Ichki
diametri
d
i
va tashqi diametri
d
t
bo’lgan ikkita trubalar hosil qilgan halqasimon trubalararo bo’shliqning
ko’ndalang kesim yuzasi uchun
ekvivalent diametr
quyidagi tenglamadan aniqlash mumkin:
Dumaloq truba uchun
d
e
= d
Turg’un va turg’unmas (noturg’un) oqimlar.
Suyuqlik harakat qonuniyatlariga qarab turg’un va noturg’un
oqimlar bo’ladi.
Suyuqlik oqimining turg’un harakati davrida vaqt o’tishi bilan suyuqlik zarrachalarining tezligi va boshqa omillar
(bosim, zichlik, temperatura va hokazolar) o’zgarmaydi (
dw/d
𝝉
=o, dp/d
𝝉
=o
va hokazo), lekin oqimda kuzatilayotgan
nuqta holatiga bog’liq:
w
=
f
1
(
x
,
y
,
z
); p=
f
2
(
x
,
y
,
z
);
h
=
f
3
(
x
,
y
,
z
)
bu yerda
w
- suyuqlik tezligi;
p
- bosim;
h
- oqim chuqurligi
Turg’unmas harakat davrida tezlik, bosim va oqim chuqurligi koordinata va vaqtga bog’liq
bo’ladi:
w
=
f
1 (
x
,
y
,
z
,
𝜏
);
p
=
f
2 (
x
,
y
,
z
,
𝜏
);
h
=
f
3 (
x
,
y
,
z
,
𝜏
)
Oqimlarning turg’un harakati
uzluksiz, noturg’un esa - davriy jarayonlar uchun xarakterlidir.
Turg’un harakat ikki xil bo’ladi: tekis va notekis.
Oqim uzunligi bo’yicha uning tezligi, bosimi, chuqurligi va shakli o’zgarmasa, suyuqlikning
harakati tekis, lekin bularning aksi bo’lsa – notekis harakati sodir bo’ladi.
Oqim o’rtasida (o’qida) suyuqlik harakatining tezligi maksimal, devor atrofidagi oqimchalarda
esa - minimal bo’ladi. Oqimda tezliklar taqsimlanishi suyuqlik harakat rejimlariga bog’liq.