|
Elektr himoya vositalariBog'liq 5-ma\'ruza13.4. Elektr himoya vositalari.
Elektr - uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohatlanishdan,
elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash uchun elektr himoya
vositalari (EHV) qo’llaniladi.
EHV qo’lda va avtomobilda eltib yuruvchi buyumlar mavjud. Himoyalovchi
vositalar shartli ravishda uch turga bo’linadi: izolyatsiyalovchi, to’suvchi va
yordamchi.
Insonni elektr kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarini qismlaridan va
yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar-izolyatsiyalovchi vositalar
deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar kiradi: izolyatsiyalovchi va o’lchovchi
shtangalar; vaqtincha yerga ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov
qisqichlar; kuchlanish ko’rsatkichlari; monter asboblarini izolyatsiyalangan
dastalar; dielektrik qo’lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali gilamchalar va
poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar.
Izolyatsiyalovchi EHV ikki xilga bo’linadi: asosiy va yordamchi.
Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok o’tkazuvchi
qismlarga tegishiga ruhsat beradigan vositalar asosiy vositalar deb ataladi.
Ishchilarni havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va qo’shimcha bo’lib asosiy
EHV bilan birgalikda qo’llaniladigan vositalar-qo’shimcha vositalar deb ataladi.
To’siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish
uchun qo’llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to’siqlar
(sharmalar, qo’lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalariga
aytiladi. Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi plakatlar ham kiradi. Insonni
yeqilib tushishini oldini olish uchun (himoyalovchi belbog’lar, ogohlantiruvchi
arqonlar) va tepaga ko’tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug’lik,
issiqlik, mehanika va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shahsiy himoya
vositalari (ko’zoynak, protivogaz, mahsus kiyimlar va shunga o’xshash turli
buyumlar) qo’llanib kelinadi.
|
| |