• Электрон ресурслар
  • Traktorlarning gidravlik osma tizimlari. Reja




    Download 163.29 Kb.
    Sana30.04.2023
    Hajmi163.29 Kb.
    #55035
    Bog'liq
    DASTON SAPAYEV
    3, Algoritomdi proektlestiriw 6lab, Математик тасаввурларни шакллантириш, мактаб, O\'QUVCHINING SHAXSIY VARAQASI, 2-amaliy ish psixologiya, 1-mustaqil ish, Ota ona ibrati, Информатика тест bos, Abdurayimova Gulshoda (2), Umumiy fizika kursi(E.Frish. I-tom), 5-ma\'ruza, task2, the-environment-vocabulary-practice 80587



    Traktorlarning gidravlik osma tizimlari.


    REJA:



    1. G’ildirakli va zanjirli traktorlarning gidravlik tizimi.

    2. Ajratilgan agregatli gidrotizim vazifasi va ishlash prinsipi.

    Osmalar uch turga bo’linadi. Qattiq, yarim qattiq va yumshoq. Gildiraklarga bog’lanish turiga qarab, tik richakli, yotiq richakli, kop richakli, bir richakli, ikki richakli va teleskopik turlari mavjud. DELPHI CORPORATION kompaniyasi jahonda eng katta ehtiyot qismlarni yig’ish kompaniyasi bo’lib Buyuk britaniyada joylashgan.


    Traktorlarning gidravlik osma tizimlari, yo’naltiruvchi g’ildirakli old ko’prik traktor asosining old qismi bilan osma vositasida bog’langan. Osmalar traktor vazning bir qismini to’singa uzatadi, asos tomonidan uzatilayotgan itaruvchi kuchlarni old g’ildiraklarga uzatadi, oldi g’ildirakka ta'sir etgan turtki zarblarni o’ziga qabul etib, asosga uzatadi, yo’naltiruvchi g’ildiraklarning daladagi notekisliklarga moslashib harakatlanishini ta'minlaydi. Osamlar asos bilan bikr va qayishqoq ravishda birlashtiriladi.

    Katta tezliklarda old g’ildiraklarga ta'sir etuvchi turtki va zarblar traktor detallarini toliqtiradi, mustahkamligini susaytiradi va barvaqt buzilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun zarbalarning traktorga ta'sirini kamaytirish maqsadida osmaga qayishqoqlikni ta'minlovchi moslamalar o’rnatiladi. Qayishqoq moslamalarning ishchi qismi prujinali, havo va suyuqlik bilan ishlaydigan amortizatorlardan iborat bo’ladi.


    Traktor osmalarida ressoralar keng ko’lamda ishlatiladi. Hozirda yaratilayotgan va sinalayotgan traktorlarda istiqbolli pnevmatik, gidravlik va murakkab elastik osmalar qo’llanilmoqda. Traktor moslamalaridagi qayishqoq moslamalarning eng asosiy vazifasi ularda hosil bo’ladigan mexanik tebranishlarni so’ndirish va zarbiy yuklanishlar ta'sirini susytirishdan iborat.

    Yuqori tezlikda ishlaydigan g’ildirakli xamda zanjirli traktorlarning tebranmasdan ravon yurishini ta'minlash va turtkilarni so’ndirish maqsadida yurish qismlariga gidravlik amortizatorlar o’rnatiladi.


    Traktor va avtomobillarda birhillashtirilgan teleskopik gidravlik amortizatorlardan foydalaniladi. Ishlash hususiyatiga qarab bir tomonlama (ya'ni ressora egilib qaytgan paytda) ishlaydigan va ikki tomonlama (ya'ni ressor siqilganda ham qaytganda ham) ishlaydigan xillari bor.

    Traktorning g’ildiragi ramaga nisbatan vertikal siljiganda shtok 8 li porshen 4 tsilindar 6 ning ichida qaytma-ilgarlanma harakatlanadi. Silindar g’ildirak o’qi 1 ga shtok esa traktor ramasi asosi 7 ga mahkamlangan. Porshenning silindrda harakatlanishiga qarshilik kuchi harakat tezligiga bog’liq. Osmaning prujinasi siqilganda suyuqlik V bo’shlikdan aniq o’lchamli teshik 5 orqali A bo’shliqqa o’tadi. Agar bo’shlik V dagi moy bosimi klapan 9 prujinasining kuchidan ortiq bo’lsa, klapan ochilib, moy A bo’shliqqa ko’proq o’ta boshlaydi, bunda porshenning harakatiga qarshilik kamayadi.Ressora o’z holatiga qaytganda suyuqlik A bo’shliqdan V bo’shliqqa faqat 5 teshik orqali o’tadi. Shu tufayli zarbiy kuchlar kamayadi.


    Porshen yuqoriga ko’tarilganda V bo’shliqqa teshik orqali oqib o’tadigan moy xajmidan kam bo’lganidan, ayni vaqtda klapan 2 xam ochilib, etishmovchi moy kompensatsion kamera S dan kiradi.Porshen pastga yurganda moy klapan 3 orqali kamera S ga o’tadi.
    Mustaqil osmalar T150K traktoriga o’rnatilgan bo’lib, ressora va gidravlik amartizatorlar o’rnatilgan.Bundan tashqari ushbu osmalarda rezinali buffer va cheklagichlar, qulflar mavjud.
    Zanjirli traktorlar 2 tomonga joylashtirilgan zanjirlar va ularning osmalaridan iborat. Zanjirli traktorlarning yurish qismi: taranglovchi g’ildirak, taranglash moslamasi, o’rmalovchi zanjir, traktor ramasi, tutqich rolik, karetka, tayanch g’ildirak, yetakchi yulduzdan iborat.
    Zamonaviy traktorlarda yarim qattiq va elastic osmalar qo’llaniladi. Elastik osmali o’rmalovchi zanjirli yuritkichning barcha elementlari traktor ramasiga o’rnatilgan. Ramaga mahkamlangan o’qlarga balansirli kaletkalar, balansirlar o’qiga esa tayanch g’ildiraklar o’rnatiladi. Balansirlarning yuqorigi uchidagi prujinalar elastiklik hosil qiladi. Elastik osmali o’rmalovchi zanjir yo’lining baland-pastligiga moslashib harakat qilib, noteks yo’lda ham o’rmalovchi zanjirning tayanch yuzasi yerga tegib turadi. Harakat vaqtida zarb va turtkilarni o’rmalovchi zanjirning yuritgichi qabul qiladi, shu sababli traktor birmuncha ravon silkinmasdan ishlab, tez yurishi mumkin.

    1. Traktorlar ko'plab qishloq xo'jalik mashinalari, qurollari,qurilma va moslamalar bilan agregatlanadi.Shuning uchun traktorning ish jihozlarini benuqson ishlashini ta'minlashga alohida e'tibor berish zarur.


    Traktorning o'rnatma gidrotizimi o'rnatma qishloq xo'jalik mashinalarini traktorga ulash, ularni ishchi holatdan transport holatiga yoki aksincha ish ishchi holatiga o'tkazish uchun xizmat qiladi. O'rnatma gidrotizim (1-rasm) ikkita asosiy qismdan: o'rnatma qurilmasi hamda gidravlik tizimdan iborat.

    1-rasm. Traktorning o'rnatma gidrotizimi: 1-moy baki; 2-moy nasosi: 3-taqsimlagich; 4- kuch silindri; 4-o'rnatma qurilma; 6-plug O'rnatma qurilma 4 traktorga o'rnatma qishloq xo'jaligi mashinasini tirkash uchun xizmat qiladi. U traktor orqasida, oldida yoki yonida o'rnatilishi mumkin.


    Gidravlik tizim moy baki 1, moy nasosi 2, taqsimlagich 3 va kuch silindridan 4 iborat bo'lib, ular o'zaro yuqori bosimda ishlaydigan moy o'tkazgichlar yordamida biriktirilgan.
    Gidrotizim quyidagicha ishlaydi. Moy taqsimlagichning dastagi “yuqoriga ko'tarish” holatiga qo'yilganda moy nasosi 2 traktorning dvigatelidan xarakat olgan holda ishchi suyuqlikni moy bakidan 1 so'rib oladi va taqsimlagich 3 orqali kuch silindri 4 porshenining ostki kamerasiga etkazib beradi. Yuqori bosimda yuborilgan moy kuch tsilindri 4 porshenining shtokini xarakatga keltiradi va qishloq xo'jalik mashinasi (masalan, plug) bilan bog’langan o'rnatma qurilmani 5 yuqoriga ko'taradi.
    Porshenning shtoki kerakli holatga yetgandan keyin moyning bosimi oshadi va taqsimlagich dastagi avtomatik tarzda “neytral” holatga o'tadi va kuch silindri mashinani transport holatida mahkam ushlab turadi.
    Aksincha, taqsimlagich dastagi “pastga tushirish” holatiga qo'yilsa, moy porshenning yuqori qismiga yuboriladi va mashina ishchi holatiga tushiriladi, so'ngra dastak avtomatik tarzda “neytral” holatga o'tadi va kuch silindri mashinani ishchi holatda mahkam ushlab turadi.
    Tanyach g’ildiragi mavjud bo'lgan mashinalarda (osma plug, seyalka) taqsimlagich dastagi “pastga tushirish” holatiga emas, balki “suzish” holatiga qo'yish kerak bo'ladi. Bunda traktor bilan mashina orasida yumshoq bog’lanish vujudga keladi va mashinaning ishchi qismlarini sinishdan saqlaydi.


    2-rasm. Osish qurilmasiga shataklagich o'rnatish:


    1-qo'zg’atmaslik tortqilari; 2-shataklagich; 3-mahkamlagich;
    4-pastki tortqilar, 5-tik kashaklar.

    3.Traktorning quvvat olish vali traktor bilan agregatlangan ko'chib yuradigan yoki muqim ishlaydigan qishloq xo'jalik mashinalarining ishchi qismlariga harakat berish uchun xizmat qiladi.


    Quvvat olish vali orqali harakatga keltiriladigan mashinalar bajaradigan texnologik jarayonlarning turiga hamda traktorga nisbatan o'rnatilishiga qarab farq qilganligi tufayli ko'plab turlarga bo'linadi.
    Traktorlar turli ko'rinishdagi quvvat olish vallari bilan jihozlangan bo'lib, ular quyidagicha: quvvat olish valini traktorga o'rnatilgan joyiga qarab: traktorning oldiga (o't o'radigan jatkalar, g’o'zani chilpish qurilmasi), yoniga (qator orasiga o'g’it soladigan kultivator) va orqa tarafiga (o't o'rgich, o'g’it sepgich, purkagich va hakozolar) o'rnatilgan bo'ladi. Eng ko'p tarqalgan turi asosan traktorlarning orqasi o'rnatilgan turi hisoblanadi.
    Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan traktorlarning quvvat olish vallarining aylanishlar sonini o'zgarishiga qarab asosan: doimiy yoki o'zgaruvchan aylanishli turlarga bo'linadi.
    Quvvat olish valining doimiy aylanadigan turida xarakat bevosita traktor dvigatelidan olinadi. Shuning uchun ko'pchilik qishloq xo'jaligi mashinalariga (paxta terish mashinasi, paxta tozalash mashinasi, o't o'rish mashinasi, suv nasosi va hakozolar) doimiy aylanishli xarakat talab etiladi. Traktorlarga standart holatda 540 yoki 1000 ayl/min aylanishga ega bo'lgan quvvat olish vallari o'rnatiladi. Bunday quvvat olish vallari deyarli barcha turdagi traktorlarda o'rnatilgan bo'lib, ularning xarakat yo'nalishi hamma vaqt soat strelkasi xarakati yo'nalishida bo'ladi. Ammo doimiy aylanishli quvvat olish vali hamma vaqt ham traktorga tirkalgan mashinaning talabini qondira olmasligi mumkin. Ayniqsa kultivator-o'g’itlagich, maxsus urug’ ekish seyalalarining ekish apparatini aylanishlar soni traktorning xarakat tezligiga mos holda o'zgarishi talab etiladi. Bu holda quvvat olish vali xarakatni traktorning g’ildiragiga xarakat beradigan valdan oladi.
    Quvvat olish valining xarakati traktorning xarakatiga bog’liq bo'lishiga qarab: bog’liq va bog’liq bo'lmagan turlarga bo'linadi.
    Agar quvvat olish vali xarakatni traktor transmissiyadan olsa, uning xarakati traktor xarakatiga bog’liq bo'ladi, ya'ni traktor to'xtasa, quvvat olish valining xarakati ham to'xtaydi. Bunday xarakat berish turi kultivator-o'g’itlagich, ma'danli va mahalliy o'g’it sepgichlar kabi qishloq xo'jaligi mashinalarida qo'llaniladi.
    Bunda xarakat berish quyidagicha amalga oshiriladi: xarakat dvigatel tishlashish muftasining 5 yetaklanuvchi diskasi validan shesternalar 3 orqali tishli mufta 2 qo'shilganda traktorning quvvat olish valiga 4 uzatiladi. Agar dvigatelning tishlashish muftasi 5 xarakatni uzgan 38 taqdirda bir paytning o'zida quvvat olish vali va traktor g’ildiragining xarakatlanishi (traktorning o'zi ham) to'xtaydi.
    Quvvat olish valining traktor xarakatiga bog’liq (a) va bog’liq bo'lmagan (b) berish turlari: 1-qo'shish dastasi; 2-tishli mufta; 3-shesternalar; 4-quvvat olish vali; 5-dvigatelning tishlashish muftasi; 6-tishlashish muftasining etaklanuvchi vali.
    Ajratilgan agregatli gidrokurilmaning yuritmasida birxillashtirilgan tishli g’ildirakli nasoslar qo’llaniladi.
    Nasos valining aylanish chastotasi 1100-1700 ayl-min bulganda eng katta bosim 13,5 MPga ko’tariladi.
    Foydalangan adabiyotlar:

    1. Пфлейдерер Карл. Лопаточные машины для жидкостей и газов. – М.:


    ГНТИМЛ, 1960. – 683 c.
    2. Райан. Анализ продольных колебаний ступени S-2 ракеты-носителя
    “Сатурн-5” // ВРТ. – 1971. – № 4. – C. 3-15.
    3. Руднев С.С., Матвеев И.В. Некоторые соображения по проблеме
    увеличения оборотности лопастных насосов // Тр. / ВИГМ. – 1963. – №
    32. – C. 3-27.
    4. Сак, Нотейдж. Колебания в системе, вызванные кавитацией в шнековом
    насосе // Тр. Cер. D / ASME. – 1965. – № 4. – C. 84-93.

    1. Adamson A., Fizicheskaya ximiya poverxnostey: Per. s angl. M.: Mir,


    1979. 568 s.
    2. Ashkroft N., Mermin N. Fizika tverdogo tela: Per. s angl. V 2-x
    t. M.: Mir, 1979. T. 1 399 s. T. 2, 488 s.
    3. Born M. Atomnaya fizika: Per. s angl. M.: Mir, 1970. 484 s.
    Электрон ресурслар

    1. http://www.ziyo.net

    2. http://www.madi.ru

    3. www.claas.com

    Download 163.29 Kb.




    Download 163.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Traktorlarning gidravlik osma tizimlari. Reja

    Download 163.29 Kb.