|
Mavzu: tasviriy san’atga o’rgatish metodikasi fanining tarkibi va umumiy vazifalari
|
bet | 1/4 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 3,69 Mb. | | #271324 |
Bog'liq 1.2-тақдимот Reja: 1. Tasviriy san’atga o’rgatish metodikasi faning maqsadi. 2. Tasviriy san’atga o’rgatish metodikasining tarkibi. 3. Tasviriy san’atga o’rgatish metodikasining asosiy vazifalari Tasviriy san’atga o’rgatish metodikasi fanining maqsadi Tasviriy san’at maxsus metodikasining asosiy maqsadi rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni san'atga jalb etish va rassomchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Ko’ruv analizatori orqali eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilish jarayonlarini rivojlantirib, bunda boshqa sog’lom analizatorlar ham ishtirok etadi va rivojlanadi: teri sezgi harakat analizatorlari, mayda qo’l matorikasi orqali ham o’quvchilar idrok qiladilar.
Bolalarning rivojlanishida tafakkurning faol ishtirokisiz, idroki, tasavvuri va boshqa bilish jarayonlari rivojlanmaydi. O’quvchi tasviriy faoliyatda bir qator intellektual operatsiyalarni bajarishga majbur. Idrok etilgan ob'yektni fikrlash, chizmani ketma-ketlik bilan bajarish, ob'yekt bilan chizmani (rasmni) taqqoslash, rasm hismlarini solishtirish. Vazifani to’g’ri bajarish uchun bir qator aqliy harakatlar bajariladi analiz, sintez, rejalashtirish, solishtirish va boshqalar. O’quvchilar taqqoslash jarayonida tayyor bo’lgan ob'yektning umumiy xajmiga va rangiga ahamiyat berishadi.
Tasviriy faoliyat jarayonida rivojlanishida nuqson bo’lgan bolalar diqqatini to’plash, tarbiyalashda turli tuman ko’rgazmali qurollardan keng foydalanish ijobiy natijalarni beradi.
Idrok etishda paypaslash sezgisida alohida ahamiyat kasb etadi. U kompleks xarakterga ega bo’lib, paypaslash sezgisi, odam biror predmetni qo’l xarakati yordamida ohista tegib ko’rishidan hosil bo’ladi.Paypaslash yordamida predmetning ko’pgina hususiyatlari his etiladi, uning shakli, xajmi, material hususiyati (yumshoq, qattiq, o’tkir, tekis,…) qo’l teri sezgisi natijasida predmet qiyofasi hosil bo’ladi, bola predmetni to’liq bilib oladi. - Idrok etishda paypaslash sezgisida alohida ahamiyat kasb etadi. U kompleks xarakterga ega bo’lib, paypaslash sezgisi, odam biror predmetni qo’l xarakati yordamida ohista tegib ko’rishidan hosil bo’ladi.Paypaslash yordamida predmetning ko’pgina hususiyatlari his etiladi, uning shakli, xajmi, material hususiyati (yumshoq, qattiq, o’tkir, tekis,…) qo’l teri sezgisi natijasida predmet qiyofasi hosil bo’ladi, bola predmetni to’liq bilib oladi.
- Kar va zaif eshituvchi bolalar sensor tarbiyasida rang, kattalik munosabatlarini o’rgatish katta o’rin egallaydi. Predmet va xodisalarni idrok etishda bolalar predmetni boshqasiga ko’ra kattaligini yoki kichikligini bilishlari kerak. Atrofdagi predmet va xodisalarni idrok etishda bolalar qog’ozning o’ng, chap, yuqori va pastki tomonlarini bilishlari kerak. Bolalar qog’ozda real muhitni aks ettirishni tasavvur eta olishlari kerak.
|
| |