Izolyatsiyalovchi qisqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi




Download 3,15 Mb.
bet6/37
Sana20.09.2024
Hajmi3,15 Mb.
#271814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
ЭХ амалий

Izolyatsiyalovchi qisqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi
Izolyatsiyalovchi qisqichlar. Izolyatsiyalovchi qisqichlar saqlagichlar bilan
ishlash uchun, izolyatsiyalovchi qoplamalar va to‘siqlarni o‘rnatish, hamda olish
va shunga o‘xshash ishlarni bajarishda qo‘llaniladi. Izolyatsiyalovchi qisqichlar o‘rniga, zaruriy hollarda universal kallakli izolyatsiyalovchi shtangalarni qo‘llash lozim.
Qisqichlar ishchi (qisqich tishlari), izolyatsiyalovchi qism va dastakdan
tashkil topgan. Izolyatsiyalovchi qisqichning o‘lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Elektr uskunalarining nominal
kuchlanishi, (kV)

Uzunligi, (mm)

izolyatsiyalovchi qismi

dastagi

1 kV gacha

Cheklanmaydi, qo‘llashga qulay

6 kV dan 10 kV gacha 450 150

450

150

10 kV dan yuqori, to 35 kV gacha

750

200

Elektr o‘lchovchi qisqichlar. Elektr o‘lchovchi qisqichlarga qo‘yilgan


umumiy texnik talablar, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik
texnikasi qoidalari» da keltirilgan.
Elektr o‘lchovchi qisqichlar, elektr uzatish tarmoqlarida ularning
yaxlitligini buzmasdan tarmoqdagi tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash uchun
ishlatiladi. 10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan elektr o‘lchovchi qisqichlar ishchi, izolyatsiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Qisqichning ishchi qismi ochilib ѐpiladigan magnit o‘tkazgichdan, chulg‘amdan va olib qo‘yiladigan ѐki ichiga o‘rnatilgan o‘lchov asbobidan tashkil topgan. Izolyatsiyalovchi qismi va dastagi esa, elektr izolyatsiyalovchi materialdan tayѐrlangan, hamda minimal uzunligi 380 mm, dastaginiki 130 mm bo‘lishi lozim. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarining zanjirlarida o‘lchovchi qisqichlar bilan foydalanilganda, chiqariladigan asboblarni ishlatish, shuningdek, o‘lchov chegarasini tok o‘tkazuvchi qismlardan qisqichlarni olmay turib almashlab ulash man qilinadi. O‘lchash ishlari olib borilaѐtganda, qisqichni osilib turgan holda ushlash lozim. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘llaniladigan qisqichlar, ishchi qismdan (ajratgichli magnit o‘tkazgich, chulg‘am va o‘lchov asbobidan), hamda bir vaqtning o‘zida izolyatsiyalovchi qismli tayanch va dastak vazifalarini bajaruvchi korpusdan iborat.
Sinov savollari
1. Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining turlari.
2. Izolyatsiyalovchi qoplamalarni saqlash shartlarini gapiring.
3. Izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblarini qanday
kuchlanish bo‘lgan elektr uskunalarda qo‘llaniladi?
4. Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar bilan qanday ishlar bajariladi?
5. Yerga ulash shtangalari qanday o‘lchamlarda bo‘lishi kerak?
6. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish larmoqlarida
ishchini bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan
izolyatsiyalovchi qurilma va moslamalar qanday materiallardan tayѐrlanadi?
7. Izolyatsiyalovchi qisqichlar o‘lchamlari haqida ma’lumot bering.
8. Elektr o‘lchovchi qisqichlar nima uchun ishlatiladi?
9. Kuchlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
10. 1000 V dan yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator
lampali asboblarning minimal o‘lchamlari.
11. 1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatkichlarini ishlash
jaraѐni nimaga asoslangan?

3-amaliy mashg‘ulot



Download 3,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Izolyatsiyalovchi qisqichlarining tuzilishi va ishlash prinsipi

Download 3,15 Mb.