Hamma bilishi zarur:
1. KXO joylashgan hududda, mabodo avariya sodir bo‘lsa,
turar joy, ishxona va harakat yo‘nalishida kutilayotgan xavf
darajasini.
2. Turar joy,ishxona va harakat yo‘nalishida ammiak, xlor
va boshka KTZMlar qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini.
3. Aholini ogohlantirish tartibini.
4. Shaxsiy muhofaza vositalari va ular turgan joylarni.
5. Kimyoviy zararlanishda to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini.
Kimyoviy zararlanish maydoni ko‘lamiga ta’sir etuvchi
omillar:
1. Avariya xususiyati (KTZM turi,miqdori va saqlanish sharoitlari).
2. Iqlim (xavo harorati va barqarorlik darajasi : konveksiya ,
izotermiya , inversiya).
3. Joyning ko‘rinishi (relyef, o‘simliklar, qurilish, tabiiy –
hududiy majmua.
Kimyoviy zararlanishdagi harakat:
1. «DIQQAT BARChAGA!» signalini eshitgach, sarosimaga
tushmay, oqilona va tez harakat qiling. Televizor, radiopriyom120
niklarni yoqing hamda kimyoviy zararlanish va aholi harakati
to‘g‘risidagi axborotni eshting.
2. Zudlik bilan shaxsiy muhofaza vositalarini kiying va pana
joyda berkining.
3. Pana joy mavjud bo‘lmagan hollarda olingan xabarga
ko‘ra harakat qiling:
- eshik, deraza,darchalarni yoping, elektr asboblari va gazni
o‘chiring;
- binodan chiqishda ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha yoki
shamol yo‘nalishiga qo‘ndalang harakat qiling;
- uydan chiqib ketishning iloji bo‘lmasa, xonani havo kirmaydigan
qilib (deraza,darcha,eshik, teshik-tirqishlar, dudburonni
leykoplastir, sellofanlardan foydalanib) zich yoping;
- ko‘chada bo‘lsangiz, og‘iz-burningizni ro‘molcha bilan
yopib, yaqin oradagi binoga kiring.
4. Zararlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating.
5. Evakuatsiya tadbirlari o‘tkaziladigan bo‘lsa, eng zarur buyum
va hujjatlaringizni oling.
Kimyoviy zararlanishdan keyingi harakat:
1. Zararlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating.
Zaruriyat bo‘lsa qutqaruvchilarga ko‘maklashing.
2. Kimyoviy zararlanish maydonidan chiqib olgach, ustki
kiyimlaringizni yechib tashqarida qoldiring, badaningizni oqar
suvostida sovunlab yuving, og‘zingizni chaying.
3. KTZM bilan zaharlandim, deb gumon qilsangiz, jismoniy
ish bilan shug‘ullanmang. Ko‘p miqdorda iliq suyuqlik iching va
davolash muassasalariga murojaat qiling.
4. Kimyoviy zararlanish xavfi bartaraf etilgani to‘g‘risidagi
axborotdan xabardor bo‘ling.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) ta’sir qilganda
birinchi yordam
1. Birinchi navbatda nafas olish organlarini KTEZM
ta’sirining davom etishidan himoyalang. Gazga qarshi niqob
yoki suv bilan namlangan yaxshisi ammiakda 5%li limon kislotasi
aralashmasi yoki 2%li ichimlik sodasi aralashmasi bilan
namlangan bog‘ichni ishlating.
2. Zaharlangan hududdan zararlanganlarni olib chiqing.
121
3. Tananing ochiq qismidagi zaharli moddalarni yo‘qoting.
4. Zararlanganning ustki va oyoq kiyimlarini ko‘chaga
yeching.
5. Ko‘p miqdorda suv bering.
6. Ko‘zini va yuzini suv bilan yuving.
7. Zaharli moddalar oshqozonga tushgan hollarda, qayt qildirish
yoki oshqozonni yuvish kerak.
8. Agar odam nafas olmay qo‘ysa – «og‘izdan og‘izga»
sun’iy usulda nafas oldiring.
9. Kislorodda nafas oldiring va xotirjamlikni ta’minlang.
10. Zararlanganlarni tibbiy maskanga joylashtiring. Transportda
faqat yotgan holda yetkazing.
Nazorat savollari
1. Radiatsion xavf, deganda nimani tushunasiz?
2. Radiatsiyaning sun’iy va tabiiy vositalarini ko‘rsating.
3. Radiatsion xavfli chiqindilar qaysi jihatlari bilan xavfli
hisoblanadi.
4. Kimyoviy avariya nima?
5. Xlor, ammiak, simob kabi moddalarning xavfli jihatlari
nimada?
6. Kimyoviy zaharlanishdan himoya vositalariga nimalar
kiradi?
7. Shikastlanganlarni kimyoviy zaharlanish o‘chog‘idan olib
chiqish qanday amalga oshiriladi?
122
XII MAVZU. AHOLIGA RADIATSIYANING ZARARLI
TA’SIRI VA UNDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI
Insonda radiatsiyaviy ta’sir turli organlar (asab tizimi, oshqozon-
ichak yo‘llari)ning hayotiy funksiyalari buzilishi va
ionlangan nurlanishlar ta’siri ostidagi nurlanish kasalliklarining
rivojlanishida namoyon bo‘ladi.
Radioaktiv ifloslanish alfa, betta va gamma ionlangan
nurlanishdan kelib chiqadi va avariya paytida qayd etish qiyin
bo‘lgan elementlar ajralib chiqishi va yadro reaksiyasi hosilalarining
bo‘linishi (radioaktiv qurum, chang, yadro mahsuloti
bo‘laklari), shuningdek, turli radioaktiv materiallar va jismlar
(masalan, tuproq) tashkil topishida namoyon bo‘ladi.
Oldini olish tadbirlari. Turar joyingiz yaqinida radiatsion
xavfli obyektlar mavjudligini aniqlang hamda ular to‘g‘risida
yanada to‘liq va aniq ma’lumotlarga ega bo‘ling. Sizni
qiziqtirayotgan radiatsion xavfli obyektdagi avariyalar vaqtida
aholini ogohlantirishning usul va vositalari haqida favqulodda
vaziyatlar boshqarmasi hamda bo‘limlaridan surishtirib biling va
tegishli uskunalarning sozligiga ishonch hosil qiling.
Radiatsion avariya vaqtida sizning harakat tartibingiz
to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqing.
Avariya paytida qo‘llaniladigan zarur vositalar zaxiralarini
(germetiklash materiallari, yod preparatlari, oziq-ovqat, suv va
h. k.) to‘plang.
Radiatsion avariya to‘g‘risida ogohlantirish berilganda
qanday harakat qilish lozim? Ko‘chada bo‘lgan vaqtingizda
nafas yo‘llaringizni dastro‘mol (sharf) bilan muhofaza qiling va
binoda berkinishga shoshiling. Pana joyga o‘tganingizdan so‘ng
ustki va oyoq kiyimlaringizni yechib, plastik paketga joylang va
dush qabul qiling.
Deraza va eshiklarni yoping. Avariya to‘g‘risida qo‘shimcha
ma’lumotlar va mahalliy ma’muriyatlar topshiriqlarini olish
uchun televizor va radiopriyomniklarni ishlatib qo‘ying.
123
Shamollatish tuynuklari va derazalardagi yoriqlarni germetik
zich yoping va zarurat bo‘lmasa ularga yaqinlashmang. Germetik
sig‘imlarda suv zaxiralarini to‘plang. Ochiq qolgan mahsulotlarni
polietilen plyonkalarga o‘rab muzlatgich (shkaf)ga
joylab qo‘ying.
Nafas yo‘llaringizni muhofaza qilish uchun respirator,
paxta-dokali bog‘lam yoki filtrlash xususiyatini oshirish
maqsadida suvda namlangan matolardan tayyorlangan qo‘lbola
muhofaza vositalaridan foydalaning.
Ommaviy axborot vositalaridan zarur ko‘rsatmalarni olgach,
yod profilaktikasini o‘tkazing. Bunda 7 kun mobaynida kaliy
yodid tabletkasidan bittadan (0,125 g) ichib turing. 2 yoshgacha
bo‘lgan yosh bolalar uchun esa tabletkaning 1/4 qismi (0,04 g)
beriladi. Yodli kaliy bo‘lmagan taqdirda yodli eritmadan
foydalaning. Bunda kattalar uchun 1 stakan suvga 3-5 tomchi 5
%li yod eritmasi, bolalar uchun esa 1-2 tomchi aralashtiriladi.
Radioaktiv ifloslangan joyda qanday harakat qilish lozim?
Organizmga radioaktiv moddalar ta’sirining oldini olish yoki
ta’sirni kuchsizlantirish uchun:
- binodan faqatgina zarurat tug‘ilganda, qisqa vaqtga,
respirator, plash,rezina etik va qo‘lqop kiygan holda chiqing;
- ochiq joyda yechinmang, yerga o‘tirmang va chekmang,
ochiq suv havzalarida cho‘milishdan hamda o‘rmon qo‘ziqorinlari
va mevalarini terishdan saqlaning;
- uyingiz atrofidagi hududga vaqti-vaqti bilan suv sepib
turing, bino ichini esa yuvish vositalari yordamida har kuni
tozalang;
- binoga kirishdan oldin oyoq kiyimingizni yuving, ustki
kiyimingizni
qoqib namlangan cho‘tka bilan tozalang;
- suvni faqat tekshirilgan joylardan olib iching. Faqat
magazinlardanolingan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiling;
- ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yaxshilab yuving va
og‘zingizni 0,5 %li ichimlik sodasi eritmasi bilan chaying.
Ushbu tavsiyalarga amal qilish nurlanish kasalligining oldini
olishga yordam beradi.
124
Nazorat savollari
1. Radiatsiyadan ta’sirlanish belgilarini ko‘rsating.
2. Radiatsiyadan himoyalovchi vositalarga nimalar kiradi?
3. Radiatsiya ta’sirini kamaytiruvchi tabiiy vositalarga
nimalar kiradi?
4. Radiatsion kuyish nima?
5. Radiatsion zararlanishda harakatlanish tartibini ko‘rsating.
6. Radiatsiyadan zararlangan kishiga birinchi tibbiy yordam
berish tartibini ayting.
125
XIII MAVZU. KTEZM DAN MUHOFAZALANISH VA
UNDAN ZAHARLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM
KO‘RSATISH
Gazga qarshi niqob yoki suv bilan namlangan, shuningdek,
ammaiakda 5%li limon kislotasi aralashmasi va xlorda 2%li
ichimlik soda aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni ishlatish
kerak. So‘ngra zarar ko‘rganlarni zaharlangan hududdan olib
chiqib, ularning ustki va oyoq kiyimlarini tashqarida yechib,
tana qismidagi zaharli moddalarni yo‘qotish kerak. Zarar
ko‘rganlarga ko‘p miqdorda suv berib, ko‘zini va yuz qismini
suv bilan yuvib tashlash zarur. Agar zaharli moddalar kishining
oshqozoniga tushgan bo‘lsa, uni qayt qildirish yoki oshqozonini
yuvish kerak bo‘ladi. Ba’zi hollarda odam nafas olmay qo‘ysa
«Og‘izdan og‘izga» sun’iy usulda yoki kislorod yordamida nafas
oldirish lozim. Zarar ko‘rgan odamlarni shifoxonaga olib borish
uchun transport vositasidan foydalanganda ularni faqat yotgan
holda shifoxonaga yetkazish zarur. Odamlarni vaziyatdan kelib,
chiqib xavf oldida dovdirab qolmaslikka, o‘z vaqtida aniq, tez
harakat qilishga, qutqarish ishlarini unumli o‘tkazishga o‘rgatish
kerak bo‘ladi.
Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham,
uy sharoitida ham ro‘y berishi mumkin. Bunday kuyish
oqartiruvchi moddalar, suv oqib chiqib ketadigan quvurlarni,
vanna, hojatxonani tozalash vositalari, bo‘yoqni yuvib
ketkazuvchi moddalar yoki bog‘dorchilikda ishlatiladigan
kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Kimyoviy modda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda
davom etaveradi Shunig uchun bunday modda teriga tushsa,
uni darhol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak.
Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan
teridan sidirib tashlang (qo‘lqop, sochiq va hokazolardan
foydalaning).
Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib
yuvib tashlang. Yuqori bosimli oqimdan foydalanmang, chunki
126
bu kuygan teriga yanada ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez
yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvishni davom ettiring.
Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni
iltimos qiling.
Jabrlanuvchining ko‘zini e’tibordan chetda qoldirmang.
Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida
yoki tez yordam yetib kelgunga qadar yuving. Kimyoviy modda
sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq
tutish lozim. Zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘ying.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (ktezm) ta’sir qilganda
birinchi yordam
Ammiak gazi tarqalganda:
xavfli hududdan shamolga perpendikulyar yo‘nalishda tezda
chiqib ketish kerak;
xavfli hududga 200 metrgacha yaqinlashmaslik zarur;
shamol tarafdan turmang;
yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘ring;
chekmang;
olov va uchqunlar manbayini yo‘qoting;
to‘kilgan moddaga tegmang;
yong‘in vaqtida idishlarga yaqinlashmang;
agar uydan chiqib ketishga ulgurmasangiz, darhol binoning
pastki qismlariga, yerto‘lalarga yashirinish kerak.
Ammiakdan zaharlangan kishiga:
- Jabrlangan kishiga gazniqob yoki limon kislotasining 5%li
eritmasida namlangan paxtali-dokali niqob kiydirish.
- Jabrlangan kishini zaharlangan hududdan olib chiqish.
- 15 daqiqa ichida badanning ochiq joylarini oqar suv bilan,
ko‘zlarni esa bor kislotasining 1%li eritmasi bilan yuvish.
- Ko‘proq iliq suyuqlik ichirish (choy,sut va hk.).
- Jabrlangan kishini tibbiy muassasaga olib borish.
Xlor gazi tarqalganda:
Xavfli hududdan shamolga perpendikulyar yo‘nalishda tezda
chiqib ketish kerak.
Xavfli hududga 200 metrgacha masofaga yaqinlashmang.
Shamol tarafdan turmang.
Chuqurlik va pastliklarga tushmang.
127
To‘kilgan moddaga teginmang.
Yuqori nafas yo‘llarini namlangan matoda berkitib himoya
qiling.
Agar uydan chiqib ketishga ulgurmasangiz, unda barcha
eshik va derazalarni berkitib, tirqishlariga namlangan lattalarni
tiqib tashlang.
Ko‘p qavatli binoda yashovchilar darhol yuqori qavatlarga
intilishi kerak.
Aloqa vositalari orqali keyingi harakatlar haqida ma’lumot
olish zarur.
Xlor bilan zaharlanganda birinchi tez tibbiy yordam:
- Jabrlangan kishiga gazniqob yoki limon kislotasining 5%li
eritmasida namlangan paxtali-dokali niqob kiydirish.
- Jabrlangan kishini zaharlangan hududdan olib chiqish.
- 15 daqiqa ichida badanning ochiq joylarini oqar suv bilan,
ko‘zlarni esa bor kislotasining 1%li eritmasi bilan yuvish.
- Ko‘proq iliq suyuqlik ichirish (choy,sut, sharbatlar va hk.).
- Jabrlangan kishini tibbiy muassasaga olib borish.
Simob to‘kilganda zudlik bilan:
Darhol xonani tark etish.
Zudlik bilan (tuman, shahar (SES) yuqumli kasalliklar
shifoxonasiga, FV boshqarmasiga, sog‘liqni saqlash tashkilotiga
va tuman, shahar ichki ishlariga) xabar berish.
Xonani shamollatish uchun eshik va oynalarni ochish.
Chuqurlik, pastlik va yerto‘lalarga tushishdan saqlanish.
Zaharlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
(oshqozonni yuvish).
To‘kilgan moddaga tegmaslik.
Agar zaruriyat bo‘lsa to‘kilgan simob tomchilarini mis
plastinkasi bilan yig‘ib olish.
Simob bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam:
- Tez tibbiy yordamni chaqirish.
- Ko‘zlarni sovuq suvda yaxshilab yuvish, terini esa sovun
bilan yuvish.
- Oshqozonni tozalash (1 stakan suvga 20-30 gr faollashgan
ko‘mir).
- Balg‘am ko‘chiradigan, ich suradigan dori berish.
128
- Oshqozon tozalangandan so‘ng suyuqlik ichirish (kisel, va
hk.).
- Toza havo, issiqlik, tinchlik hamda toza kiyim bilan
ta’minlash.
Metanol bilan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish:
• Og‘iz orqali zaharlanishdagi kabi ko‘rsatmalarga amal
qiling.
• Qutqaruvchi jabrlanuvchiga zararsizlantiruvchi vosita
sifatida etanolni aslo bermasligi lozim.
• Metanol bilan zaharlanganda jabrlanuvchini kasalxonada
davolash kerak.
Is gazi bilan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish
Birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini zudlik bilan chaqiring
Jabrlanuvchini zaharlanish zonasidan toza havoga olib
chiqing
Qutqaruvchilarning o‘zlari is gazi ta’sirida keragidan ortiq
vaqt bo‘lmasliklari lozim. Qutqaruvchi hodisa sodir bo‘lgan
joyni xavfli deb hisoblasa, avariya xizmatini chaqirish zarur.
Zaharlanish manbayini iloji boricha bartaraf qilish (masalan,
avtomobil dvigatelini o‘chirish)lozim.
Nazorat savollari
1. Zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanganda birinchi
tibbiy yordam berishda nimalarga asosiy e’tibor qaratish zarur?
2. Xlordan zaharlanganda insonda qanday belgilar kuzatiladi?
3. Ammiak zaharli moddasining xususiyatlarini ko‘rsating.
4. Simob to‘kilganda qanday harakat qilish zarur?
5. Is gazining zaharlovchi omillarini ko‘rsating.
129
XIV MAVZU. FAVQULODDA VAZIYATLARDA
AHOLINING MUHANDISLIK MUHOFAZASINI TASHKIL
ETISH. BINOLAR VA QURILISH ASHYOLARINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ta’lim muassasasi hamda yashash joylarida yuz berishi
mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik
ko‘rish mumkin.
Ayniqsa, ta’lim muassasalari mamlakatmizning turli hududlarda
joylashganligi sabab ulardagi dastlabki xavf shu joyda yuz
berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq.
Jumladan, zilzila xavfi katta bo‘lgan hududlarda ta’lim muassasasi
bino va inshootining mustahkamligi, sinf xonalarining
unga mos holda jihozlanishi, qo‘yilgan jihozlarning xavfsizlik
nuqtayi nazaridan joylashtirilishi muhim o‘rin egallaydi.
Markaziy Osiyoda vulqonlar bilan bog‘liq harkatlar kuzatilmasada,
biroq, O‘rtayer dengizi – Osiyo seysmik kamarida
joylashshgan O‘rtayer dengizi bo‘ylari mamlakatlarida bunday
tabiiy ofat xavfi mavjud. Yer ostida yuz bergan kuchli
o‘zgarishlar hamda juda katta issiqlik energiyasining yer qa’ridan
otilib chiqishi zilzilalarga, yer relyefini o‘zgarib ketishiga,
atmosferaning ifloslanishiga, yong‘inlarni kelib chiqishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Vulqon – yer yuzasiga chuqur magmatik
manbalardan lavaqul, suvning qaynoq gazlari va bug‘lari, tog‘
jinslarining bo‘laklari otilib chiqaligan yer qobig‘idagi kanallar
va yoriqlar ustida yuzaga keluvchi geologik hodisa.
Markaziy Osiyoda yuz bergan ayrim zilzilalar yer relyefining
o‘zgarishiga ham olib kelganini unutmaslik kerak. Masalan,
1911-yildagi Kebin, 1948-yilda yuz bergan Ashxobod zilzilalarini
bular tarkibiga kiritish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki,
zilzilalar boshqa tus yoki turdagi favqulodda vaziyatlarni ham
keltirib chiqarish xarakteriga ega. Shu sababli, ta’lim muassasasi
o‘ziga xavf solishi mumkin bo‘lgan barcha tusdagi favqulodda
vaziyatlarni oldindan bilishi shart. Bu xavflar ta’lim muassasasi
direktori fuqaro muhofazasi rahbari hamda fuqaro miuhofzasi
130
bo‘yicha shtab boshlig‘i va a’zoligidagi xodimlar ishtirokida
ko‘rib chiqilishi, muhofzalanish ishlari oldindan belgilab
qo‘yilishi lozim. Bu rejalar va uni amalga oshirish tartiblari
tuman yoki viloyat mas’ul tashkilotlari bilan kelishilgan holda
bo‘lishi kerak.
Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilarning, shuningdek, ta’-
lim muassasasida ishlayotgan pedagog – xodimlar, ishchi-xizmatchilarning
favqulodda vaziyatlardagi tayyorgarligi va ularning
dastlabki, to‘g‘ri harakat qila olishi ta’lim muassasasining
rahbariga, uning bu sohadagi ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri bajarganligiga
har tomonlama bog‘liq.
Ma’lumki, O‘zbekiston turli geografik hamda murakkab
geologik yer tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Masalan,
yer ko‘chishlari yoki surilishlari bilan bog‘liq xavflar ham
ta’lim muassasasi faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Aynan
yer ko‘chishi mavjud bo‘lgan hududda joylashgan bino yoki
inshootga uning xavf solishi sababli ta’lim muassasasining
joylashgan joyi va unga xavf solishi mumkin bo‘lgan tabiiy,
texnogen va ekologik omillarni oldindan bilish va muhofaza
choralarini ko‘rish katta ahamiyat kasb etadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ta’lim muassasasida turli
tusdagi xavflarning oldini olish maqsadida fuqaro muhofzasi
tuzilmalari bo‘lib, tuzilma o‘qituvchilar orasidan shu sohaga
yaqin bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislardan boshliq
qilib tayinlash lozim.
Yurtimizda qadimdan yuz berib kelgan tabiiy ofatlar xalqimiz
turmush tarziga singib, undan muhofazalanish uchun o‘ziga
xos ilmiy izlanishlar olib borishga, imoratsozlikka oid madaniyatni
rivojlanishiga ham sabab bo‘lgan
Ma’lumki, azaldan ajdodlarimiz bino va inshootlarning har
tomonlama bardoshli va uzoq muddat o‘z holatini yo‘qotmay
turishi lozimligini e’tiborga olgan holda qurilishi ishlarini olib
borganlar. Qadimdan majdud ashyolar, ularning yer tarkibidagi
o‘zgarishlarga bardosh bera olishi, yog‘in sochinli kunlarning
ko‘p yoki kam bo‘lishi, shamolning esib turishi, shuningdek, yer
osti suvlarining yuqori yoki pastligi, yog‘in-sochinli kunlarda
suv xavfi e’tiborga olingan holda o‘ziga xos imoratsozlik mada131
niyati shakllangan. Yurtimizning shimoliy hududlari bilan qurilgan
imoratlardan tuzilishi va qurilishi bilan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida
qurilayotgan binolar qurilishida keskin farqni sezish
mumkin.
Imoratsozlikda tuproq zichligini ta’minlash muhim o‘rin
egallaydi.
Shaxsiy uy-joy qurilishila tuproq-loydan asosiy qurilish
ashyosi sifatida foydalanish uning yetarlicha mustahkamligini
ta’minlab berolmaydi. Shaxsiy uy-joy qurilishida devorlarning
ko‘tarilishida sinchllardan hamla pishiq g‘ishtlardan foydalanish
imoratlarning muayyan mustahkamligini ta’minlaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, imoratlar va inshootlar talofat
ko‘radi. Ko‘rilgan talofat darajasi inshoot loyihasiga, ishlatilgan
qurilish materiallariga bog‘liq. Shuning uchun hamma inshootlar
va ularning ko‘radigan talofatlari davlat standarti bilan
tartibga solinadi.
Inshootlarning talofatlarlari quyidagicha tasniflanadi:
1-darajali talofat. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi. 2-
darajali talofat. Og‘ir bo‘lmagan shikastlanish sodir bo‘ladi,
devorlarda katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi. 3-darajali
talofat. Inshootlarning og‘ir shikastlanishi ro‘y beradi, devorlarda
katta va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi. 4-darajali talofat.
Imorat va inshootlar ichki devorining to‘liq buzilishi yuz beradi.
5-darajali talofat. Imorat va inshootlarning to‘liq buzilishi sodir
bo‘ladi.
Imorat va inshootlarning to‘liq konstruksiyasi va qurilish
materiallariga qarab tasniflanishi:
A guruh – xom g‘isht, paxsa devorli inshootlar.
B guruh - pishiq g‘ishtdan qurilgan inshootlar.
D guruh – temirbeton, sinchli va yog‘ochdan qurilgan
inshootlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda davlat standarti
(GOST) tomonidan imoratlar guruhining har bir ballda
ko‘radigan talofat darajalari qonunlashtirib qo‘yilgan. Jumladan:
6 ball- yer silkinish jarayonida A guruhga mansub inshootlar
2-darajali talofat, B guruhi inshootlari 1-darajali talofat ko‘radi.
132
7 ball – A guruhidagi inshootlar 3 – darajali talofat ko‘radi.
8 ball A – guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi
inshootlar ham 3, 4-darajali, D guruhidagi inshootlar 2-darajali
talofat ko‘radi. 9 ball B guruhidagi inshootlar 4-darajali,
shuningdek, D guruhidagi inshootlarham 4-jarajali talofat ko‘-
radi. 10 ball – B guruhidagi inshootlar 5-darajali, D guruhidagi
inshootlar 4-darajali talofat ko‘radi. 11 bal – B guruhidagi
inshootlar to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining tik va gorizontal
yo‘nalishdagi harakati kuzatiladi. 12 ball – amalda yer yuzasida
tik inshootlar qolmaydi. Bu – u yoki bu ballarda zilzila sodir
bo‘ladigan hududlarda ko‘riladigan talofat darajasi hisobga
olingan holda, faqat ma’lum guruhdagi inshootlar qurilishi
lozim, degan so‘zdir. zilzila keltiradigan talofat inshootning
turiga, konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, qurilish
maydonlarining muhanis-geologik sharoitiga, ya’ni tog‘
jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga
bog‘liq. Masalan, 1966-yili Toshkent shahrida bo‘lgan
silkinish natijasida shahrning yerosti suvlari sathi yer yuzasiga
yaqin bo‘lgan pastqam joylarida joylashgan imoratlar kuchli
talofat ko‘rdi. Shundan keyin, 1966-yili shahar hududida qayda
muhandis-geologik xaritalash ishlari o‘tkazilib, shahar markazi
tuproq sharoiti nuqtayi nazaridan 9 balli mintaqaga o‘tkazildi.
Bu degani, 9 balli mintaqa quriladigan inshootlar konstruksiyasiga
va usuliga ma’lum talablar qo‘yish va ularni bajarishni
talab qiladi. Seysmofaol hududlarda qurilish inshootlarini olib
borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga,
talablarga rioya qilish zarur. Ya’ni shahar qurilishida imoratlarning
balandligiga va shakliga katta talablar qo‘yiladi, ular
quyidagilardan iborat:
- shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning
bo‘lishi, ya’ni silkinish sodir bo‘lgan taqdirda va undan keyin
odamlarning yashashi uchun yengil qurilmadan qurish uchun
xavfsiz joy zarur;
- suv havzalarining bo‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi
mumin bo‘lan yong‘inlarni o‘chirish maqsadida foydalanish
uchun suv zaxirasiga ega bo‘lish zarur;
133
- inshootlar orasida masofa, inshoot balandligidan 1,5
marta katta bo‘lishi, chunki imorat talofat ko‘rganda bir-biriga
ta’sir qilmasligi kerak.
|