|
Kuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari
|
bet | 5/37 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #271814 |
Bog'liq ЭХ амалийKuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari
Elektr uskunalarning nominal kuchlanishi, (kV)
|
Uzunligi, (mm)
|
izolyatsiyalovchi qism dastaki
|
1 kV gacha
|
Cheklanmaydi
|
1 kV dan 10 kV gacha 230 110
|
1 kV dan 10 kV gacha 230 110
|
1 kV dan 10 kV gacha 230 110
|
10 kV dan 20 kV gacha
|
320
|
110
|
35 kV
|
510
|
120
|
110 kV
|
1400
|
600
|
110 kV dan 220 kV gacha
|
2500
|
800
|
1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgachlari.
Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlarining ishlash jaraѐni, elektrostatik
induksiya jaraѐniga asoslangan. Asbobning cho‘g‘lanish lampasi, uning signal
elementi hisoblanadi.
Ushbu asbob, 6-35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida, ochiq
va ѐpiq taqsimlovchi elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish
uchun mo‘ljallangan.
Ushbu kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi qism, zaryadlovchi uskuna va 110 kV
kuchlanishli izolyatsiyalovchi teleskopik shtangadan tashkil topgan. Kuchlanish
ko‘rsatgichi, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismga yaqinlashtirilgan
sari chastotasi ko‘payib boruvchi impulsli ѐrug‘lik signali bera boshlaydi.
Kuchlanish ko‘rsatgichi uning sozliligini tekshiruvchi biriktirilgan
qurilma va tok manbaiga ega, hamda zaryadlovchi uskuna bilan jihozlangan.
Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichi, hamda gazorazryadli lampa osti
kuchlanish ko‘rsatgichi bilan kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish tartibi bir xildir.
Ushbu asbobni yerga ulash talab qilinmaydi.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari.
1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini
tekshirish uchun nazorat lampasi (cho‘g‘lanuvchi lampali va ikki o‘tkazuvchi simli
patron) dan foydalanish man etiladi. Chunki nazorat lampasidan
foydalanilganda, fazalararo kuchlanishga ulanish natijasida, uning
portlashi va buning natijasida ishchilarning elektr ѐyi, hamda shisha
bo‘laklaridan jarohat olishlariga xavf tug‘ilishi mumkin.
1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini
tekshirish uchun, ikki tipdagi asbobdan: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli elektr
uskunalari uchun, aktiv tok ta’sirida ishlaydigan ikki qutbli kuchlanish
ko‘rsatgichidan, o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun sig‘im toki ta’sirida
ishlaydigan bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalaniladi.
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi, elektr sxemasi elementlari
joylashgan ikki korpusdan tashkil topgan.
Korpuslar bir-biri bilan havo elektr uzatish tamoqlarida ishlatish
uchun, uzunligi 1 m dan kam bo‘lmagan, qolgan elektr uskunalari uchun, uzunligi
0,6 m dan kam bo‘lmagan mustahkam izolyatsiyali egiluvchan mis sim bilan
ulangan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi bir korpusda joylashgan.
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi esa, ko‘rsatgichli asbob turida ham
bajarilishi mumkin (masalan, cho‘ntakda olib yuriladigan IN-92 turidagi
voltmetr).
Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi, gazorazryadli
indikator lampadan lampaga parallel ulangan qarshilik, qo‘shimcha
qarshiliklar va kontakt-uchliklardan tashkil topgan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi qo‘shimcha
qarshilikli gazorazryadli indikator lampadan, kontakt-uchlikdan va
operatorning qo‘li tegib turuvchi korpusning ѐn tomonida joylashgan
kontaktdan iborat.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichida indikator lampasining ѐnish
vaqtidagi kuchlanishi, 90 V dan oshmasligi lozim 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichining tuzilishi kontakt-uchlikni o‘qi bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Kontakt-uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismining uzunligi, 20 mm dan oshmasligi lozim. Ikkilamchi zanjirlarda ish bajarish jaraѐnida uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismidan 5 mm gacha qoldirib, qolgan qismiga, elektr izolyatsiyalovchi materialdan tayѐrlangan trubka kiygizib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichini ikkilamchi zanjir sxemalarini
tekshirishda, elektr hisoblagichlarni ulaganda, faza simini aniqlaщda,
elektr lampa patronlarini, o‘chirgichlar, saqlagichlar va boshqalarni ulash uchun ishlatish tavsiya qilinadi. Bunda, kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish jaraѐnida, indikator lampasi tashqi kuchlanish ta’siri doirasida ham ѐnishi mumkinligini e’tiborga olish zarur. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari. Ushbu asboblar havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari, hamda 3-110 kV kuchlanishli transformatorlarning ishchi kuchlanish ostida fazalarini sozlash uchun mo‘ljallangan.
Asbob tuzilishi jihatidan izolyatsiyasi kuchli egiluvchan sim bilan bir-
biriga ulangan elektrizolyatsiyalovchi trubkali ikki korpusdan tashkil topgan.Uning elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampa, kondensator va
qarshiliklardan iborat. Asbobning izolyatsiyalovchi qismini minimal uzunligi, 7-jadvalga mos kelishi zarur. Ushbu asboblarni ishlatish tartibi, ishlatish yo‘riqnomasi asosida aniqlanadi.
|
| |