Majburiy yolg‘izlik holatida oziq-ovqat topish va ularni tayyorlash
Majburiy yolg‘izlik holatida eng asosiy muammoli
vazifalardan biri o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlashdir. Bunda
albatta birinchi navbatda qo‘l ostida bo‘lgan va o‘zini o‘rab
turgan muhitdagi mavjud narsa, ashyo va jismlardan foydalaniladi.
Oziq-ovqat sifatida daraxt va o‘simliklar barglari,
novdalarini ular gullamasidan oldin yig‘ish va iste’mol qilish
mumkin. Ular yumshoqroq, to‘yimliroq, oson hazm bo‘ladi.
Gullagandan keyin o‘simliklarning yer ustidagi qismi qo‘pollashadi
hamda o‘zining oziqa moddasi sifatidagi qimmatini
yo‘qotadi. Oziq modda sifatida ayniqsa yangi barglar, novdalar
katta qiymatga ega. Daraxt va butalar soyasidagi o‘simliklar va
novdalar iste’mol qilish uchun yumshoqroq va qimmatliroq
hisoblanadi.Qari daraxt va o‘simliklarning yangi novdalari va
barglari iste’molga yaroqli hisoblanadi. Tayyorlangan yashil
massani oqayotgan suvda yuvib, xom holatida iste’mol qilish
mumkin. Iste’mol uchun qazib olingan ildizlar, o‘simlik piyozlari,
yovvoyi mevalarni tuproqdan tozalab yuviladi, chirigan
yaroqsiz joylari olib tashlanib so‘ngra oziq modda sifatida
foydalanish mumkin.
Majburiy yolg‘izlik holatida yovvoyi hayvonlarni tutish,
iste’molga yaroqli ildiz yoki o‘simliklarni izlab topish ularni
keyinchalik qayta tayyorlashga nisbatan osonroq bo‘lishi
mumkin. Chunki bunday holatdagi kishida oddiy idishlar ham
yo‘q bo‘lib, bir sutkada bir marta issiq ovqat tayyorlash ham
katta muammoga aylanadi. Ammo kulinariyaning hech qanday
idish va tovalarni talab qilmaydigan usullarini o‘zlashtirsak bu
muammoni ham oson hal qilish mumkin. O‘simliklarning ildiz
va novdalari, baliq va mayda yovvoyi hayvonlarni idishtovoqsiz,
cho‘g‘ning o‘zida ularni loy yoki o‘simlik barglaridan
tayyorlangan qobiqqa o‘rab pishirish mumkin. Kichkina yovvoyi
hayvonlar, qushlarni terisini shilmasdan va patlardan
tozalamasdan sixda tayyorlash mumkin. Six sifatida daraxt
novdalari olinadi. Tayyorlab bo‘lgandan keyin kuygan teri va
patlar hamda ichki a’zolar olib tashlanadi. Shuningdek, ovqatni
olov tagida tayyorlash usuli ham qulay hisoblanib bunda yerda
51
chuqurligi 30-40 sm chuqurcha kovlanib unga barg va o‘to‘
lanlar to‘shaladi. So‘ngra go‘sht yoki tayyorlanayotgan boshqa
narsalar chuqur tagiga qo‘yilib 1,5-2 sm qalinlikdagi tuproq
bilan ko‘miladi va tepasida olov yoqiladi. 30-40 minutdan keyin
ovqat tayyor bo‘ladi. Shuningdek, go‘shtni oldin barg, o‘to‘
lanlar so‘ngra loyga o‘rab qizigan toshlarda pishirsa ham
bo‘ladi. Ovqatning tayyorligini uning ta’mi va hidiga qarab bilsa
bo‘ladi. Ammo inson ovqatsiz ham uzoq muddat yashashi
mumkin. Agarda inson yaxshi jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka
ega bo‘lsa 10-12 kungacha ovqat iste’mol qilmay ham yashashi
mumkin. Inson o‘z organizmining ichki resurslariga tayanib 30
sutkagacha chidashi mumkin. 55-60 sutka inson organizmi
imkoniyatlarining chegarasi hisoblanadi.
Majburiy yolg‘izlik holatida o‘zini suv bilan ta’minlash
Inson organizmining kam foizda suvsizlanishi uning hayotiy
faoliyati buzilishiga, 10 %dan ko‘proq suvsizlanish esa inson
ichki a’zolari faoliyatining buzilishiga hamda o‘limga olib
kelishi mumkin.
Iqlimi nisbatan past haroratli bo‘lgan hududlarda kam
jismoniy harakat qilinganida suvga bo‘lgan ehtiyoj 1,5-2 litrdan
oshmaydi. Ammo havoning harorati yuqori bo‘lgan hududlar,
ayniqsa cho‘l va tropik o‘rmon sharoitlarida suvga bo‘lgan
ehtiyoj keskin ortib, sutkasiga 4-6 litr, ba’zan undan ham
ko‘proqni tashkil etadi. Majburiy yolg‘izlik holatida havoning
yuqori harorati va quyosh radiatsiyasi organizmning tez
suvsizlanishiga olib keladigan hududlarda o‘zini suv bilan
ta’minlash birinchi darajali muammoga aylanadi.
Bunda suv manbalarini shartli ravishda bir qancha
guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: ochiq suv manbalari (daryo,
ko‘l,irmoqlar), yer tagidagi yopiq suv manbalari (buloq, yerosti
suvlari), biologik suv manbalari (suvli o‘simliklar, bambuk,
kaktus, lianalar), atmosfera suv manbalari (qor, yomg‘ir, muz
va hk.). Arktik sharoitlarda yil mavsumlariga ko‘ra suv manbasi
sifatida qor, muz, muz ustida yig‘ilgan suvlar, yozgi tundra
sharoitida ko‘l, irmoq, botqoqliklar, tayga sharoitida daryo,
ko‘l, botqoqliklar xizmat qilishi va insonga ichish, ovqat
52
tayyorlash va xo‘jalik maqsadlarida zarur bo‘lgan suv miqdori
bilan ta’minlashi mumkin.
Cho‘l sharoitida suv bilan ta’minlash muammosi o‘ziga xos
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday sharoitda suv
havzalari juda kam uchraydi hamda relyef va o‘simliklarning
belgilari kabi zaruriy maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lmasdan ularni topish juda katta muammo hisoblanadi.
Tropik o‘rmon sharoitida suv bilan ta’minlash nafaqat suv
havzalari balki bambuk, liana, palma, baobab kabi suvni o‘zida
ko‘p saqlaydigan daraxtlar va o‘simliklar kabi biologik manbalar
tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Tog‘ sharoitida esa
daryo, irmoq, buloq, qor qatlamidan foydalanish mumkin.
Tog‘ va o‘rmon sharoitida buloq, irmoq, daryo suvlarini
ichish mumkin. Ammo bir joyda turib qolgan suv havzasidagi
suvni ichishdan oldin uni yaxshilab tozalash va zararsizlantirish
kerak. Buning uchun bir necha qavatli bintdan filtr yasash yoki
bo‘sh konserva bankasining tagidan bir nechta teshiklar qilib
bankaning tagiga ozroq qum solish mumkin. Yana suv havzasi
qirg‘og‘idan 1-1,5 metr uzoqlikda chuqurcha qazilsa u ozroq
vaqtdan keyin toza, tiniq suv bilan to‘ladi.
Biroq bir joyda turib qolgan suv havzalaridan olinadigan
suvni oddiy tozalash yetarli emas, chunki bunday suvda inson
sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan oshqozon-ichak kasalliklari, virusli
gepatit kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib ularni zararsizlantirish
kerak. Suvni zararsizlantirish uchun margansovkadan
foydalanish mumkin, ya’ni bunda suv margansovka
kukuni yordamida oqish pushtirangga kiritiladi. Keyin suv bir
soat mobaynida tinitish uchun qo‘yib qo‘yiladi va iste’mol
qilinadi. Ba’zan shu maqsadlarda 5 %li yod eritmasidan ham
foydalaniladi, ya’ni bir litr suvga 2-3 tomchi yod eritmasi
qo‘shiladi.
Agarda qo‘l ostida kimyoviy vositalar bo‘lmasa, unda eman,
iva kabi daraxt tanasi po‘stlog‘i kabi qo‘lbola vositalardan
foydalaniladi. Bunda bir chelak suvga 100-150 gr po‘stloq
solinib 30-40 minut mobaynida qaynatiladi hamda 6-7 soat
mobaynida tinitish uchun quyib quyiladi. Suvni tozalash
maqsadida mingtomir, fialka kabi o‘tlardan foydalanish ham
53
mumkin. Ammo suvni zararsizlantirishning eng oddiy va
sinalgan usuli - bu qaynatishdir.
Majburiy yolg‘izlik holatida agarda suv havzalari bir-biridan
ancha uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, suv zaxiralarini
tayyorlash mumkin. Agar suv havzalari o‘rtasidagi masofa yaqin
bo‘lsa uni o‘sha joyda olish, tozalash, zararsizlantirish hamda
iste’mol qilish kerak.
Ijtimoiy ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlar ko‘pincha inson
jismoniy va ruhiy yolg‘izlanib qolganda yuzaga keladi. Bunda
insonning hayotiga, mol-mulkiga, mavqeyiga zarar yetkazishga
intilish kuzatiladi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘lganda tez yordam ko‘rsatuvchi
xizmatlarning telefon raqamlari:
Yong‘in xavfsizligi 101
Militsiya 102
Tez tibbiy yordam 103
Shahargaz 104
Qutqarish xizmati 1050
Nazorat savollari
1. Majburiy yolg‘izlik holatini ta’riflang.
2. Cho‘l sharoitida majburiy yolg‘izlik holatida
harakatlanish tartibini ayting.
3. Suvda majburiy yolg‘izlik holatida nimalarga e’tibor
qaratish zarur?
4. Majburiy yolg‘izlik holatida joyni mo‘ljalga olishda
nimalarga e’tibor berish zarur?
5. Majburiy yolg‘izlik holatida oziq-ovqat va suv muamosini
hal etish usullarini ko‘rsating.
6. Ruhiy yolg‘izlikning qanday salbiy oqibatlarini bilasiz?
7. Ijtimoiy ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlar, deganda
nimani tushunasiz?
54
VII MAVZU. ZILZILALAR VA ULARDA HARAKATLANISH
TARTIBI. ZILZILA OQIBATLARIDAN
MUHOFAZALANISH USULLARI
Tabiiy ofatlar orasida eng ko‘p talofat olib keladigan hodisa
zilzila hisoblanadi. Chunki u o‘zi bilan boshqa turdagi halokatlar
va avariyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Zilzilalar qadimdan inson hayotiga xavf solib keluvchi tabiat
hodisasi hisoblangan. Bu hodisadan juda ko‘plab shahar va
qishloqlar vayronaga aylangan, insonlar nobud bo‘lgan. Kuchli
zilzilalarning doimiy takrorlanib turishi natijasida mumkin
bo‘lgan talofatlarni kamaytirish maqsadida turli xil choralar va
tadbirlar amalga oshirib kelingan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha dunyoda uchta seysmik
kamarlar mavjud bo‘lib, zilzilalarning asosiy qismi shu
hududlarda yuz beradi. Bular Tinch okeani, Atlantika okeani
osti tog‘laridagi, O‘rtayer dengizi-Osiyo seysmik kamarlari
hisoblanadi.
Markaziy Osiyo, shuningdek, O‘zbekiston O‘rtayer dengizi
– Osiyo seysmik kamarida joylashgan bo‘lib, bu kamarda dunyo
bo‘ylab yuz berayotgan zilzilalarning 15% to‘g‘ri keladi. 1
O‘rtayer dengizi – Osiyo seysmik kamari G‘arbda Atlantika
qirg‘oqlaridan boshlanib, O‘rtayer dengizi, Kavkaz, Markaziy
Osiyo mintaqalari orqali Janubi-sharqiy yo‘nalishida davom etib
Tinch okeani bilan tutashadi.
Markaziy Osiyoda yuz berayotgan zilzilalar qobiq zilzilalar
hisoblanib, ular 70 km gacha bo‘lgan chuqurliklarda yuz beradi.
Bu zilzilalar asosan gorizantal ko‘rinishga ega. Mintaqada yuz
berayotgan zilzilalarning kelib chiqishiga asosiy sabab Janubdan
Shimolga qarab harakat qilayotgan Hind plitasi bilan
Yevroosiyo plitalarining to‘qnashuvidir.2
Tarixga e’tibor berib qaralsa O‘rtayer dengizi – Osiyo
seysmik kamari yo‘nalishida joylashgan davlatlar va xalqlar
1ЎзР ФВВ «Сейсмик жараёнлар», Т -2007 й. 16- бет.
2Ўша манбада, 22- бет.
55
kuchli zilzilalar asoratidan aziyat chekib kelganlar. Plitalarning
surilishi natijasida yosh tog‘larning paydo bo‘lishi zilzilalarning
xavfli tus olishiga sabab ham bo‘lmoqda. O‘tgan 100 yil
davomida mintaqa mamlakatlarida yuz bergan 1887-yilning 28-
maydagi Verniy (Olma-ota), 1897-yil 5-sentabrdagi O‘ratepa,
1907-yil Hisor tizma tog‘ida yuz bergan Qoratog‘, 1911-yildagi
Sarez, 1911-yil 4-yanvardagi Kebin, 1929-yil 1-maydagi
Ashxabod, 1946-yildagi Chotqol va boshqa kuchli zilzilalar og‘ir
oqibatlarga olib kelganligi ma’lum.
Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlarida sodir
bo‘lgan zilzilalar tarixi
Yili Joyi Qurbonlar soni Kuchi
11. 12. 1980 Toshkent VI - VIII
25. 04 1966 Toshkent
1,600 jarohatlanganlar
(M=5. 3)
VIII
1952 Dushanbe VI - VII
5. 10.1948 Ashxobod
Qurbonlar -90,000.
Shahar vayron bo‘lgan
X
2. 11. 1946 Toshkent IX-X
3. 01. 1911 Almati
Qurbonlar- 459. Shahar
vayron bo‘lgan
IX-X
1907 Dushanbe
11. 07. 1889 Almati VII-VIII
8. 07. 1887
Almati Qurbonlar-342. Shahar
vayron bo‘lgan
IX-X
1886 Toshkent
1885 Bishkek VII
1807 Almati VIII-IX
Birgina 1947-yilning oktabr oyida yuz bergan Ashxobod
zilzilasi 110 ming kishini nobud bo‘lishiga, shaharni esa 98 %
vayronaga aylanishiga olib keldi. Buni tasavvur etish uchun
o‘sha vayronalar oqibatini tugatishda bevosita ishtirok etgan
guvohlarning so‘zlarini keltirishning o‘zi kifoya. «Shaharni
bunday vayronaga aylantirish uchun 500 ta bombardimonchi
samolyot kamida 6 oy davomida tinimsiz bombardimon qilish
kerak», degan edi.
56
Armanistonda yuz bergan zilzila oqibatini o‘sha davrdagi
gazetalardan birida shunday eslashgan edi. «Kishi dahshatdan
yoqa ushlaydi. Bir tomonda tobut, bir tomonda vayronalar
oqibatida halok bo‘lgan mayitlar, bir tomonda esa non va suv.
Mamlakatimiz rahbari I. Karimov o‘zining «O‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobida mintaqamizdagi seysmik
jarayonlar va ularning xavfi haqida alohida qayd etib o‘tgan edi.
Bu esa zilzilalar va ularning sabablarini va undan
muhofazalanishni o‘rganishni talab etadi.
Zilzila sodir bo‘lgan joy zilzila o‘chog‘i deyiladi. Shu
o‘choqning markazi giposentr, uning yer yuzidagi proeksiyasi
(aksi) episentr, deyiladi. Giposentr bilan episentr o‘rtasidagi
masofa zilzilaning chuqurligi, deb nomlanadi.
Zilzilalar chuqurligi yer sathidan 700 – 750 km gacha bo‘lgan
chuqurlikkacha yuz beradi. Shu sabab zilzila chuqurligiga
qarab ular uch guruhga bo‘linadi. Bular: qobiq zilzilalar – yer
sathidan 70 km chuqurlikkacha bo‘lgan masofada, qobiq osti
yoki oraliq zilzilalar 70 dan 300 km gacha, chuqur fokusli
zilzilalar 300 km dan 700 – 750 km gacha bo‘lgan chuqurlikda
yuz beradi. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari,
shuningdek, O‘zbekistonda yuz beradigan silkinishlar qobiq
zilzilalar guruhiga kiradi. Zilzilaning yer ustida namoyon bo‘lish
quvvati ball bilan o‘lchanadi. Zilzila kuchi ball bilan
ifodalanganda uning chuqurligi mutlaqo hisobga olinmaydi.
Uning yer ustida namoyon bo‘lishigagina ahamiyat beriladi.
Shuning uchun ball bilan energiya o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli
bog‘lanish yo‘q. Masalan, bir xil energiyaga ega bo‘lgan
zilzilaning chuqurligi 20 km da bo‘lsa u 6 ballga teng bo‘ladi,
xuddi shuncha energiyaga ega bo‘lgan zilzila o‘chog‘i 8-10 km
da bo‘lsa, 7-8 ball kuch bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Zilzilalar kuchini talqin etishda o‘ziga xos muammolar ham
yo‘q emas. Masalan, biron-bir joyda yuz bergan zilzila haqida
«Rixter shkalasi bilan 5 ball bo‘ldi» degan xabar quloqqa tez-tez
chalinadi. Qachonki, Rixter shkalasi bilan zilzila kuchi
aytilayotganda «ball» so‘zi ishlatilmaydi. «Ball» so‘zi MShK
shkalasida ishlatiladi, xolos. Shu bilan birga Rixter shkalasi
57
bilan zilzila talqin etilganda uning eng katta kuchi 9 ga teng hisoblanadi.
MShK shkalasi esa 12 ballga teng. Shu sabab, Rixter
shkalasida «magnituda» jumla qo‘shib ishlatiladi. Rixter shkalasi
bo‘yicha magnitudasi 9 ga teng bo‘lgan zilzila MShK shkalasi
bo‘yicha 12 ballga teng hisoblanadi.
Seysmik xaritalash mamlakat iqtisodiyotida juda katta ahamiyatga
ega. Xo‘sh, seysmik xaritalash nima va uning mamlakat
iqtisodiyotiga qanday foydasi bor?
2005-yilda Yaponiyaning Kobe shahrida yuz bergan zilzila
munosabati bilan o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda olimlar
zilziladan himoyalanishning yo‘llari haqida gapirib, binolarni
seysmik bardoshli qilib qurish undan himoyalanishning asosiy
omillaridan biri, degan xulosaga kelishdi.
Biroq, bino va inshootlarni, yashash joylarini zilzila
bardoshli qilib qurish aholi va davlatga anchagina qimmatga
tushadi. Bu esa davlat budjeti yoki oilalarning hamyoniga salbiy
ta’sir etadi. Chunki, olimlar hisob kitobiga qaraganda bino va
inshootlarning 1 ballga seysmik bardoshligini oshirish uning
jami tannarxini 10-25 %gacha oshirishni talab qiladi. Deylik, 5
balli seysmik bardoshli imorat 10 mln so‘mga tushsa, uni
seysmik bardoshligini 6 ballga oshirish 11 – 12,5 mln so‘mni
talab etadi. Albatta, bu hol butun bir mamlakat miqyosida olib
qaralsa juda katta mablag‘ni talab etadi. Yoki 6 balli seysmik
hududda qurilgan imoratlar 8 ballga mo‘ljallab qurilsa, sarf
bo‘layotgan ortiqcha va foydasiz mablag‘ hamda uning keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy zararni oddiy arifmetika
bilan hisob qilish qiyin emas.
Zilzilalar yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlarda ortiqcha
sarf-xarajatlarni hamda iqtisodiy zararlarni, insonlar nobud
bo‘lishini oldini olish uchun ham seysmik xaritalash o‘tkaziladi.
Seysmik xaritalarning qanchalik puxta, har tomonlama mukammal
qilib tuzilishiga yer va uning tuzilishini juda chuqur
o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Zilzilalar boshqa turdagi tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud.
Bunga juda ko‘plab misollarni keltirish mumkin. 2011-yil
Yaponiyadan uncha uzoq bo‘lmagan suv ostida yuz bergan
58
zilzila kuchli sunamini hosil qildi. Bu sunami Yaponiyaga juda
katta talofat yetkazdi. 30 mingga yaqin kishini nobud bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Fukusima shahridagi atom reaktorlaridan birini
ishdan chiqardi, yong‘in paydo qildi. Zilzilalar yong‘in, suv
toshqini, portlash, kimyoviy zararlanish, qor ko‘chkisi, yer
surilishlari yoki tog‘ o‘pirilishlari, avariyalar va boshqa
halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Zilzilalar va ular oqibatlaridan muhofazalanish usullari
Dunyo bo‘ylab yuz berayotgan, ko‘lami hamda
keltirayotgan talofati ortib borayotgan turli tusdagi tabiiy,
texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar keng
jamoatchilikni, davlatlar hamda yuqori nufuzga ega bo‘lgan
Xalqaro tashkilotlar e’tiborini tortmoqda.
Agarda e’tibor berilsa, zilzila insonlarga unchalik katta xavf
solmaydi. Ularning qurbon bo‘lishi va yaralanishiga asosan u
keltirib chiqargan ikkinchi turdagi hodisalar sabab. Bu baxtsiz
hodisalarga quyidagilar kiradi:
* binolar ba’zi qismlarining buzilishi va qulashi, g‘isht
parchalari, shiftdagi bezaklar, chiroqlarning tushib ketishi;
* oyna parchalarining yuqori qavatdan tushishi;
* elektr simlarining yo‘llarga tushishi;
* xonadon ichidagi og‘ir buyumlarning tushib ketishi;
* qo‘rquv yoki vahima oqibatida insonlarning g‘ayrioddiy
xatti-harakatlari;
* gaz quvurlarining yorilib ketishi va yong‘inning paydo
bo‘lishi ;
* kuchli zaharli modda obyektlarining soz holatdan chiqib
ketishi;
* suv omborlari va boshqa tabiiy ko‘llarning buzilib ketishi;
* yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi va hk.
Olimlarning fikriga qaraganda zilzila paytida
jabrlanganlarning 10 % zilzila oqibatida qulab tushgan jismlar,
ya’ni binolardagi o‘pirilishlar, zinalarning buzilib ketishi yoxud
shu kabi omillar sabab jabrlansa, qolgan 90% zilzila davrida
qanday harakat qilishni bilmasligi oqibatida jabrlanar ekan.
Zilzilalarga tayyorlanish kichik qadamlardan boshlanadi.
59
Zilzilalar yuz berayotgan yoki seysmik faol hududda
yashovchi kishilar uchun u doimiy xavf manbasi hisoblanadi.
Inson umri davomida hamisha o‘zini turli xavflardan oldindan
himoyalashga harakat qilgan. Uning manbasi, kelib chiqish
sabablarini o‘rgangan, imkon qadar bunday xavflarni yuz
berishini oldini olgan. Buni yuqorida keltirilgan mavzularda
ham aytdik. Hayotimizda ko‘plab xavf manbalari bilan
tanishmiz va ularning oldini olishga harakat qilganmiz.
Masalan, uyimizni begonalardan muhofaza qilish uchun temir
eshik, oynalarga panjara qo‘yamiz, signalizatsiya o‘rnatamiz,
kuzatuv kameralari qo‘yamiz, mashinamizda xavfsizlik
kamarini taqamiz. Bunday ehtiyotkorliklar biz uchun oddiy hol
bo‘lib qolgan.
O‘z xonadonini zilziladan xavfsiz qilish ham seysmik hududda
yashovchi insonlar uchun odat bo‘lishi lozim.
Avvalambor biz uyimiz, ishxonamiz, farzandlarimiz o‘qiydigan
maktabdagi xavflarni aniqlab, ularni kamaytirishga harakat
qilishimiz lozim. Uy, ishxona, ko‘cha va boshqa yerda zilzila
sodir bo‘lganida o‘zingizni qanday tutishingizni, nimalar
qilishingizni avvaldan o‘ylab oling. Bu saboq sizga favqulodda
vaziyatlar paytida juda qo‘l keladi.
Oilaviy maslahat. Zilzila va uni qanday yuz berishi
mumkinligi hamda unda muhofazalanish uchun nimalar qilish
kerakligi xususida gaplashish katta samara beradi. Shuning
uchun oilaning har bir a’zosi bunday paytdagi xavfni oldindan
bilishi, xavfsiz joyni aniqlab olishi lozim. Siz oila a’zolaringiz
bilan bunday xavfdan himoyalanishni bajarib tursangiz o‘z va
farzandlaringiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz.
Xonadon ichidagi xavfsiz joylar: eshik orasi, tayanch
devorlar, uyning ichki burchaklari, uydagi divan yoni yoki
stollar tagi hisoblanadi.
Uy ichidagi asosiy xavf manbalari:
• ikkilamchi bezaklarning zaifligi va tushib ketishi (osma
shift, ganch, andresollar), mebellarning ag‘darilishi;
• yuqoriga qo‘yilgan og‘ir yoki sinuvchan buyumlarning
tushib ketishi;
• andresol va shkaflar eshigining ochilib ketishi;
60
• zilzila vaqtida siz uchun xavfsiz bo‘lgan joyga o‘tish
yo‘lining berkilib qolishi;
• FV holatida kerak bo‘lgan narsalar saqlanadigan joyning
berkilib qolishi;
• tashqariga chiqish yo‘lining berkilib qolishi.
Uyni jihozlashda xavfsizlikka e’tibor bering
* Uyni jihozlashda imkon qadar baland mebel olmaslikka
harakat qiling. Mebelni devorga mustahkamlang. Ya’ni uni
devorga qotiring.
* Mebel ustiga, yuqori tokchaklariga og‘ir va qattiq buyum
qo‘ymang. Mebel eshiklarini mustahkam yopilishiga e’tibor
bering. Agar mebelni devorga mixlab qotirish imkoniyatingiz
bo‘lmasa yoki xohlamasangiz unda mebelni old tagiga biron
narsa qo‘yib, uni devor tomon qiyaligini ta’minlang. Bunda
albatta mebel bilan devor orasida ma’lum miqdorda masofa
bo‘lishini unutmang.
* Uyda, ayniqsa kirish yo‘laklari devorlarida og‘ir narsalar,
rasmlar, oynalar osmang. Osganingizda ham uning mustahkamligini
ta’minlang.
* Uyni ichki burchaklarini hamisha bo‘sh bo‘lishini ta’minlang.
Oila a’zolaringizga ana shu burchaklar zilzila paytidagi
eng xavfsiz joylardan biri ekanligini uqtiring.
* Uyingizda eng baland turgan og‘ir va qattiq buyum
oilangizdagi eng kichik kishini ham bo‘yidan baland bo‘lmasligi
kerakligini yodingizda saqlang. Unga amal qiling.
* Ovqatlanish, dam olish, uxlash joylaringiz mebel, deraza
va oynalardan uzoqroq bo‘lishiga e’tibor bering.
* Tez olovlanadigan, o‘zidan kuchli hid chiqaradigan, biroq
turmush uchun kerakli bo‘lgan suyuqliklarni, moddalarni
alohida joyga saqlashni odat qiling.
* Gaz, suv jumraklarini har oyda bir marta tekshirib turing.
Chunki, zilzila yong‘in va boshqa hodisalar keltirib chiqarish
xarakteriga ega.
Hamisha zaxirada bo‘lishi kerak!
• Suv – tirik qolish uchun eng muhim manba hisoblanadi.
Bir kishiga bir kunda to‘rt litr suv saqlashga maslahat beriladi.
Eng kamida uch kunlik suv zaxirasi bo‘lishi lozim.
61
• Oziq-ovqat zaxirasi uchun saqlash muddati ko‘proq
bo‘lgan mahsulotlar oling.
• Suv va ozuqa zaxirasini har 6 oyda almashtirib turing.
• Zilzila tunda ro‘y bersa, tashqariga chiqish uchun yo‘lingizni
yoritish va qo‘l-oyog‘ingizni muhofazalash zarur. Sizning
FVga mo‘ljallangan zaxirangizda quyidagi narsalar bo‘lishi
lozim:
• Plastik butilkalarda suv.
• Oziq-ovqat mahsulotlari.
• Batareykali radio.
• Fonar.
• Qo‘shimcha batareykalar.
• Birinchi tibbiy yordam qutisi.
• Ichki kiyim va choyshablar.
• Naqd pul.
• Pakki – pichoq.
• Hushtak (qichqirish ko‘p kuch talab qilib, chanqatadi).
• Qog‘oz va qalam.
• Yosh bolalar, qariyalar va nogironlar uchun zarur vositalar.
• Zarur dorilarning bir haftalik zaxirasi.
• Kerakli hujjatlar nusxasi va telefon raqamlar ro‘yxati.
|