Izolyatsiyalangan monter asboblar
Tok o’tkazuvchi qismlarda kuchlanishni bor-yo’qligini aniqlash uchun
kuchlanish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Yuqori kuchlanish ko’rsatkichi.
Uni ishlash asosida aktiv tok o’tishi bilan neonli yoritqich yoritiladi.
Kuchlanishni ko’rsatkichlarini tuzilishi bo’ladi; ikki va bir qutbli.
Ikki qutbli
ko’rsatkichlar kuchlanishi 220-500 V gacha ishlab chiqariladi va ularda ikkita shup
bo’ladi. Ularni ishlatishida shuplari bir vaqtida ikkita fazaga tegib turish kerak
bo’ladi. Bir qutbli ko’rsatkichlar avtoruchka shaklida ishlab chiqariladi. Uni
ishlatish uchun shup bilan elektr uskunani tok o’tkazuvchi qismga tegib tursa
boshqa barmoq bilan yuqori qismida joylashgan metalli kontakt bosiladi. Shu bilan
birga tok odam tanasi orqali yerga o’tib ketadi. Ishlab chiqarish sharoitlarda bir
qutbli ko’rsatkichlarni qo’llash man etiladi.
Izolyatsiyalovchi
qisqichlarni trubkali
saqlagich
vositalarni ustida
operasiyalarni o’tkazish uchun hamda bir qutbli ajratuvchilarni pichoqlariga
qo’lqoplarni kiydirish va yechish uchun qo’llaniladi. Qisqichlar izolyatsiyasi
plastmassadan tayyorlanadi.
Izolyatsiyalovchi EHV qo’shimcha bo’lib, dielektrik kalishlari (etiklar),
rezinali gilamchalar, poyandozlar va podstavkalar qo’llaniladi.
Dielektrik etiklari va kalishlari inson oyog’ini tagidan izolyatsiyalash uchun
qo’llaniladi. Elektr uskunani istalgan kuchlanishga ega bo’lgan etiklarni qo’llanishi
mumkin, kalishlar esa faqat kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalarida
qo’llaniladi. Dielektrik gilamchalari va poyandozlar insonni tyagidan izolyatsiya
qiladigan vositalar. Ularni yopiq elektr uskunadagi istalgan kuchlanishlarida
qo’llanilsa bo’ladi.
Dielektrik kalishlari (etiklar), rezinali gilamchalar, poyandozlar va
podstavkalar qo’llaniladi
Izolyatsiyalangan
postavkalar
ham
insonni
yerdan
yoki
poldan
izolyatsiyalaydi. Elektr uskunani kuchlanishi 1000 V gacha bo’lsa, podstavkala
farforli izolyatorsiz, kuchlanishi 1000 V dan oshiq bo’lsa, faqat farforli izolyatori
bilan tayyorlanadi.
Izolyatsiyalovchi
EHV
sinovlari.
Barcha
izolyatsiyalovchi
EHV
tayyorlangandan va ta’mirlangandan so’ng, davriy ishlatish jarayonida dielektrik
xossalarini o’rnatish maqsadida elektr sinovlardan o’tkazish lozim. Sinov oldidan
vositani tashqi ko’rinishini ko’rib chiqiladi va mehanik lat olgan mahsulotlari
ajratib qo’yiladi.
Sezuvchi omillarni o’zgarilishini kirish qiymati jihatidan bog’liq bo’lgan,
himoyalovchi o’chirish vositalarini sxemalari quyidagicha: qobig`i yerga nisbatan
kuchlanish sxemalari yer bilan tutashuvga tokni nol ketma-ketligini kuchlanishiga,
nol
ketma-ketligini tokini, yerga nisbatan fazani kuchlanishiga, doimiy tezkor
tokiga, o’zgaruvchan tezkor toki va aralash sxemalarida qo’llaniladi.
Yerga nisbatan qobiq kuchlanishi va yerga tutashuv tok sxemalari eng oddiy
himoya vositalaridan hisoblanadi.
Odatda sinovlarni o’zgaruvchi toki bilan, ishlab chiqarish chastotasida
o’tkaziladi, sinovdan o’tgan vositalarga tekshiruvchi laboratoriya tomonidan ishga
yarog’ligini tasdiqlovchi muhr bosiladi. Sinovlarni muddati va me’yoriyari (sinov
kuchlanishi, vaqti va siljish toki) “Elektr uskunalarda qo’llaniladigan
himoya
vositalarini sinovlari va ishlatishi qoidalari” asosida o’tkaziladi. Ko’pincha
sinovlarni o’tkazish vaqti 1 minutdan oshmaydi. Sinov kuchlanishi odatta elektr
uskunani chiziqli kuchlanishidan uch barobar katta qilib olinadi.
Shtangani sinovdan o’tkazish sxemasi. 1- shtanga; 2- elektrod; 3-
transformator; 4- sinov kuchlanishi
Shtanga va qisqichlarni izolyatsiyalangan qismini yuqori kuchlanishida
o’tkaziladi. Agar sinov vaqtida yuzalarda razryadlar hosil bo’lmasa, o’lchov
asboblarini ko’rsatkichlarini o’zgarilishi kuzatilmasa
va sinovdan keyin
izolyatsiyalangan qismi qizimagan bo’lsa, ular sinovdan o’tdi deb hisoblanadi.
Dielektrik rezinali qo’lqoplari, etiklar, kalishlar va izolyatsiyalangan monter
asboblari vanna suvida siljish tokiga sinovlar o’tkaziladi. Siljish tokni kuchi 10 mA
dan oshmasligi, yuqori kuchlanishida o’tkazilishi lozim. Agar tok buyumlari yorib
o’tmasa va milliampermetrni ko’rsatkichlari meyoridan oshmagan bo’lsa, buyum
sinovdan o’tdi deb hisoblanadi.
Dielektrik rezinali qo’lqoplari, etiklar, kalishlar va izolyatsiyalangan monter
asboblarini sinovdan o’tkazish sxemasi. 1- sinaladigan himoya vositalari; 2- suvli
vanna; 3- transformator; 4- sinov kuchlanishi
Kuchlanish ko’rsatkichlarini dastalarini izolyatsiyasi elektr mustahkamligiga
1000 V kuchlanishida 1 minut davomida tekshiriladi va lampalarni yonish
chegaralari (90 V dan oshmasligi lozim) sinov vaqtida tok 2 mA aniqlanadi.