3- MA’RUZA
Mavzu Gidrodinamika
REJA
1
Gidrodinamika asoslari
2 Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikalari
3Turg’un va turg’unmas (noturg’un) oqimlar.
4 Oqimning uzluksizlik tenglamasi
Gidrodinamika asoslari
Suyuqliklarning truba quvurlari va kanallarda oqishi, harakatga keltiruvchi kuch, ya’ni
bosimlar farqi
ta’sirida ro’y beradi. Ushbu kuch nasos kompressorlar, ayrim hollarda suyuqliklar zichligi yoki sathining
farqi yordamida hosil qilinadi.
Ma’lum miqdordagi suyuqlikni zarur tezlikda uzatish uchun bosimlar farqini aniqlash kerak. Undan tashqari,
uzatish uchun kerakli energiya miqdorini yoki bosimlar farqi ma’lum bo’lsa, suyuqlik sarfi va tezligi topiladi.
Yuqorida ko’rsatilganlarni amalga oshirish uchun gidrodinamika qonuniyatlarini bilish darkor.
Gidrodinamikada tashqi va ichki masalalar bo’ladi. Truba va kanallar ichidagi suyuqlikning harakati -
bu
gidrodinamikaning ichki masalasidir.
Turli jismlar yuzasida suyuqlikning harakati –
bu gidrodinamikaning
tashqi masalasidir.
Suyuqlik harakating asosiy xarakteristikalari
Suyuqlik sarfi va tezligi
. O’zgarmas ko’ndalang kesimli trubada suyuqlik harakatini ko’rib chiqamiz.
Vaqt birligida ko’ndalang kesim orqali oqib o’tayotgan suyuqlik miqdoriga
suyuqlik sarfi
deyiladi. Agar suyuqlik sarfi m
3
/s, m
3
/soat o’lchov birliklarida o’lchansa - hajmiy sarf, kg/s,
kg/soat larda o’lchansa
-
massaviy sarf
deb hisoblanadi.
Oqim ko’ndalang kesimining turli nuqtalarida suyuqlik zarrachalarining tezligi bir xil bo’lmaydi.
quyida keltirilgan
2.13 - rasmga
binoan, truba o’qi atrofida suyuqlik tezligi maksimal, uning
devoriga yaqinlashgan sari minimal qiymatga teng bo’ladi. Lekin, ko’pchilik hollarda truba
ko’ndalang kesimi orqali oqib o’tayotgan suyuqlik tezliklarining taqsimlanish qonuniyatlari
noma’lum yoki uni aniqlash juda qiyin. Suyuqliklarning haqiqiy tezligini o’lchash juda murakkab
bo’lgani uchun, muxandislik hisoblashlarda zarrachalar o’rtacha tezligi ishlatiladi. Suyuqlik
hajmiy sarfi
Q
(m
3
/s) ning truba ko’ndalang kesim yuzasi
F
(m
2
) nisbatiga
|