Ishxonada
Har bir tashkilotda shoshilinch choralarga qaratilgan va
javobgar shaxslar, ko‘rsatilgan maxsus rejalar bo‘lishi shart.
Tashqariga chiqish yo‘llari, yo‘lkalar va eshiklar oldida chiqish
uchun to‘siq bo‘ladigan narsalar bo‘lmasligi kerak. Ishxonalardagi
binolarning tuzilishiga qarab xavfsizlikni ta’minlash
uchun harakat chizmalari bo‘lishi lozim.
O‘quv xonasida
Og‘ir shkaflar va javonlarni devorga mahkamlash zarur.
Og‘ir buyumlarni yuqori tokchalarda saqlamaslik kerak.
Kimyoviy laboratoriya xonalarida saqlanadigan kimyoviy
moddalardan muhofazalanish yo‘lini bilish lozim.
Har bir kishi suv va gaz manbalarini o‘chirishni bilishi
lozim.
62
Zilzila paytida partalar ostiga yashirinish mumkin.
Ichki tayanch devorlarni oldini band qilmaslik lozim.
Qutqaruvchi omillar
Kishini turli tusdagi hodisalardan qutqaruvchi bir nechta
omillar mavjud. Birinchisi, ular yuz berganda qo‘rqmaslik,
ikkinchisi, sovuqqon bo‘lish, uchinchisi, tez va to‘g‘ri harakat
qilish, to‘rtinchisi, oldindan tayyorgarlik ko‘rish. Albatta, bular
o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Shu sabab, ularni shakllantirish
lozim. Buning uchun tayyorgarlik ko‘rish, ular haqida muayyan
bilimga ega bo‘lish, amalda bajarib turish lozim.
Qo‘rquvni yengish
Inson tushib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli ekstremal vaziyatlar
ruhiy va hissiy zo‘riqish keltirib chiqaradi. Notinchlik,
xavotirga tushishdan boshlab, qo‘rquv va vahimagacha bo‘lgan
holatlar inson ruhiy holatining ko‘lamini belgilab beradi.
Qo‘rquv hissi asosan xavfli vaziyat va holatlarda vujudga keladi.
1966-yilda yuz bergan Toshkent zilzilasida jarohatlanishning
aksariyati odamlarning ruhiy ahvoli tufayli kelib chiqqan bo‘lib,
bu sabab boshqa omillarga qaraganda ko‘proq talofatlarga olib
keldi. Xuddi shunday oqibatlar boshqa zilzilalarda ham
kuzatilgan. Demak, vaqti kelganda harakatlarimizni puxta
o‘ylab, vasvasaga tushmasdan, aniq harakat qilishimiz kerak.
Qo‘rquv, bu – salbiy hissiy holat, o‘z-o‘zini saqlash
instinktining tabiiy hosil bo‘lishidir. Qo‘rquvni his qilish, bu –
aqli raso kishi uchun tabiiy va mantiqan to‘g‘ri holatki, uning
bo‘lmasligi o‘sha insonning ruhiyatida qandaydir kamchilik,
yetishmovchilik mavjudligini bildiradi.
Nazorat qiluvchi qo‘rquv insonni ongli ravishda sergaklikka
chaqiradi, hamda jismoniy kuchlarni birlashtiradi, fikrlashni
tezlashtiradi, diqqat-e’tiborni jamlaydi, mushkul vaziyatlardan
chiqib ketishda yordam beradi.
Qo‘rquvni boshdan kechirayotgan inson ko‘pincha bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni faqat taxminiy ehtimoliga ega
bo‘ladi va ana shunday, aksariyat hollarda ishonib bo‘lmaydigan
yoki bo‘rttirilgan taxminlar asosida harakat qiladi.
Qo‘rquv, bu – inson organizmining «diqqat!», deb xitob
qiluvchi signal tizimidir.
63
Qo‘rquv – xavfga nisbatan hissiy ta’sirlanish shakllaridan
biri sifatida nafaqat inson tushib qolgan holatlarga, balki uni
iroda sifatlariga, shayligi va uyushqoqligiga, vaziyatga to‘g‘ri
baho berishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘rquvning salbiy oqibatlarini yengib o‘tish uchun quyidagilarni
bilish zarur:
1. Qulay joylashib oling, chuqur nafas olgan holda yuqoriga
qarang va ko‘zni ufq darajasiga tushira borib, ohista nafas
chiqaring hamda o‘pkani undan bo‘shating. Ushbu mashqni bir
necha marta bajaring.
2. Shu bilan bir vaqtda barcha mushaklarni bo‘sh qo‘ying.
Bunda shuni bilingki, kishi faqat o‘z nafas olishini tartibga sola
olsagina, mushaklarni bo‘sh qo‘ya olishi mumkin. Ekstremal
vaziyatda kishi bir tekis va xotirjam nafas ola boshlasa, u tezda
tinchlanib oladi.
3. Vaziyatlarga xotirjamlik bilan baho bering, diqqate’tiborni
faqat eng yaqin masalalarga qarating. Bunda albatta
o‘z – o‘ziga ishonch hissi kuchli bo‘lishi lozim. Biroq bunday
vaziyatda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan quyidagi holatlarni
yodda tuting:
- o‘z imkoniyatlaringizga ortiqcha baho berib yubormang;
- qat’iyatli va ishonchli bo‘ling;
- ushbu holatda atrofingizdagi barcha narsalarga e’tibor
qarating;
- ishonch, dadillik uyg‘otish uchun o‘z-o‘zingiz bilan
gaplashing;
- keyingi harakatni rejalashtiring;
- Ushbu vaziyatlarda be’manilikday ko‘rinsa ham biron –
bir jismoniy ish bilan shug‘ullaning, shunda ruhiy osoyishtalik
yanada tezroq tiklanadi.
Qo‘rquv hissini kamaytirish uchun ekstremal vaziyatlarda
irodani, o‘zini tuta bilishni tarbiyalash lozim. Bunday sifatlarga
muayyan, aniq harakatlarni ko‘p martalab takrorlash, buning
uchun zarur bo‘lgan mashqlarni bajarish orqali erishish
mumkin.
Sovuqqon bo‘lish
Kishini ekstremal holatlarda sovuqqon bo‘lishi, bu uning
o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olish holati bilan teng hisob64
lanadi. Zilzila paytida his-hayojonga berilishi, vahimani,
qo‘rquvni va oqibatda o‘z xatti-harakatini boshqara olmay qolishga
olib keladi. Bunday kishi karaxt, bo‘layotgan voqeliklarga
e’tiborsiz, nima qilayotganini o‘zi bilmaydigan holatga tushib
qoladi.
Sovuqqonlikni shakllantiradigan quyidagi omillar mavjud:
bo‘lgan voqelikni nima ekanligini tez anglash, bu o‘tkinchi
ekanligini his etish, qo‘rquvni yengish, aqlning ustunligini ta’-
minlay olish. His-hayajonga berilmaslik. Voqelik paytida o‘zigao‘
zi dalda berish, atrofdagilarga baland ovozda ko‘rsatmalar
berish. Yordam ko‘rsatish.
Zilzila paytida shoshilmasdan tez harakat qilish juda ko‘plab
zararlar kelib chiqishining oldini oladi. Bunday paytda kishi
qo‘rquvni yenga olsa, sovuqqonlik bilan tezkor harakat qilsa u
o‘zini va o‘zgalarni xavfdan saqlab qolishi mumkin.
Zilzilaga oldindan tayyorgarlik ko‘rish, umuman olganda siz
qiladigan mashq quyidagi harakatlardan iborat bo‘ladi.. Siz uni
ishxonada, uyda, ta’lim muassasasida bajarib turing. O‘tiring,
qo‘llaringiz bilan boshingiz hamda bo‘yningizni berkiting va
suyaning.
• Xavfsiz joyni topib, o‘tiring, yoting.
• Boshingiz va bo‘yningizni berkiting.
• Chuqur nafas oling va tinchlaning.
• Zilzila tugaguncha o‘z joyingizda qoling.
• O‘zgalarni tinchlanishga chaqiring.
• Ortiqcha harakat qilmang.
Bino ichda bo‘lganingizda zilzila yuz berdi. Yuqorida
aytilgandek harakat qiling, xavfsiz joylarni egallang. Zilzila o‘tib
ketmaguncha o‘z joyingizdan qimirlamang. Zilzila tugadi. Takror
zilzila bo‘ladi. Shu paytda bino ichida bo‘lsangiz sovuqqonlik
bilan tez harakat qiling. Gaz, suv jumraklarini yoping.
Elektr qo‘shgichlarini o‘chiring. Oldindan tayyorlangan oziqovqat,
suv zaxiralari hamda zarur hujjatlarni olib tashqariga
chiqing.
Agar siz ko‘p qavatli bino ichida bo‘lsangiz tashqariga
chiqishga shoshilmang. Chunki zilzila siz chiqishingiz mumkin
bo‘lgan zina va liftlarni shikastlagan, bu esa Sizga zarar yetka65
zishi mumkin. Liftdan foydalanmang. Zina va liftlar soz holatda
deyilmaguncha o‘z o‘rningizda qoling. Tashqaridan yordam
kuting. O‘zingiz haqingizda tashqaridagilarga xabar berishga
urining. Tashqaridan albatta yordam bo‘ladi.
Agar siz biron bir ko‘chki ostida qolgan bo‘lsangiz unda
atrofni ehtiyolik bilan kuzating. O‘zingizcha harakat qilmang.
Chunki, siz ustingizdagi ko‘chkini va uni qanday holatda
ekanini bilmaysiz. Bu harakatingiz sizning zararingizga ishlashi
mumkin. Vahimaga, qo‘rquvga berilmang. Ularni yengishga
harakat qiling. Ko‘chki sizga qanday jarohat yetkazganini
bilishga intiling. Bu paytda sizning eng yaqin qutqaruvchingiz,
bu sizning o‘zingiz. Vaziyatni to‘g‘ri baholang. Qo‘rquv hissini
enging, sovuqqon bo‘lishga intiling. His-hayojonga berilmang.
Iroda kuchi har narsaga qodir ekanligiga o‘zingizga–o‘zingiz
dastlabki yordam ko‘rsatishga harakat qiling. Agar sizning
harakat qilishingiz imkoniyati bo‘lmasa, yaxshisi ortiqcha kuch
sarflamay uni tejang. Tashqaridan yordam chaqiring. Bunga
sizni ovozingiz yetmasa, biron bir narsani taqillatish orqali
o‘zingiz haqingizda xabar bering. Ustingizdagi ko‘chkilarni olib
tashlashga urinmang. Tashqaridan yordam kuting, u albatta
keladi. Qo‘l ostingizda bo‘lgan suv va oziq-ovqat zahirlarini
tejamkorlik bilan ishlating.
Siz bir qavatli uylardan tashqariga chiqa oldingiz. Yoki siz
tashqarida ekanligingizda zilzila yuz berdi. Tashqarida xavfsiz,
ochiq joyga chiqing. Binolar, elektr simlari va daraxtlardan
uzoqlashing. Chunki, aynan bino devorla pridagi turli xil bezak
va boshqa predmetlar, oynalar sinig‘i, elektr simlarining uzilishi,
simyog‘och va daraxtlarning qulashi kishiga shikasit yetkazishi
va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sabab o‘zingiz
uchun ochiq joy toping. U yerdan atrofni kuzating, o‘zgalarga
yordam berishga harakat qiling. Ko‘pincha zilzilalar binolarga
shikast yetkazmasligi, ammo xonadon ichidagi buyumlar va
mol-mulkka katta zarar yetishi, mebel, idish-tovoqlar, oynalar,
kitob-javonlarining ag‘darilishi sizga, ayniqsa yosh bolalarga
katta xavf solishi mumkin. Lekin siz uyingiz ichidagi narsalar:
stol, kreslo, karavot va boshqalardan oila a’zolaringizni muhofazalash
uchun foydalanishingiz mumkin.
66
Bugunoq bu sohada kichik qadam tashlang
* yotish joyingiz yonida qo‘l fonari, oyoq kiyimi va qo‘lqop
asrang;
* yotish joyingizni o‘zgartiring uni oyna va qulab tushishi
mumkin bo‘lgan mebellar yonidan chetlating;
* shkafni devorga mahkamlang, uning eshiklarini esa ochilib
ketmasligini ta’minlang;
* devordagi narsalar, ya’ni rasmlar, soat, yoki shunga
o‘xshash og‘ir buyumlarni ilmoq bilan mahkamlang;
* o‘yda kamida uch kuunlik suv zaxirasini saqlang;
* oila yig‘ilishini o‘tkazib, oilaning katta favqulodda
vaziyatlardagi rejasini muhokama qiling.
Agar siz zilzila vaqtida transport ichida bo‘lsangiz zudlik
bilan transportingizni to‘xtating, zilzila tugamaganicha
amtomobilingizni tark etmang.
Agar siz zilzila vaqtida avtomobil ichida bo‘lsangiz, uni
ochiqroq joyga zudlik bilan to‘xtating va uning ichidan
chiqishga urinmang.
Nazorat savollari
1. Zilzila sabablari va turlarini aytib bering
2. Zilzila qanday belgilar berishi mumkin?
3. Zilzilada harakatalanish tartibini ayting.
4. Zilzila davrida ikkilamchi zararlovchi omillarni ayting.
5. Nima uchun zilzila eng xavfli tabiiy ofat hisoblanadi?
6. Siz o‘z uyingizni zilzila xavfini e’tiborga olib jihozlaganmisiz?
67
VIII MAVZU. ZILZILADA (SHIKASTLANGANLARGA)
BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Zilzila oqibatida kishi turli ko‘rinishdagi jarohatlar olishi
mumkin. Zilzila turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni keltirib
chiqarish xarkteriga ega bo‘lgani sababli, bu tabiiy ofat o‘zi
bilan insonlarni turli xildagi shikastlanishiga, ya’ni jarohatlanishiga,
yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishiga, kuyish,
zaharlanish, ruhiy tanazzulga tushib qolish va boshqa shu kabi
holatlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh shikastlanish nima? Shikastlanish – kishi organizmiga
tashqi omillarning (mexanik, fizik, kimyoviy, ruhiy)
to‘satdan ta’siri natijasida organizmning mahalliy va umumiy
reaksiyasini chaqiruvchi to‘qimalarning anatomik butunligini
hamda uning funksiyasi buzilishi bilan bo‘ladigan jarayonga
aytiladi.
Har qanday jarohat organizmda mahalliy va umumiy o‘zgarishlar
hosil qiladi. Mahalliy o‘zgarishlarga og‘riq, shaklning
va rangning o‘zgarishi, teri butunligining buzilishi, jarohat olgan
organ funksiyasining buzilishlari, umumiy belgilarga esa,
hushdan ketish, kollaps va shoklar kiradi.
Zilzila natijasida kuzatiladigan shikastlanishlarga quyidagilar
kiradi:
1) Suyak sinishi.
2) Qon ketishi.
3) Qattiq qo‘rqish tufayli ruhiy qo‘zg‘alish.
Suyak butunligining to‘la yoki qisman buzilishi va ko‘-
pincha ular atrofidagi yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi
sinishlar, deyiladi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra tez ta’sir etuvchi travmatik
agent ta’sirida kelib chiqadigan travmatik va suyak kasalliklari
(surunkali osteomielit, sil, tez o‘suvchi va zararli shishlar)
tufayli paydo bo‘ladigan patologik sinishlar mavjud. Teri
68
shikastlangan va jarohatlangan singan joy bilan qo‘shilishiga
qarab, yopiq va ochiq sinishlarga ajratiladi.
O‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam
sinishlarni muvaffaqiyatli davolashda muhim ahamiyatga ega.
Bu ochiq sinishlarda yiringlashni, sinishlarning ikkilamchi siljishini,
qon ketishini, yumshoq to‘qimalar, nerv stvollari zararlanishini
va shokning rivojlanishini oldini olish garovi hisoblanadi.
Sinishda yara bo‘lsa, darhol uni tozalab, aseptik bog‘lam
qo‘yish kerak. Yaradan bo‘rtib chiqib turgan suyakni olmaslik
kerak. Yaraga steril salfetka qo‘yib, yara bint bilan bog‘lanadi.
Bog‘lash vositasi bo‘lmasa, biron bir toza, yumshoq matoni
yaxshilab dazmollab, spirt yoki aroqqa botirib olib, so‘ng yaraga
qo‘yish mumkin.
Ochiq va yopiq sinishlarda immobilizatsiya qilish muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, bu transport shinalarini qo‘yish orqali
bajariladi. Shinalarning tabel va improvizion xillari mavjud.
Tabel shinalari meditsina sanoati tomonidan ishlab chiqariladi
va ular meditsina muassasalariga tarqatiladi, improvizion shinalar
esa qo‘l ostidagi materiallar (yog‘och reykalar, karton, tayoqchalar
va daraxt shoxlari) dan tayyorlanadi. Bular ham bo‘lmaganda,
masalan, son yoki boldir singanida ular sog‘
tomoniga, qo‘l singanida esa bemor tanasiga bog‘lanadi.
Immobilizatsiya qilishning asosiy qoidasi singan joydan
baland va pastdagi, son suyagi sinig‘ida esa uch bo‘g‘im -
boldir, oshiq-tizza, son bo‘g‘imlar harakatsizligini ta’minlashdir.
Immobilizatsiya qancha erta qo‘yilsa, yumshoq to‘qimalarning
qo‘shimcha shikastlanishi va boshqa asoratlarning kelib
chiqishiga shuncha oz sharoit qoladi.
Yelka suyagi singanida shina uch bo‘g‘imda- yelka, bilak,
qo‘l panjalarida harakat bo‘lmasligini ta’minlashi kerak. Buning
uchun shina yaxshilab tekislanadi, egiladi va bemor panjasiga
mahkamlanadi. Shina yuqori sog‘ yelkada bo‘lishi kerak. Fiksatsiya
bintlash yo‘li bilan bajariladi. Qo‘l ro‘molcha vositasida
osib qo‘yiladi. Boldir suyaklari singanida immobilizatsiya
Kramer yoki pnevmatik shina yordamida qilinadi. Son suyagi
singanda Diteriks shinasidan foydalaniladi. U taxtadan tayyor69
langan, uzunligi 115-120 sm, og‘irligi 1,5 kg bo‘ladi. Uning 2 ta
qo‘ltiq tayoqqa o‘xshash qismi bo‘lib, tashqarisidagi uzun,
ichkarisidagi esa kaltaroqdir.
Umurtqa pog‘onasi shikastlanganda har xil sinishlar yuz
beradi, hattoki orqa miya ham zararlanishi mumkin. Shu
sababli ham bunday bemorlarni transportirovka qilishda ehtiyotkorlik
choralarini ko‘rish lozim. Umurtqaning qaysi bo‘limi
sinishiga qaramasdan, bemorlarni shitga yotqizilgan holda
transpotirovka qilish kerak. Bo‘yin umurtqalari singanda transportirovkadan
oldin «Shans vorotnigi» bilan immobilizatsiya
qilish tavsiya etiladi.
Chanoq suyaklari singanida bemorlarni taxtadan yasalgan
doska yoki qattiq zambilga, son va tizza bo‘g‘imlari bukilgan va
«qurbaqa» holatida (tizzalari yoyilgan va tizza tagiga adyol yoki
ko‘rpachadan yasalgan yostiq qo‘yilgan holda) immobilizatsiya
qilinadi.
Qon ketishi va qon yo‘qotish
Qon ketishi, deb qon tomirlarining mexanik shikastlanishi,
ularning patologik holati yoki qon ivish sistemasining buzilishi
natijasida, qon tomirlaridan tashqi muhitga, atrof to‘qimalariga
va ichki bo‘shliqqa qon chiqishiga aytiladi.
Qon ketish ko‘pincha – to‘qima va organlarga mexanik ta’-
sir etish natijasida ro‘y beradi (tabiiy ofat, urush, transportdan
shikastlanish, xirurgik operatsiyalar ta’sirida). Katta qon tomiri
shikastlansa, shikastlangan kishining hayoti xavf ostida qoladi.
Qon ketishning boshqa sabablaridan yana biri, qon tomiri
devorining patologik holati bo‘lib, bu uning tarkibi shikastlanishi
natijasida sodir bo‘ladi. Qon tomiri devorining tarkibi
shikastlanishi esa tomirlar yoki atrof to‘qimalarning kasallanishi
sababli yuz berib, ateroskleroz, yiringli infeksiya, spetsifik yallig‘
lanish, o‘sma va nekroz kasalliklari qon tomirlarining anatomik
buzilishiga olib keladi.
Qon ketish klassifikatsiyasi (tasnifi)
Qon ketib, uning tomirdan tashqariga tarqalishi quydagicha
bo‘ladi: qonning tashqi muhitga erkin ketishi; tana bo‘shlig‘iga
yoki anatomik bo‘shliqqa ketishi; diffuzion qon ketishi;
70
to‘qimalarning qonga shimilishi; faqat to‘qimalarda cheklanib
yig‘ilgan qon.
Shikastlangan qon tomirning anatomik tuzilishi va fiziologik
holatiga qarab, arterial, venoz, aralash, kapillyar va parenximatoz
qon ketishi mumkin.
Arterial qon ketishida shikastlangan tomirdan fontanga
o‘xshab, qon oqadi. Agar katta arteriya tomiri shikastlangan
bo‘lsa, bunda vijillagan ovoz bilan qon ketadi. Qon ketish hajmi
va tezligi qon-tomirning katta kichikligiga, arteriya bosimiga,
qon tomirining shikastlanish darajasiga bog‘liq. Magistral arteriya
ko‘ndalangiga yorilganida unda ko‘p qon ketadi. Ko‘p qon
ketganda qo‘l-oyoq ishlamay qolishi, hatto bemor o‘lishi
mumkin.
Kichik va o‘rta kalibrli arteriyalardan ketgan qon – qon
tomiri o‘rta o‘rami, markaziy va tashqi shikastlangan tomir
devorlari, dumaloq va uzun mushaklarning spastik qisqarishi
natijasida o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi mumkin.
Venoz qon ketishda yig‘ilgan, kislorodga to‘yinmagan qon
rangi qora tusli bo‘lib, tomir urmaydi, yaradan qon kam, qon
tomirining tashqi qismidan esa qon ko‘p ketadi. Bo‘yin yoki
ko‘krak qafasi venoz qon tomirlarning shikastlanishi havo
emboliyasi – qon tomiriga havo kirib qolishi bilan xavflidir,
bunda kichik qon aylanishida xatarli o‘zgarish bo‘lib, bemor
nobud bo‘lishi mumkin. Venoz qon ketishi, ayniqsa mayda va
o‘rta venalar shikastlanganda uncha xavfli emas, agar qon
bosimi kam bo‘lsa, qon sekin oqishi, ikkinchi bosqichda pastga
tushadigan qon tomiri devorida qonning quyilib qolishiga
sababchi bo‘ladi.
Arteriya va vena qon tomirlarining alohida shikastlanishi
kam uchraydigan hodisa hisoblanib, ko‘pincha qon ketishda, bir
vaqtning o‘zida ham arteriya, ham vena tomirlari shikastlanadi.
Kapillyar qon ketishi – teri shilliq qavati, mushak yuzi
shikastlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo‘lib,
uning yuzidagi kapillyarlardan qon «oqib» turadi, qon ketish o‘z
-o‘zidan to‘xtaydi. Agar qon ivishi buzilgan bo‘lsa, kapillyar
qon oqishi hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
71
Jigar, me’da osti bezi, buyraklar jarohatlanganda shikastlangan
kichik qon tomirlaridan, parenximatoz organlardan qon
ketadi, bu qon ketish biriktiruvchi to‘qimalar orasida, qon
tomirlarining qisqarishi qiyin bo‘lgan yerda bo‘lganligi sababli,
yo‘li ochiq bo‘lib, qon ketishining o‘z holicha to‘xtashi
qiyinlashadi.
Klinik holatga qarab tashqi, ichki va yashirin qon oqish farq
qilinadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi.
Tashqi qon ketish ko‘proq bo‘yin, qo‘l-oyoq va boshda kuzatiladi.
Ichki organlarning shikastlanishi kam uchraydi (buyraklar,
oshqozon osti bezi va boshqalar). Lekin bunday shikastlanishda
yara kanali orqali tashqariga ko‘p qon ketadi, ichki organlar
shikastlanganda yara yiringlashi mumkin, chunki tashqi muhit
bilan bog‘laydigan yara kanali orqali o‘tadigan patogen
mikroblar va qon iviqlari yaraga infeksiya tushirishi mumkin.
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo‘shliqqa,
oraliqqa, ichki organlar joyiga va uning atrofiga tarqalish yo‘li
bilan namoyon bo‘ladi. Shikastlangan qon tomiridan ichki
organlar yoki plevra bo‘shlig‘iga qon ketish haddan tashqari
katta bo‘ladi, shuning uchun o‘zidan o‘zi to‘xtashining iloji
yo‘q, chunki qon tomirini bosish mumkin emas, katta anatomik
hajm ichki bo‘shliq bosimining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan tashqari qorin va o‘pka pardasi bo‘shliqlaridagi
to‘plangan qon fibriondan mahrum bo‘ladi va ivish qobiliyatini
yo‘qotadi. Katta hajmga ega bo‘lmagan anatomik bo‘shliqlarda
(bo‘g‘im) ko‘pchilik holatlarda bo‘shliq ichiga anatomik
cheklangan a’zolarida (diafragma tepasi, kichik tosda, charvi
xaltasida) o‘z-o‘zidan qon ketishi to‘xtaydi, chunki u yerlarda
xaltachasimon gematoma shakllanishi bilan cheklangan qon
yig‘ilishi uchun sharoitlar yaratiladi, ba’zida ko‘p qon quyilishi
mumkin. Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanganida parenximatoz
organlarining (jigar, taloq, buyraklar) qobig‘i yorilishi mumkin.
Ichki qon ketish katta hajmda bo‘lsa, aniq belgilar(terining
oqarishi arteriya, qon bosimining pasayishi, tomirning tez
urishi, nafas olishning qiyinlashishi, gemoglobinning kamayishi,
72
eritrotsitlar sonining kamayishi) umumiy anemiya kasalligining
klinik belgilari bilan xarakterlanadi.
Yashirin qon ketishning tashqi va ichki qon ketishlaridan
farqi shuki, yashirin qon ketishida klinik holatning noaniq
hollari sodir bo‘ladi: bu «tushunib bo‘lmaydigan» kamquvvatlik,
tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko‘z oldining qorong‘ilashishi
va boshqalar bilan kechadi. Ichak-oshqozon bo‘shlig‘iga
qon tushsa u jigarrang tusga kiradi, ya’ni qondagi gemoglobin
moddasi oshqozon shirasining ta’sirida ushbu rangni beradi.
Agar qon oshqozonga yoki ichakka o‘tsa axlat qorayib ko‘mir
rangiga aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining ishonarli
belgilaridan hisoblanadi. Buyrak, siydik yo‘li, siydik qopi
shikastlanishi qon ketishi bilan kechsa, qon siydikda bo‘ladi.
Odatda yashirin qon ketishini aniqlash uchun qo‘shimcha
tekshirish usullari (labaratoriya, rentgen, asboblar, radioizotop,
morfologik va boshqalar) lozim bo‘ladi.
Qon yo‘qotish haqida tushuncha. Qon yo‘qotishning asosiy
sabablarini, shuningdek, qon ketish darajasini, jarohat a’zolarini
hamda qon ketishning oqibatini aniqlaydigan muhim omillardan
biri, bu yo‘qotilgan qon hajmidir.
Yengil, o‘rta va og‘ir qon yo‘qotish darajalari quyidagilardan
iborat: yengil darajali qon yo‘qotishda bemor tomirlarda
aylanib turgan qonning 10 – 15 %ini yo‘qotadi. Bunday qon
ketishini organizm yengil o‘tkazadi, uning klinik kechishi
unchalik rivojlanmagan bo‘ladi. Puls tezlashib (minutiga 80
marta), teri oqarishiga olib keladi, kamquvvatlik kuzatiladi, qon
bosimi normadan past bo‘ladi.
O‘rta darajali qon yo‘qotish, aylanib turgan qonning 15 –
20% yo‘qotilganda sodir bo‘ladi va organizmda farqli funksional
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, uning klinik ko‘rinishi aniq bo‘ladi.
Bemor rangi oqarib ketadi, badanida «sovuq ter» paydo bo‘ladi,
kamquvvatlik, bosh aylanishi bilan birga, ko‘pincha hushidan
ketib qoladi, puls tezlashib 100 – 110 ga o‘tadi, qon bosimi
kamayadi.
Og‘ir darajali qon yo‘qotish qon tomirlarida aylanib yurgan
qonning 20 – 30%gacha kamayganida sodir bo‘ladi va bemor
behush holatda bo‘ladi. Arteriya tomirida puls bo‘lmasligi
73
sistolik arterial bosimning past darajada bo‘lishi, eritrotsitlarning
va gemoglobinning kamayib ketishi kuzatiladi.
Katta arteriya va venalarning kesilishi og‘ir qon ketishi bilan
kechib, organizmning o‘z -o‘zini tiklash mexanizmi zaiflashadi.
Bunday holda shoshilinch choralar ko‘rish kerak, ya’ni darhol
qon yoki qon o‘rnini bosadigan dorilar quyish lozim.
Yo‘qotilgan qonga qarab bemor ahvoli har xil bo‘ladi, bu
qon ketish tezligi va organizmga bemor yoshi, jinsi, jismoniy
yetukligi, yurak-qon tomir sistemasi ahvoliga, qo‘shimcha
kasalliklarga bog‘liq.
Jismonan charchagan, toliqqan, hayajonli, sovuqda qolib
ketgan bemor qon yo‘qotishni og‘ir o‘tkazadi.
|