan kuchsiz sho‘rlangan yerlar

    – 31,4 % (1344,6 ming ga), o‘rtacha sho‘rlangan yerlar –

    15,5% (663,5 ming ga), kuchli sho‘rlangan yerlar -3,8% (162,6

    mingga) ni tashkil etadi.

    143

    Orol dengizining o‘z qirg‘oqlaridan 120-200 kmga



    chekinishi natijasida 4 million gektardan ortiq «Orolqum», deb

    atalayotgan sho‘r sahro paydo bo‘ldi. Har-yili shu hududdan

    100 million tonna sho‘r chang tevarak atrofga uchirib ketiladi.

    Bugungi kunda dunyodagi 250 mln dan ortiq kishi

    cho‘llanish tufayli bevosita oziq-ovqat yetishmasligidan jabr

    ko‘rmoqda.

    Insonning ishlab chiqarish va maishiy faoliyati muqarrar

    holda chiqindilarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. BMT

    ma’lumotlariga ko‘ra 1970-yilda sanoatning tabiiy muhitni

    ifloslantiruvchi chiqindilarining umumiy hajmi-yiliga 40 mlrd

    tonnani tashkil etgan bo‘lsa 20 asr oxiriga kelib bu raqam yiliga

    105 mlrd tonnani tashkil etdi.

    Shuni ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, hozirda chiqindilar

    ishlab chiqarish – Yer yuzidagi eng ommaviy jarayondir.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra har birimizga yiliga 20 tonnaga yaqin

    xom ashyo sarflanadi va eng ajablanarlisi uning 97 % axlatxonalarga

    jo‘natiladi. Buning asosiy sabablaridan biri kundalik

    ehtiyoj mollarining o‘rami bir martalik bo‘lishidir. Har yili

    dunyo bo‘yicha 6 trillion plastik paketlar ishlab chiqiladi. Bir

    daqiqada dunyo bo‘yicha 1 milliondan ortiq plastik paket

    ishlatilishi hisoblangan.

    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng keng tarqalgan

    chiqindi turlari bo‘lgan shisha butilka – 1 million-yil, polietelin

    paket – 400 yil, chekib tashlangan papiros qoldig‘i – 5 yilda

    to‘liq parchalanar ekan. Bu vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri

    va maqbul yo‘li sifatida iqtisodiyot va ishlab chiqarishni bugungi

    kunda amalda bo‘lgan «resurslar – mahsulot - chiqindilar»

    siklidan rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan «resurslar -

    mahsulot – chiqindilar - resurslar» sikliga o‘tkazishdir.

    Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy

    chiqindilar aholi jon boshiga har 10 yilda 10 %ga oshmoqda.

    Hozirda dunyo bo‘yicha maishiy chiqindilarning har yilgi

    massasi 400 mln tonnani tashkil qilib, shulardan 80 % QMCh

    har xil turdagi – murakkab tizimlardan, oddiy chiqindixona

    poligonlarida ko‘mish bilan zararsizlantiriladi.

    144


    O‘zbekistonda so‘nggi yillar mobaynida qattiq sanoat chiqindilarining

    yillik hajmining kamayishi tendensiyalari kuzatilgan.

    Turli tashkilotlar ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda

    bir yilda 30 mln. m3 maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi.

    Qattiq maishiy chiqindilarning ko‘p qismi Farg‘ona, Samarqand

    viloyatlarida va Toshkent shahrida hosil bo‘lishi kuzatilgan.

    2007-yilga kelib asosiy saqlash joylarida 2 mlrd tonnaga yaqin

    sanoat va maishiy chiqindilar to‘plangan. Havoning yuqori

    temperaturasi organik moddalarning tez parchalanishiga,

    mikrofloralarning hamda patogen mikroorganizmlarning tez

    rivojlanishiga olib keladi. Bularning barchasi qattiq maishiy

    chiqindilarni saqlash muddatini qisqartirishni talab qiladi.

    Qattiq maishiy chiqindilarni chiqarish, utilizatsiya va qayta

    ishlash hududlarda yechilmagan muammo bo‘lib qolmoqda.

    Ba’zi bir viloyat va tuman markazlarida qattiq maishiy

    chiqindilarning ruxsat etilmagan yerlarga joylashtirish holatlari

    uchramoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qattiq maishiy

    chiqindilarni qayta ishlash sohasi bo‘yicha xususiy

    tadbirkorlikka e’tibor ancha kuchaydi.


    Download 275,31 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 275,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlar zilzilaga bardosh berishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi

    Download 275,31 Kb.