-bosqich. Nafas yo‘llarini oching




Download 275.31 Kb.
bet16/17
Sana19.09.2020
Hajmi275.31 Kb.
#11448
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

3-bosqich.

Nafas yo‘llarini oching.

• Boshni orqa tomonga yengashtiring va iyagini ko‘taring.



4-bosqich.

Nafasning bor-yo‘qligini tekshiring

• Buning uchun 10 sekund davomida ko‘rish, eshitish va his

etish nazoratidan foydalaning.

Agar jabrlanuvchi nafas olmayotgan bolsa:

Jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi bilan yotqizing, bunda



boshi va yuragi bir xil tekislikda bo‘lishi kerak.

Keyingi bosqichga o‘ting.



5-bosqich.

Tez yordamni chaqiring

• Tez yordamni chaqirishga boshqa odamni yuboring.



Yurak–o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish

6-bosqich.

Qo‘lingizni to‘g‘ri qo‘yish holatini aniqlang.

• Qo‘lingizning kaftini jabrlanuvchi to‘shining pastki

qismiga qo‘ying.

• Ikkinchi qo‘lingizning kaftini birinchi qo‘lingizning ustiga

qo‘ying va barmoqlaringizni zanjirsimon qilib birlashtiring.

Barmoqlaringizni ko‘krak qafasiga tegizmang.



7-bosqich.

To‘shni 30 marta bosing.

• Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi

lozim.

181


• To‘sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda bosiladi. Navbatdagi

bosishni boshlashdan oldin ko‘krak qafasi dastlabki

holatiga qaytishiga yo‘l qo‘yib bering.

• 1 minut mobaynida 100 marta bosish tezligi bilan 30 marta

to‘shni bosing.

• Bir maromda, tikka, qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan

holda bosish kerak.

• Muolajani o‘tkazayotganda tebratuvchi harakat qilmang.

Bu bosishning ta’sirini kamaytirib, kuchingiz behuda

sarflanishiga olib keladi.



8-bosqich.

«Og‘izdan –og‘izga» usuli bilan 2 marta to‘liq puflang.

• Boshini orqaga egib va iyagini ko‘tarib nafas yo‘llarini

oching.

• Jabrlanuvchining burun kataklarini qisib, lablaringizni



og‘zigi zich bosing.

• Ikki marta to‘la puflang, har biri 1 sekund davom etishi

kerak.

• Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun



ko‘krak qafasi ko‘tarilayotganini kuzating

• Har puflaganda boshini eggan va iyagini ko‘targan holda

og‘zingizni olib turib, keyingi puflashni ko‘krak qafasi o‘z

holatiga qaytgach bajaring.



9-bosqich.

To‘shni bosish va puflash siklini davom ettiring.

• 30 marta bosish va 2 marta puflashni ketma-ketlikda

bajaring. Yurak–o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazishni

tez yordam yetib kelgunicha, jabrlanuvchi nafas olmaguncha,

sizning o‘z kuchingiz yetgunicha davom ettiring.

• Har 2 minutda nafas bor-yo‘qligini va qon aylanishini

tekshiring.

Jabrlanuvchi nafas olishni boshlasa, biroq u haligacha

hushsiz holatda bolsa:

-Jabrlanuvchini tiklanish holatida yotqizing.

-Nafas yo‘llari ochiqligini saqlab turing.

-Nafasni kuzating.

182

-Ikkilamchi ko‘zdan kechirishni amalga oshiring. Agarda



qattiq qon ketayotgani aniqlansa, uni to‘xtating.

-Tez yordam brigadasi yetib kelishini kuting.



Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bolsa va qon aylanishi tiklanmagan

bolsa:

-Tez yordam yetib kelgunicha yurak – o‘pka faoliyatini tiklash



tadbirlarini o‘tkazishni davom ettiring.

Tez yordam hali chaqirilmagan bolsa, hayallamay qongiroq

qiling-da, brigadaning yetib kelishini kuting:

-Har bir necha minutda tomir urishini tekshiring.

-Nafas bor-yo‘qligini va qon aylanishi tiklanganligini 10 sekund

davomida tekshiring.

Insult

Apopleksik zarba, deb ham yuritiladigan insult miyaning

bironta qismida qon oqimining buzilishidan iborat bo‘lib, bu -

miya to‘qimalarining shikastlanishiga olib kelishga qodir bo‘lgan

ancha jiddiy holatdir.

Insultni keltirib chiqaruvchi sabablar

Insult miya arteriyasida qon laxtasi (tromb) tiqilib qolishi

sababli yuzaga kelishi mumkin. Boshqa sabablar miya arteriyasining

yorilishi, miya-chanoq shikastlanishi yoki bosh miya

shishini o‘z ichiga oladi.

Insultning oldini olish

Insultga hamda yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvchi

xavfli omillar o‘xshashdir. Yurak-qon tomir kasalliklarining

oldini olishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish insultning

yuzaga kelish ehtimolini ancha kamaytirishi mumkin.

Insult belgilari va alomatlari

-To‘satdan madordan ketish va yoki yuz, qo‘l yoki

oyoqning odatda bir tomonlama uvishishi.

-Nutqning yoki uni tushunishning qiyinlashuvi.

-Bexosdan boshning qattiq og‘rishi.

-Bosh aylanishi yoki sarosimaga tushish.

-Behushlik holati.

-Qorachiqning har xil kengayishi.



Miya qon aylanishining vaqtincha buzilishi

Miya qon aylanishining vaqtincha buzilishi insultni eslatuvchi

o‘tkinchi holatdir. Ba’zan bunday holatni hatto «mik183

roinsult» ham deyishadi. Miya qon aylanishining vaqtincha

buzilishi, insultdagi singari miyaga qon oqimining kamayishiga

olib keladi. Bu holat bir soatgacha davom etishi mumkin.

Bunday buzilishlar, odatda, ertalab sodir bo‘ladi. Jabrlanuvchi

darhol shifokorga murojaat qilmog‘i lozim.



Insultda birinchi yordam ko‘rsatish

Har qanday shoshilinch vaziyatdagi kabi, birinchi yordamning

asosiy tamoyillari bo‘yicha harakat qiling.

Insultda quyidagi qo‘shimcha tadbirlarni qo‘llang:

1. Jabrlanuvchining og‘zidan suyuqlik oqib chiqishini

ta’minlash uchun falajlangan qismini yuqoriga qilib tiklanish

holatida yotqizing. Og‘zidan so‘lagini yoki qusiqni chiqarib

tashlash uchun barmog‘ingizni ishga solishingizga to‘g‘ri kelishi

mumkin.

2. Tez yordam yetib kelmaguncha jabrlanuvchining yonida



bo‘ling. Undagi tiriklik belgilarini kuzatib turing.

3. Insult jabrlanuvchida bezovtalik va qo‘rquvni yuzaga

keltirishi mumkin bo‘lgani uchun unga tasalli berib, ko‘nglini

ko‘taring.



SHOK

Shok holatini keltirib chiqaruvchi sabablar

Odatda, shok keng ko‘lamdagi ichki yoki tashqi qon ketishi

natijasida sodir bo‘ladi, chunki bu aylanayotgan qon miqdori

kamayishiga olib keladi, natijada hayotiy muhim organlarga

kislorod yetib borishi kamayadi. Organizmdagi suyuqlikni boshqacha

yo‘qotish, masalan, ich ketishi, qayt qilish yoki keng

ko‘lamda kuyish ham shokka olib kelishi mumkin. Shok hayot

uchun xavfli holat bo‘lib, o‘limga olib kelishi mumkin.



Shok belgilari va alomatlari

Shok holatining belgi va alomatlari qattiq ichki yoki tashqi

qon ketishida kuzatiladigan belgi va alomatlar singaridir.

• Terining rangi o‘chadi, sovib ketadi va nam bo‘lib qoladi

• Behollik.

• Bezovtalik.

• Og‘iz qurishi, tashnalik.

• Pulsning tezlashishi va sustligi.

• Nafas olish tezlashishi.

184


• Miyaning chalg‘ishi.

• Hushsizlik kuzatiladi.

Shuni yodingizda tutingki, jabrlanuvchiga birinchi yordam

ko‘rsatish uchun shokni keltirib chiqargan sababni bilish yoki

qon ketishini ko‘rish shart emas.

Shokda birinchi yordam ko‘rsatish

Har qanday vaziyatda ham birinchi yordam ko‘rsatishning

asosiy qoidalariga rioya qiling:

1-bosqich.

• Jabrlanuvchining normal tana haroratini saqlab turing,

ustiga ko‘rpa yoki palto yopib qo‘ying. Undan yotishni iltimos

qiling (boshi tanasi bilan bir tekislikda joylashgan bo‘lishi

kerak).

• Hayotiy muhim organlarga qon oqimini yaxshilash uchun



oyog‘ini tanadan 30 sm yuqoriga ko‘taring. Agar boshi, bo‘yni,

umurtqa pog‘onasi, soni yoki boldiri shikastlanganligiga shubha

bo‘lsa, yurak xuruji, insultdan shubha bo‘lsa yoki jabrlanuvchining

ahvoli qanaqaligini bilolmasangiz, oyog‘ini ko‘tarmaslik

kerak.

2-bosqich.

• shokni keltirib chiqargan sababni, masalan, tashqi qon

ketishini bartaraf etishga harakat qiling.

• galstugi va kamarini sal bo‘shashtiring.



3-bosqich.

• bironta odamni tez yordam chaqirishga jo‘nating.



4-bosqich.

• jabrlanuvchiga tasalli bering.

• jabrlanuvchiga hech narsa ichirmang (agar jabrlanuvchi

tashnalikni his etayotgan bo‘lsa, labini suv bilan ho‘llab turing).



5-bosqich.

• uning hayotiy belgilarini kuzatib turing.

Agar jabrlanuvchi hushini yo‘qotsa, nafas yo‘llarini oching

va nafas bor-yo‘qligini tekshiring.

Yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazishga tayyor bo‘ling.



Sovuq urishi

Sovuq urishi - tez yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan, sovuq

oldirish bilan bog‘liq shikastlanishdir. U tananing sovuq ta’sir

185


qilgan ma’lum qismida yuz beradi hamda organizm to‘qimalari

muzlashidan iborat bo‘ladi. Yuzaki sovuq urganda faqat teri

zararlanadi. Qattiq sovuq urganda teri ham, teri osti to‘qimalari

ham shikastlanadi. Sovuq oldirishning har ikkala turi ham

xavfli. Sovuq urganda hujayralararo va hujayra ichki suyuqligi

muzlaydi, kengayib, shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Muz

kristallari va shish hujayralar shikastlanishini yoki o‘lishini

keltirib chiqaradi. Sovuq urishi natijasida kishi oyoq-qo‘l

barmoqlaridan, panjalaridan mahrum bo‘lishi mumkin.

Sovuq urishining sabablari.

Kishi sovuqda uzoq vaqt bo‘lib, uning organizmi tana

haroratini boshqara olmaydigan holatga kelganda sovuq urishi

yuz beradi. Atrof-muhit harorati, namlik va shamol singari

tashqi sharoit va ularning ta’siri qancha davom etishi

termoregulyatsiya (tana haroratining bir xilda tutib turilishi)ga

hamda sovuq urishi qanchalik tez yuz berishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Sovuq urishining oldini olish.

Aql-idrokga tayangan holda hamda quyidagi tavsiyalarga

amal qilib ish tutilsa, sovuq urishining oldini olish mumkin.

Badan bilan kiyim o‘rtasida iliq havo qatlamini hosil qiluvchi

bosh kiyimi hamda jun mato, mo‘ynadan tayyorlangan kiyim

kiyib yuring. Bir necha qavat kiyining, toki zarurat bo‘lganida

bir qavatini yechib qo‘yib, tana haroratini boshqarish

imkoniyatingiz bo‘lsin. Tez sovuq urishi mumkin bo‘lgan tana

qismlari: qo‘l-oyoq barmoqlari, burun, quloqni berkitib yuring.

Ko‘proq issiq ichimlik iching, bu tana haroratini bir xilda

tutib turishga yordam beradi. Agar issiq ichimlik topishning iloji

bo‘lmasa, oddiy suv iching. Tarkibida kofein bo‘lgan (kofe,

choy) hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tiyiling,

chunki ular organizm issiqlik ishlab chiqarishiga to‘sqinlik

qiladi.

Sovuqqa qisqa muddatga tez-tez chiqib, so‘ng issiq xonada



isining. Shunda organizm past haroratning qisqa muddatli

ta’siriga ko‘nikadi.



Sovuq urishining belgilari va alomatlari

Past harorat ta’sir qilgan vaziyat hamda uning qancha vaqt

davom etganligiga bog‘liq holda, sovuq urishi, tananing ma’lum

186


qismini sovuq oldirishdan farq qiluvchi organizmning umumiy

sovib ketishidan iborat bo‘lgan gipotermiya bilan birga kechishi

mumkin.

Sovuq urishining belgilari:



• Zararlangan joyda sezgining yo‘qolishi.

• Sovqotib qolish.

• Teri mum rangiga kirishi.

• Ushlab ko‘rganda teri sovuq bo‘lishi.

• Teri rangining o‘zgarishi (qizarib, sarg‘ayib rangi o‘chib,

ko‘karib ketishi).



Sovuq urganda birinchi yordam ko‘rsatish.

1. Dastlab gipotermiya belgilarini aniqlagandagi kabi yordam

ko‘rsating.

2.Zararlangan joyni ehtiyotkorlik bilan tozalang, uni hech

qachon ishqalamang, chunki ishqalash yanada ko‘proq zarar

yetkazishi mumkin.

3.Tananing sovuq urgan qismini keskin isitib yubormang.

4.Tananing sovuq urgan qismini qo‘l bilan yoki tananing

boshqa qismi bilan isiting.

5.Tananing sovuq urgan joyi o‘z rangiga kelmasa, uni 38-

42°C iliq suvga tiqing. Agar suv noxush tuyg‘u bersa, demak u

ancha issiq bo‘ladi.

6.Sovuq urgan joy qizarib qo‘l bilan ushlab ko‘rganda iliq

tuyulmaguncha iliq suvda tutib turing.

7.Zararlangan joyni sterillangan quruq bog‘lam bilan

bog‘lang. Qo‘l yoki oyoq barmoqlarini sovuq urganda ular

orasiga paxta yoki doka qo‘ying. Vujudga kelgan pufakchalarni

yormang. Jabrlanuvchini iloji boricha tezroq shifokorga olib

boring.

Alkogoldan zaharlanish

Alkogolni suiiste’mol qilish aholi orasida birmuncha tarqalgan

hodisa. Tarkibida alkogol bo‘lgan bir qancha ichimliklar

mavjud. Bular: pivo, vino, o‘tkir spirtli ichimliklardir. Alkogol

ichilgach, bir ozdan so‘ng uning ta’siri bilinadi. Buni, alkogol

qon tomirlari sistemasiga tez o‘tib, har bir ichki organga ta’sir

ko‘rsatishi bilan izohlanadi.

187


Alkogolning inson organizmiga eng yuqori ta’siriga erishish

vaqti bir qator omillarga ega. Bular: spirtli ichimliklarni ichish

chastotasi, iste’mol qilinadigan spirtli ichimliklarning miqdori

va konsentratsiyasi, spirtli ichimlikni ichish oldidan oshqozonda

mavjud bo‘lgan ovqat miqdori, spirtli ichimlik bilan baravar

yeyiladigan yegulik, shuningdek, odamning fiziologik

xususiyatlari, masalan, vaznidir.

Spirtli ichimlikni surunkali iste’mol qilish natijasida unga

ko‘nikib qolinadi.

Alkogoldan zaharlanish belgi va alomatlari

• «Xush kayfiyat», diqqatning susayishi.

• Harakatni muvofiqlashtirishning buzilishi.

• Nutq va ko‘rishning buzilishi.

• Ko‘ngil aynishi, qayt qilish.

• Depressiya.

• Nafas olishning sekinlashuvi.

• Behush holat.

• Ayrim vaziyatlarda gipotermiya (sovib ketish).

• O‘lim.


Alkogoldan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish

• Birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling.

• 30 minut o‘tgach, qayt qildirish foydasiz. Chunki bu

vaqtga kelib, qabul qilingan alkogolning 80-90% ovqat hazm

qilish sistemasi tomonidan o‘zlashtirib bo‘linadi.

• Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, uni bo‘g‘ilib qolishdan

saqlab qolish uchun tiklanish holatida yotqizing.

• Zarur bo‘lsa, tez yordam chaqiring.

• Jabrlanuvchi shikastlanmadimi yoki spirtli ichimlik ichgani

uchun buni sezmadimi, tekshirib ko‘ring. Shuni bilingki,

hatto bir necha ryumka aroq ham sezuvchanlikni ancha

pasaytirib qo‘yishi mumkin.

• Zarur bo‘lsa, gipotermiyadagi kabi birinchi yordam

ko‘rsating.



Is gazi (uglerod oksidi) bilan zaharlanish

Is gazi - rangsiz va hidsiz gaz. Is gazining asosiy xavfli tomoni

shundaki, u o‘pka orqali qon hujayralariga tez kirib olib,

188


unda mavjud bo‘lgan kislorod o‘rnini egallaydi. Buning natijasida

organizmda kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) kelib

chiqadi.

Is gazi bilan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi sabablar

Zaharlanish benzinda ishlayotgan dvigatellar (ishlangan

gazlar) dan, tabiiy gaz yonishidan, yong‘in paytida hamda ba’zi

sanoat obyektlarida ro‘y berishi mumkin. Yaxshi

shamollatilmaydigan yopiq xonalarda, masalan, garajlarda is

gazi bilan zaharlanish ko‘p sodir bo‘ladi. Avtomobil dvigatelini

doim ochiq havoda qizdirish lozim. Uni hech qachon

cheklangan yopiq joyda qizdirmaslik kerak.



Is gazi bilan zaharlanish belgilari va alomatlari

􀂃 Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.

􀂃 Nafas chalg‘ishi.

􀂃 Teri olcha rangini kasb etishi.

􀂃 Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib

kelishi mumkin.



Is gazi bilan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish

􀂃 Birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling.

􀂃 Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini zudlik bilan

chaqiring.

􀂃 Jabrlanuvchini zaharlanish zonasidan toza havoga olib

chiqing.


􀂃 Qutqaruvchilarning o‘zlari is gazi ta’sirida keragidan ortiq

vaqt bo‘lmasliklari lozim. Qutqaruvchi hodisa sodir bo‘lgan

joyni xavfli, deb hisoblasa, avariya xizmatini chaqirishi lozim.

􀂃 Zaharlanish manbayini iloji boricha bartaraf qilish (masalan,

avtomobil dvigatelini o‘chirish) lozim.

Hayvonlar

Uy hayvoni yoki yovvoyi hayvon tishlasa, infeksiya tushishi

mumkin. Eng xavflisi – quturish. Quturish virusi zararlangan

hayvonning, masalan, tulki, ko‘rshapalak, yenot, mushuk, it va

qishloq xo‘jalik hayvonlarining so‘lagi orqali o‘tadi. Quturgan

hayvonlar o‘zini g‘alati tutadi. So‘lagi ko‘p oqishi mumkin,

qisman falajlangandek ko‘rinadi, asabiylashgan, agressiv yoki

g‘ayriodatiy darajada tinch ko‘rinadi.

189

Quturishni davolanmasa, kasallik o‘limga olib kelishi



mumkin. Noma’lum hayvon tishlagan odamni zudlik bilan shifokor

ko‘rishi kerak. Jabrlanuvchiga vaqtsina yuborilsa, kasallik

avj olishini bartaraf qilish mumkin.

Zamonaviy vaqtsinalar ishlatilsa, inyeksiya soni kamayishi

mumkin, ularning qo‘llanilishi tufayli yuzaga keladigan nojo‘ya

ta’siri ham ilgaridek jiddiy bo‘lmaydi.

Agar odamni hayvon tishlagan bo‘lsa:

• jabrlanuvchini nariga, xavfsizroq joyga olib boring.

Hayvonni tutishga urinmang;

• jarohat katta bo‘lmasa, uni yuving;

• so‘ng qonni to‘xtatib, bog‘lam qo‘ying. Infeksiya belgilari

va alomatlarini kuzating. Jarohatdan qon qattiq oqayotgan

bo‘lsa, birinchi navbatda qonni to‘xtating. Jarohatni

tozalamang. Jarohat kasalxonada yuviladi.

Odamlarni odamlar ham tishlashi mumkin bo‘lsa-da, ko‘-

pincha hayvon tishlaydi (qopadi). Inson og‘zida ko‘plab xilmaxil

mikroorganizmlar bo‘lib, ular jarohatlangan teri orqali

tushsa, infeksiya keltirib chiqarishi mumkin. Hatto go‘dakning

o‘ynab tishlashi ham jiddiy infeksiya keltirib chiqarishi mumkin.

Bunda ham hayvon tishlagandagi kabi birinchi yordam

ko‘rsatiladi.

Ilonlar

Ilonlar faqat ularni bezovta qilinsagina chaqadi. Zaharsiz

ilonlar chaqqanda yordam oddiy jarohatga yordam ko‘rsatilgani

kabi beriladi.

Ilon, odatda, harakatlanayotgan obyektga hujum qiladi. Ilon

hujum qilganda uning uzunligining uchdan ikki qismi oldinda

va uchdan bir qismi balandda bo‘ladi. Siz ilonni ko‘rib

qoldingiz-u, u sizga yeta olmaydigan masofada bo‘lsangiz, asta

orqaga, xavfsiz joyga qayting.

Suvda ilonning hujum qilish masofasi kichikroq bo‘ladi,

lekin ilon yaxshi suza oladi. Ilon suvda chaqqanda ham,

quruqlikda chaqqandagidek xavfli bo‘ladi. Ilon eshitmaydi,

biroq vibratsiyada ogoh bo‘lib turadi. Binobarin, agar siz ilon

yetib oladigan masofada bo‘lsangiz, qattiq ovoz chiqarmang.

190

Ilon chaqqanda qanday ilon chaqqanini aniqlash juda



muhim, chunki zaharsiz ilon chaqqanida va zaharli ilon

chaqqanda ko‘rsatiladigan yordam bir-biridan farq qiladi. Biroq

qanday ilon chaqqanini aniqlaguncha zaharli ilon chaqqandagidek

yordam ko‘rsatiladi. Bunday holatda ekspert bilan

maslahatlashish zarur.

Ilon chaqqanligi belgilari va alomatlari

• Og‘riq (zaharli ilon chaqqan bo‘lsa, og‘riq chidab bo‘lmas

darajada bo‘ladi).

• Juft yoki toq tishlangan jarohat.

• Chaqilgan joyda teri rangining o‘zgarishi hamda shishish

(30 minutdan bir necha soat ichida vujudga kelishi mumkin).

• Pulsning tezlashishi.

• Nafas olishning buzilishi.

• Ko‘rish qobiliyatining sustlashishi yoki ko‘zda ikkilanish

hosil bo‘lishi.

• Holsizlanish.

• Ko‘ngil aynishi va qusish.

• Tortishish.

• Uyqu bosishi (yoki hushni yo‘qotish).

Odatda zaharli ilon chaqqandagi belgilar 1 soat ichida

vujudga keladi. Bu esa ilonning zaharli yoki zaharsizligini

aniqlashda yordam beradi. Jabrlanuvchining holati ahvolning

qay tarzda og‘irligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.



Ilon chaqqanda birinchi yordam

Gospitalgacha bo‘lgan vaqtda yordam berish maqsadida

zaharli ilon chaqqan vaqtda shikastlangan joyda qon aylanishini

sekinlashtirish (ammo to‘xtatish emas), zahar so‘rilishini susaytirish,

organizmning hayotiy zarur funksiyalarini kuzatish va

jabrlanuvchini tezkorlik bilan minimal harakatlantirgan holda

tibbiy muassasaga eltish zarur.

1. Ilon turini aniqlashga harakat qiling. Bunday aniqlik

davolashda ilon zahariga qarshi zardobni tanlashda juda muhim.

Izoh: Xavfdan holis bo‘lish maqsadida ilonni o‘ldirishga harakat

qilmang.

2. Birinchi yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillariga rioya

qiling.

191


3. Shikastlangan joyni sovunli suvda ehtiyotkorlik bilan

yuvib tashlang (bu qisman bo‘lsa ham zaharni yuvib tashlashi

mumkin). Shikastlangan joyni qattiq ishqalash mumkin emas,

chunki zahar tezroq shimilishi mumkin.

4. Jabrlanuvchiga qulay o‘rnashib olishga yordam bering,

hamda agar imkon bo‘lsa, zahar so‘rilishini sekinlashtirish

uchun, tananing chaqilgan qismini yurak sathidan pastroq

tushiring.

5. Chaqilgan joyga muz qo‘ying.

6. Jabrlanuvchidan hamma taqinchoqlarini yechishni so‘-

rang (ayniqsa uzuk, bilak-uzuklarni, chunki shishish paydo

bo‘lganda ular qon aylanishi buzilishiga olib keladi). Agar kerak

bo‘lsa jabrlanuvchiga yordam bering.

7. Jabrlanuvchini tinchlantirish hamda unga harakatsiz

yotishni maslahat bering.

8. Limfa oqimini (qon oqimini emas) kamaytirish maqsadida

shikastlangan oyoq yoki qo‘lga yengil limfatik bog‘lov

qo‘yish kerak (agar ilon oyoq yoki qo‘lni chaqqan bo‘lsa).

Buning uchun elastik bint yordamida sirkulyar bog‘lov qo‘yish

lozim.


9. Jabrlanuvchining hayotiy belgilarini puxta kuzatish lozim

va kerak bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish kerak. Puls va nafas

olishini tez-tez tekshirish lozim. Zarur bo‘lib qolsa yurak-o‘pka

reanimatsiyasini o‘tkazing.

10. Jabrlanuvchini tibbiy muassasaga olib borish lozim.

Ilon chaqishi kamdan kamdan hollarda o‘limga olib keladi.

Biroq bemorga iloji boricha tezroq shifokor yordamini

ko‘rsatish kerak. Kichik bolalar, tana massasi kichik bo‘lgani

uchun, ularda xavf kuchliroq bo‘ladi.

Tutqanoqda (shaytonlashda) birinichi yordam ko‘rsatish

(kattalarda)

Tortishish kishini cho‘chitadigan holatda namoyon bo‘lsada,

jabrlanuvchiga hech qiynalmay yordam berishingiz mumkin.

1-bosqich.

Jabrlanuvchini ehtiyot qiling.

• U yiqilmasligi uchun asta-sekin gorizontal holatga

keltiring.

192


• Xotirjamlik bilan gapirib uni tinchlantiring.

• Jabrlanuvchining atrofida bo‘lgan, unga shikast yetkazishi

mumkin bo‘lgan barcha buyumlar va mebelni bir chekkaga olib

qo‘ying.


• Odamlardan jabrlanuvchining atrofida to‘planmaslikni

iltimos qilgan holda, toza havo kelishini ta’minlang.




Download 275.31 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 275.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bosqich. Nafas yo‘llarini oching

Download 275.31 Kb.