• MUXANDISLIK GEOLOGIYASI VA KONCHILIK ISHI fakulteti “EKOLOGIYA VA SANOAT XAVFSIZLIGI” kafedrasi YО‘nalishga kirish fanining
  • Toshkent – 2016 2.1. Ma’ruzalar matni 1-ma’ruza: ”Yo’nalishga kirish”ning asosiy tushunchalari va ularning mazmuni REJA
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 5,48 Mb.
    bet1/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)


    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    Abu Rayxon Beruniy NOMIDAGI
    Toshkent Davlat Texnika universiteti



    О‘quv-uslubiy boshqarma
    tomonidan rо‘yxatga olindi
    _ ___
    “____” ______________ 2016



    “TASDIQLAYMAN”
    О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor ____________ O.O. Zaripov
    “___” ___________2016 yil






    MUXANDISLIK GEOLOGIYASI VA KONCHILIK ISHI fakulteti
    EKOLOGIYA VA SANOAT XAVFSIZLIGI” kafedrasi
    YО‘nalishga kirish
    fanining
    О‘QUV – Uslubiy majmuasi



    Bilim sohasi:

    600000 –

    Xizmatlar

    Ta’lim sohasi:

    640000 –

    Hayotiy faoliyat xavfsizligi

    Ta’lim yо‘nalishi:

    5640100 –

    Hayotiy faoliyat xavfsizligi



    Toshkent – 2016
    2.1. Ma’ruzalar matni
    1-ma’ruza: ”Yo’nalishga kirish”ning asosiy tushunchalari va ularning mazmuni


    REJA:
    1. Xavf tushunchasi, mazmuni, xususiyatlari va turlari.
    2. Xavflarning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi haqidagi tushunchalar va ularning mazmuni.

    1. Inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uslublari.

    H ayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchasi hisoblanib, u hodisa, jarayon, obektlar, ta`sir etuvchi omil va kuchlarning inson umriga, sog’lig’iga qay darajada zarar keltirishini anglatadi. Jumladan yong’inlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, portlashlar, epidemiologik vaziyatlar, tabiiy ofatlar va boshqa ko`rinishdagi xavflardan insonlarni ko’radigan talofatlarini aytish mumkin.
    Наr qanaqa xavflarning turini, xususiyatlarini xarakterlovchi belgilar, ко’rsatkichlar va ularning soni turli holda bo’lishi mumkin. Jumladan ba’zi bir xavflarda xarakterlovchi ko`rsatkichlar ko`p sonda, ba’zi birlarida kichik sonda boladi. Ya`ni har qanaqa xavflarni standart aniq ko`rsatkichlar bilan xarakterlab bo’lmaydi.
    Demak, har qanday xavflar turli ko`rsatkichlar orqali va ularning soni turlicha bo`lishidan qat’iy nazar ularning barchasi bir umumiy xususiyatga ega. Ya`ni ularning ta`siri atrof-muhitga (ish sharoitlariga, qo`llanilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, obektlarga xom-ashyo, tayyor mahsulotlarga) jiddiy salbiy ta`sir kuchini ko’r satadi hamda insonlarning sog`ligini, hayotini, umrini xavf ostida qoldiradi.
    Shuning uchun xavflarni o’z vaqtida bilib, ularni kelib chiqish sabablari, tavsiflari aniq o'rganilsa, xavflarning oldini olish yoki ularni zarar keltiruvchi xususiyatlarini kamaytirishga erishishmumkin. Shuningdek, xavflardan keyingi qilinadigan tadbirlarni va xavf oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatiga ega bo'linadi.
    Har qanaqa xavf o’zida inson faoliyatini izdan chiqaruvchi ta’sirga yoki energiyaga ega bo’lib, o’zida biologik yoki kimyoviy aktiv moddalarni saqlaydi. Masalan, atir-upa sanoatida qo’llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarni surunkali ta’sir etishi oqibatida allergik kasalliklarni, kimyo sanoatida qo’llaniladigan homashyolar esa insonlarni kimyoviy zaharlanishiga yoki texnologik rejimga amal qilinmasdan tayyorlangan qo’ziqorinli, baqlajonli, baliqli va go’shtli konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida biologik zaharlanishga olib keladi.1



    1Тожиев М.Х., Нигматов И.. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги.(лотин имлосида ўкув қўлланма) –Т.: “Тафаккур-Бўстони”, 2012 йил. – 272

    Xavflarni taksonomiyasini tuzishda albatta xavflarning tabiatni chuqur o’rganish orqaligina amalga oshirish mumkin. Afsuski hozirga qadar xavflarning yetarlicha to’liq taksonomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning xavfsizligini ta’minlashni chegaralab qo’yadi.



    Download 5,48 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 5,48 Mb.