5-Mavzu: ISHLAB CHIQARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIK.
Reja:
13.1. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari.
13.2. Insonni elektr tokidan shikastlanishining asosiy omillari.
13.3. Elektr tokidan muhofazalanish usullari.
13.4. Elektr himoya vositalari.
13.1. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari.
Elektr tokni insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Yuqori
voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo’lib
V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863
yilda o’zgarmas va 1883 yilda o’zgaruvchan tokni ta’siri yozilgan.
Sanoatda elektr energiyasidan keng qo’lamda foydalanish yo’lga
qo’yilganligi sababli elektr toki tasirida ro’y berisi mumkin bo’lgan bahtsiz
xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda.
Elektr
toki tasirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati
yoq.
Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi
tashkiliy va texnik chora-
tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan taminlash,
shaxsiy va jamoa muhofaza
tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim.
Umuman elektr toki tasiri faqat birgina biologik tasir bilan chegaralanib
qolmasdan, balki elektr yoi tasiri, magnit maydoni tasiri va statik elektr tasirlariga
bo’linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy malumotlar
jumlasiga kiradi.
Inson tanasiga elektr tokini ta’siri. Umumiy baxtsiz xodisalar ichida, elektr
tokidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. Lekin, elektr jarohatlanish ichida
og’ir turli, ayniqsa o’lim bilan tugaydigan xodisalar 70-75% tashkil qiladi. Elektr
xodisalarni
asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalarga
to’g’ri keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalar keng
tarqalgan bo’lib, ularni ishlatadigan xodimlarni elektr texnikaviy tayyorlanishi past
darajada. Kuchlanish 1000 V dan ortiq bo’lgan elektr jarohatlarni soni ancha kam,
va ularga xizmat qiladigan xodimlar mahsus o’rgatilgan va tayyorlangan, sababli
baxtsiz xodisalar ham deyarli kam sodir bo’ladi.
Elektr jarohat - elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishiga
ataladi.
Elektr tokning xatarligi shuki, inson o’z sezguvchi organlari bilan,
kuchlanishni bor-yo’qligini aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida
qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi.
Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha:
izolyasiya
qilinmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat yegan
sababi metal qismlarga tokni o’tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas
buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi orqali.
Inson tanasidan
o’tayotgan tok: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mehanik jarohatlanish
olishi mumkin.
Termik ta’siri - teri to’qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha
olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri - organizmning suyuqliklari
parchalanishi natijasida
qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o’zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri - tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik
hujayralarni to’lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat.
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko’rsatish mumkin: elektr jarohat
va elektr zarb.
Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini
ayrim joylarini shikastlanishi, elektr
kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko’rinishlariga ega. Inson tanasidan
tok o’tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va
tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko’ra kontakt,
yoyli va
aralash kuyishlarga ajratiladi.