Birinchi yordam ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari
Birinchi yordam ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari
quyidagilardan iborat:
• O‘zining va guruhining, shuningdek, jabrlanuvchining va
atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlash.
• Jabrlanuvchiga yaqinlashganda xavfdan saqlanish.
• Jabrlanuvchining ahvolini baholash va uning hayotiga
xavf solayotgan omillarni aniqlash.
• Tez tibbiy yordamni xabardor qilish.
• Tahlil natijalariga assoslangan holda yordam ko‘rsatish.
• Tez tibbiy yordam xodimlariga ko‘maklashish.
• Ma’lumot to‘plash va uni qayd qilishda ishtirok etish.
• Falokat yuz bergan joydagi boshqa ishchilar va xizmatchilar
o‘rtasida vositachilik qilish.
• Jabrlanuvchini immobilizatsiyalash (taxtakachlash) va
transportirovka qilishga tayyorlash.
• Imkoniyati boricha jabrlanuvchilar va yordam ko‘rsatuvchilarni
infeksiyadan himoyalash.
Birinchi yordam ko‘rsatishda asosiy sanitariya-gigiyena
qoidalari
• Yordam ko‘rsatishdan oldin va keyin darhol qo‘lingizni sovunlab
yuving, iloji boricha shoshilinch vaziyatlarda qo‘lqop kiying;
qo‘lqop kiyishdan oldin va keyin qo‘lingizni yaxshilab
yuving.
• Iloji boricha inson tanasidagi har qanday suyuqlikdan saqlaning.
Ommaviy fojialar paytida nihoyatda ziyrak bo‘ling,
yordam ko‘rsatayotganda qo‘lqop kiying. Shikastlangan joyni
(yarani) qo‘lingiz bilan bosganda suv o‘tkazmaydigan matodan
foydalaning. Agar bir marta ishlatiladigan qo‘lqop bo‘lmasa,
Sizning vazifangiz quyidagilardan iborat:
• Haqiqatan ham shoshilinch yordamga muhtoj holat yuzaga
kelganini aniqlash
• Ishga kirishishga qaror qilish
• Tez tibbiy yordamni chaqirish
• Tez yordam etib kelgunga qadar birinchi yordam ko’rsatish
169
jabrlanuvchining o‘zidan o‘z qo‘li bilan yarani bosib turishni
so‘rang yoki qo‘lingizga polietilen xaltacha kiying.
• Jabrlanuvchining yonidagi shishadan yoki o‘tkir
narsalardan shikastlanishdan saqlaning.
• Tig‘li narsalarni ishlatishda, tozalash yoki yo‘qotish
chog‘ida o‘zingizni yaralab qo‘ymaslik maqsadida xavfsizlik
choralariga rioya qiling.
• Shikastlangan terini tozalash va bog‘lam qo‘yishda toza va
quruq bog‘lamlardan foydalaning.
• Surunkali teri kasalliklari ochiq yara hosil bo‘lishiga olib
kelishi mumkin. Bunday kasalligi bor bo‘lganlar ochiq va
qonayotgan jarohatlari bo‘lgan jabrlanuvchilar bilan to‘g‘ridan
to‘g‘ri aloqa qilmasliklari lozim.
• Jarohatlangan joyga qarab yo‘talishdan, aksirishdan
saqlaning.
• Jabrlanuvchilardan ko‘p suyuqlik ajralayotgan bo‘lsa
plastmassa ko‘zoynak taqqan ma’qul.
• Agar sizga birdan tig‘li narsa kirsa yoki teringiz shilinsa
yoki ko‘zingizga suyuqlik sachrasa, darhol tibbiy yordamga
murojaat qiling.
Shu narsaga etiborli bo‘ling:
I. «Og‘izdan og‘izga» deb ataluvchi sun’iy ventilyatsiyani
o‘tkazish
Bu muolajani o‘tkazishda OIV yoki boshqa infeksiyadan zararlanishdan
qo‘rqmasa bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan zararlanganlik
haqida ham ma’lumot yo‘q. Lekin jabrlanuvchining
og‘zidan qon kelsa, bunday muolajani qilmaslik kerak. Iloji
boricha bu muolajada toza mato yoki ro‘molchadan foydalanish
lozim. Og‘iz bo‘shlig‘ini qondan tozalab, keyin muolajani
boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iloji boricha bunday
maskalarni birinchi yordam aptechkasiga kiritish kerak.
Maskaning yo‘qligi «og‘izdan og‘izga» yo‘li bilan sun’iy nafas
berishdan bosh tortishga sabab bo‘olmaydi.
2. Qon yo‘qotayotgan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish
Qon oqishi insonning hayoti uchun xavfli bo‘lganligi sababli
birinchi navbatda uni to‘xtatish lozim.
Jarohatlangan shaxsga kerakli joyga uning o‘zi o‘z qo‘lini
bosib qonni to‘xtatishi mumkinligini tushuntiring. Agar
170
jarohatlangan shaxs qon oqishini to‘xtata olmasa, qondan
saqlanish uchun siz toza, qalin matodan, yoki kiyimdan
foydalangan holda uni to‘xtatishingiz mumkin. Agar yoningizda
bir martalik qo‘lqop bo‘lsa, uni kiyib oling.
Birinchi yordam ko‘rsatishda sanitariya-gigiyena qoidalariga
rioya qilib, xavfsizlik choralarini ko‘rib, aql bilan ish qilinsa,
zararlanish xavfi kamayadi.
3. Jabrlanuvchining qoni bilan aloqada bo‘lganda:
• Agar qo‘lingizga qon teksa, uni iloji boricha tezroq sovun
bilan yuvib tashlang.
• Agar tanangizning biror joyiga, ayniqsa ko‘zingizga qon
yoki boshqa tana suyuqligi sachrasa, uni ko‘p suv bilan yuvib
tashlang.
• Agar teringiz qon tekkan buyum bilan shikastlansa, uni
sovun bilan tozalab yuvib, quruq toza mato qo‘yib darhol tez
yordamga qo‘ng‘iroq qiling.
Agar siz biron bir infeksiya bilan zararlanganingizni gumon
qilsangiz, konsultatsiya va diagnostika uchun tibbiyot xodimlariga
murojaat qiling.
4. To‘kilgan qonni yo‘qotish
To‘kilgan yoki sachragan qon shimib oluvchi mato bilan
yoki latta, qog‘oz salfetka, yoki qipiq bilan tozalab artilishi
kerak va ular polietilen xaltalarga solinib yoqilishi yoki ko‘mib
tashlanishi lozim. Qon tekkan yuza dezinfeksiyalovchi vosita
(gipoxlorid natriy yoki oddiy oqartiruvchi vositaning 5%li
eritmasi) bilan tozalab yuvilishi kerak. Yuzani 10-15 minutdan
so‘ng chayib tashlash lozim. Ifloslangan yuzani tozalashda qon
bilan muloqotda bo‘lmaslik uchun oddiy rezinali xo‘jalik
qo‘lqopi yoki ikki qavat qo‘lqop kiying.
Ularni ishlatib bo‘lgach, polietilen paketga solib yo‘qoting.
Agar qo‘lqop yo‘q bo‘lsa, boshqa to‘g‘ri keladigan vositalardan
foydalaning.
Doimo qon yoki boshqa biologik suyuqliklar bilan muloqotda
bo‘lganingizda qo‘lingizni yuving.
Infeksiya yuqish xavfini kamaytirish choralari
Infeksiya yuqish xavfini yo‘qotish uchun turli xil himoya
choralari ishlab chiqilgan va ular birinchi yordam ko‘rsatish
171
aptechkasiga kiritilib, qutqaruvchilar tomonidan qo‘llaniladi.
Lekin ulardan qanday foydalanishni bilish zarur. Qo‘lqopni
ishlatgandan so‘ng yoqib yoki ko‘mib yuborish lozim. Yuz
salfetkasi yoki ro‘molcha «og‘izdan og‘izga» usuli bilan o‘pkaga
sun’iy ventilyatsiya berishda ishlatiladi.
Polietilen paketlar himoyalovchi qo‘lqop sifatida va
ifloslangan buyumlarni solishga ishlatiladi. Qalin mato, kiyim va
boshqa materiallar infeksiyadan saqlanuvchi vosita bo‘lishi bilan
birga organizmdagi biologik suyuqliklar bilan muloqotdan
saqlaydi.
Shikastlanmagan teri – infeksiyadan saqlashda yaxshi vositadir.
Lekin infeksiyadan saqlovchi vositalarning yo‘qligi birinchi
yordam ko‘rsatmaslikka sabab bo‘la olmaydi.
Tez yordamni qachon chaqirish lozim
Ba’zida muayyan holatda tez yordam chaqirish-chaqirmaslikni
bilmay qolasiz. Uning ustiga jabrlanuvchi iymanib,
sizdan tez yordam chaqirmaslikni iltimos qilishi mumkin. Yoki
ba’zida jabrlanuvchining ahvoli kasalxonaga yuborish darajasida
og‘irligini bilmaysiz. Umumiy qoida sifatida quyidagi vaziyatlardan
birortasi sodir bo‘lganda tez yordam chaqirish zarur:
• hushsizlik holati ro‘y berishi yoki es-hushi o‘zgarib tursa;
• nafas olishda muammolar (og‘ir nafas olish yoki nafas
olmaslik) paydo bo‘lishi;
• ko‘krakda uzliksiz og‘riq bo‘lishi yoki ko‘krakda bosim
his qilinishi;
• tomir urishi yo‘qligi;
• kuchli qon oqishi;
• qorinda kuchli og‘riq bo‘lishi;
• qon qusish yoki qonsimon ajralma(siydik, balg‘am va
hokazolar) chiqishi;
• zaharlanish;
• tortishish, kuchli bosh og‘rig‘i yoki noaniq so‘zlash;
• bosh, bo‘yin yoki orqa tomonning shikastlanishi;
• suyaklarning singanlik ehtimoli;
• harakatning to‘satdan buzilganligi.
Tez yordam yoki avariya xizmati yoki ichki ishlar xodimlari
quyidagi holatlarda chaqiriladi:
172
• yong‘in yoki portlashda;
• zaharli moddalarning sirqishida;
• yuqori kuchlanishli elektr simlari uzilganda;
• ishlab chiqarishdagi falokatda;
• yo‘l transport hodisalarida;
• o‘q yoki pichoq orqali jarohatlash sodir etilganda.
Qolgan holatlarda o‘z ichki hissiyotingizga ishongan holda
haraqat qiling. Shoshilinch vaziyat yuz berdi, deb hisoblasangiz,
qimmatli vaqtni ketkazib, do‘stlaringiz yoki oila a’zolaringizdan
maslahat so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilib yurmang, zudlik bilan
tibbiy yordamni chaqiring. Qolgan muammolarni tez yordam
brigadasi hal qilib beradi.
Tez yordam qanday chaqiriladi
Tez yordamni boshqa odam chaqirgani ma’qul. Shunda siz
jabrlanuvchi yonida bo‘lib, birinchi yordam ko‘rsatib turasiz.
Tez chaqiruv telefonida markazdagi dispetcher javob beradi.
U hodisa ro‘y bergan joyga qanday mutaxassislarni yuborish
kerakligini hal qiladi, shuningdek, sizga ungacha birinchi yordam
ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi mumkin.
Shunday ekan, qo‘ng‘iroq qilgan kishi dispetcherga to‘g‘ri
ma’lumot berishi kerak, jumladan:
• Hodisa ro‘y bergan aniq joy. Shahar yoki aholi punktining
nomini aytgan holda, manzil yoki joyni ma’lum qiling.
Yaqindagi kesib o‘tuvchi ko‘chalar (chorrahalar yoki yo‘llar)
nomini, mo‘ljallar, bino nomi, qavat yoki xonadon (ofis)
raqamini ayting.
• Qo‘ng‘iroq qilinayotgan telefon raqami, ya’ni «103»ni
kim chaqirayotganligini.
• Jabrlanuvchining ism- familiyasi.
• Nima sodir bo‘lgan (yo‘l-transport hodisasi, yong‘in va
hokazo).
• Jabrlanganlar soni.
• Jabrlanganlarning ahvoli(ko‘krakdagi og‘riqlar yoki nafas
olishining qiyinlashganligi, tomir urishining bor-yo‘qligi, qon
oqish va hokazo).
• Ko‘rsatilayotgan birinchi yordamning xususiyati.
173
Agar siz shoshilinch yordamni chaqirishni boshqa kishiga
topshirgan bo‘lsangiz, unda dispetcherning maslahatiga rioya
qilishni tayinlang, qaytib kelib sizga dispetcherning nima deganini
aytishini iltimos qiling.
Jabrlanuvchi yonida bir o‘zingiz bo‘lsangiz, ovoz berib yordamga
chaqiring.
Ovozingizni eshitganlar ko‘makka kelishlari va tez yordam
chaqirishlari mumkin.
Chaqiriqqa javob bo‘lmagan taqdirda, bir minut davomida
birinchi yordam ko‘rsatib, so‘ngra o‘zingiz tezlik bilan «103»ga
qo‘ng‘iroq qiling. Shundan so‘ng jabrlanuvchiga birinchi yordam
ko‘rsatishni davom ettiring.
Yodda tuting!
Tez yordam chaqirayotganda xotirjam bo‘lishga harakat qiling
va telefon orqali bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risida kerakli bo‘lgan
ma’lumotni to‘liq berib, dispetcherdan yo‘llanma oling. Hech
qachon trubkani birinchi bo‘lib qo‘ymang, chunki dispetcherning
sizga savollari bo‘lishi mumkin.
Birinchi yordam dori qutichasi
Aholi uchun birinchi yordam komplektida hech qanday
antiseptik va dori vositalar, malham dori va kremlar bo‘lmasligi
kerak. Komplektda quyidagilar bo‘lishi lozim.
• Shoshilinch tibbiy yordamning barcha bo‘linmalari, uyingiz
va ishxonangizning, qarindosh va do‘stlaringizning telefon
raqamlari.
• Jarohatni bog‘lash uchun turli o‘lchamdagi sterillangan
doka salfetka (yoki bintlar).
• Uchburchakli bog‘lam va xavfsiz to‘g‘nog‘ich,
• Paxta-doka, yostiqchali bint.
• Antiseptik salfetka yoki sovun.
• Kesilgan yoki tirnalgan joylar
uchun leykoplaster. tasmalar (vaqtinchalik
vosita sifatida).
• Leykoplaster.
• Qaychi.
• Pinset.
174
• Bir martalik lateks himoyalash qo‘lqoplari.
• Yuz uchun niqob.
• Tez yordam shifokori uchun xat yozish mumkin bo‘lgan
qalam va daftarcha.
• Adyol.
• Termometr.
• Plastik qopcha.
• Qizil yarim oy jamiyatining birinchi yordam qo‘llanmasi.
Tampon-bog‘ich va bint bog‘ichlar
Tampon-bog‘ich yupqa qistirmadan iborat. U qonni va
boshqa narsalarni shimdirish, shuningdek, jarohatga infeksiya
tushishining oldini olish uchun qo‘yiladi. U toza, iloji boricha,
sterillangan bo‘lishi kerak.
Bint bog‘lam sifatida tananing shikastlangan qismini o‘rash
yoki berkitish mumkin bo‘lgan har qanday material olinishi
mumkin. Bintlar odatda qon oqishini to‘xtatish paytida tampon
bog‘ichni ushlab turishda, jarohatni iflosdan va infeksiyadan
175
himoyalash, qo‘l-oyoq yoki tananing biron qismini ushlab turishda,
shuningdek, jarohatni to‘g‘ridan to‘g‘ri bosib turishda
qo‘llaniladi.
YURAK–QON TOMIR KASSALLIKLARI
Yurak–qon tomir kassalliklari sabablari
Yurak–qon tomir kasalligi – yurak hamda qon tomirlar kasalligi
bo‘lib,u katta yoshli kishilar o‘limining asosiy sabablaridandir.
Yurak-qon tomir kasalliklari stenokardiya, miokard infarkti,
gipertoniya va insultni o‘z ichiga oladi. Ular arteriyalarning
ichki devorlarida xolesterin va boshqa moddalar qatlamlari
ortib borishiga qarab kuchayib boradi. Ateroskleroz, deb ataladigan
bu holat, arteriyalarning torayishiga olib keladi.
Birinchi yordam ko‘rsatayotgan odam stenokardiya bilan
miokard infarkti o‘rtasidagi farqni bilishi shart emas, chunki har
ikkalasida bir xil alomatlar va belgilar bo‘lishi mumkin. Ular esa
bir xilda choralar ko‘rishni talab qiladi. Quyida har ikkala
holatning qisqacha tavsifi keltirilgan. Shuni yodingizda tutingki,
birinchi yordamni ko‘rsatishda doimo ancha murakkab hodisaga
duch keldim, deb o‘ylagan holda harakat qiling.
Miokard infarkti
Yurak muskullari to‘qimalarida qon oqimi yetarlicha
bo‘lmasa, ular o‘la boshlaydi. Yurak to‘qimalarining bir qismi
keng ko‘lamda o‘lgan hollarda yurak yaxshi qisqarishiga qodir
bo‘lmaydi. Toj tomirining bexos tiqilib qolishi qon bilan
ta’minlanishning buzilishiga, natijada yurak muskuli o‘lishiga
olib keladi. Toj tomirining bunday tiqilishi yurak maromi va
qon aylanishi buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Jabrlanuvchi
hayoti xavf ostida qoladigan holatga tushib qolishi mumkin.
Yurak kasalliklarining oldini olish
Stenokordiya va miokard infarkti
garchi to‘satdan ro‘y bersa-da, yurak–
qon tomir kasalligi asta-sekin kuchayib
boradi. Insonda yurak kasalligi ehtimolini
oshiradigan xavfli omillar xilmaxildir.
Ba’zi omillarga tasir ko‘rsatib
bo‘lmaydi. Masalan, erkaklarda bunday
kasallik xavfi ayollardagiga nisbatan kuchliroq. Agar oilangizda
176
kimdir yurak kasalligidan aziyat chekkan bo‘lsa, sizda ham bu
kasallikning paydo bo‘lishi ehtimoli kuchliroq. Shunday bo‘lsada,
xavfli omillarning ko‘pchiligini boshqarish mumkin. Boshqariluvchan
xavfli omillarga quyidagilar kiradi:
-chekish;
-yog‘li ovqat;
-qon bosimining balandligi;
-semizlik;
-jismoniy mashqlarni muntazam bajarmaslik.
Bir xavfli omil, masalan, qon bosimining balandligi, boshqalari
– ortiqcha semizlik, chekish bilan qo‘shilib kelsa, yurak
xuruji yuzaga kelish ehtimoli ortadi. Xavfli omillarni nazorat
qilish kelajakda kasallikning yuzaga kelishi ehtimolini
kamaytirish uchun hayot tarzini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.
Stenokardiya va miokard infarktining belgilari hamda alomatlari
• Ezilib, qisilib, zirqirab og‘rish, ko‘krakda siqilish yoki
og‘irlashishni tuyush. Odatda, to‘sh osti og‘rig‘i ko‘krak qafasining
o‘rtasida his qilinadi. Og‘riq yelkada, qo‘lda, bo‘yinda,
ostki jag‘da yoki orqada ham sezilishi mumkin.
• Xurujni inkor qilish mumkin.
• Xurujni inkor qilish.
• Nafas olishning qiyinlashishi.
• Tomir urishining tezlashishi, sekinlashishi yoki bir tekis
bo‘lmasligi.
• Terining rangi o‘chishi yoki ko‘karishi.
• Ko‘p terlash.
• Ko‘pincha ovqat hazm bo‘lishining buzilishi deb baholanadigan
ko‘ngil aynishi yoki qusish.
Ko‘krakda bir xilda og‘riq turishi stenokardiya yoki miokard
infarktining asosiy ko‘rsatkichidir. Agar og‘riq kuchli bo‘lsa yoki
ko‘krakdagi noxush tuyg‘u 10 minut ichida o‘tib ketmasa,
darhol «103» ga qo‘ng‘iroq qiling-da, yurak xurujida ko‘rsatiladigan
birinchi yordamni boshlab yuboring.
Stenokardiya va miokard infarktida ko‘rsatiladigan birinchi
yordam
• Jabrlanuvchi har qanday jismoniy ishni bas qilishi kerak.
177
• Jabrlanuvchiga qulay joylashib olishda yordam bering.
• Galstugini hamda kamarini bo‘shating.
• Jabrlanuvchiga uning yonida bo‘lgan nitroglitserin tabletkasini
qabul qilishda yordam bering.
• Agar og‘riq o‘tib ketmasa, jabrlanuvchi 5 minutdan so‘ng
ikkinchi nitroglitserin tabletkasini qabul qilishi kerak.
• Agar og‘riq bo‘lsa, yana 5 minutdan keyin oxirgi, uchinchi
nitroglitserin tabletkasini qabul qilishi kerak.
• Ikkinchi tabletkani qabul qilgandan keyin jabrlanuvchining
ahvoli yaxshilanmasa, tez yordam chaqirish lozim.
• Agar jabrlanuvchida stenokardiya yoki miokard infarkti
ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa ham tez yordam
chaqiravering.
Bemorning yurak xurujidan so‘ng tirik qolishi ko‘pincha
malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bemorning
ahvoli yomonlashib, yuragi to‘xtab qolmasidan, hayallamay
«103»ni tering.
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatayotganingizda uni
tinchlantirib, taskin berishga harakat qiling. Shunda bemor
xavotirga tushmay, og‘riq biroz bo‘lsa-da, yengillashadi. Tez
yordam yetib kelguncha jabrlanuvchining ahvolini diqqat bilan
kuzatib turing. Bemordagi hayot (tiriklik) belgilarini kuzating,
tashqi o‘zgarishlarni e’tibordan chetda qoldirmang. Yurak
to‘xtab qolishi ehtimoli bo‘lgani uchun yurak-o‘pka faoliyatini
tiklash tadbirlarini o‘tkazishga shay bo‘lib turing.
Yurak to‘xtashi
Yurak to‘xtashining anatomik va fiziologik izohi
Yurak qisqarishdan to‘xtasa yoki uning qisqarishi nomuntazam
yoxud normal qon aylanishini ta’minlay olmaydigan darajada
zaif bo‘lsa, yurak to‘xtab qoladi. Yurak to‘xtagach, nafas
ham darhol to‘xtaydi.
Nafas olishning to‘xtashi sabablari
Nafas olish quyidagi sabablardan birortasiga ko‘ra to‘xtashi
mumkin:
• nafas olish yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilishi (bo‘g‘ilish);
• kasallik (masalan, o‘pka yallig‘lanishi) tufayli;
178
• respirator holatlarda (o‘pka yemfizemasi yoki, masalan,
astma xuruji);
• elektr toki urishi;
• shok holati;
• suvda cho‘kish;
• miokard infarkti yoki yurak xastaligi;
• bosh, ko‘krak qafasi yoki o‘pka jarohati;
• oziq-ovqat mahsulotlari yoki hasharotlarning chaqishiga
nisbatan og‘ir allergik reaksiya;
• zaharlanish (masalan, zaharli moddalarni ichga yutish
orqali).
Yurak urishining to‘xtash sabablari
Suvda cho‘kish, bo‘g‘ilish hamda giyohvand moddalarning
muayyan turlari nafas olishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin, bu esa,
o‘z navbatida, yurak qisqarishi, to‘xtashiga olib keladi. Ko‘krak
qafasining qattiq shikastlanishi yoki qattiq qon ketishi ham
yurakning yomon ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki
urganda yurakning elektr faolligi buziladi, bu ham uning
to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Nafas olishning to‘xtaganlik belgilari va alomatlari
• hushsiz holat;
• yuzning ko‘karganligi;
• ko‘krak qafasi va qorinning qimirlamasligi;
• nafas olayotganligining eshitilmasligi.
Nafasning borligini aniqlash uchun, qulog‘ingizni jabrlanuvchining
og‘ziga qo‘ying va nafas olish belgilarini ko‘rish,
eshitish va sezish orqali kuzating.
• jabrlanuvchining ko‘krak qafasi va qorni harakatini kuzating.
Yurak to‘xtashining belgilari va alomatlari
-behushlik holati;
-nafas yo‘qligi;
-tomir urmasligi.
Garchi yurak ba’zan yurak xuruji natijasida to‘xtasa ham, u
yurak xurujining biron-bir belgilari yoki alomatlarisiz bexosdan
to‘xtab qolishi mumkin. Buni to‘satdan sodir bo‘lgan o‘lim
deyiladi.
179
Yurak-o‘pka faoliyatini tiklash (reanimatsiya)
Miya va boshqa hayotiy muhim organlar
yurak to‘xtaganidan keyin bir necha
minutgina ishlashi mumkinligini hisobga
olib, jabrlanuvchida faoliyatni tiklash tadbirlarini
(suniy o‘pka ventilyatsiyasini bemorning
to‘shini bosish bilan bir mahalda)
o‘tkazish hamda shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatish zarur. To‘shni bosish yurak qisqarmayotgan
vaqtda qon aylanishini ta’-
minlaydi. Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi va
to‘shni bosish yurak bilan o‘pkani qisman
bo‘lsa-da ishlashga majbur etadi.
Faoliyatni tiklash tadbirlari malakali
tibbiy yordam yetib kelguniga qadar jabrlanuvchining
miyasini kislorod bilan taminlash
hisobiga tirik qolish imkoniyatini oshiradi.
Faoliyatni tiklashning bunday tadbirlari
o‘tkazilmasa miya 4-6 minut ichida
o‘ladi. Faoliyatni tiklash tadbirlari miya va yurak uchun zarur
bo‘lgan minimal (normaning 25-35 %) miqdordagi qon bilan
ta’minlaydi. Agar jabrlanuvchiga malakali tibbiy yordam tez
ko‘rsatilmasa, faqat faoliyatni tiklash tadbirlari bilan uning
hayotini saqlab qolish imkoniyati juda kam bo‘ladi.
Yurak to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish. katta yoshlilarda
yurak –o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish
Jabrlanuvchining hushini yo‘qotmaganligini aniqlang.
1-bosqich.
Hodisa yuz bergan joyni ko‘zdan kechiring
• Xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun hodisa yuz
bergan joyni ko‘zdan kechiring va nima bo‘lganini aniqlang.
Agar hodisa yuz bergan yerda xavf bo‘lmasa:
– avvaliga birlamchi ko‘zdan kechirishga kirishing (2
bosqich).
2-bosqich.
Jabrlanuvchi hushini yo‘qotmaganligini aniqlang.
• «Sizga yordam kerakmi?» deb baland ovozda so‘rang.
180
• Agar javob bermasa, u holda yelkasini chimchilab ko‘ring.
Agar jabrlanuvchi tashqi ta’sirlarni sezsa:
• Unda qon oqmayotganligini va karaxt (shok) holatda emasligini
tekshiring. Jabrlanuvchining tanasini qimirlatmang, ya’ni
qaysi holatda topgan bo‘lsangiz, shu holatda qolsin. Yordamga
chaqiring va tegishli yordamni ko‘rsating.
Agar jabrlanuvchi tashqi ta’sirlarni sezmasa:
• yordamga chaqiring;
• keyingi bosqichga o‘ting.
|