• Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
  • Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar




    Download 5,48 Mb.
    bet17/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    1. Hayot faoliyati xavfsizligi fani maqsadi nima?

    2. Faoliyatning qanday turlarini bilasiz?

    3. Antropogen omillarga nimalar kiradi?



    8-ma’ruza. O‘zbekistonda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” ta'lim yo‘nalishining tarkib topishi.


    Reja
    1.Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
    2.Ta’lim yо‘nalishining tavsifi
    3.5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi


    Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
    Mazkur standartda О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
    kasbiy faoliyat turi – ta’lim yо‘nalishiga о‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
    kompetensiya – ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qо‘llash qobilyati;
    modul – tarbiyalash va о‘qitishga yо‘naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bо‘lgan о‘quv fani (kursi) yoki о‘quv fanlari (kurslari) qismilarining majmuasi;
    ta’lim yо‘nalishi – bitta kasbiy faoliyat doirasidagi turli ta’lim dasturilarining majmui;
    kasbiy faoliyat obyekti – predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yо‘naltirilgan tizimlar;
    kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bо‘ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmui;
    bakalavriat – oliy ta’lim yо‘nalishlaridan biri bо‘yicha puxta bilim beradigan, о‘qish muddati kamida tо‘rt yil bо‘lgan tayanch oliy ta’lim;
    bakalavriatning ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi) – talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yо‘naltirilgan о‘quv rejasi, о‘quv kurslari, predmetlari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan о‘quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, о‘quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;

    Download 5,48 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    Download 5,48 Mb.