|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 9/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Jamlash va zahirani hisoboti bо‘limi
Bо‘lim kitobxonlarni talablaridan kelib chiqib, kitoblar dunyosidan eng mutanosib nashrlarni yig‘ish, kutubxonaga olib kelish, ya’ni zahirani tо‘ldirish bilan shug‘ullanadi. Bо‘lim ishining mazmuni-kitobxon talablarini bajarishdan iborat.
Kitobxonlarni istak va talablarini qondirishda, bо‘lim tomonidan an’anaviy va norasmiy usullar bilan yangi nashrlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar bо‘yicha axborot varaqalari о‘z vaqtida kitobxonlarga yetkaziladi.
Bо‘limda «IRBIS» dasturidagi AIJ-jamlovchi xizmati yо‘lga kо‘yilgan.
Bо‘lim tomonidan kutubxonaga kelayotgan gazeta va jurnallardan iborat vaqtli matbuotlarning ma’lumotlar Bazasi muntazam tо‘ldirib boriladi.
Adabiyotlarga ilmiy ishlov berish bо‘limi
Bо‘lim markazlashtirilgan yо‘l bilan yangi kitob nashrlariga ilmiy-texnik ishlov berish va Kataloglar tizimini yuritish bilan shug‘ullanadi. Bо‘lim avtomatlashtirigan IRBIS tizimida ishlaydi. 1997 yildan boshlab olingan nashrlarning tavsiflari EK ga kiritigan bо‘lindi
Ilmiy va badiiy adabiyotlarni tarqatish bо‘limi
Kо‘p tarmoqli nashrlar majmuasini о‘z ichiga olgan ilmiy adabiyotlar bо‘limi nafaqat о‘quv-darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalarni, balki о‘quv jarayonini ta’minlovchi ilmiy nashrlarni ham о‘z ichiga oladi.
Badiiy adabiyotlarni tarqatish tizimida mamlakatimiz va chet el madaniyatini, san’atini yoritish bо‘yicha tо‘plangan kо‘plab asarlar saqlanmoqda. Kitobxonlar mutolaa yо‘li bilan о‘zlikni anglash va dunyoni ilmiy bilishga erishadilar.
О‘quv-darslik adabiyotlari bо‘limi
Asosiy zahirani-о‘quv jarayonida talabalarga tavsiya qilinadigan darsliklar, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar, amaliy ishlarni bajarish bо‘yicha kо‘rsatmalar, ma’ruzalar matni tashkil qiladi. Bо‘lim hamma fakultetlarning 1-3 bosqich talabalariga xizmat kо‘rsatadi.
Ma’lumot-bibliografiya bо‘limi
Bо‘lim о‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni bajaradi:
oliygoh talabalari, aspriantlar va professor-о‘qituvchilarning axborotlar bо‘yicha talablarini о‘rganib, ma’lumot-axborot va ma’lumot-qidiruv tizimini oqilona tashkil qilish;
oliygoh talabalari va о‘qituvchilarining axborot-bibliografik kо‘nikmalarini hosil qilish;
Bо‘lim kitobxonlarga ma’lumotlarni yetkazish «Yangi adabiyotlarni ochiq kunlari» oylik kо‘rgazmalarini tashkil qilish va yangi nashrlarning rо‘yxat varaqlarini chop etish bilan shug‘ullanadi.
Kutubxona qiroatxonalari
Kitobxonlarni dars tayyorlash va ijodiy izlanishlari uchun hamma zarur sharoitlar mavjud. Asosiy kutubxona tizimida professor-о‘qituvchilar, talabalar uchun alohida qiroatxonalar tashkil qilingan. Har bir fakultetda qiroatxona faoliyati yо‘lga qо‘yilgan.
Maxsus qiroatxonalar
Vaqtli nashrlar qiroatxonasi
Gazeta va jurnallar saqlanayotgan bu qiroatxona asosini Respublika va MDH davlatlarining nashrlari tashkil qiladi.
Bо‘limda eng dolzarb mavzulardagi ruknlar asosida maxsus jildlar yuritiladi. Keng kitobxonalar ommasiga mо‘ljallangan maxsus kartotkalarda esa, gazeta va jurnallardagi maqolalarning ma’lumotlari qayd qilib boriladi.
Elektron Kutbxona qiroatxonasi
Elektron manbalar qiroatxonasida, kitobxon uchun INTERNET ma’lumotlaridan bepul foydalanish yо‘lga qо‘yilgan. Kitobxonlar turli axborot tashuvchilar xizmatidan foydalanish bilan bir qatorda, ilmiy yо‘nalishdagi jurnallarning tо‘liq matnli ma’lumotlar bazasidan ham foydalanadilar. Shuningdek, universitet tasarrufiga oid nashrlarning elektron kutubxonasi ham tashkil qilingan. Elektron kutubxonada TDTU о‘qituvchilari tuzgan darsliklar va uslubiy qо‘llanmalarning tо‘liq matnlari saqlanadi.
«Ma’naviyat va ma’rifat» bо‘limi
Mazkur bо‘lim turli mavzulardagi kitob kо‘rgazmalarini tashkil qilish, bezash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, anjumanlar seminarlarni tayyorlash turli tadbirlarni amalga oshirish ishlarini bajaradi. Bо‘lim tomonidan olib boriladigan jonli davra suhbatlarida talabalarining taklif va talablari inobatga olinib, ularning ma’naviy kamolati uchun omil bо‘ladigan muammolar kо‘tariladi. Bо‘lim yoshlarni ona Vatanga sodiq qolish tuyg‘lari bilan tarbiyalashda yetakchilik qilib kelmoqda.
|
| |