• Asoratlari
  • Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar
  • O‘lat O‘lat (toun)
  • Profilaktikasi va kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar.
  • Kuydirgi
  • Quturish
  • Hayvon tishlagan jarohatlarga ishlov berish
  • XVIII MAVZU. FAVQULODDA VAZIYATLAR YUZAGA KELGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA O‘Z-O‘ZIGA YORDAM KO‘RSATISH
  • Botulizm Botulizm nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan ovqatdan og‘ir zaharlanishdir. Qo‘zg‘atuvchisi




    Download 275,31 Kb.
    bet14/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

    Botulizm

    Botulizm nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan

    ovqatdan og‘ir zaharlanishdir.

    Qo‘zg‘atuvchisi: U harakatchan, issiqlikka chidamli, qobig‘

    hosil qiluvchi va kuchli zaharga ega, yo‘g‘on tayoqchadir.

    Botulizm tayoqchalari A, B,°C O, E, G‘ turlariga bo‘linadi.

    Respublikamizda A, B va E turlari kasallik qo‘zg‘atadi.



    Tarqalishi: Botulizm qo‘zgatuvchisi uy hayvonlari va

    yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida

    yashaydi. Ularning axlati orqali tashqariga ajraladi. Tashqi

    muhitda qobiq hosil qiladi va uzoq vaqt saqlanadi. Oziq -

    ovqatlarga tushib havosiz muhitda o‘sadi va kuchli zaharini

    (botulotoksin) ajratadi, bu ovqatlardan iste’mol qilinganda

    odamlar zaharlanishi mumkin. Hozirgi paytda go‘sht

    mahsulotlaridan kasallanish kamdan kam uchraydi. Kasallik

    ko‘proq uyda konservalangan qo‘ziqorin, bodring, pomidor va

    baqlajon iste’mol qilinganda kelib chiqadi.



    Yashirin davri 2-4 soatdan 10 – 14 kungacha, ko‘pincha 6

    – 24 soat davom etadi. Kasallik ko‘pgina hollarda o‘tkir,

    botulizmga xos bo‘lmagan belgilar: umumiy holsizlik, bosh

    og‘rishi, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, ko‘ngil aynishi, 2 -4

    marta qayt qilish va ichi ketishi bilan boshlanadi. Botulizmda

    ich ketishi va qayt qilish uzoq davom etmaydi (6-24 soat).

    Kasallik boshlanganidan bir necha soatdan keyin yoki birinchi

    kunning oxiriga borib kasallikka xos belgilar: so‘lak bezlari,

    burun-yutqun va yuz mushaklarini faoliyatining buzilishi kabi

    belgilar paydo bo‘ladi. Ko‘z oldida to‘r paydo bo‘lishi yoki

    ko‘zning xiralashuvi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi,

    o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishi kabi belgilar bemorning

    157

    dastlabki shikoyatlaridan hisoblanadi. Bemorlar og‘iz qurishidan



    va ko‘p chanqashdan shikoyat qiladilar. Bemorning tovushi

    ham o‘zgaradi, u pasayib, xirillab so‘zlar tushunarsiz chiqadi

    hatto ovozning yo‘qolishi kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha qattiq

    quruq va suyuq ovqatni yutish qiyinlashadi, suyuq ovqat qisman

    nafas yo‘liga tushib, bemorlar qalqib qoladilar, qisman esa

    ovqat burundan qaytadi.



    Bemor ko‘zdan kechirilganda mushaklari bo‘shashgan,

    xamirsimon bo‘lib qoladi. Yuqori qovoqlarining osilib tushishi,

    ko‘z qorachiqlarining kengayishi, har xil kattalikda bo‘lishi,

    yorug‘likka akkomodatsiyasining buzilishi, g‘ilaylik aniqlanadi.



    Belgilari es-hush joyida bo‘la turib rivojlanadi. Sezuvchanlikning

    buzilishi kuzatilmaydi. Kasallikning oxirgi davrida

    ko‘proq nafas funksiyasi buziladi. Bemorlar qiynalib, tez-tez

    yuza nafas oladilar. Ular ko‘krakda og‘riq turishidan, havo

    yetishmasligidan shikoyat qilishadi, o‘rinda alahsirashadi.

    Kislorod yetishmasligi, ko‘karish rivojlanib, nafas buzilishining

    zo‘rayib borishi o‘limning asosiy sababidir.

    Asoratlari: yuz nervlarining, yurak muskullarining hamda

    o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi.



    Davolash: Davolashni laboratoriya tekshiruv natijalari olinmasidanoq

    boshlash zarur. Botulizmga gumon qilingan

    bemorlar albatta yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi.

    Bemorlar shifoxonaga, hatto poliklinikaga murojaat qilganda

    ham zudlik bilan 1osh qoshiq ichimlik sodasini 1 litr qaynatilib

    sovitilgan suvda eritilib me’dasi yuviladi (tayyorlangan suyuqlik

    ichirtirib qayd qildiriladi) va tozalovchi huqna qilinadi(ichaklar

    suyuqlik yuborish orqali tozalanadi).



    Botulizm bilan og‘rigan bemorlar ovqat yutishining buzilishi

    tufayli normal ovqatlanishlari qiyinlashadi. Shuning uchun ular

    zond yordamida ovqatlantiriladi yoki organizmga vena ichi yo‘li

    bilan yetarli miqdorda suyuqlik va oziqlantiruvchi moddalar

    kiritiladi. Ich qotishi huqna yordamida bartaraf qilinadi.

    Kasallik oqibati jiddiy bo‘lib, hatto hozirgi kunda davolashning

    zamonaviy usullari mavjud bo‘lgan bir vaqtda ham o‘lim

    holatlari 15 – 30 %gacha uchraydi. Shifoxonada davolanish 1 –

    2 oy davom etadi.

    158

    Oldini olish va kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar.

    Sabzavotli, baliqli va go‘shtli yarim mahsulotlarni tayyorlash,

    tarqatish va saqlashni sanitar nazorat qilish, hamda mahsulotlarni

    konservalash rejimiga rioya qilish alohida ahamiyatga

    ega. Konservalarni iste’mol qilishdan oldin tekshirish, «shishgan

    » bankalarni esa yo‘q qilish zarur. Aholi orasida mahsulotlarni

    uy sharoitida konservalash qoidalari haqida tushuntirish

    ishlari olib borish, uy sharoitida yopilgan qo‘ziqorinli va

    sabzavotli konservalarni iste’mol qilishdan oldin 30 daqiqa

    davomida 100 °C gacha qizdirish zarur. Xavf tug‘diradigan

    mahsulotlar iste’moldan chetlatiladi. Kasallangan insonlar 10 –

    12 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.



    Vabo

    Vabo o‘tkir yuqumli ichak kasalligi bo‘lib, o‘ta xavfli

    infeksiyalar jumlasiga kiradi. Asosan ich ketish, qusish, tananing

    suvsizlanishi, mineral moddalarining kamayishi bilan

    kechadigan yuqumli kasallikdir. Vabo qisqa vaqt ichida tarqalib

    ketish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun «o‘ta xavfli infeksiya»

    deb ataladi.

    Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar

    I 1817-1823 Osiyo, Afrika. Yevropa

    II 1826-1837

    Osiyo, Afrika, Yevropa,

    Amerika

    III 1846-1862



    Osiyo, Afrika. Yevropa.

    Amerika


    IV 1864-187 Osiyo, Afrika, Yevropa.

    V 1883-1896 Osiyo, Afrika. Yevropa.

    VI 1902-1925 Osiyo, Afrika, Yevropa.

    «SNolega» yunoncha tarnov degan so‘zdan olingan bo‘lib,

    vaboda ich ketishi yomg‘irdan so‘ng tarnovdan oqib tushayotgan

    suvni eslatadi. Vabo insoniyatga qadim zamonlardan

    ma’lum bo‘lib kelgan kasallik hisoblanadi va Osiyo qit’asi,

    «ayniqsa Ganga va Brammaputra daryosi o‘rtasidagi Hindiston

    yarim oroli xavfli o‘chog‘i, kasallikning «beshigi» hisoblanadi.

    Vabo kasalligi tarixini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin.

    Birinchi 1817-yilgacha bo‘lgan davri. Bu davrda vaboning xavfli

    o‘chog‘i Hindiston - Pokiston hududi hisoblangan. Ikkinchisi,

    159

    1926-yilgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bu davrda vabo oltita hududda



    bir vaqtda qayd etilgan.

    Yettinchi pandemiya 1961-yildan to hozirgi kunga qadar

    davom etmoqda (3-davr). Oldingi oltita pandemiyaning qo‘zg‘

    atuvchisi Osiyo vabo vibrioni bo‘lgan. Yettinchi pandemiyaning

    qo‘zg‘atuvchisi vabo vibrionining El-Tor shtamidir. U

    avvalo Sharqiy Osiyo, O‘rta Sharq, Yaqin Sharq mamlakatlarida,

    so‘ngra Afrika qit’asida tarqalgan. 1965-yilda esa bu

    kasallik O‘zbekistonda, xususan Qaroqalpog‘istonda, Xorazm va

    Buxoro viloyatlarida qayd qilingan. 1970-yilga kelib Yevropa va

    Amerika mamlakatlariga tarqalgan. 1971-yilda vabo yer yuzasidagi

    36 ta davlatda ro‘yxatga olingan. 1992-yilda Hindistonda

    23 ming kishi vabo bilan kasallanib, undan 500 kishi vafot

    etgan. Bu kasallikning tarqalishi vaboning yangi vibrioni 0139

    «Byengal» seroguruhi aniqlangan.



    Vabo ichak infeksiyalar guruhiga kirib, uni birdan bir

    manbayi odam hisoblanadi. Tashqi muhitga vibrionlar najas va

    qusuq massalari orqali tarqaladi, faqat og‘iz orqali yuqadi.

    Odamning kasallanishida yuqumli ajratmalar bilan ifloslangan

    sovuq holdagi oziq-ovqatlar va qaynatilmagan suvni iste’mol

    qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Yoz faslida yuvilmagan ho‘l

    meva va sabzavotlarni iste’mol qilish oqibatida xastalanish xavfi

    yanada ortadi. Kasallik tarqalishida pashshalarning roli ham

    bor. Vabo bilan barcha yoshdagi odamlar kasallanishi mumkin.

    Vabo kasalligi mavsumiy bo‘lib, ko‘pincha yoz va kuz oylarida

    qayd etiladi.

    Vabo kasalligining eng ko‘p uchraydigan turi oshqozon

    yallig‘lanish turidir. Ingichka ichak yallig‘lanish turi ikkinchi

    o‘rinda turadi. Bu turdan so‘ng algid va vabo terlamasi turlari

    turadi.

    Kasallik asosan ingichka ichak yallig‘lanish belgilari bilan



    o‘tkir boshlanadi. Ich ketish og‘riqsiz kechadi. Lekin har bir

    ichi ketishdan keyin bemor kuchli darmonsizlik seza boshlaydi,

    bosh aylanishi va tashnalikdan shikoyat qiladi. Bemor ko‘zdan

    kechirilganda ko‘pincha teri qoplami rangsizlangan, kasallik

    og‘ir kechayotgan paytda esa ko‘kargan, sovuq ter bilan qoplangan

    bo‘ladi. Bemorning yuz ifodasi o‘zgaradi. Tomir urishi

    160

    tezlashib, og‘ir klinik kechishida ipsimon bo‘ladi, ba’zan tomir



    urishi aniqlanmaydi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, o‘pkada kuchsiz

    nafas eshitiladi. Xastalikning og‘ir turida bemor havo yetishmovchiligidan,

    ko‘krak qisilishidan shikoyat qiladi. Tilni oqish

    yoki kulrang karash qoplab, og‘ir zaharlanish bilan kechayotgan

    hollarda quruq bo‘lib qoladi. Qorin bir oz dam bo‘ladi jigar va

    taloq kattalashishi kuzatiladi. Xastalikning ingichka ichak

    yallig‘lanish turida axlat suyuq bo‘lsada, o‘z xususiyatini saqlab

    qoladi, 2-3 martadan 8-12 martagacha ich ketadi.

    Kasallikning oshqozon yalig‘lanish turida axlat tezda o‘z

    ko‘rinishini yo‘qotadi va guruch qaynatmasini eslatadi. Til

    quruq, qorin ichkariga tortilgan bo‘lib, ingichka ichak bo‘ylab

    quldirash kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik tez rivojlanadi,

    bemorni chanqash bezovta qiladi, 2-3 kun ichida oshqozon

    yalig‘lanishi rivojlanadi. Sutkada 20 marta va undan ortiq ich

    ketishiga tez-tez va ko‘p miqdorda qusish qo‘shiladi. Qusuqda

    avvaliga ovqat qoldiqlari bo‘lsa, keyin suvday bo‘lib, o‘t

    suyuqligi aralash namoyon bo‘ladi, bu ham o‘z navbatida

    suvsizlanishning yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Teri kulrang

    tusga kiradi, ko‘pincha sovuq yopishqoq ter bosadi.

    Burmalangan teri uzoq muddatgacha o‘z holiga qaytmaydi, qo‘l

    kaftlari kir yuvuvchi ayol kaftlarini eslatadi. Bemorning ahvoli

    og‘irlashadi. Qon bosimi pasayadi, yurak tonlari bo‘g‘iq holda

    bo‘lib, nafas olish tezlashadi. Tana harorati kasallik boshida

    normal bo‘lib, so‘ngra asta-sekin subnormalgacha (35-34°C) va

    undan ham past tushadi. Kasallikning og‘irligi odatda

    organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi.



    Davolash: Barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishi shart.

    Tomir orqali hamda og‘iz bo‘shlig‘i orqali ham ko‘p miqdorda

    suyuqliklar yuboriladi.

    I va II darajadagi suvsizlanish holatida bemorning ahvoli

    unchalik og‘ir bo‘lmaydi va yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini

    to‘ldirish uchun oralit, regidron glyukosolan, peditral deb

    ataladigan suyuqliklar ichiriladi.

    III va IV darajadagi suvsizlanishda esa 36-38 darajagacha

    ilitilgan «Trisol» eritmasi zudlik bilan, minutiga 120 ml gacha

    tezlikda venaga yuboriladi, 1, 5-2 soatda 5-7 litrgacha suyuqlik

    161

    quyiladi. Trisol o‘rniga «Xlosol» «Kvartasol», «Atsesol» va



    «Disol» eritmalarini ham ishlatish mumkin. Antibiotiklardan

    tetrasiklin, levomitsetin, doksasiklin, sifloks tarivid va boshqalar

    qo‘llaniladi.

    O‘lat

    O‘lat (toun) – o‘tkir o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib,

    og‘ir zaharlanish, isitma, limfa tugunlar, o‘pka va hazm a’zolari

    shikastlanishi bilan xarakterlanadi.

    Qo‘zg‘atuvchisi: yersinia pestis- tuxumsimon shakldagi

    tayoqcha bo‘lib, harakatchan, kapsulaga ega, qobig‘ hosil

    qilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari, suvda 3 oygacha, past

    haroratda uzoq muddat saqlanishi mumkin. Muzlatganda

    chidamli, qaynatilganda tez nobud bo‘ladi.

    Tarqalishi: O‘lat tabiiy o‘choqli kasallik hisoblanadi.

    Tabiatda asosiy infeksiya manbayi kemiruvchilar kalamushlar,

    yumronqoziqlar, qishloq xo‘jalik hayvonlari hamda bemor

    odam hisoblanadi. Infeksiyani tarqatuvchisi bo‘lib, burgalarning

    30 dan ortiq turi mavjud.

    Yuqish yo‘llari:

    1. Qon orqali - infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi natijasida.

    2. Muloqot yo‘li - infeksiya yuqtirgan ovlanadigan kemiruvchilardan

    terisini ajratib olish, kasal tuyalarni so‘yish va

    nimtalash vaqtida.

    3. Alimentar yo‘l - o‘lat mikroblari bilan zararlangan mahsulotlarni

    iste’mol qilganda (alimentar).

    4. Havo-tomchi yo‘l - mikrob tushgan chang bilan nafas

    olish va o‘latning o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlardan

    yuqadi.


    Davolash: Bemorlarni qat’iy alohida qilish. O‘latni

    davolashda tetrasiklin va uning dori vositalari asosiy antibiotik

    hisoblanadi. Yurak-tomir preparatlari, og‘ir hollarda garmonlar

    va boshqa preparatlar qo‘llaniladi.



    Profilaktikasi va kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar.

    1. O‘lat kasalligiga gumon qilinganida zudlik bilan tegishli

    muassasalarga xabar beriladi va karantin belgilanadi.

    162


    2. Bemorlar va ular bilan aloqada bo‘lgan kishilar alohida

    qilinadi. Barcha tadbirlar qat’iy ravishda o‘tkazilishi shart.

    3. O‘lat bilan kasallanganlar bu kasallikka gumon qilingan

    kishilardan alohida yotqiziladi.

    4. Bemorlarni parvarish qiladigan barcha tibbiyot xodimlari

    o‘latga qarshi himoya kiyimda ishlaydilar, ish tugagandan so‘ng

    to‘liq sanitar tozalovidan o‘tadilar.

    5. Xodimlar tibbiy nazoratdan o‘tib turadilar, bunda tana

    harorati sutkasiga ikki marta o‘lchanadi.

    6. Bemorlar joylashgan binolarda joriy va yakuniy tozalov

    ishlari o‘tkaziladi.

    O‘lat o‘chog‘ida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib

    boriladi. O‘chog‘li rayonlar aholisi o‘lat infeksiyasi aniqlanganidan

    xabardor bo‘lishlari, kemiruvchilar va kasal uy hayvonlari

    bilan bevosita aloqada bo‘lish xavfi mavjudligini bilishlari zarur.

    Budan tashqari, ular o‘lat tarqalishida burgalarning roli haqida

    va shaxsiy himoyalanish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlari

    shart.


    Tulyaremiya – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy zaharlanish,

    isitma, limfa tugunlari, teri, shilliq pardalar va o‘pka

    zararlanishi bilan xarakterlanadi.

    Qo‘zg‘atuvchisi: Fraciella tularensis bakteriyalari qo‘zg‘atadi.

    Havosiz muhitda yashayda, qobig‘ va po‘stloq hosil

    qilmaydi, harakatsiz. Tashqi muhitda chidamli: daryo suvida

    10°C haroratda 9 oygacha, tuproqda 3-4 oygacha, xashak, don

    mahsulotlarida 6 oygacha saqlanishi mumkin. Sut va qaymoqda

    past haroratlarda uzoq vaqtgacha o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

    Yuqori harorat va dezinfeksiyalovchi eritmalarga sezgir (lizol,

    xloramin, xlorli ohak ta’sirida 3-5 daqiqada halok bo‘ladi).



    Tarqalishi: Kasallik manbayi bo‘lib ko‘pgina kemiruvchi

    hayvonlar dala va uy sichqonlari, qumsichqonlar, kalamushlar,

    suv kalamushlari, suvsarlar, quyonlar hisoblanadi.

    Yuqish yo‘llari:

    1. Qon orqali - kasallik tashuvchilari - kanalar, so‘nalar,

    chivinlar va shu kabi qon so‘ruvchi hasharotlar chaqishi orqali.

    2. Alimentar kasallik qo‘zg‘atuvchisi tushgan suv, oziqovqatlarni

    iste’mol qilish orqali.

    163


    3. Muloqat orqali - kasallangan hayvonni so‘yish yoki

    terisini shilishda, kasallik qo‘zg‘atuvchisi tushgan suvda cho‘-

    milish, kir yuvish yoki daryoni kechib o‘tishda teri va shilliq

    qavatlar orqali.

    4. Nafas yo‘llari orqali - kasallik qo‘zgatuvchisi tushgan

    chang bilan nafas olish orqali (o‘t o‘rish, em-xashak tayyorlash,

    sabzavotlarni yig‘ish, don-dunlarni saranjomlash jarayonida).

    Klinikasi: Yashirin davri 3-7 kun davom etadi. Uning

    o‘tishi, manzarasi klinik shakllarining tabiatiga bog‘liq. Tulyaremiyaning

    har bir yuqish yo‘liga ma’lum bir klinik shakli

    mos keladi.

    Kasallikning boshlang‘ich davri bir xilda kechadi: kasallik

    to‘satdan o‘tkir boshlanadi. Bemor eti uvushib, qaltiraydi, tana

    harorati 38°C - 40°C gacha ko‘tariladi, boshi, muskullar, ayniqsa

    boldir muskullari og‘riydi, bosh aylanadi, ishtahasi

    yo‘qoladi. Kasallik og‘ir o‘tganida bemor qayt qiladi, burni

    qonaydi, ba’zan alahlaydi. Bemorning ko‘zi, tomog‘i va yuzi

    qizarib ketadi. Yurak urishi avvaliga tezlashadi, keyin sekinlashadi,

    qon bosimi pasayadi. Ana shu umumiy belgilar bilan

    bir qatorda tulyaremiyaning klinik shakliga xos o‘zgarishlar ham

    aniqlanadi. Tulyaremiyaning barcha shakllariga xos bo‘lgan

    belgi – limfa tugunining yallig‘lanishidir.

    Davolash maqsadida antibiotiklardan streptomitsin, tetrasiklin,

    levomitsetin, doksisiklin va vaksinoterapiya qo‘llaniladi.

    Vaksina bilan davolash maxsus sxema asosida olib boriladi.

    Oldini olish:

    1. O‘choqda qon so‘ruvchi hashorotlarga qarshi tadbirlarni

    olib borish.

    2. Kasallik yuqish xavfi bor odamlarni emlash.

    3. Aholi orasida sanitariya- maorif ishlarini tashkil etish.

    Kuydirgi - isitma yoki o‘pka va ichaklarning shikastlanishi

    bilan kechadigan o‘tkir yuqumli tabiiy o‘choqli kasallik.



    Qo‘zg‘atuvchi: Bacillus antracis- tayoqcha shaklida bo‘lib,

    qobiq hosil qiladi, qobig‘lari tashqi muhitda juda chidamli -

    suvda 10-yilgacha, tuprokda bir necha o‘n yillab saqlanadi.

    Havochang ko‘rinishda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

    164

    Tarqalishi: Kuydirgi bilan deyarli barcha hayvonlar, shu

    jumladan, uy hayvonlari (sigirlar, buqalar, ho‘kizlar, qo‘ylar,

    echkilar, otlar, eshaklar, tuyalar va x. k.) ham og‘rishi mumkin.

    Odam uchun kasallik manbayi bo‘lib kasallangan hayvonlar,

    avvalo uy hayvonlarining roli katta. Kasbga bog‘liq kasallik

    hisoblanadi (cho‘ponlar, qassoblar, chorvadorlarda ko‘p

    uchraydi). Bahor - yoz oylarida ko‘proq uchraydi.

    Yuqish yo‘llari:

    1. Bevosita yoki bilvosita – hayvonlarni parvarashlaganda,

    hayvon mahsulotlari, tuproq bilan ishlaganda, kasallangan

    hayvonlarni so‘yish va terisini oshlaganda.

    2. Qon orqali - sunalar, boshqa qon so‘ruvchi pashshalar

    chaqqanda.

    3. Alimentar - kasallangan hayvon go‘shtini chala pishirib

    iste’mol qilganda.

    4. Havo-chang spora tutuvchi chang bilan nafas olganda.

    4. Molxonani tozalaganligi.

    5. Qon so‘ruvchi hasharotlar chaqqanligi.

    6. Kuydirgi kasalligi uchrab turgan hududdan keltirilgan

    go‘sht, teri va boshqa hayvon mahsulotlariga ishlov berilganda.

    Davolash: Antibiotiklardan penitsillin, levomitsetin, tetrasiklin,

    gentomitsin qo‘llaniladi. Antibiotiklar bilan bir vaqtda

    kuydirgiga qarshi oqsil (gamma-globulin) tayinlanadi. Bemorlarni

    parvarish qilayotganda tibbiyot xodimlari rezina qo‘lqop

    kiyishlari, niqob tutishlari, hamda ximoya ko‘zoynagi taqishlari

    shart.


    Oldini olish: Oldini olish chora - tadbirlarri veterinarlar va

    tibbiyot xodimlari hamkorligida olib boriladi.

    1. Hayvonlar va ular mahsulotlari bilan ishlaydigan kishilar

    (cho‘ponlar, qushxona, teri zavodi, mo‘yna fabrikalari ishchilari)

    maxsus vaqtsina bilan emlanadi.

    2. Bemor kasalxonada alohida xonaga yotqiziladi. Uning

    uyida yakuniy dezinfeksiya qilinadi.

    3. Bemor bilan yaqin yurgan kishilar 8 kun davomida

    nazorat ostida bo‘ladilar.

    4. Kuydirgidan halok bo‘lgan hayvon va odam jasadi kuydiriladi

    yoki maxsus tobutga solib 2metr chuqirlikda ko‘miladi.

    165


    Quturish – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib markaziy nerv sistemasining

    zararlanishi bilan kechadi.



    Qo‘zg‘atuvchisi - virus bo‘lib, u quturgan hayvon so‘lagida

    bo‘ladi. Tashqi muhitda uzoq saqlana olmaydi. Virus zararsizlantiruvchi

    eritmalar ta’sirida 5-10 daqiqa, qaynatilganda 2

    daqiqa davomida halok bo‘ladi. Quritilganda va past haroratda

    uzoq vaqt tirik saqlanadi.

    Tarqalishi: Kirish o‘chog‘i bo‘lib, quturgan itlar, bo‘rilar,

    tulkilar, bo‘rsiqlar va boshqa hayvonlardir. Virus itning so‘lagida

    quturish belgilari ma’lum bo‘lishidan 7-10 kun ilgari paydo

    bo‘la boshlaydi. Odamga quturish virusi kasal hayvon (asosan

    it) tishlaganda yoki quturgan hayvonning so‘lagi teri yuzasiga

    tushganda yuqadi.



    Klinikasi: Yashirin davri 1-2 oy davom etadi, ba’zan 2

    haftagacha qisqarishi yoki 1-yilgacha uzayishi mumkin. Kasallik

    kechishida 3 ta davr tafovut qilinadi: 1. Boshlang‘ich davri 2-3

    kun davom etadi. Bemor uyqusi buzilib ishtihasi yo‘qoladi.

    Unda qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, kayfiyati o‘zgarib turadi.

    Davolash: Maxsus davolash usullari yo‘q. Bemorga tinch,

    shovqin-surondan holi bo‘lgan sharoit yaratiladi. Bemor eshigi

    berk, qorong‘ilatilgan alohida xonada yotishi kerak. Unga uxlatadigan,

    yurakni tinchlantiradigan va og‘riq qoldiradigan dorilar

    beriladi.

    Oldini olish:

    1. Daydi it va mushuklarni yo‘qotish.

    2. Xonada boqilayotgan itlar ro‘yxatga olinadi va quturishga

    qarshi emlanadi.

    3. It tishlagan taqdirda jarohat sovunlab yuviladi, atrofiga

    yodning spirtli eritmasi surtib qo‘yiladi, jarohat tikilmaydi.

    4. So‘ngra it tishlagan kishini tegishli travmatologiya

    punktiga yuboriladi.

    5. Oldini olish maqsadida birinchi galda bemorga quturishga

    qarshi immunoglobulin yuboriladi. Keyin esa maxsus sxema

    bo‘yicha quturishga qarshi vaksina bilan emlanadi. Emlashning

    dozasi, emlash muddati, jarohatning katta-kichikligi, chuqurligi

    va qayerga joylashganiga bog‘liq. Quturishga qarshi emlash

    166


    maxsus yo‘l-yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan qoidalarga qat’iy rioya

    qilgan holda amalga oshiriladi.



    Hayvon tishlagan jarohatlarga ishlov berish

    Jarohatlarni mahalliy ishlov berish qancha erta o‘tkazilsa,

    shuncha yaxshi samara beradi.

    1. Jarohatlar sovunlab obdon yuviladi.

    2. Jarohat atrofini 70 %li spirt yoki 5 %li yodning spirtli

    eritmasi bilan artiladi.

    3. Jarohatga chok qo‘yishga ruxsat etilmaydi.

    4. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin tishlangan kishini

    zudlik bilan quturishga qarshi emlash o‘tkazish uchun travmatologiya

    punktiga yuboriladi.

    5. DSENM (Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat

    markazi) ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi.



    Nazorat savollari

    1. Ichterlama qanday kasallik?

    2. Botulizmning qahday belgilari mavjud?

    3. Epidemiologik kasalliklar, deganda qanday kasalliklar tushuniladi?

    4. Vabo va o‘lat kasalliklarining qanday belgilari mavjud?

    5. Quturish kasalligi tashuvchilariga nimalar kiradi?

    167

    XVIII MAVZU. FAVQULODDA VAZIYATLAR YUZAGA

    KELGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM VA O‘Z-O‘ZIGA

    YORDAM KO‘RSATISH

    Birinchi yordam ko‘rsatadigan kishining vazifalari

    Jarohat olgan yoki kasallikning to‘satdan xuruj qilishidan

    qiynalayotgan kishiga tez yordam guruhi kabi malakali tibbiy

    yordam yetib kelgunga qadar ko‘mak berishni o‘rgatish sizning

    birinchi yordam ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish borasidagi

    maqsadingiz hisoblanadi.

    Birinchi yordam ko‘rsatuvchi kishi – siz kabi birinchi yordam

    kursini o‘tgan biror kishidir; u nima sodir bo‘lganini aniq

    tasavvur qiladi va jabrlanuvchiga yordam berishga qaror qiladi.

    Asosiy maqsad shuki, baxtsiz hodisa chog‘ida qanday ishlar

    amalga oshirilishi lozimligini barcha kishilar bilib olsalar ayni

    muddao bo‘lar edi. Ha, birinchi yordam ko‘rsatish hammaning

    qo‘lidan kelishi lozim. Birinchi yordam - jarohat olganda yoki

    kasallik to‘satdan xuruj qilganda jabrlanuvchiga ko‘rsatiladigan

    tezkor yordam, u malakaliroq tibbiy yordam olish imkoni

    yaratilgunga qadar ko‘rsatiladi.

    Bunda sizning bevosita ishtirokingiz juda muhim, chunki

    voqea sodir bo‘lgan joyda yordam bera oladigan yagona kishi

    siz bo‘lishingiz mumkin.

    Birinchi yordam ko‘rsatish jabrlanuvchining hayotini saqlab

    qolish masalasida haqiqatdan ham g‘oyat ahamiyatli bo‘lishi

    mumkin. Ko‘pincha o‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam

    jabrlanuvchining to‘la sog‘ayib ketishi yoki umr bo‘yi nogiron

    bo‘lib qolishini belgilab beradi.



    Qo‘rqmay ishga kirishing - siz har doim o‘z hissangizni

    qo‘shishga qodirsiz, hatto oddiy ko‘makka da’vat etish ham

    sizning yordamingiz bo‘ladi.

    168


    Download 275,31 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 275,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Botulizm Botulizm nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan ovqatdan og‘ir zaharlanishdir. Qo‘zg‘atuvchisi

    Download 275,31 Kb.