1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash




Download 3,15 Mb.
bet1/37
Sana20.09.2024
Hajmi3,15 Mb.
#271814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
ЭХ амалий




1-mavzu
Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash

Asosiy himoya vositalaridan foydalanganda 1 gina qo‘shimcha vositadan foydalanish yetarli.


1 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmada qo‘shimcha izolyatsiya vositalar dielektrik kalishlar va gilamchalar, shuningdek izolyatsiyali quyilmalardan iborat.
Izolyatsiyali shtanga–ishchi kuchlanishida turlar elektrqurilma qismlarini tegish bo‘lgan izolyatsiyali materialdan tayyorlangan sterjeng.Shtangalar barcha kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi.
Shtangalarning 3turi bor:
1.Tezqor– 1qutbli ajratuvchi operatsiyalar,muvakkat ko‘chma himoya yerga ulash, kuchlanish yo‘qligini tekshirish va boshqa operatsiyalar uchun mщljallangan.
2. O‘lchovli–ishlayotgan elektr qurilmalarda o‘lchovlar ishlarini amalga oshirish uchun uchun.
3.Ta’mirlovchi– kuchlanish ostida bo‘lgan tok yuruvchi qismlarda bevosita va yaqinidagi profilaktik, ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish uchun. Turli ishlar uchun ishlatiladigan universal shtangalar mavjud: Xar bir shtanga 3 ta asosiy qismga ega:
1. Ishchi
2. Izolyatsiyalaydigan
3. Dastak
Izolyatsiyalaydigan shtanga dastaki shtangalarni qo‘llar bilan ushlab turishga mo‘ljallangan, u shtanganing izolyatsiyali qismi davomi sanaladi va undan meyoriy xalqa bilan ajratilgan. Rukoyatkaning uzunligi 0.3– 1 m.
Shtanga bilan o‘rgatilgan personal ishlay oladi. Bunda dielektrik qo‘lqopchalar qo‘llaniladi. Qo‘lkopchasiz 1kV gacha kuchlanishli qurilmalarda ishlash mumkin. Izolyatsiyali qismiga, ya’ni meyoriy xalqadan yuqorirog‘iga tegish mumkin emas.
Izolyatsiyali qisqichlar – kuchlanish ostidagi trubkasimon predoxranitel patronlarini o‘rnatish va yechish, rubilniklar pichog‘idan va ajratma izolyatsiyali nakladkalar,to‘siqlar o‘rnatish yoki yechish va boshqa ishlar uchun mo‘ljallangan. Elektr qurilmada 35 kVgacha kuchlanishli tarmoqlarda qo‘llaniladi. Yuqorida aytilganidek ular 3 asosiy qism ishchi, izolyatsiyali va qo‘l qoplardan tarkib topgan.
1kV li elektr qurilma uchun kleshlar xajmi me’yorlanmagan va ishlatilishining qulayligiga qarab belgilanadi.
Qisqichlarni tok yuruvchi qismlardan uzoqroq turish maqsadida qo‘llarni cho‘zgan xolatda ushlash va qisqichlar bilan bir vaqtning o‘zida tok yuruvchi qismlar yoki tok yuruvchi va yerga tutash qismlarga tegib ketmaslik uchun sezgir bo‘lish kerak, negaki qisqichlar izolyatsiyasi koplamasiga tegib ketish, oqibatda operatorni tok urishi mumkin.
1kVgacha elektr qurilmalarda qo‘lqopsiz ishlash mumkin. Elektr o‘lchovli qisqichlar elektr kattaliklar (tok kuchlanish, quvvat,fazali burchak va boshqa)ni tok zanjiridan ajralmagan holda va uning ishini buzmagan holda o‘lchashga mo‘ljallangan asbob.
Shunga muvofiq holda qisqichli ampermetrlar, ampervoltmetr, vattmetrlar, fazometrlar qo‘llaniladi.
Shtanga va qisqichlarni izolyatsiyalangan qismini yuqori kuchlanishida o‘tkaziladi. Agar sinov vaqtida yuzalarda razryadlar hosil bo‘lmasa, o‘lchov asboblarini ko‘rsatkichlarini o‘zgarilishi kuzatilmasa va sinovdan keyin izolyatsiyalangan qismi qizimagan bo‘lsa, ular sinovdan o‘tdi deb hisoblanadi.
Dielektrik rezinali qo‘lqoplari, etiklar, kalishlar va izolyatsiyalangan monter asboblari vanna suvida siljish tokiga sinovlar o‘tkaziladi.Siljish tokni kuchi 10 mAdan oshmasligi, yuqori kuchlanishida o‘tkazilishi lozim. Agar tok buyumlari yorib o‘tmasa va milliampermetrni ko‘rsatkichlari meyoridan oshmagan bo‘lsa, buyum sinovdan o‘tdi deb hisoblanadi.

5- rasm. Shtangani sinovdan o‘tkazish sxemasi.
1- shtanga; 2- elektrod; 3- transformator; 4- sinov kuchlanishi

Kuchlanish ko‘rsatkichlarini dastalarini izolyatsiyasi elektr mustahkamligiga 1000 V va undan yuqori kuchlanishida 1 minut davomida tekshiriladi va lampalarni yonish chegaralari (90 V dan oshmasligi lozim) sinov vaqtida tok 2 mA aniqlanadi.



6- rasm. Dielektrik rezinali qo‘lqoplari, etiklar, kalishlar va izolyatsiyalangan monter asboblarini sinovdan o‘tkazish sxemasi.
1- sinaladigan himoya vositalari; 2-suvli vanna;3- transformator;
4- sinov kuchlanishi
Kuchlanish 1000 Vdan oshiq bo‘lgan elektr uskunalarini quyidagi himoya vositalari mavjud:tezkor va o‘lchov shtangalar,himoyalovchi va tok o‘lchov qisqichlari, kuchlanish ko‘rsatkichlari,hamda himoyalovchi qurilmalar va ta’mirlash ishlari uchun moslamalar(maydonchalar, teleskopik vishkalar, himoyalovchi bo‘limlar va hakazo).
Himoyalovchi shtanga uch qismdan iborat:ishchi-shtangani mo‘ljallangan ishiga qarab barmoqqa o‘xshash yoki qamramoq qisqich shaklida yoki sho‘tka shaklida va hakazo tayyorlanadi;himoyalovchi, -ishchini tok o‘tkazuvchi qismlardan himoyalash uchun (himoyalovchiqismini uzunligini shtangani ishchi kuchlanishiga bog‘liq);dasta -shtangalarini qo‘lda ishlab turish uchun.




7- rasm. Tezkor himoyalovchi shtanga yordamida taqsimlash uskunalarida ayiruvchi pichoqlarni yoqish va o‘chirish
Shtangani bajariladigan ishiga qarab uch turga bo‘linadi: tezkor,ta’mirlovchi va o‘lchovchi.
Tezkor himoyalovch ishtangalar taqsimlash uskunalarida ayiruvchi pichoqlarni yoqish va o‘chirish, tok o‘tkazuvchi qismlarni qizish darajasini aniqlash va boshqa operatsiyalarida qo‘llaniladi.
Himoyalangan ta’mirlash shtangalari kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tuvchi qismlarida tamirlash ishlarini olib borishuchun mo‘ljallangan(izolyatorlarni changini artish, elektropriyomniklarni vaqtincha ulash,o‘tkazgichlarni ulash vahakazo).
Himoyalangan o‘lchov shtangalari girlyandagiizolyatorlarini kuchlanishni taqsimlashini nazorat qilish hamda biriktirilgan kontaktlarni o‘tuvchi qarshiliklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
Shtanga bilan ishlashda faqat mahsus o‘rgatilgan hodimlarga va ishchini harakatlarini nazorat qiluvchi shahs ishtirokida ruhsat beriladi.Himoyalovchi shtangalar bilan ishlaganda qo‘shimcha himoyalangan himoya vositalari bilan foydalanish lozim (dielektrikqo‘lqoplar,etiklar, kalish, gilamchalr va hakazo).


Download 3,15 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Yerda uzilib yotgan simga tegib ketish havfini baholash

Download 3,15 Mb.