• 7 milliard
  • Nazorat savollari
  • XVI MAVZU. O‘ZBEKISTON, MARKAZIY OSIYO MINTAQASI VA XALQARO MIQYOSDA YUZAGA KELAYOTGAN EKOLOGIK TAHDIDLAR
  • Uchinchidan
  • XVII MAVZU. EPIDIMIOLOGIK XAVFLI KASALLIKLARNING YUQISH YO‘LLARI VA PROFILAKTIKASI Ichterlama. Paratif «A» va «B» kasalliklari
  • Hayot faoliyati




    Download 275,31 Kb.
    bet13/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

    Oziq-ovqat tanqisligi

    Oziq-ovqat tanqisligi o‘tgan asrning 70-yillarida sezila

    boshladi. Bunga sabab sifatida asosiy oziq-ovqat mahsuloti

    bo‘lgan bug‘doy yetishtirish sur’atlarining aholi soni o‘sishi

    sur’atlaridan orqada qola boshlaganligi, an’anaviy dehqonchilikning

    rivojlanmaganligi, urbanizatsiya, eksportga bog‘lanib

    qolish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bugungi kunda yer yuzida

    har kuni 840 million kishi och qolmoqda yoki ular ishonchli

    oziq-ovqat manbayiga ega emas. Mavjud 7 milliard aholining

    deyarli 1 milliard to‘yib ovqat emaydi. Har-yili dunyo bo‘yicha



    13-18 mln kishi, ya’ni har bir minutda 20 kishi ochlikdan

    nobud bo‘lmoqda. Bu raqam bolalar o‘rtasida yanada dahshatli

    ko‘rinishga ega. Jumladan, har yili dunyoda 11 millionga yaqin

    bola 5 yoshga to‘lmay, to‘yib ovqatlanmaslik sababli dunyodan

    ko‘z yumadi, ya’ni bolalar o‘rtasidagi o‘limning 54% to‘yib

    ovqatlanmaslik bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi

    uchun kuniga 2 million tonna oziq-ovqat, 10 million metr kub

    ichimlik suvi kerakligi hisoblab chiqilgan.

    145

    Mamlakat va uning fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashda



    oziq-ovqat xavfsizligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi

    kunda iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhitga turli zararli chiqindi va

    gazlarning chiqarilishi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat

    mahsulotlarini yetishtirish jarayoni hamda ularning sifatiga

    salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi – qishloq xo‘jaligi

    rivojlangan mamlakatdir. U qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 25

    mln. 736 ming gektar yerga ega. Bundan sug‘oriladigan yerlar

    4,2 mln. gektar, shundan 3,30 mln. gektari shudgor qilinadigan

    sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. Aynan shu sug‘oriladigan

    yerlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 97% dan ortig‘i

    olinadi


    Agar ushbu dolzarb masalaga mamlakatimiz misolida e’tibor

    qaratadigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat o‘z

    aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashi, balki

    qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport

    qilishni o‘z oldiga strategik vazifa sifatida maqsad qilib qo‘ygan

    davlat hisoblanadi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak

    so‘nggi yillarda mamlakatimizga go‘sht mahsulotlari importi

    40 % ga kamayib, aksincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

    eksporti 60 % ga ortgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud

    aholi ehtiyojlari darajasidan 3 baravar ko‘p miqdorda qishloq

    xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida

    xorij mamlakatlariga oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi

    mahsulotlari eksporti 20 %ga ortgan.

    Hozirda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqaror

    ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Butunjahon savdo tashkilotining

    bergan ma’lumotlariga ko‘ra dunyo savdosida qishloq xo‘jaligi

    mahsulotlarining savdo balansi narxlarning muntazam ko‘tarilib

    borishiga qaramay umumiy savdo balansining 10 %ni tashkil

    etmoqda. Bu esa mamlakatimizda ham oziq-ovqat mahsulotlarini

    yetishtirish, qayta tayyorlash va saqlash masalalariga

    e’tiborli bo‘lish zarurligini ko‘rsatadi.

    Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yladigan

    talablar ortib bormoqda. Endi nafaqat ko‘rinishi va ta’mi,

    shuningdek, ozuqaviy qiymati, to‘yimliligi, uzoq muddat

    146


    buzilmasdan saqlanish xususiyati ham tobora katta ahamiyat

    kasb etmoqda. Ana shu maqsadlarga erishish uchun ishlab

    chiqaruvchilar tomonidan oziq-oqat mahsulotlariga turli

    qo‘shimchalar qo‘shish oddiy holatga aylandi.

    Genetik muhandislik – organizm to‘qimalaridan genlarni

    ajratish, ularni boshqa organizmlarga kiritish, genlar bilan turli

    ko‘rinishdagi o‘zgartirish ishlari olib borish bo‘yicha usul, uslub

    va texnologiyalar yig‘indisidir. Bunda molekulyar klonlash yo‘li

    bilan genetik tuzilmaga ta’sir o‘tkaziladi. Bu yo‘l bilan so‘nggi

    paytda donli ekinlarning genetik takomillashtirilgan navlari,

    inson insulini kabi mahsulotlar olinmoqda.

    Genetik muhandislik – genetik takomillashtirilgan yoki

    talab darajasidagi sifatga ega mahsulotni yetishtirishga xizmat

    qiladi. Genetik takomillashtirilgan mahsulotlaridan (GTM)

    foydalanishning afzalliklari bor, ya’ni ular hosildorlikni oshirish

    evaziga ocharchilik muammosini hal etishga yordam beradi,

    olinayotgan mahsulotlarning ozuqaviylik hamda to‘yimlilik

    darajasini oshiradi.

    Ammo GTM mahsulotlarini qo‘llash jarayonining inson

    organizmiga salbiy ta’siri ham mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan.

    Jumladan: organizmda allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi,

    immunitet tizimining shikastlanishi, turli mutatsion o‘zgarishlar,

    modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi, onkologik

    o‘zgarishlar paydo bo‘lishi, antibiotiklar ta’sirini sezmaslik kabi

    jihatlar shular jumlasidan. Shuningdek, GTM mahsulotlari

    qishloq xo‘jaligi va biologik xilma-xillikka ziyon keltiradi,

    foydali hashoratlar, mikroorganizmlarga zarar ko‘rsatadi.

    Oziq-ovqat sanoatida bo‘yoqlar mahsulotni qayta ishlash

    jarayonida yo‘qotilgan rangni tiklash, rangsiz mahsulotlarga (alkagolsiz

    rangsiz ichimliklar, muzqaymoqlar, konditer mahsulotlari)

    yorqin xaridorbop ranglar berish maqsadida qo‘llaniladi.

    Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar oziq-ovqat

    sanoatida ishlatilayotgan bo‘yoqlar (tartrazin, xinolan, sanset,

    azorubin, ponso) bilan bolalar kasalliklari o‘rtasida o‘zaro

    bog‘liklik mavjudligi aniqladi. Jumladan: o‘ta yuqori faollik va

    qo‘zg‘aluvchanlik, diqqatni bir joyga jamlay olmaslik,

    kayfiyatsizlik, holsizlanish, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak

    147


    yo‘li buzilishlari kabi jihatlar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan

    bo‘yoqlar bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlangan.

    Ko‘pchilik oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shimchalarga ega

    bo‘lib, bu qo‘shimchalar oziq-ovqat mahsulotlariga ta’m berish,

    ularning saqlash muddatini oshirish maqsadlarida qo‘llanadi.

    Lekin bu qo‘shimchalar qo‘llanganda oziq-ovqat mahsulotlari

    o‘ramidagi maxsus yorliqlarda ular haqida ma’luot berilishi

    shart. Eng ko‘p qo‘llanadigan ta’m kuchaytiruvchi natriy

    glutamat (E621) hisoblanadi. Sof holda bu birikmaning ta’mi

    ham kuchi ham yo‘q. Lekin u xohlagan oziq-ovqat mahsulotining

    ta’mini kuchaytiradi. Natriy glukamatni tez-tez

    iste’mol qiladigan kishiga oddiy ovqatlarning ta’mi yo‘qdek

    tuyuladi, chunki uning ta’m biluvchi retseptorlari sezuvchanlikni

    yo‘qotadi. Shunda inson ushbu «lazzatli zirovor»ga

    qaram bo‘lib qoladi. Ko‘pincha natriy glukamat mahsulot

    yorliqlarida «ta’m qo‘shimchasi» yoki «ta’m yaxshilovchi» deb

    ham yoziladi. Natriy glukanatni ko‘p iste’mol qiladigan kishilar

    bosh og‘rig‘i, yurakning tez urishi, paylar bo‘shashishi, harorat

    ko‘tarilishi va ko‘krak qisishidan shikoyat qiladilar.

    Har bir mahsulotda aynan qaysi qo‘shimchalar borligini

    bilish qiyin emas. Buning uchun mahsulot o‘ramini diqqat bilan

    o‘qib, undagi «E» harfini topish kerak. Keyin bu mahsulotda

    qaysi qo‘shimchalar borligini ko‘rsatuvchi sonlar qatori keladi.

    Garchi ushbu mahsulotlar ozuqaviy, deb nomlansada, ularning

    organizm uchun ta’siri turlicha, ba’zilari esa ochiqdan ochiq

    zararlidir.

    Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish hayotda juda ko‘p

    uchraydigan hodisa hisoblanadi. Bunda inson sifatsiz, noto‘g‘ri

    saqlangan, buzilgan yoki zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlarini

    bilmasdan iste’mol qiladi. Ko‘p hollarda bunga bakteriyalar va

    toksinlar sabab bo‘ladi. Muzlatgichda xom go‘shtni 5 kun,

    tovuq, baliq va farsh mahsulotlarini 2 kundan ortiq saqlash

    tavsiya etilmaydi. Ko‘pincha yetarlicha haroratda saqlanmaganligi

    bois go‘sht, tuxum, tovuq go‘shti, sut, tort va pishiriqlar,

    mayonezli salatlar tez buziladi.

    Ko‘pincha sifatsiz konservalangan mahsulotlar bilan inson

    organizmiga botulizm xastaligini keltirib chiqaruvchi bakteriya148

    lar tushadi. Bunda qorin sohasida kuchli og‘riq, ich ketishi,

    ko‘ngil aynishi, mushaklar bo‘shashishi, bosh og‘rishi, bosh

    aylanishi va qusish kabi belgilar kuzatiladi.

    Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda qorin og‘rig‘i,

    ich ketishi (qon bilan), qusish, nafas olishning qiyinlashuvi,

    terlash, so‘lak oqishi, ko‘z yoshlanishi, bosh aylanishi kabi

    belgilar kuzatiladi.

    Oziq-ovqatdan zaharlanganda bemor juda ko‘p midorda

    suyuqlik ichishi, antibiotiklar olishi zarur. Botulizmda har doim

    botulizmga qarshi ziddi-zahar vositasi qabul qilinadi. Agar

    zaharlanish kimyoviy moddlar ta’siri tufayli yuzaga kelgan

    bo‘lsa bunda organizmdan zaharni chiqarish birinchi darajali

    vazifa hisoblanadi. Buning uchun juda ko‘p miqdorda suyuqlik

    iste’mol qilish zarur. Agar kasallik belgilari o‘tib ketmasa zudlik

    bilan tibbiyot muasasalariga murojaat etish kerak.

    Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini

    olishning eng asosiy vositasi ovqatni to‘g‘ri, tartibli, ozoda va

    belgilangan sanitariya va gigiyena me’yorlarga amal qilgan holda

    tayyorlashdir. Shuningdek, idish-tovoqlarni toza, oshxona

    sochiq va idish-tovoq yuvish ashyolarini tez-tez yuvib toza

    tutish kerak. Ishlab chiqarilgan joyi noaniq va sifat sertifikatiga

    ega bo‘lmagan hamda uy sharoitida sabzavotlardan tayyorlangan

    konserva mahsulotlarini sotib olmaslik va iste’mol qilmaslik

    zarur.

    Nazorat savollari

    1. Ekologiya nima?

    2. Ekologik muammolarga misollar keltiring.

    3. Ichimlik suvini tejash bo‘yicha qanday xatti-harakatlarni

    olib borish kerak?

    4. Sho‘rlanish va cho‘llanish tushunchalarini ta’riflang.

    5. Genetik takomillashtirilgan mahsulotlar, deganda qanday

    mahsulotlar tushuniladi?

    6. Oziq-ovqat tanqisligining sabablarini ko‘rsating.

    149


    XVI MAVZU. O‘ZBEKISTON, MARKAZIY OSIYO

    MINTAQASI VA XALQARO MIQYOSDA YUZAGA

    KELAYOTGAN EKOLOGIK TAHDIDLAR

    Ekologik muhitning buzilishi insoniyatning yashab qolishiga

    xavf soluvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Shu sabab

    eng asosiy harakat yoshlarda ekologik ong va madaniyatni

    shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

    Ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan

    ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimining: oila, mahalla,

    maktabgacha tarbiya va ta’limning barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi

    uzluksizlik tamoyili yoshlarning tabiat muhofazasi haqidagi

    nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda

    muhim ahamiyatga egi. Zero, kishilarning tabiat muhofazasiga

    doir faoliyatlari samaradorligi aynan shu bosqichlarni qay

    darajada izchil tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir.

    Yoshlarda ekologik ongni, madaniyatni rivojlantirish zarurati

    va dolzarbligi shundaki, birinchidan, yuqorida ko‘rsatilgan

    tizim elementlari, bosqichlari jamiyatning hamma a’zolarini

    qamrab oladi va inson hayotida umumiy ijtimoiy ong kompleksi

    shakllanadigan tarixiy muhit hisoblanadi. Ikkinchidan, turli

    ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlarini ekologik ehtiyoj va tabiat

    muhofazasi manfaatlari doirasida mujassamlashtirish vazifasi

    ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot tizimi usullari va vositalarini

    uyg‘unlashtirib, yoshlarning dastlabki nazariy bilimlarini, amaliy

    ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish vositasidir.

    Uchinchidan, ekologik ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqotning

    ijtimoiy mohiyati va mazmuni yoshlar ekologik faolligi,

    mas’uliyatini shakllantirishga qaratilganida namoyon bo‘ladi.

    Ekologik tahdidlarni keyingi 100 yillikda naqadar ortib, u

    dunyoning turli burchaklarida turli ko‘rinishda namoyon

    bo‘layotgani va insoniyat hayotiga xavf solayotgani sir emas.

    Mintaqa davlatlari, shuningdek, mamlakatimizda ham xavf solib

    turuvchi omillardan biri ekologik muhitning yomonlashuvi

    ekanligini unutmasligimiz kerak.

    150


    Bugun yoshlarda ekologik ong va ekologik madaniyatni

    shakllantirish eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

    Shu sababdag ham bu borada ajdodlarimiz tomonidan amalga

    oshirilgan ishlarga nazar solish va ular amalda qo‘llab kelan usul

    va uslublarni yoshlarimizga tushuntirishimiz zarur va shart

    hisoblanandi. Masalan, qadimiy urfu-odatlarimizga asoslangan

    qadriyatlarning vujudga kelishini, ularning mohiyatini ilmiy

    asoslanganligini o‘quvchilarga tushuntirish muhim o‘rin

    egallaydi. Suvga, havoga, tuproqqa bo‘lgan hurmatni ajdodarimiz

    tarixidan o‘rganishimiz va uni yoshlarga har tomonlama

    chuqur ilmiy asosda tushuntirishimiz katta samara beradi.

    Oddiygina suv jumragini o‘z vaqtida yopishga o‘rgatish, oshxona,

    uy-joy, hovli va ko‘chalarni toza va ozoda tutish

    ko‘nikmasini shakllantirish, toza havo inson organizmi uchun

    qanchalik zarur ekanligini anglatish, ularni ifloslantirganda

    insonning hayotiga solishi mumkin bo‘lgan xavfni tushuntirish,

    ekologik madaniyatni shakllantiruvchi dastlabki omillar

    hisoblanadi.

    Bundan uch ming yil ilgari xalqimizning ulkan ma’naviy,

    ilmiy va diniy merosidan biriga aylanib qolgan «Avesto» kitobi

    dunyoga keldi. Unda nafaqat diniy g‘oyalar yoki yakka xudolikkka

    intilish, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar va ularni

    tartibga solish, balki insonni atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlari

    ham o‘z aksini topdi. Kitobda insonning atrof-muhitga

    nisbatan bo‘lgan munosabti qat’iy tartibga solindi va uni saqlab

    qolishga harakat qilindi.

    Unda hayot uchun zarur bo‘lgan to‘rt narsani sof va pok

    tutish qat’iy belgilab berildi. Bugungi kun nazari hamda ilm

    fanning erishgan yutuqlari asosida razm solinsa, bundan uch

    ming yil oldinoq ekologiyaning yomonlashuvini oldini olish

    uchun antropogen ta’sirning o‘rniga e’tibor qaratilgani va uni

    ma’lum tartibga solish uchun harakat qilingani, o‘z davrida

    ularga qonuniy va ma’naviy tus berilgani ayon bo‘ladi. Kitobda,

    to‘rt unsurdan biri - havoni toza tutish masalasi qo‘yildi. Bugun

    esa unga ilm-fan atmosfera, deb nom berdi. Ayni atmosferadagi

    muammolar insonni nafas olishini qiyinlashtirayotgani, unda

    151

    turli xil kasalliklar keltirib chiqarish xavfining ortayotgani tibbiyot



    sohasida isbotlab bo‘lindi.

    Inson toza havodan to‘yib nafas olmasa, uning qoni va qon

    orqali yurak, miya kabi organizmlar kislorod bilan boyimasligi

    va oqibatda yurak va qon aylanish tizimida turli kasalliklar kelib

    chiqishi ma’lum. Kislorod bilan to‘yinmagan qon inson xarakteriga,

    holatiga va uni jamiyatning sog‘lom kishilaridan biri bo‘-

    lib yetishishiga salbiy ta’sir etadi. Yerda mavjud havo zaxirasi

    ham aniq, undan foydalanish miqdori ham aniq, uni qayta hosil

    qilish ham aniq, biroq, uning tarkibiga qo‘shimcha gazlarni

    chiqarib yuborish, ifloslantirish jarayoni aniq emas.

    Ekologik muhitning buzilishi turli xil kasalliklarning

    ko‘payib ketishiga, bog‘-rog‘larni qurib tabiiy oziq-ovqatga

    bo‘lgan ehtiyojni ortib ketishiga, havoning turli xildagi gazlar

    bilan ifloslanib, inson immunitetini pasayishiga, suv tarkibining

    minerallashuvi ortib inson kelajagiga solayotgan tahdidi uning

    oldida kelajakda yashab qolish muammosini paydo qilmoqda.

    Holbuki, bu masala ilq bor 1913-yilda Shvetsariyaning Bern

    shahrida xalqaro miqyosda muhokama qilingan bo‘lib, o‘tgan

    100 yil davomida juda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Biroq,

    XXI asr bo‘sag‘asida bu masala yana qayta ko‘tarilib, yadro

    xavfidan keyingi eng katta tahdid sifatida maydonga chiqmoqda.

    Prezidentimiz I. Karimov ekologik tahdidlar haqida gapirar

    ekan u oxir-oqibat insonning genofondiga salbiy ta’sir etishini

    ko‘rsatib, unga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab

    o‘tdilar.

    Atrof-muhim va taraqqiyot bo‘yicha Rio deklaratsiyasi davlatlarning

    mazkur muammolarga taalluqli bo‘lgan huquq va

    burchlarini belgilagan holda «Kun tartibida XXI asrga tashrif»

    ni qo‘llab quvvatlaydi.

    Deklaratsiyaning ayrim tamoyillariga ko‘ra:

    * Barqaror taraqqiyot tashvishlari odamlar zimmasiga

    tushadi. Insonlar tabiat bilan uyg‘un holda sog‘lom va farovon

    hayot kechirishga haqlidir.

    * Jiddiy yoki o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan zarar yetkazish

    xavfi tug‘ilganda atrof-muhit tanazzulini bartaraf etish ilmiy

    noaniqlik tufayli to‘xtab qolmasligi kerak.

    152


    * Davlat shaxsiy resurslarini ekspluatatsiya qilishda suveren

    huquqqa ega, ammo bunda boshqa davlat atrof-muhitga zarar

    yetkazmasligi kerak.

    * Qashshoqlikka barham berish va dunyo miqyosida yashash

    tarzlaridagi keskin farqni kamaytirish barqaror taraqqiyot uchun

    «zaruriydir».

    * Barqaror taraqqiyotga erishishda xotin-qizlarning mutlaq

    teng huquqli ishtiroki zarur.

    * Sanoati rivojlangan mamlkatlar barqaror taraqqiyot uchun

    xalqaro kurashga global atrof-muhitga o‘zlarining jamiyatlari

    ko‘rsatayotgan bosim nuqtayi nazaridan, shuningdek, qo‘l

    ostilaridagi texnologiyalar va moliyaviy resurslar uchun o‘z

    mas’uliyatlarini tan oladilar.

    Huquqiy nuqtayi nazardan bevosita majburiyat yuklamaydigan

    O‘rmonlardan oqilona foydalanish bo‘yicha bayonot –

    o‘rmonlarga taalluqli birinchi global yagona munosabat ifodasi

    bo‘lib qoldi.

    Uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

    - Barcha mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar

    o‘rmonlarni tiklash va o‘rmon boyliklarini muhofaza qilish yo‘li

    bilan «dunyoni ko‘kalamzorlashtirish» borasidagi sa’yharakatlarini

    kuchaytirishi lozim.

    - Davlatlar o‘zlarining barqaror taraqqiyot milliy yo‘nalishlari

    talablarini bajarishlarida, o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga

    mos tarzda o‘rmonlarni rivojlantirish huquqlariga egadirlar.

    «Kun tartibida XXI asrga tashrif» dasturi hukumatlar

    tomonidan bajarilgan taqdirda dunyoni hozirgi beqaror iqtisodiy

    taraqqiyot modelidan chiqarish va bizning taqdirimizga taalluqli

    bo‘lgan muhim ekologik yo‘nalishlarni yoqlaydigan va yangilaydigan

    faoliyatni mo‘ljalga olishning batafsil rejalari belgilangan

    bo‘lar edi. Belgilab olingan faoliyatlar doirasida atmosferani

    muhofaza etish, o‘rmonlarni asrab qolish, tuproq eroziyasi va

    sahroga aylanishga qarshi kurash; havo va suv ifloslanishining

    oldini olish; baliq zaxiralarini kamayib ketishiga qarshi choralar

    ko‘rish; zaharli chiqindilarni kamaytirish masalasini hal qilishga

    ko‘maklashish kabilar bor. «Kun tartibida XXI asrga tashrif»

    dasturi taraqqiyot yo‘lining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan

    153


    qashshoqlik va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari,

    ishlab chiqarish va iste’molning beqaror modeli, demografik

    bo‘hron va xalqaro iqtisodiyot tuzilmalari kabi muammolarni

    ko‘tarmoqda. Shuningdek, harakat dasturi barqaror taraqqiyotga

    erishishda quyidagi asosiy guruhlar – xotin-qizlar, kasaba

    uyushmalari, fermerlar, bolalar va yoshlar, tub xalqlar, ilmiy

    hamjamiyatlar, mahalliy hukumatlar, ishbilarmon guruhlar,

    sanoat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari rolini kuchaytirish

    yo‘llarini tavsiya etadi.

    Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning «O‘zbekiston

    buyuk kelajak sari» asarida ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning

    hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unda

    xususan, quyidagilar ta’kidlanadi:

    1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

    Qishloq, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy

    jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli

    kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish.

    Havo va suv muhitini insonning hayot faoliyati uchun zararli

    yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni

    to‘xtatish.

    2. Qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida

    iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan

    oqilona foydalanish.

    3. Katta-katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan

    samarali va kompleks foydalanishlarni ta’minlaydigan

    darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslanilgan tarzda

    o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir

    havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning namini qochirish, suv

    chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim.

    4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar

    va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga

    boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish kerak.

    5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslanilgan,

    hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini

    bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo‘li bilan shaharlarda

    va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay

    sharoit yaratish zarur.

    154


    6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan

    holda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik

    muammolariga qaratish lozim.

    Ushbulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,

    mamlakatimzda o‘tgan yillar davomida juda katta ishlar amalga

    oshirib kelinmoqda. Jumladan, atrof-muhitni asrab-avaylashga

    oid o‘ziga xos huquqiy baza yaratilishini o‘zi bundan dalolat

    beradi.


    Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza

    qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalarini boshqarib

    turadigan qariyb 30 ta qonun va 350 dan ortiq me’yoriy –

    huquqiy hujjatlar qabul qilindi.



    Nazorat savollari

    1. Ekologik ong nima?

    2. Ekologik madaniyat tushunchasini ta’riflang.

    3. Ekologik tarbiyaga nimalar kiradi?

    4. Ekologik muhit va ekologik tizim tushunchalarini ta’riflang.

    5. Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik muammolarni

    hal etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    155


    XVII MAVZU. EPIDIMIOLOGIK XAVFLI

    KASALLIKLARNING YUQISH YO‘LLARI VA

    PROFILAKTIKASI

    Ichterlama. Paratif «A» va «B» kasalliklari

    Ichak infeksiyalari guruhidagi kasalliklar klinikasida asosan

    oshqozon-ichak yo‘llari zararlanadi .

    Tif-paratif kasalliklarida nafaqat oshqozon-ichak yo‘llari

    zararlanadi, balki qo‘zg‘atuvchining qonga tushishi natijasida

    turli a’zo va to‘qimalarda o‘zgarishlar kuzatiladi.

    Tif-paratif kasalliklaridan kasallanish so‘nggi yillarda bir

    muncha pasaygan bo‘lsada, hanuzgacha uchrab turadi. Hozirgi

    vaqtda ichterlamaning klinik belgilariga xos bo‘lmagan ko‘rinishlari

    kasallikni aniqlashda ancha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

    Shuning uchun bemor ahvoliga baho berishda so‘rab- surishtirishning

    mohiyati katta. Bemorning shikoyatlariga alohida

    diqqat bilan e’tibor berish zarur, chunki bu xastalik o‘ziga xos

    kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo‘lishi, avjiga

    chiqishi va yana asta so‘nishi kuzatiladi. Bemor o‘zini noxush

    sezadi, quvvati kun sayin kamayib, ishtahasi yo‘qola boradi.

    Ko‘proq yotgisi keladi. Kasallikning muhim alomatlaridan biri -

    bosh og‘rishi. Bu og‘riq kun sayin zo‘raya boradi va boshning

    hamma qismi tutash og‘riydi.

    Tana harorati ham asta-sekin ko‘tarila boradi. Odatda

    kechqurungi harorat ertalabkisidan yuqoriroq, bugungisi –

    kechagidan ortiqroq bo‘lib, asta ko‘tarila boradi. Har kuni

    harorat 0,2-0,3°C orta boradi. Kasallik avjiga chiqqan davrda

    tana harorati ba’zan 1 -2 hafta 39-40°C da saqlanib turadi.

    Bunda dastlabki va kechki harorat ko‘rsatgichlaridagi farqi 1°C

    dan ortmaydi (doimiy harorat). Ishtaha butunlay yo‘qoladi, ich

    qotishi kuzatiladi. Bemorni atrof-muhitga hech qanday qiziqishi

    qolmaydi, o‘z dardi bilan «ovora» bo‘lib qoladi.

    Bemorni ko‘zdan kechirganda uning umumiy ahvolini

    baholash, terida toshmalar bor yo‘qligi, qachon paydo

    bo‘lganligi, xarakteri va toshma toshgan sohalariga e’tibor

    156


    beriladi. Bemorning tomir urishi tezlashadi. Ammo u harorat

    ko‘tarilishiga mos kelmaydi, bu holat nisbiy yurak urishining

    pasayishi deyiladi. Til odatda quruq, kulrang-qoramtir karash

    bilan qoplangan bo‘lib, uning chetlari va uchi karash bilan

    qoplanmagan bo‘ladi. Til kattalashishi tufayli unda tish izlari

    aniqlanadi. Qorinni paypaslab ko‘rganda gaz va suyuqlik

    aralashishi tufayli ko‘richakning dag‘al quldirashi eshitiladi.

    Kasallikning birinchi haftasi oxirida jigar va taloq kattalashadi.



    Download 275,31 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 275,31 Kb.