• Cho‘kkanlarga qanday yordam beriladi
  • Birlamchi cho‘kish qanday bo‘ladi
  • Tezkor yordam ko‘rsatish.
  • X MAVZU. TRANSPORT VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARDA HARAKATLANISH TARTIBI
  • Temir yo‘l transportidagi avariyalar.
  • Asosiy profilaktika qoidalari.
  • Temir yo
  • Avtomobil transportidagi avariyalar.
  • Avariyadan so
  • Avtomobil suvga qulaganda nima qilish kerak
  • Jamoat transportida harakatlanayotganda o
  • Sel va suv toshqinidan muhofazalanish




    Download 275,31 Kb.
    bet8/17
    Sana19.09.2020
    Hajmi275,31 Kb.
    #11448
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17

    Sel va suv toshqinidan muhofazalanish

    A) Gidrologlar odatda suv sathi ko‘tarilayotganligi haqida

    oldindan ogohlantiradilar. Ko‘pincha suv toshqinlarini oldindan

    aytib berish va zararni kamaytirish mumkin bo‘ladi. Bunday

    hollarda damba va to‘g‘onlarning ahvoli tekshiliradi, aholi

    ogohlantiriladi va zarur bo‘lsa muhandislik ishlari olib boriladi

    (masalan, ortiqcha suvni oqizib yuborish uchun ariqlar

    qaziladi).

    Suv toshqini tog‘risidagi xabarni olgach nima qilish kerak?

    Odatda bu haqdagi axborotda suv toshqini kutilayotgan vaqt,

    uning chegaralari, shuningdek, aholiga tavsiyalar va evakuatsiya

    tarkibi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Agar sizning uyingiz e’lon

    qilingan suv bosadigan maydonga tushib qolsa, quyidagilarga

    amal qilish lozim:

    - gaz, suv, elektr tarmoqlari va pechlardagi olovni o‘chiring;

    - qimmatbaho buyumlarni yuqori qavatga olib chiqing;

    - deraza va eshiklarni yoping, birinchi qavatning eshik va

    deraza o‘rinlarini taxta yoki panel bilan yoping.

    Zarur bo‘lgan hollarda oldindan aholi, chorva mollari,

    moddiy va madaniy boyliklar xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi.

    Agar evakuatsiya to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsa, issiq

    kiyimlar, pul va qimmatbaho buyumlarni tayyorlab qo‘yish

    kerak. Uch kunga yetadigan yegulik, birinchi tibbiy yordam

    qutisini hozirlab qo‘yish lozim. O‘zingiz bilan suv o‘tmaydigan

    qog‘ozga pasport va boshqa hujjatlarni, tozalik vositalari va

    o‘rin-ko‘rpa olishingiz kerak bo‘ladi.

    Barcha buyum va yeguliklarni jomadon, sumka va

    ryukzaklarga solish kerak. Xavfli hududdan qayerga va qay

    yo‘nalishda chiqish to‘g‘risida e’lon qilinadi. Oxirgi manzilda

    ro‘yhatdan o‘tilgandan so‘ng, odamlar vaqtinchalik yashash

    joylariga joylashtiriladi. Birinchi navbatda bolalar, bolalar

    muassasalari va kasalxonalar ko‘chiriladi.

    Shaxsiy imorat qurish uchun yaxshi niyat qilib ish

    boshladingizmi, avvalo imorat uchun yaxshi joy tanlang. U sel

    va toshqin yo‘lida bo‘lmasin. Tanlagan joyingiz yer surilishi

    yoki ko‘chishi yuz berishi mumkin bo‘lgan hududdan ham

    uzoqroq bo‘lsin. E’tiborli bo‘ling qurayotgan uyingiz yirik gaz,

    86

    neft va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan quvurlar, magistral



    quvurlar, yo‘l hamda temir yo‘llardan, shuningdek,

    daryolarning himoya zonasidan tashqarida bo‘lsin.



    Suvda xavfsizlik

    Statistik ma’umotlarning ko‘rsatishicha, kemalar halokati

    paytidagtga qaraganda, cho‘milish paytida ko‘proq odam halok

    bo‘ladi. Suzishni bilish xavfsizlikka kafolat bera olmaydi. Ochiq

    suv havzalari har doim xavf tug‘dirib turadi.

    Suzishni bilmayturib suvga tushib qolish mumkin, qirg‘

    oqdan uzoqqa suzib ketib, charchab qolish mumkin. Qishda

    muzlagan suv o‘zida xavfni yashirib turadi – muz tagiga tushib

    qolish mumkin. Xavfsizlik choralariga amal qilsangiz ushbu

    ko‘ngilsizlikki tushib qolmaysiz.

    Ehtiyotkorlikning bir necha oddiy turlari cho‘kuvchilarning

    sonini kamaytirishi mumkin:

    - Bolalikdan suzishni o‘rganing.

    - Agar suzishni bilmasangiz shishirilgan matras va aylanalarga

    ishonmang.

    - Sarosimaga tushish – cho‘kib ketishning asosiy sabablaridan

    biri ekanligini unutmang, sarosimaga berilmay orqaga

    yotib, chuqur nafas oling, qo‘l-oyoqlarni yengil harakatga

    keltiring, vazmin odam cho‘kmasligiga amin bo‘ling.

    - Suzayotganda charchashning birinchi belgilariga e’tibor

    qiling.

    - Begona joylarda kalla tashlamang va cho‘milmang, sayoz



    joylardan uzoqqa suzmang.

    - Kemalar yo‘lida va unga yaqin yerlarda suzmang.

    - Mast holatlarda, qattiq shamolda cho‘milmang va qayiqda

    suzmang.


    - Cho‘milishdan oldin o‘zingizga quyidagi savollarni bering.

    - Chuqurlik qancha?

    - Suv tagida xavfli predmetlar bormi?

    - Suvning harorati qanday?

    - Oqim, suv quyilish, orqaga qaytish joylari bormi?

    - Xavfli baliq yoki jonivor yo‘qmi?

    Bularni agar joy begona bo‘lsa va qutqaruvchilar bo‘lmasa

    albatta inobatga olish kerak. Bundan tashqari qutqaruv as87

    boblarini va ularni zarur bo‘lganda ishlatish mumkinligini

    tekshiring. Qayiq, qutqaruv aylanasi, arqon, yoki uzun tayoq –

    bu cho‘kayotgan odamni qutqarish zurur bo‘lgan vositalardir.

    Suv tagida uzoq qolishga harakat qilmang. suv tagiga

    sho‘ng‘ishga qiziquvchi odamlar kalla tashlashdan oldin bir

    necha marta chuqur nafas oladi. Bunda qon kislorod bilan

    to‘yinadi va suv tagiga sho‘ng‘isa bo‘ladi. Lekin ba’zida bu

    teskari natija beradi: odam to‘satdan hushini yo‘qotib, yomon

    vaziyatga tushib qoladi.

    Besseyn qurgan uy egalari ham xavfsizlik choralariga amal

    qilishlari kerak. Hamma basseynlar to‘rt tomondan 1,5 metr

    balandlikda o‘ralgan bo‘lishi kerak. Uyda to‘g‘ri basseynga

    chiqadigan eshik bo‘lishi kerak.

    Ayniqsa, bolalar bor joylarda, bolalar enaga yoki keksalar

    bilan qoldirilganda bunga ahamiyat berish juda muhim.

    Cho‘kkanlarga qanday yordam beriladi? Cho‘kish uch turga

    bo‘linadi. Birinchi toifa cho‘kish (ho‘l) va (quruq) hamda

    ikkinchi toifa cho‘kishdan iborat. Cho‘kishlardan tashqari turli

    jarohatlar olish, yurak xastaligi, miya faoliyati buzulishi tufayli

    sodir bo‘ladigan o‘lim holatlari ham mavjud.

    Birlamchi cho‘kish qanday bo‘ladi? Birlamchi cho‘kish

    suvda ro‘y beradigan baxtsiz hldisalarning ko‘p uchraydigan turlaridan

    biri. Bunda suv nafas yo‘liga va o‘pkaga kiradi, so‘ngra

    qonga quyiladi. Jabrlanuvchi chuchuk suvda cho‘kkanda,

    qonning suv bilan aralashuvi tez sodir bo‘ladi, natijada qonning

    umumiy miqdori ko‘payadi, eritrotsitlar yemiriladi, organizmdagi

    tuzlar mutanosibligi buziladi. Oqibatda qondagi kislorod

    miqdori keskin kamayadi. Cho‘kuvchini qutqarilgandan so‘ng

    ungi birinchi yordam ko‘rsatilgach, ko‘pincha o‘pka shishib

    ketishi kuzatiladi. Bunda og‘izdan qonli ko‘pik keladi. Dengiz

    suviga cho‘kish chuchuk suvga cho‘kishdan farq qiladi. Dengiz

    suvidagi tuz konsentratsiyasi inson qonidagi plazmalarga

    nisbatan ko‘proq, shuning uchun cho‘kkan odamning qonidagi

    tuzlar ko‘payib boradi va qonning quyuqlashishi rivojlanadi.

    Inson dengiz suviga haqiqiy cho‘kkanda o‘pka tezlikda shishib,

    og‘izdan oq ko‘pik chiqish boshlanadi.

    88

    Ikkilamchi cho‘kish. Jarblanuvchining sovuq suvda cho‘kishi

    yoki tushib qolishi yurak to‘xtab qolish holati (sovuq shok)

    ikkilamchi cho‘kish darajasini anglatadi. Buning asosida nafas

    olish bo‘g‘iziga yoki quloqning nog‘ora pardasiga zarar

    yetkazuvchi reflektorli reaksiya mavjud. Ikkilamchi cho‘kish

    uchun periferik tomirlarning tortilishi xos. O‘pka shishishi

    kuzatilmaydi.

    Tezkor yordam ko‘rsatish. Birinchi navbatda jabrlanuvchini

    tezlik bilan suvdan chiqarib olish lozim. Agar jabrlanuvchi

    behush bo‘lsa, suvning o‘zidayoq og‘izdan burunga sun’iy nafas

    usulini qo‘llash kerak, biroq buni faqat maxsus tayyorgarlik

    ko‘rgan kuchli qutqaruvchilargina amalga oshira olishadi.

    Sun’iy nafas berish quyidagi tarzda o‘tkaziladi: jabrlanuvchining

    orqa yonboshida turgan holda o‘zingizning o‘ng qo‘lingizni

    uning o‘ng qo‘li ostiga o‘tkazasiz. O‘ng kaftingiz bilan jabrlanuvchini

    og‘zini yopib, shu bilan bir vaqtda uning engagini

    yuqoriga va oldinga cho‘zishga harakat qilasiz.

    Cho‘kuvchi suvdan qirg‘oqqa yoki qayiqqa chiqarilib

    olingach, sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi, buning uchun

    iloji bo‘lsa havo yuborish moslamasidan foydalaniladi. Agar

    uyqu arteriyasida puls bo‘lmasa va yurak urishi eshitilmayotgan

    bo‘lsa, yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri massaj qilib bo‘lmaydi.

    O‘pkadagi hamma suvni chiqarib tashlashga ham harakat qilish

    kerak emas. Haqiqiy cho‘kkanlar tezda qorni bilan yotqiziladi

    va ko‘krak qafasi ustining yon yuzasiga keskin bosiladi (10-15

    soniya), shundan keyin u orqa tomoni bilan yotqiziladi. Og‘iz

    bo‘shlig‘i har qanday mato o‘ralgan barmoq bilan tozalaniladi.

    Agar bemor jag‘larini qattiq qisib olgan bo‘lsa, barmoqlar pastki

    jag‘ining burchagiga bosiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini elektr yoki oyoq

    yordamida ishlatiladigan so‘rg‘ich bilan tozalash mumkin, biroq

    o‘pka shishganligi alomatlari bo‘lgan taqdirda og‘izdagi ko‘pikni

    so‘rib olish kerak emas.

    Qutqaruvchi jabrlanuvchining yonboshida bo‘lishi kerak va

    shu holatda bir qo‘li bilan boshini ushlab kafti bilan

    peshonasini, boshqa qo‘li bilan yengagini bosib og‘zini oson

    ochadi. Bunda pastki jag‘ni oldinga chiqarish kerak emas.

    Qutqaruvchi chuqur nafas olganicha bemorning og‘ziga lablarini

    89

    jipslaydi va keskin nafas chiqaradi. Bu bilan bir vaqtda bemor



    peshonasiga qo‘yilgan qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari

    bilan uning burni siqiladi, shunda yuborilgan havo burun orqali

    chiqib ketmaydi.

    Agar jabrlanuvchining og‘zini ochishning iloji bo‘lmasa yoki

    og‘iz narsalar bilan band bo‘lsa, jabrlanuvchi og‘zini kaft bilan

    yopib turib, burni orqali havo yo‘llasa ham bo‘ladi. Sun’iy nafas

    o‘tkazish chastotasi bir daqiqada 12-16 marta nafas yo‘llashdan

    iborat bo‘lishi kerak.

    Ba’zan cho‘kuvchilarning nafas yo‘llarida yirik yot jismlar

    turib qolib, berkitib qo‘yadi, oqibatda nafas yo‘li berkilib qoladi

    yoki tovush teshiklarida qattiq taranglashish boshlanadi. Bunday

    holatda nafas o‘tadigan tomoqni kesish kerak bo‘ladi.

    Bemor qutqaruv stansiyasiga yetkazilganidan keyin ham,

    hatto u o‘zi nafas ola boshlagan, biroq shishganligi alomatlari

    bo‘lgan taqdirda jabrlanuvchiga nisbatan jonlantirish choralari

    (asosan, sun’iy nafas oldirish) davom ettiriladi.

    Agar jabrlanuvchining nafas olish ritmida buzilish mavjud

    bo‘lsa (ya’ni nafas olish tezligi bir daqiqada 40 martadan ko‘p

    bo‘lib, terisi keskin ko‘karib ketgan bo‘lsa) sun’iy nafas oldirish

    davom ettiriladi. Agar nafas olish bir maromga tushib qolgan

    bo‘lsa, bemorga nashatir spitri hidlatish kerak.

    Jabrlanuvchi behuzur bo‘la boshlasa, terisini ishqalash,

    issiq, quruq odeyalga o‘rab qo‘yish kerak. Hushdan ketish

    boshlanganda yoki hushi joyida bo‘lmasa gryelka qo‘yish

    mumkin emas. Nafas olish buzilgan va o‘pka shishgan bo‘lsa,

    traxeya teshiladi (intubatsiya qilinadi) va bemorning o‘kpasi

    sun’iy ventelyatsiya qilish aparatiga ulanadi.

    O‘pkani sun’iy ventelyatsiya qilishni muddatidan oldin

    to‘xtatish xavfli. Hatto mustaqil nafas olish harakatlari paydo

    bo‘lishi ham, ayniqsa, o‘pkada shish bo‘lgan taqdirda normal

    nafas olish tiklanganligini bildirmaydi.

    Chuchuk suvga cho‘kkan bemorlarning agar terisi ko‘karib,

    bo‘ynidagi vena tomirlari shishib ketgan bo‘lsa, kasalxona

    sharoitida qonni chiqarib yuborish tadbiri amalga oshiriladi.

    Eritrotsitlar nobud bo‘lishi namoyon bo‘lganda venaga plazma

    90

    yuboriladi. Shishishni kamayritish uchun laziksga o‘xshagan



    siydik haydovchi vositalar qo‘llaniladi.

    Organizmda oqsil darajasi kamayib ketganda albumin

    konsentratsiyasi quyiladi. Arterial gipertenziya holatida o‘pka

    shishishi kuchaysa tomirga benzageksoniy shuningdek, ko‘p

    miqdorda gormonlar (gidrokortizon yoki prednizolon) qo‘llaniladi.

    Og‘ir turdagi cho‘kish holatlarida jabrlanuvchini jonlashtirish

    (reanimatsiya) bo‘limiga olib borish kerak. Bemorni eltish

    vaqtida ham o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish ham davom

    ettiriladi, bemorni zambilga olish vaqtida uni yonboshlatib,

    boshini osiltirib qo‘yish kerak.

    Gidrometeorologik favqulodda vaziyatlar ko‘rinishiga qor

    ko‘chkilarini kiritish mumkin. Qor ko‘chkisi qor ulkan masasasining

    harakatga kelishi, o‘pirilishi yoki surilishi bo‘lib, u

    qiyalik tomon juda katta tezlik bilan harakatlana boshlaydi va

    yo‘lida mavjud bino va inshootlarni zararlaydi, odamlarni

    nobud qilishga ham olib kelishi mumkin. Qor ko‘chkilari ulkan

    qor massasining bir joyda to‘planib qolishi (qorli kunlarning

    ko‘p bo‘lishi) natijasida biron bir tashqi ta’sir (qorning ko‘p

    yog‘ishi natjasida o‘z massasini ushlab turolmay qolishi, zilzila,

    kunlarning keskin isib eruvchanlik ortishi, qor qoplami

    qatlamining buzilishi va b.) natijasida yuz beradi.

    Masalan, yurtimizda 1999-yilning 21-noyabr kuni

    Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida 8

    marta qor ko‘chishi yuz berib, 34 ta turli rusumdagi

    avtomashinlar qor uyumlari ostida qoldi, 29 odam nobud bo‘ldi.

    1200 dan ortiq odam va 400 avtomobil qutqarib qolindi. Qor

    ko‘chishi xavfini oldindan sezsangiz imkon darajada uning

    yo‘lidan zudlik bilan chiqib ketishga harakat qiling. Buning

    uchun Siz harakatingizni gorizontal ko‘rinishda tashkil eting.

    Tepalik tomon chiqing. Qor ko‘chkisi yaqinlashib, uning

    yo‘lidan chiqib ketish imkoniyati bo‘lmasa, vahimaga va

    qurquvga berilmay, qor yuzasida qolishga harakat qiling.

    Tizzalaringizni qoringa tortib, kafilaringiz bilan yuzingizni qor

    massasidan muhofaza qiling. Bu og‘iz va burunlarni qor bilan

    to‘lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo‘shlig‘i bo‘lishga

    olib keladi. Ko‘chki to‘xtagandan so‘ng yuzingiz va ko‘kragingiz

    91

    oldini kengaytirishga urining. So‘ngra yuqori yoki pastki tomon



    qayerdaligini aniqlang. Buning uchun so‘lagingizni qo‘lingizga

    olib oqizib ko‘ring. U oqqan tomon past, teskari tomon yuqori

    bo‘ladi. Shundan so‘ng yuqori tmonga qarab harakat qiling.

    Bunday paytda ortiqcha hayajonlarga berilmang, uxlab

    qolmang. Unutmang sizni qidirishmoqda.

    Ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga

    shamol bilan bog‘liq tabiiy ofatlarni ham qo‘shishi mumkin.

    Masalan, dovul, to‘fon turlicha nomlanishi bo‘lib, ularning

    o‘rtasidagi farq tezligiga bog‘liq. Dovul (tayfun) – qattiq bo‘ron

    bo‘lib, uning chekkalarida shamol tezligi 30 m/sek ni tashkil

    qiladi. Bunda shamolning shiddati 7-10 ballni tashkil etadi.

    Dovul shimoliy yarim sharda soat miliga teskari, janubiy yarim

    sharda esa soat mili yo‘nalishida esadi. Uning tezligi 120

    km/soatdan iborat bo‘lib, u 9-12 sutkagacha davom etishi

    mumkin.

    Dovulni mutaxassislar zilzila kabi juda katta halokatlar olib



    keluvchi ofat, deb hisoblaydilar. Chunki, u binolarni vayronaga

    aylantirib, ekinlarni payhon qiladi, daraxtlarni ildizi bilan

    sug‘urib tashlaydi, yengil inshootlarni buzib yuboradi. U

    odamni bemalol havoga ko‘tarishi mumkin.

    Dovul xavfi bo‘lganda aholi oldindan ogohlantiriladi.

    «DIQQAT, BARCHAGA» signali berilgandan so‘ng televizor

    va radiolarni qo‘yish va u orqali berilayotgan muhofaza

    tadbirlariga qat’iy amal qilish lozim.

    Dovul yoki to‘fon davrida ko‘chada bo‘lgan kishi, imkon

    boricha bino va inshootlardan uzoqroq bo‘lishi va ariq ichiga

    yotib olishi kerak. Anar yaqin atrofda pana joy bo‘lsa (yerto‘la)

    o‘sha yerga zudlik bilan kirish tavsiya etiladi.

    Bu paytda uy ichida bo‘sangiz, oyna va eshiklar oldidan

    imkon darajasida uzoqlashing, ichki devorlar, kordiorlarga

    o‘zingizni oling,o‘tiring, o‘zingizni nima bilandir (ko‘rpa,

    ko‘rpacha, gilam) to‘sing, imkon bo‘lsa shkaf ichiga kirib oling.

    Ko‘priklar, gaz quvurlari, quvurlar yoki elektr simlari

    o‘tgan joylardan imkon darajasida uzoqlashish zarur.

    Shamol to‘xtashi bilan darhol ko‘chaga chiqish tavsiya

    etilmaydi. Chunki shamol ham qaytarilishi mumkin. U to‘xta92

    ganiga ishonch hosil qilingandagina atrofga diqqat bilan qarab,

    osilib qolgan bino qismlari, simlar hamda boshqa buyumlarni

    xavfsiz ekanligini bilgan holdagina chiqish mumkin.

    Gidrometerologik xavfli hodisalardan biri, bu uzoq muddatli

    yog‘ingarchilik yuz berishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlardir.

    Masalan, tinimsiz yomg‘irning yog‘ib turishi suv toshqini,

    sel, yer ko‘chkilari, yoki qorning yog‘ishi qorning qalinlashib

    piyodalar yoki transport vositalarining yurishiga xalaqit qilishi,

    yo‘l halokatlarining ortishi, qor ko‘chkilari yuz berishi, elektr

    simlarining uzilishi, daraxtlar qulab yo‘llarni to‘sib qo‘yishi kabi

    xavflarni keltirib chiqaradi.

    Bunday paytlarda maktab yoki ta’lim muassasalariga borish

    belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Kuchli yomg‘ir yoki qor

    bo‘lsa u holda mahalliy hokimiyat rahbarligida tegishli tadbirlar

    beliglanadi. Bunday paytda eng yaxshi usul uyni tark etmaslik.

    Nazorat savollari

    1. Sel haqida tushunchangizni aytib bering.

    2. Selning paydo bo‘lish sabablari va undan muhofazalanish

    usullarini ayting.

    3. Suv toshqini qanday yuz beradi?

    4. Suv toshqini haqida xabar olinganda siz qanday harakat

    qilasiz?

    5. Qor uyumi ostida qolgan odamning qanday harakat

    qilishi lozimligini so‘zlab bering.

    93

    X MAVZU. TRANSPORT VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ



    FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARDA

    HARAKATLANISH TARTIBI

    Transportning xohlagan turi inson salomatligi va hayoti

    uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Texnik taraqqiyot bir vaqtning

    o‘zida harakatlanish qulayligi va tezligi bilan birga anchagina

    katta darajadagi xavf-xatarni ham yuzaga keltirdi. Transport

    avariyasining turidan kelib chiqib, ko‘plab jarohat va kuyish,

    jumladan inson hayoti uchun xavf tug‘diradigan shikastlar olish

    ehtimoli mavjud.

    Transport vositalari bilan bog‘liq yo‘l harakati hodisalarining

    yuz bermasligi uchun avvalo ularining sozligi va unda

    belgilangan miqdorda yo‘lovchi yoki yuk olish, belgilangan

    maqsadlardagina foydalanishga e’tibor berish kerak.

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublkasining 1999-yil 19-avgustda

    qabul qilgan «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida» gi

    qonunida transport vositlarini boshqarish, foydalanish, ularni

    ishlab chiqarishga qo‘yilgan talablar, shuningdek, xavfsizlikni

    saqlash borasidagi vazifalar hamda ularning bajarilishi ko‘rsatib

    o‘tilgan.

    Ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

    (5-modda) , mahalliy davlat hokimiyati organlarining

    (6-modda) va boshqa qo‘mitalar hamda agentliklarning, shuningdek,

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat

    avtomobil nazorati inspeksiyasining (9-modda) yo‘l harakati

    xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari, transport vositalari

    egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi

    majburiyatlari, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash talablari,

    yo‘l hrakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari, yo‘l

    harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash kabilar ko‘rsatib

    o‘tilgan.

    Shuni unutmaslik kerakki, transport vositasining sozligi, uni

    boshqarishda yo‘l qoidasiga qat’iy amal qilish xavfsizlikni

    ta’minlashning asosi hisoblanadi.

    94

    Temir yo‘l transportidagi avariyalar. Temir yo‘l transportidagi

    avariya va halokatlarga asosan yo‘llar, harakatdagi tarkib,

    signalizatsiyaning nosozligi, dispetcherlar xatosi, mashinistlarning

    e’tiborsizligi va loqaydligi sabab bo‘ladi.

    Harakatdagi tarkibning relslardan chiqib ketishi, to‘qnashuvlar,

    pereyezdlardagi to‘siqlarga borib urilish, bevosita

    vagonlarning o‘zida yong‘in va portlashlarning kelib chiqishi

    ko‘proq sodir bo‘ladi. Shunga qaramay, poyezdda yurish samolyotda

    uchishdan taxminan uch marta, avtomobilda yurishdan

    10 marta xavfsizroqdir.



    Asosiy profilaktika qoidalari. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan

    olib qaraganda poyezddagi eng yaxshi joylar - markaziy

    vagonlar, avariya chiqish joyi - derazasi mavjud bo‘lgan yoki

    chiqish eshigiga yaqin joylashgan kupelar, pastki o‘rindiqlardir.

    Vagonga chiqishingiz bilanoq, avariya chiqish joylari va o‘t

    o‘chirgichlar qayerda joylashganligini bilib oling. Quyidagi

    qoidalarga rioya qiling:

    - poyezd harakatda bo‘lgan vaqtda tashqi eshiklarni ochmang,

    zinalarda turmang va derazadan boshingizni chiqarmang;

    - yuklaringizni yuqoridagi yuk joylashtiriladigan tokchalarga

    yaxshilab joylashtiring;

    - zarurat bo‘lmasa stop-kranni ishga tushirmang;

    - hatto yong‘in chiqqan taqdirda ham ko‘prik ustida,

    tonnelda va evakuatsiya o‘tkazish qiyinlashib ketadigan boshqa

    joylarda poyezdni to‘xtatish mumkin emasligini yodda tuting;

    - faqat belgilangan joylarda cheking;

    - o‘zingiz bilan yonuvchi, kimyoviy va portlash xavfi mavjud

    moddalarni olmang;

    - vagonning elektr tarmog‘iga maishiy ro‘zg‘or asboblarini

    ulamang;


    - yonayotgan rezina hidini sezsangiz yoki tutun paydo

    bo‘lsa, zudlik bilan vagon kuzatuvchisiga murojaat qiling.



    Temir yol avariyasi vaqtida qanday harakat qilish kerak?

    Halokatga uchraganda yoki to‘satdan poyezdni to‘xtatishga

    to‘g‘ri kelganda yiqilib tushmaslik uchun o‘zingizni mahkam

    tuting. Buning uchun dastaklarni ushlab oling, devor yoki

    o‘tirgichga oyoqlaringiz bilan tiralib oling. Vagon poliga o‘tirib

    95

    olish xavfsizroq. Birinchi zarbadan so‘ng bo‘shashmang va



    mushaklaringizni to tarkibning harakati batamom to‘xtaganiga

    ishonch hosil qilmaguningizcha zo‘riqqan holda tuting.



    Temir yol avariyasidan song qanday harakat qilish kerak?

    Avariya yuz berishi bilanoq, vagondan eshik yoki deraza orqali

    (sharoitdan kelib chiqib) chiqib keting, chunki bunday holda

    yong‘in chiqish ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. Zarurat tug‘ilsa,

    kupe derazasining oynasini og‘ir buyumlar yordamida sindiring.

    Avariya chiqish joyi orqali vagondan chiqayotganda temir

    yo‘lning dala tomonini tanlang. O‘zingiz bilan hujjatlaringiz,

    pul, kiyim-kechaklaringiz yoki ko‘rpani oling. Yong‘in chiqqan

    bo‘lsa, derazalarni yoping, shamol alangani kuchaytirib yuborishi

    mumkin. Yong‘indan qochish uchun oldingi vagonlarga

    o‘tib oling. Buning iloji bo‘lmasa, poyezdning oxirgi vagonlariga

    o‘ting. Keta turib barcha eshiklarni mahkam yoping. Yo‘lakka

    chiqishdan avval, nafas olish organlaringiz uchun muhofaza

    vositasi: suvda namlangan bosh kiyimingiz, sharf, mato

    bo‘laklarini tayyorlang. Yong‘in vaqtida vagon devorlariga

    qoplangan material - malminit - hayot uchun xavfli zaharli gaz

    chiqarishini yodda tuting.

    Tashqariga chiqib olgach, zudlik bilan qutqaruv ishlariga

    qo‘shiling: zaruriyat bo‘lsa, boshqa kupedagi yo‘lovchilarga

    oynani sindirishda yordamlashing, jabrlanganlarni tashqariga

    olib chiqing va h.k.

    Avariya vaqtida yonilg‘i to‘kilib ketgan bo‘lsa, poyezddan

    xavfsiz masofaga uzoqlashing, yong‘in yoki portlash hodisasi

    sodir bo‘lishi mumkin.

    Tok o‘tuvchi sim uzilib, yerga osilib qolgan bo‘lsa, undan

    sakrab-sakrab yoki qisqa qadamlar bilan uzoqlashing. Elektr

    toki yer yuzasi bo‘ylab uzatiladigan masofa 2 metrdan (quruq

    yer) 30 metrgacha (nam yer) bo‘lishi mumkin.



    Avtomobil transportidagi avariyalar. Avtomobil transportidagi

    avariyalarning 75 foizga yaqini haydovchilarning yo‘l harakati

    qoidalarini qo‘pol buzishi oqibatida kelib chiqadi. Tezlikni

    oshirish, yo‘l belgilariga e’tiborsiz bo‘lish, qarama-qarshi

    yo‘lakka o‘tib olish va avtomobilni mast holda boshqarish har

    doimgidek qoidabuzarlikning yanada xavfli ko‘rinishi bo‘lib

    96

    qolmoqda. Avariyalarga ko‘pincha yo‘llarning yaroqsiz holga



    kelishi (asosan sirpanchiq), mashinalarning nosozligi (birinchi

    o‘rinda tormoz, ikkinchi o‘rinda rul boshqaruvi, uchinchisi,

    g‘ildirak va shinalar) sabab bo‘ladi.

    Avtomobil avariyalarida jarohatlanganlarning 80 foizi ko‘p

    qon yo‘qotish oqibatida dastlabki uch soatda halok bo‘ladi.

    Toqnashuvni chetlab otishning iloji bolmaganda qanday

    harakat qilish kerak? O‘zingizni qo‘lga oling - bu sizga oxirgi

    imkoniyatingiz qolgunga qadar mashinani boshqarishda yordam

    beradi. Mushaklaringizni mumkin qadar taranglashtiring,

    mashina to‘la to‘xtamagunicha bo‘shashmang. Qarama-qarshi

    zarbadan qochishga harakat qiling: panjara, buta, hattoki daraxt

    siz tomon kelayotgan mashinadan afzalroqdir. Siljimaydigan

    predmet bilan to‘qnashuv vaqtida chap yoki o‘ng qanot

    zarbasidan ko‘ra bamper bilan urilgan yaxshiroq. Zarbadan

    qochishning iloji bo‘lmaganda, boshingizni himoya qiling. Agar

    avtomobil kichik tezlikda kelayotgan bo‘lsa, o‘rindiqqa qattiq

    suyangan holda mushaklarni taranglashtirib, qo‘lingiz bilan rul

    aylanasini mahkam tuting. Agar tezlik 60 km/s dan oshsayu siz

    xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lsangiz, rul kolonkasini

    ko‘kragingiz bilan siqing. Agar oldingi o‘rindiqda bo‘lsangiz,

    boshingizni qo‘llaringiz bilan berkiting va o‘rindiqqa yonboshlab

    oling. Orqa o‘rindiqda o‘tirganda polga tushishga harakat qiling.

    Agar yoningizda bola bo‘lsa, uni o‘z tanangiz bilan berkiting.

    Avariyadan song qanday harakat qilish kerak? Avtomobilning

    qayerida va qanday holatda ekanligingizni, avtomobil

    yonmayotganligini, benzin oqmayotganligini (ayniqsa, ag‘darilib

    ketishda) aniqlab oling. Agar eshiklar qisilib qolgan bo‘lsa,

    salonni deraza orqali tark eting. Mashinadan chiqqandan so‘ng

    undan iloji boricha uzoqroqqa qoching - portlash ehtimoli

    mavjud.

    Avtomobil suvga qulaganda nima qilish kerak? Avtomobil

    suvga qulagach, ma’lum vaqt suvda qalqib turadi, bu muddat

    esa mashinani tark etish uchun yetarlidir. Eshik ochilganda

    mashina tezda cho‘ka boshlaydi, shuning uchun yaxshisi ochiq

    deraza orqali tashqariga chiqing.

    97

    Oyna va eshiklar yopiq holda suv tubiga cho‘kkanda



    avtomobil salonidagi havo bir necha daqiqa saqlanib qoladi.

    Mashinani qidirish oson bo‘lishi uchun chiroqlarni yoqib

    qo‘ying, faol ravishda o‘pkangizda havo almashtiring (chuqur

    nafas olish va chiqarish qonni kislorod bilan to‘yintirishga

    imkon beradi).

    Ortiqcha kiyimlardan xalos bo‘ling, hujjat va pullaringizni

    oling. Avtomobilning yarmi suv bilan to‘lganda eshik yoki

    deraza orqali tashqariga chiqing, aks holda salonga kirayotgan

    suv oqimi sizga xalaqit berishi mumkin. Zaruriyat tug‘ilsa, old

    oynani og‘ir narsa bilan sindiring. Qo‘lingiz bilan avtomobil

    tomini ushlab, tashqariga sirg‘alib chiqing, so‘ng darhol tepaga

    qarab suzing.



    Jamoat transportida harakatlanayotganda oz xavfsizligimizni

    qanday ta’minlashimiz lozim? Jamoat transportida

    o‘tirishga joy bo‘lmagan taqdirda salonning markaziga o‘tib

    turishga harakat qiling. Avariya va zaxira chiqish yo‘llarining

    joylashuviga e’tibor bering. Tramvay va trolleybuslarning elektr

    manbayi insonning elektrdan jarohatlanishida qo‘shimcha xatar

    keltirib chiqaradi (ayniqsa, yog‘inli havoda). Shuning uchun

    o‘tiradigan joylar xavfsizroq hisoblanadi. Agar salon kuchlanish

    ostidaligi ma’lum bo‘lsa, uni tark eting. Avariya vaqtida chiqish

    yo‘lida tiqilinch bo‘lishi mumkin. Bunday paytda avariya

    chiqish yo‘lidan foydalaning. Maxsus shnurni tortib, oynani

    chiqaring.

    Salonda yong‘in sodir bo‘lsa, bu haqda haydovchiga

    ma’lum qiling. Eshiklarni, avariya chiqish yo‘llarini oching yoki

    oynani sindiring. Salonda o‘t o‘chirish vositasi bo‘lsa, yong‘inni

    o‘chirish choralarini qo‘llang. Nafas yo‘lingizni dastro‘mol,

    sharf yoki boshqa kiyim elementlari yordamida tutundan

    himoya qiling. Salondan egilib, metall bo‘laklariga tegmagan

    holda tashqariga chiqishga harakat qiling.

    Avtobus suvga qulasa salonning yarmi suv bilan to‘lishini

    kuting, nafasni ushlab, eshik, avariya chiqish yo‘llaridan

    tashqariga chiqib olishga harakat qiling.


    Download 275,31 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 275,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sel va suv toshqinidan muhofazalanish

    Download 275,31 Kb.